November 7, 2024
#davra_suhbati
5-noyabr kuni Axborot-resurs markazida Sharq filologiyasi fakulteti tyutori D. Nurullayev boshchiligida 1-bosqich talabalari ishtirokida "Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Suhbat davomida ekologiyaning ahamiyati, atrof muhitni muhofaza qilishda har birimizning rolimiz, va yosh avlodni ekosistemani asrashga undash muhokama qilindi. Talabalar o'z fikrlarini bildirishdi va ekologik muammolar haqida bilimlarini oshirdilar.
Bunday tadbirlar orqali talabalar ekologik ongni rivojlantirish va tabiiy resurslarni asrashga bo'lgan mas'uliyatlarini tushunishga yordam beradi.