November 5, 2024

#davra_suhbati

5-noyabr kuni OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti tyutori G.Odilova tashabbusi bilan “Jaholatga qarshi kurashish davr talabi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida jaholatning jamiyatga salbiy ta’siri, uning oldini olish yo’llari va bu borada yoshlarning roli haqida fikr almashildi.

Tadbir davomida jaholatga qarshi kurashishning samarali usullari, ta’limning ahamiyati va yoshlarning bu boradagi faolligi muhokama qilindi.

Davra suhbati yakunida barcha ishtirokchilar jaholatga qarshi kurashishda birgalikda harakat qilish zarurligini ta’kidladilar va bu borada o’z hissalarini qo’shishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.