TATU terma jamoasi uchun 5 talik savol
Savollar muallifi: Shahzod Habibullayev
1-savol.
Uni Xudoyberdi To'xtaboyevning bir asari nomida uchratish mumkin.
Agar googlega shunday u deb qidiruv berilsa, eng birinchi bo'lib, 2011-yilda premyera qiligan, Jo Jonson rejissorligidagi film chiqib keladi.
Diqqat: Shunday u o'rnidagi ikki so'zni yozib bering.
Javob: Birinchi qasoskor.
Izoh: Xudoyberdi To'xtaboyevning "Qasoskorning oltin boshi" asarida uchratishimiz mumkin bo'lgan u - qasoskor. Shuningdek savolda urg'u berib o'qilgan birinchi so'zi ham sizni javobga yaqinlashtirdi degan umiddamiz.
Manbaa:
2-savol.
Usmon Azimning ozoda nomli she'ridagi birinchi to'rtlikni eshiting:
Koʻp mehnatkash bu ozoda ayol,
Allaqanday mayus, gʻamboda.
Xizmatini bajarar halol,
Qoʻli tekkan narsa – ozoda.
She'rning nomidagi va birinchi qatoridagi ozoda so'zini, men bir so'z bilan almashtirdim.
Diqqat: O'sha almashtirilgan so'zni yozib bering.
Izoh:She'r aslining ilk qatorini o'qib beraman:
Koʻp mehnatkash bu farrosh ayol...
Savoldagi ozoda so'zining dastlabki ikkitasi farrosh so'zi bilan almashtirilgan edi.
Demak Javob: Farrosh
Manbaa:Usmon Azim. She’rlar & Kitoblar & Shoir bilan suhbat | Xurshid Davron kutubxonasi (kh-davron.uz)
3-savol.
Agar google'ga bu so'zni yozsangiz, Feruz Muhammad boshlovchiligidagi bir loyiha kelib chiqadi.
Shuningdek, bu so'z, ishga joylashish vaqtidagi jarayon nomi sifatida ham tanish.
Diqqat: Bu so'zni yozib bering
Javob: Intervyu.
Izoh: Feruz Muhammad boshlovchiligidagi "IntervyuTV" YouTube kanali shou-biznes vakillari bilan intervyular uyushtiradi. Shuningdek ishga joylashish vaqtidagi suhbatlar ham bizga intervyu sifatida tanilmoqda.
4-savol.
Kecha Mehrinoz Abbosova o'zining twitter sahifasida, "Braziliya futbolda Xorvatiyaga yutqazdi. Unda biz bugun xorvatlardan o'zib ketib, kuchli 50 talikka kirdik" deya post qoldirdi.
Shuningdek menga ham, ehtimol, sizlarga ham bugungi savollarni tuzishda U foyda keltirdi.
Diqqat: Uni bir so'z bilan yozib bering.
Javob: Wikipediya
Izoh: Wikipediyada, kecha o'zbek tilidagi maqolalar soni xorvat tilidagidan o'zib ketdi.
Manbaa:https://twitter.com/MehrinozzA/status/1601278559250632704?s=20&t=RnyVYMbYl3OIFdLa_2yl6Q
5-savol.
Ingliz tilidagi bir nechta so'zni Google yozganimda, google birinchi navbatda Marokashdagi aniq vaqtni chiqarib berdi.
Men aslida, futbol bo'yicha JCHda Marokash termasining muvaffaqiyatiga atab, honanda Lamya tomonidan kaver qilingan bir qo'shiqni qidirgan edim.
Ushbu qo'shiqning original versiyasi esa 2010-yilda, Afrikaga atab kuylangan edi.
Diqqat: Siz menga o'sha 2010-yilda kuylangan original qo'shiqning muallifini yozib bering.
Javob: Shakira.
Izoh: Dastlab men googlega, "this time for Morocco" deya yozdim. Bunga sabab esa 2010-yilgi JCHning rasmiy qo'shig'i, "This time for Africa" qo'shig'ini "This time for Morocco" deya kover qilgan Lamyaning ijrosini eshitish edi.
Manbaa:https://youtu.be/76LbW1nt1eg