"62-soniya" jamoasi uchun savollar toplami №1
1-savol
O’tgan yilning yozida Deklan Rays’ni transfer qilgan Arsenal jamoasi oradan ko’p o’tmay Angliya Super Kubogini qo’lga kiritishdi. Bu voqealiklarga qilingan hazil musobatga ko’ra, Artetaning ishtaxasi bu taomni tusamoqda.
Diqqat savol: Uzoqqa bormay aytingchi, qaysi taom?
Javob: Osh
Izoh: Suratda
Manba:
2-savol:
Savolda U 3 so'zni almashtirib keladi.
Uni Xudoyberdi To'xtaboyevning bir asari nomida uchratish mumkin.
Agar googlega shunday u deb qidiruv berilsa, eng birinchi bo'lib, 2011-yilda premyera qiligan, Jo Jonson rejissorligidagi film chiqib keladi.
Diqqat: Shunday u o'rnidagi ikki so'zni yozib bering.
Javob: Birinchi qasoskor.
Izoh: Xudoyberdi To'xtaboyevning "Qasoskorning oltin boshi" asarida uchratishimiz mumkin bo'lgan u - qasoskor. Shuningdek savolda urg'u berib o'qilgan birinchi so'zi ham sizni javobga yaqinlashtirdi degan umiddamiz.
Manbaa:
3-savol:
O‘zbekiston OTJ murabbiyi Timur Kapadze Parij Olimpiyadasi oldidan bir intervyusida"Biz Olimpiadada vatanimizni va futbolimizni shunday qilamiz", deydi.
O'zbekcha wikipediyaga ko'ra shunday qilmoq — oʻxshab ketish; oʻrnak, namuna olish; misol qilib keltirish kabi ma'nolarni anglatadi.
Diqqat savol: Shunday o'rnidagi so'zni ayting.
Javob: Tamsil
Manba: https://uz.wiktionary.org/wiki/tamsil
4-savol:
T9 nimaligini bilsangiz kerak. Bir ismini yozar ekanman T9 menga 4-hafrni yozgach Bahrain bayrog'i tavsiya qildi.
Ismlar.com saytiga ko'ra bu ism arabchadan ayollarning eng nurlisi, go‘zali, shukuhlisi va dilkashi, kabi ma'nolarni anglatadi.
Shuningdek, ismning oxirgi 4 harfi qur'onning 4-surasi nomi bilan bir xil.
Diqqat savol: Ushbu ismni ayting
Javob: Bahriniso
Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Niso_surasi
https://ismlar.com/name/Bahriniso
5-savol: Savolda sarishta so'zi
Usmon Azimning Sarishta nomli she'ridagi birinchi to'rtlikni eshiting:
Koʻp mehnatkash bu Sarishta ayol,
Allaqanday mayus, gʻamboda.
Xizmatini bajarar halol,
Qoʻli tekkan narsa – ozoda.
She'rning nomidagi va birinchi qatoridagi ozoda so'zini, men bir so'z bilan almashtirdim.
Diqqat: O'sha almashtirilgan so'zni yozib bering.
Javob: She'r aslining ilk qatorini o'qib beraman: Koʻp mehnatkash bu farrosh ayol...
Izoh: Farrosh so'zining sarishta so'zi bilan almashgani ham mantiqiy.
Manbaa: https://kh-davron.uz/yangiliklar/muborak-kin/usmon-azim-sherlar-kitoblar-suhbat.html
6-savol:
2022-yilning 9-dekabrida Mehrinoz Abbosova o'zining twitter sahifasida, "Braziliya futbolda Xorvatiyaga yutqazdi. Unda biz bugun xorvatlardan o'zib ketib, kuchli 50 talikka kirdik" deya post qoldirdi.
Shuningdek menga ham, ehtimol, sizlarga ham bugungi savollarni tuzishda U foyda keltirdi.
Diqqat: Uni bir so'z bilan yozib bering.
Javob: Wikipediya
Izoh: Wikipediyada, kecha o'zbek tilidagi maqolalar soni xorvat tilidagidan o'zib ketdi.
Manbaa: https://twitter.com/MehrinozzA/status/1601278559250632704?s=20&t=RnyVYMbYl3OIFdLa_2yl6Q
7-savol:
Ingliz tilidagi bir nechta so'zni google yozganimda, menga Marokashdagi aniq vaqtni chiqarib berdi.
Men aslida, futbol bo'yicha JCHda Marokash termasining muvaffaqiyatiga atab, honanda Lamya tomonidan kaver qilingan bir qo'shiqni qidirgan edim.
Ushbu qo'shiqning original versiyasi esa boshqa bir JCH uchun atab kuylangan edi.
Diqqat: Siz menga o'sha 2010-yilda kuylangan original qo'shiqning muallifini yozib bering.
Javob: Shakira.
Izoh: Dastlab men googlega, "this time for Morocco" deya yozdim. Bunga sabab esa 2010-yilgi JCHning rasmiy qo'shig'i, "This time for Africa" qo'shig'ini "This time for Morocco" deya kover qilgan Lamyaning ijrosini eshitish edi.
Manbaa:https://youtu.be/76LbW1nt1eg
8-savol:
Donald Trampga qilingan suiqasddan so'ng internetda tarqalgan bir karikaturalar Tramp 1853-yilning 30-martida, Niderlandiyaning Zundert shahrida tug'ilgan mashxur rassom ko'rinishida tasvirlangan.
Diqqat savol: Qaysi rassom ko'rinishida?
Javob: Vinsent Van Gog
Manba:
9-savol:
Mumtoz adabiyotimizdagi baytning birinchi misrasida ifodalangan fikrga dalil sifatida ikkinchi misrada hayotiy bir hodisani misol qilib keltirishga asoslangan
badiiy sanʼat —shunday, deb ataladi.
Diqqat savol: Shunday so'zi bilan almashgan so'zni ayting.
Javob: Tamsil
Izoh: 1-tur 3-savolda ham biz sizlarga tamsil so'zining ma'nolarini sanab o'tgan edik. O'shalar orasidagi "misol qilib keltirish" ma'nosi ushbu savolda takrorlanganiga e'tibor berdingiz, deb umid qilamiz.
Manba: https://uz.wiktionary.org/wiki/tamsil
10-savol: Blits
Fransuz sudyasi, adabiyotshunos, tarixchi va siyosat faylasufi Sharl Lui de Monteskyo (Montesquieu) fikriga ko'ra davlat boshqaruv turiga ko'ra uchga bo'linadi: Alfa, Betta va Gamma.
1. Alfaga ta'rif: boshqaruvning bunday turida xalq o'zi saylagan oliy hokimiyatiga ega bo'ladi.
Diqqat savol: Alfani ayting
2. Bettaga ta'rif: boshqaruvning bunday turida yagona shaxs davlatni qat’iy va belgilangan qonunlar asosida boshqaradi.
Diqqat savol: Bettani ayting
3. Gammaga ta'rif: boshqaruvning bunday turida hukumatdagi bir kishi hamma narsani o'z xohishi va injiqligi bilan boshqaradi.
Javoblar: Alfa — Respublika; Betta — Monarxiya; Gamma — Despotiya
Izoh:
Manba: https://oll.libertyfund.org/pages/montesquieu-and-the-separation-of-powers#
11-savol:
Savol matnidagi bir so'zdan harflar tushirib qoldirilgan.
Umid qilamizki, siz bilan oldingi savolda yurak urishi ortib, terlash holatlari bo'lmadi.
"Lolazor" podkasiting 26-sonida mehmon bo'lgan siyosatshunos Hamid Sodiqning aytishicha despotik boshqaruvning yagona prinspi bu — U. Bu shunday bir U bo'lishi kerakki, xalqni birlashtira olishi kerak.
Diqqat savol: Harflari tushirib qoldirilgan so'zni asl holida ayting.
Javob: Qo'rquv
Izoh: Hamid Sodiq fikricha, despotik boshqaruvda qonunlar ishlaydi faqat siyosiy rejimlardan tashqari holatlarda. Boshqaruvni bunday shakliga xalq rozi bo'lib yashashi uchun o'ylab topilgan bir umumiy qo'rquv kerak. Savol avvalida aytilgan yurak urishi va terlash holatlari ham qo'rquv belgilaridandir.
Manba: https://www.youtube.com/watch?v=bmkSy0C-LtE
12-savol:
Savolda X ikki so'zni almashtirib keladi.
1971-yilgi manbaada X: yangi kafan, aroq zavodi, konfet zavodi hamda kiyim fabrikasi kabilardan so'ng tilga olinadi.
Kanadada istiqomat qiluvchi vatandoshimiz Farhod Fayzullayevning telegram kanali nomi ham X.
Diqqat savol: X ni ikki so'zda yozib bering.
Javob: Zambarakning o'qi.
Izoh: Biz ham zambarakning o'qi bilan savollarimizni yakunlaymiz. Paq!
Manba: https://youtu.be/5qkqzDm5kxs?si=f8xLI8RY1bdQjGir&t=2644