TATU Talabalar Ligasi, 5-tur o'yini uchun "Tranzistor" jamoasi savollari.
Tayyor bo'lsangiz, diqqat, birinchi savol. Aytgancha, o'yin oldidan telefon, kompyuter va shunga o'xshash gadjetlaringizni o'chirib qo'ying.
Bu so'zlarimizning esa 1-savolga aloqasi yo'q!
1-TUR.
1-savol. Savolni Alibobo beradi.
Bu ibora, 1980-yilda ekran yuzini ko'rgan bir arab filmi sabab siz-u bizga juda yaxshi tanish. Shuningdek bu iborani, Tibo Kurtua antiqahramonligida yakunlangan Barselona-Chelsi futbol matchidan so'ng chizilgan bir karikaturada ham ko'rishimiz mumkin.
Javob: Ochil sim-sim yoki sim-sim ochil.
Izoh: "Tranzistor" jamoasi ham "ochil sim-sim" o'z navbatchilik o'yiniga start beradi.
https://daryo.uz/2020/08/20/alibobo-va-qirq-qaroqchi-filmi-suratga-olinganiga-40-yil-toldi-hind-va-ozbek-kinochilarining-ijod-mahsuli-haqida-10-ta-fakt/
https://championat.uz/oz/news/omar-momanidan-yangi-karikatura-sim-sim-ochil-2
Savol muallifi: Shahzod Habibullayev.
2-savol. (keyingi savolga taqmatma material mavjud)
"Hammasi nazorat ostida!", degan ma'noni beruvchi bir memda, siz U va qog'oz bo'lagini ko'rasiz.
Savol: U ni bir xil xarflardan boshlanuvchi ikki so'zda yozib bering.
Javob: Kompyuter klavyaturasi.
Izoh: Aytib o'tganimizdek telefon va gadjetlaringizni o'chirib qo'yish haqidagi eslatmaning 1-savolga aloqasi yo'q edi, lekin 2-savolga aloqador:)
Savol muallifi: Baxromov Sardor, Nilufar Narmatova.
Qo'lingizdagi tarqatmada dunyoga mashxur brend tomonidan, mijozlarini BU ISHNI qilishga undash uchun tayyorlangan reklama posteri tasvirlangan.
Savol: Bizga brend nomini emas, BU ISHNI qilish o'rnidagi ikki so'zni yozib bering.
Izoh: Ushbu poster dunyoga mashhur Nike brendi tomonidan mijozlarini niqob taqishga undash uchun ishlangan bo'lib, rasmdagi inson yuzidagi niqob o'rniga Nike logosini kreativ joylashtirishdan hosil bo'lgan.
Savol muallifi: Habibullayev Shahzod.
Manbaa: b9mvykic7lk61.jpg (960×720) (redd.it)
Birinchi "Turlarning kelib chiqishi" asarida hayvon va oʻsimlik turlarining kelib chiqish, rivojlanish sabablarini va atrof muhitga moslanishini tahlil qilgan.
Ikkinchi esa, yaqindagina 36,5 km/soat tezlik bilan yugurib, ushbu mavsumdagi APL rekordini o'rnatdi.
Biz so'ramoqchi bo'lgan atoqli ot Birinchining familiyasi bo'lsa, Ikkinchining ismidir.
Savol: O'sha atoqli otni yozib bering.
Javob: Darwin.
Izoh: Savolda tilga olingan birinchi - Jarlz Darwin, ikkinchi - Darwin Nunez.
Manbaalar: Darwin Nuñez - the Premier League’s fastest ever player? - AS USA
Savol muallifi: Shahzod Habibullayev.
5-savol. (keyingi savolga tarqatma material bor)
BU HOLAT - qattiq qo'rquv yoki hayajon, jismoniy zo'riqish, qattiq muzlash, spirtli ichimliklardan zaxarlanish va boshqa bir qator kasalliklarning davolanmasligi oqibatida kelib chiqishi mumkin. Parkinson kasalligining ilk alomatlarida ham BU HOLAT kuzatilishi wikipediya ma'lumotlarida keltirilgan. Umid qilamizki bizning bugungi savollarimiz, sizda BU HOLAT kuzatilishiga sabab bo'lmaydi.
Savol: BU HOLAT so'zlari o'rnidagi, bir xil harf bilan boshlanuvchi 2 so'zni yozib bering.
Manbaalar: Тремор рук (invitro.ru)
Parkinson kasalligi - Wikipedia (wikipedia.org)
Savol muallifi: Shahzod Habibullayev.
"Olti bana" - G'arbda Kartagena va sharqda O'rta er dengizi qirg'og'i bo'ylab Genuya o'rtasida joylashgan, zich joylashgan va shaharlashgan hudud uchun atama.
Qo'lingizdagi tarqatmaga berilgan ushbu ta'rifning 2 so'zida 2 ta bir xil xarfni tushurib qoldirdik.
Savol: O'sha 2 harf - N, yozib bering.
Qabul: Bir dona yozib berilgan N harfi.
Izoh: Rasmda banan shaklida belgilangan oltin rang hududning nomi "Oltin banan"dir. Savol oxiridagi "o'sha 2 harf - N, yozib bering" gapini biz savol ohangida emas, buyruq ohangida o'qiganimiz ham sizga aynan N harfini yozib berish signalini berdi degan umiddamiz.
Manba: Golden Banana - Wikipedia
Savol muallifi: Shahzod Habibullayev.
Yaqindagi UzSport telegram kanalida, X sabab oldindagi Qatar-2022 mundialini o’tkazib yuborishi mumkin bo’lgan futbolchilar ramziy terma jamoasi e'lon qilindi. Ushbu ramziy terma jamoaning yarim ximoya chizig'i Pol Pogba, Ngolo Kante va Jorjinyo Veynaldum kabi futbolchilardan iborat. Shuningdek futbol jamoatchiligi ichida "X - futbolning bir bo'lagi", nomli ibora ham mavjud.
Savol: X ni bir so'z bilan yozib bering.
Izoh: Yuqorida nomi sanab o'tilgan va yana 8 kishidan iborat futbolchilar jarohat sabab Mundialni o'tkazib yuborishi mumkin. Futbol jamoatchiligi ichida esa "jarohatlar - futbolning bir qismi", degan ibora mavjud.
Manbaa: https://t.me/uzsport_tv/36359
Savol muallifi: Shahzod Habibullayev.
AQSH ning 40-prezidenti Ronald Reygan X ga shunday ta'rif bergan: " X muammolaringizni yechimi emas, X shu muammolarning bittasi".
Savol: R.Reygan muammo deb bilgan X nima?
Manba: XX asr taqdirlarda aks etgan tarix kitobi, 317-bet.
Savol muallifasi: Sattorqulova Dilfuza.
Diqqat savol: SHUNDAY so'zi o'rniga 2 so'zli iborani yozib bering.
Championat.asia saytida berilgan Nasaf-Paxtakor o'yini haqidagi maqolada ham SHUNDAY iborasi ishlatilgan
Mashhur rassom Piet Modrianning surati 75 yildan beri SHUNDAY ekani aniqlandi.
Abstrakt janr rassomi Modrianning "Nyu York shahar I" surati 75 yildan beri teskari, yaʼni "oyogʻi osmonda" ilinib turganini aniqlashdi. Qoʻlingizdagi tarqatma materialda rasmning to'g'ri varianti berilgan. Nasaf-Paxtakorning 2-oktabrdagi o'yinida hakam tabloning "oyog'ini osmonda" tutgani championat.asia ning e'tiboridan qolib ketmagan. Sizlarga yordam bo'lishi maqsadida biz ham savolimizning oyog'ini osmondan qilib berdik :)
Manbaalar: Бердиевнинг қайтиши, Магуайрнинг "шогирди", оёғи осмондан бўлган табло — "Пахтакор" –"Насаф" учрашуви нимаси билан ёдда қолди ва футболчилар неча баллга лойиқ кўрилди? / CHAMPIONAT.asia
Savol muallifi: Baxromov Sardor.
10-savol. Diqqat savolni Xalimjon Xujamatov, Ortiq Ruzibayev, Sherzod G'ulomov, Baxtiyorjon Raximov, Oybek Narzulloyev, Xabibullo Nosirov, Fayzullajon Botirov, Karimberdi Igamberdiyev va Shavkat Radjepov beradilar.
Qadimgi Rimda askarlar 10 kishidan boʻlib bitta chodirda yashashgan.Xar bir chodirga yuqoridagi 10 likdan qaysidur birini raxbar etib tayinlashgan.Ushbu raxbarni qolganlardan farqli boʻlsin deb alfa deb chaqirishgan.
Izoh: Dekan so'zi dekas - yunoncha o'nlik so'zidan olingan. Savol avvalida men sizga o'qib berganim TATU fakultetlari dekanlarining ism-familiyasi edi. O'ylaymanki hech bo'lmasa o'z fakultet dekangiz ism-familiyasini bilgan bo'lsangiz ham bu savolga javobni topa oldingiz.
Savol muallifasi: Sevinch bintu Akrom.
Bizda hozircha shular, 2-turgacha 5 daqiqa tanaffus.
2-TUR.
Birinchi turdagi kabi boshlab olamiz.
11-savol. Blits (3 ta savol. O'ylash uchun har biriga 20-soniyadan vaqt beriladi).
1) Bu ism: ko'rlik, eshitmaslik, sovoqlik kabi kasalliklardan xalos bo'lsin degan ma'noda, o'gil bolalarga qo'yiladi.
2) X — koʻndalang kesimi uzunligiga nisbatan juda kichik boʻlgan, ko'pincha tok o'tkazuvchanlik qobiliyatiga ega uzun metall buyum.
3) Siz-u bizga tanish Y ning Standard shakldagi - 15 x 25 mm, Micro turidagi - 12 x 15 mm hamda 8.8 x 12.3 mm o'lchamdagi nano turlari mavjud.
Savol: Y ni oldingi savollardan kelib chiqib uch harfli bir so'zda yozib bering.
Izoh: Ochil ismi - aynan yuqorida aytilgan sabablar bilan qo'yilar ekan. Blitsning 2-savolidagi ta'rif esa to'k o'tkazuvchu metal buyum esa sim. Nihoyat blitsning 3-savolidagi ta'rif sim-kartalarga nisbatan berilgan edi. 1-turning 1-savolida ham biz aynan ushbu javobni eshitgan edik. Savol o'qilishidan oldin "birinchi turdagi kabi boshlab olamiz" eslatmasi ham sizga 1-tur 1-savolidagi javobni eslatgan bo'lsa ajab emas.
http://ismingiz.uz/mobile-version/index.php?mod=search&ism=%D0%9E%D1%87%D0%B8%D0%BB
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sim
https://www.4g.co.uk/news/sim-card-sizes-standard-micro-and-nano-explained/
Savol muallifi: Shahzod Habibullayev.
Bu kasb egalari hamkasblariga ALFA oldidan ALFAlari soni BETTAlari soniga teng bo'lishini tilashar va bu ular uchun eng yaxshi tilak deb bilishar ekan. Agar sizda ALFAlar bo'lgan bo'lsa va bu yerda turganlaringizni hisobga olsak, ALFA va BETTAlaringiz soni teng deb ayta olamiz.
Diqqat savol: bizga ALFA va BETTAni emas, bu kasb egalarini yozib bering.
Izoh: ALFA - uchishlar soni, BETTA - qo'nishlar soni.
Savol muallifi: Baxromov Sardor.
13-savol. (Savol raqami urg'u berib o'qilsin!)
Real Madrid-Shaxtyor o'rtasidagi Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqich o'yinida tarixiy voqea yuz berdi. Gap shundaki, Shaxtyor asosiy tarkibida o'yinni boshlagan 11 o'yinchining barchasi ukrainalik edi.
Umumiy hisobda esa maydonagi ukrainaliklar soni esa 12 nafar edi.
Diqqat: O'sha 12-ukrainalikning raqami yozib bering.
Izoh: Ushbu 12-ukrainalik futbolchi Real darvozaboni Andrey Lunin edi. Uning futbolkasidagi qarami esa 13, huddi savol raqami kabi.
Savol muallifi: Shahzod Habibullayev.
Diqqat savol: suratda nima reklama qilinmoqda?
Javob: suratda tish oqartirish xizmati reklama qilinmoqda.
Izoh: siz "Say no to yellow", ya'ni "Sariqlikka yo'q de" shiori ostida tabassumga o'xshash oq bananni ko'rib turibsiz.
Savol muallifasi: Narmatova Nilufar.
Soʻnggi yillarda AQSH hukumati koʻchalarni tozaligiga katta eʼtibor berib kelmoqda. Atrof-muhit ozodaligini tartibga solishda markaz tomonidan tavsiya qilingan mahsus ISHCHIlarning xizmatidan foydalanilmoqda. Bu ishchilarning vazifasiga: koʻchalarda qolib ketgan, tashlab yuborilgan ovqat mahsulotlari va qoldiqlarini yigʻishtirib yurish kiradi.
Diqqat: O'sha ISHCHIlarni bir so'z bilan yozib bering.
Savol muallifi: Sevinch bintu Akrom.
Agar mening BU ISHIM isbotlansa, nemislar meni nemis edi deyishadi, fransuzlar bo'lsa jahon fuqarosi deyishadi. Ammo bu ishim rad qilinsa fransuzlar nemis, nemislar esa yahudiy deb e'lon qilishadi.
Diqqat savol: Ushbu jumla muallifini topgan bo‘lsangiz , "bu ish" so'zlari o'rniga bir xil harf bilan boshlanuvchi ikkita so'zni yozib bering.
Izoh: Ushbu jumlalar muallifi Albert Enshteyn edi. U o'ziga tegishli nisbiylik nazariyasi haqida gapirarkan, bu ishi isbotlansa hamma uni o'ziga yaqin olishini, rad etilsa esa hech kim uni o'ziniki deya qabul qilmasligiga ishora qilgan.
Manba: XX asr taqdirlarda aks etgan tarix kitobi. 464-sahifa
Savol muallifasi: Sattorqulova Dilfuza.
Ijtimoiy tarmoqlarning birida Bram Kohenning tug'ilgan kuni haqidagi post ostiga kuzatuvchilar turli hazil izohlar qoldirishadi:
- Bugungi kunda superqahramon bo'lish uchun qahramonlar mantiyasini kiyish shart emas;
- Bugungi kunda qaroqchi bo'lish uchun ko'zga qora lenta taqish shart emas;
Diqqat savol: Bram Kohen yaratgan eng mashhur ixtironi bizga yozib bering
Izoh: Bram Kohen BitTorrent ixtirochisi bo'lib, bu dasturni ko'pchiligimiz "zamonaviy "qaroqchilik" vositasi" sifatida bilamiz.
Savol muallifasi: Narmatova Nilufar.
Bram Kohen mavzusidan uzoqlashmaymiz. Kohenning fikridan iqtibos keltiraman: "Dasturlashning 90 foizi debuggingdan iboratdir".
Diqqat savol: Uning fikricha, qolgan 10 foizini nima tashkil etadi?
Izoh: bugging bu bug yaratish, ya'ni 90% debugging qilish uchun bugging ham qilish kerakda)
Savol muallifasi: Narmatova Nilufar.
Kuni kecha LaLiga doirasidagi Raya Valekano - Real Madrid jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlab borayotgan paytda bir qiziq holat yuz berdi. Gap shundaki, Real futbolchisi Ernesto Valverde tepgan top, shu darajada kuchli va noaniq bo'ldiki, hatto BU ISHNI qildi. Savol muallifi bu vaziyatni kuzatar ekan, 1982-yilda ekran yuzini ko'rgan bir o'zbek filmini beixtiyor yodga olgan.
Diqqat savol: Agar ushbu filmni eslagan bo'lsangiz, o'sha filmda Ernesto Valverde bilan bir xil ishni qilgan insonning ismini yozib bering.
Izoh: Suyunchi filmida Qo'zivoy tepgan top uchib borib darvoza ortidagi uyning oynasiga tegadi. Buni qarangki tajribali Real futbolchisi Ernesto Valverde ham kechagi o'yin yakunlanib borayotgan paytda huddi shu ishni qildi.
Savol muallifi: Shahzod Habibullayev.
Manbaalar: https://t.me/Futgol_UZ/21917
20-savol. (Ushbu savoldan so'ng bemalol o'z uyingizga, o'zingiz istagan transportda ketishingiz mumkin.)
Uning ismini ko'pchilik bilmasligi aniq lekin ovozini har kuni U YERDA eshitish mumkin edi.
Uning siz-u bizga tanish ovozi yozib olinganiga bu yil 15 yil to'lgan.
Shuningdek ungacha, Turfa Ahmedova, Ra'no Dehqonova hamda Manzura Ahmadaliyevalarning ovozi U YERDA yangragan.
Izoh: U - Muslima Murodova edi. Savol o'qilishidan oldingi so'zlar ham sizga metroni eslatgan bo'lsa ajab emas. Metroda yangraydigan hozirdigan oldingi ovoz aynan uniki edi.
“Dadam ovozimni eshitib, yig‘lab yuborgan”. Toshkent metrosining doimiy yo‘lovchilariga yod bo‘lgan ovoz egasi Muslima Murodova bilan suhbat — «Daryo»