January 14, 2019

14-yanvar VATAN HIMOYACHILARI KUNI!

Habaringiz 14-yanvar yurtimizda "Vatan himiyachilari kuni" sufatida keng ko'lamda nishonlanadi. Ablatta bu sana Qurolli Kuchlarimiz bilan bog'liq. Avvalambor ushbu bayram bilan Vatanimiz himoyachilarini chin qalbimdan muborakbot etaman. Ha haqiqatdan ham Vatan himoyachilari demak, ular Vatanni himoya qilishadi. Lekin xalimizda bir maqol bor "Vatan ostonadan boshlanadi". Agar ostonadan boshlansa bundan ko'rinib turibdiki yurtimizniz barcha erkaklarini bayrami ekanda. Endi esa faqat Qurolli kuchlarimiz safidagi yurtdosklaimizni emas balki, ularga qo'shib barcha katta-yu kichik erkaklarimizni ham bu bayram bilan qutlayman.

Xonadon obro‘yi, taxti-erkakdir,

Bolalar quvonchi, baxti-erkakdir.

Ayollar qudrati mulki-erkakdir,

Vatanim g‘ururi ko‘rki-erkakdir.


Mamlakatimizning Qurolli kuchlariga keladigan bo'lsak, buni nima keragi bor deb o'ylarsiz? Lekin bu kun Qurolli Kuchlarimizning tashlik etilgan sanasi bo'lib bugun mana 27 yil to'ldi. Qurolli Kuchlarimiz haqida ozroq ma'lumotlar. 👇👇👇

Oʻzbekiston respublikasi qurolli kuchlari — Oʻzbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hamda aholining tinch hayotini himoya qilish, urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish va oldini olish uchun davlat tomonidan tashkil etilgan va saqlab turilgan harbiy birlashmalar, qoʻshilmalar va qismlarni oʻz ichiga oladi.

Oʻzbekiston Respublikasida Mudofaa vazirligi tizimidagi qism va boʻlinmalar, ppIchki ishlar vazirligining ichki va qorovul qoʻshinlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligiMilliy xavfsizlik xizmatining harbiylashtirilgan qismlari, Chegara qoʻshinlaridan tashkil topgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 31-avgustdagi „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida“gi Bayonotida „Davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqi va erkinligini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida Mudofaa ishlari vazirligi va Milliy gvardiya tuziladi. Respublika hududida joylashgan sobiq SSSR Ichki ishlar vazirligi, SSSR Davlat xavfsizlik komiteti hamda Ichki qoʻshinlari OʻzR yurisdiksiyasiga olinadi“, deb koʻrsatilgan edi. Bu 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan „Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida“gi qonunda „Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, Milliy gvardiya va muqobil xizmatni tashkil etish huquqiga ega“ deb huquqiy jihatdan mustahkamlandi. Bu amalda yosh respublikaga harbiy siyosatni amalga oshirish huquqini berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-sentyabrdagi farmoniga asosan, Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi, uning shtat tizimi va vakolatlari belgilandi. 1991-yil 10 sentyabrdagi farmonga binoan, Mudofaa Vaziri ayni vaqtda Milliy gvardiya qoʻmondoni etib tayinlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-oktyabrdagi qaroriga binoan, Mudofaa ishlari vazirligining huquqiy maqomi, tuzilishi va nizomlari tasdiqlandi. Turkiston harbiy okrugi boshqaruv organlari negizida Mudofaa ishlari vazirligi Bosh shtabi va boshqarmalari tuzildi.

Oʻzbekiston Respublikasining „Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida“gi Qonuni hamda 1991-yil 30 dekabrdagi Mustaqil Davlatlar HamdoʻstligiKengashining Qurolli Kuchlari va Chegara qoʻshinlari haqidagi Minsk qarori asosida 1992-yil 1-fevraldan sobiq Ittifoq tizimidagi qoʻshinlarni mablagʻ bilan taʼminlanishi toʻxtatilishini inobatga olgan holda OʻzR Oliy Kengashi 1992-yil 10-yanvarda „Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligining harbiy qismlari va oʻquv muassasalarini Oʻzbekiston Respublikasi tasarrufiga olish toʻgʻrisida“, 14-yanvarda „Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy oʻquv muassasalari toʻgʻrisida“ qarorlar qabul qildi. Unda OʻzR hududida joylashgan sobiq Ittifoqqa qarashli Ichki ishlar va Mudofaa vazirligining qismlari, birlashmalari, qoʻshilmalari, oliy oʻquv yurtlari, harbiy tuzilmalari mamlakatning qonuniy tasarrufiga olinadi, deb belgilandi. Qaror asosida harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari, harbiy muassasalardagi ishchi va xizmatchilar, sobiq Ittifoq armiyasida xizmat qilgan pensionerlarga ijtimoiy va huquqiy himoyalandi. Harbiy qismlar va oʻquv yurtlari, muassasalar, tashkilotlar davlat tomonidan moddiy texnika va mablagʻ bilan taʼminlandi.

  • 1992 yil 24 martda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan Chegara qoʻshinlari boʻlinmalari haqida“gi farmoni bilan Respublika Milliy Xavfsizlik Xizmati qoshida Chegara qoʻshinlari boshqarmasi tashkil etildi va Oʻrta Osiyo Chegara qoʻshinlari boʻlinmalari uning tasarrufiga oʻtkazildi.
  • 1992 yil 18 mayda „Oʻzbekiston Respublika hududida joylashgan havo desanti qoʻshinlari, harbiy transport aviatsiyasi, razvedka qoʻshinlari, taʼminot qismlari haqida“gi farmon bilan bu qoʻshinlar respublika tasarrufiga oʻtkazildi. OʻzR Prezidentining 1992 yil 12 noyabrdagi „Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan havo hujumiga qarshi harbiy qismlar haqida“gi, 13 noyabrda „Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan kimyoviy harbiy qismlar haqida“gi farmonlari bilan mamlakatimiz hududida joylashgan mazkur turlardagi qoʻshinlar respublika tasarrufiga olindi va sifat jihatidan takomillashtirildi. Shu tarzda mustaqil mamlakat Qurolli Kuchlarini barpo etishning tashkiliy davri yakunlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi oʻz Qurolli Kuchlarini tuzishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning huquqiy meʼyorlari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha Xelsinki yakunlovchi akti, MDH kollektiv xavfsizlik Shartnomasi kabi xalqaro hujjatlarning barcha talablariga rioya qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 3-iyuldagi farmoniga muvofiq, Mudofaa ishlari vazirligi Mudofaa vazirligiga aylantirildi. Oʻzbekiston Respublikasining „Mudofaa toʻgʻrisida“, „Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida“ hamda „Muqobil xizmat toʻgʻrisida“gi qonunlari qabul qilindi.

  • 1993-yilning 22-noyabrda „Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qismining Jangovar bayrogʻi toʻgʻrisida“gi Prezident farmoni imzolanib, Qurolli Kuchlar Jangovar bayrogʻining yagona namunasi belgilandi. OʻzR Oliy Kengashining 1993 yil 29 dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasining „Vatan himoyachilari kunini belgilash toʻgʻrisida“gi qonuniga binoan, 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni, deb eʼlon qilindi.
  • 1995-yil avgustida qabul qilingan OʻzR Harbiy doktrinasi mamlakatning harbiy sohadagi siyosatini belgilab berdi. Mintaqadagi harbiy siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan hodda 2000-yil 3 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi qabul qilindi.

O‘zbekiston dunyodagi eng kuchli qurolli kuchlar reytingida 39-o‘ringa ko‘tarilib oldi (2018). Mazkur ro‘yxat "globalfirepower.com” saytida e’lon qilindi.

Mamlakatimiz armiyasi unda 48-o‘rinda bo'lgandi 2017-yilda.

Yangi ro‘yxatga jahondagi 136 davlat kiritildi. O‘zbekiston MDH davlatlarida Rossiya(2-o‘rin) va Ukraina(29-o‘rin)dan keyin uchinchi pog‘onani egalladi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida esa birinchi o‘rindan joy oldi. Reytingda Qozog‘iston 50, Turkmaniston 80, Qirg‘iziston 91 va Tojikiston 96-bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu ro‘yxatni tuzishda quruqlikda, havoda va dengizda harbiy harakatlarni olib borish uchun qo‘shinlar, harbiy texnikalar soni kabi ellikka yaqin omil, shuningdek, mamlakatning o‘z qurolli kuchlariga sarflay oladigan iqtisodiy resurslari va geografik joylashuvi inobatga olingan. Manba: Shu yerda

Avvalambor Vatanimiz bundanda gullab yashnasin rivojlanishda davom etsin, yurtimizga hech qachon ko'z tegmasin! Yana bir bor bayramla morro bo'ssin!!!

2019 © ShokirjonMK