Bizga Jahon savdo tashkiloti kerakmi yoki Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqimi ?
Hozirgi O‘zbekiston uchun qaysi savdo tashkiloti foydaliroq ekanligini aniq sabablar bilan isbotlash murakkabroq masala. Chunki bunga bir necha omillar ta‘sir qiladi. Bizdagi siyosiy institutlar MDH hududi darajasidagi strategiyalar bilan tadqiqotlar olib borsa G‘arbga munosib islohotlar olib borilishi haqiqatdan anchagina yiroqlashadi. Ehtimoliy iqtisodiy o'zgarishlar doim tanlovlarni taqozo qiladi bu esa bizga qaysi tashkilot manfaatliroq ekanligini biroz tushuntirishi mumkin. Konservativ huquqiy davlatda doim ham iqtisodiy o'sish kuzatilmaydi. Erkin bozor printsiplari bo‘lmagan mamlakatlarda doim byudjet tanqisligi qashshoqlik darajasi yuqori bo'lgan. Inson farovon yashashi uchun unda iste'mol tanlovi kengroq, sifatli ta'limga huquq va shaxsiy mulk daxlsizligi va eng muhimi ishonchli va bepul tibbiy yordam bo'lishi shart (tibbiy sug'urta ham bundan mustasno emas)Yevropa standartlariga munosib huquqiy kafolatlar tadbirkorlikka bo'lgan imkoniyatlar davlatni boyroq qiladi va bu sarmoyaviy jozibamizni oshiradi. Jahon savdo tashkiloti bizga aynan shularni beradi. Ammo biz bu tashkilotga a'zo bo'lishni qancha kechiktirsak shunchalik bizdagi iqtisodiy aloqalar rivojlanishdan ortda qolaveradi. Bojxonadagi proteksionizm importga haddan ziyod ko'p cheklovlarning mavjudligi o'rta ijtimoiy aholini tobora kambag'allashtirib boraveradi. Noma'lum kichik doira manfaatlari uchun xizmat qiluvchi korxonalar Jahon savdo tashkilotiga a'zo borganimizda tabiiy yo'l bilan haqiqiy raqobatga kirishishga majbur bo'ladi. Tobora aholi sonining o'sishi bizni yanada boyroq qilishi kerak edi aslida ammo siyosiy institutlarning noto'g'ri ishlashi (noto'g'ri qarorlar qilishi) bizni hamon o‘sishga qo'ymaydi. Bizning mentalitet ham ta'lim ham bunga katta sababchi emas. Hatto geografik joylashuvimiz va dengiziga tutash etmasligimiz ham to'siq bo'la olmaydi. Biz imkon qadar tezroq JST ga a'zo bo'lishimiz shart. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi ayni damda bizga unchalik ham kerak emas. Asosan avtoritar hukumatlar a'zoligi bo'lgan YeOII da biz yana necha yillar dunyodan ortda qolishimiz mumkin.