Emrys yo‘lakda turar ekan, yuragi go‘yo ikki tomon orasida bo‘linib ketgandek edi. Elara ichkarida yig‘lar, uning har bir shiviri qirolning ichini tirnab o‘tayotgandek tuyulardi. Ammo shavqatsizlik Emrysning tabiati edi, va bu zaiflikni tan olish uning uchun mag‘lubiyat edi. U bir lahzaga ko‘zlarini yumdi, nafasini to‘g‘rilashga urindi, lekin eshik ortidagi Elaraning ovozi o‘zini yo‘qotishiga yaqinlashtirardi.
"U menga ahamiyatsiz," deb o‘zini yana ishontira boshladi Emrys. "U faqat bir qurol, boshqa hech narsa emas." Ammo bu so‘zlar ichida kuchli ishonch uyg‘otmasdi. U o‘zidan nafratlanar edi — bunday ojizlikni his qilayotganidan. "Men qirollikni qonga botirgan odamman, bir ayol meni bunday holda qoldirishi mumkin emas!"
Lekin, orqaga qadam tashlashga kuch topolmay, yana bir marta o‘zini eshik tutqichini ushlab turgan holda topdi. Ichkari kirishga, uning ko‘zlariga yana bir bor tikilib, uni tushunishga yoki uni shunchaki yo‘q qilishga jur'at etolmay turardi.
Elara ichkarida tinchlanayotgandek ko‘rinsa-da, qasddan idishlarni sindirishga va past ovozda yig‘lashga davom etardi. Bu uning yengilmasligini ko‘rsatardi, lekin u baribir ich-ichidan shikastlangan edi.
Shunda Emrys qattiq ohangda o‘ziga gapirdi:
— Bu yerda endi hech narsa topa olmayman. U menga hech qanday ahamiyatga ega emas. U shunchaki o‘tib ketadigan lahza edi, boshqa hech narsa emas!
Ammo bularni o‘ziga uqtirganiga qaramay, u bir qadam ham u yerdan uzoqlasholmadi. Eshik tutqichini asta qo‘yib, devorga suyanib, sovuq va bo‘sh nigohlarini yo‘lakda bir nuqtaga tikdi. Yuragining bir burchagi unga doim haqiqatni aytib turardi: Elara unga o‘zini tan olishdan qo‘rqayotgan haqiqatlarini eslatgan yagona inson edi.
Bir necha daqiqadan so‘ng, Emrys o‘zining qaroriga keldi. Ichida allaqanday qasoskor, ammo chorasiz istak paydo bo‘lgan edi. U bu masalaga nuqta qo‘yishi kerak edi. Ammo qanday qilib? Uni yo‘q qilish bilanmi? Yoki unga mukammal bo‘ysunishni ta’minlash bilan?
Yo‘lakdan uzoqlasharkan, Emrysning yuzida qorong‘u bir tabassum paydo bo‘ldi. U o‘zini to‘plab, ichidagi bu qarama-qarshi tuyg‘ularni boshqarishga harakat qilar edi. Lekin ichida allaqanday sirli rejalar shakllanayotgan edi.
“Eh Elara,” dedi u xayolan. “Men seni butkul sindiraman... yoki o‘zimni.”
Shundan keyin u shifo xonasi yo‘laklarini tark etdi. Ammo Elara ham, Emrys ham, bu hodisadan keyin birinchi bo‘lib qaysi tomon qadam tashlashini bilmas edi.
Bir necha kun o‘tib, saroyda hayot odatdagidek davom etardi, ammo Emrysning ichidagi bezovtalik hanuzgacha unga tinchlik bermasdi. Marisa esa qirolicalik burchlarini ado etishga qaytgan, lekin ich-ichidan o‘zining his-tuyg‘ulari bilan kurashardi. U Elarani ko‘rganidan beri ko‘ngliga shubha va g‘azab o‘rnashgan edi. Emrysning so‘nggi paytlardagi kayfiyati ham uni yanada hushyorlikka undardi.
Bu orada Jonathas, chet el hukmdorlaridan biri va Emrysning strategik hamkori, yangi savdo shartnomasi yuzasidan yana saroyga tashrif buyurdi. Bu tashrif juda muhim edi, chunki bu bitim Emrys uchun katta siyosiy yutuq hisoblanardi. Saroy hushyorlik bilan mehmonni kutib olar, Marisa esa o‘zining qirolicalik vazifasini mukammal ado etishga harakat qilardi.
Lekin Marisa uchun haqiqiy muammo bu emas edi. Unga Emrysning Elaraga nisbatan qiziqishi ortib borayotgani aniq edi. O‘z odamlari orqali Elaraning shaxsini surishtirishga kirishgan qirolicha nihoyat haqiqatni bilib oldi: Elara bolaligida saroyda yashagan o‘sha yetim qiz edi. Bu yangilik uni dahshatga solib, ichki g‘azabini alanga oldirdi. Marisa bunday raqibani qabul qila olmasdi, ayniqsa, u bolaligidan o‘ziga raqib bo‘lib kelganini anglaganida.
Marisaning rejasi
Marisa g‘azabini yashirishni bilardi. U Elarani ochiqdan-ochiq jazolashni xohlamasdi, chunki bu Emrysning shubhasini uyg‘otishi mumkin edi. O‘rniga, vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga qaror qildi. Elarani chaqirtirib, unga taklif bilan chiqmoqchi edi.
Kunlarning birida Marisa Elarani o‘z xonasiga chaqirtirdi. Elara kelganda, Marisaning yuzi xotirjam va hatto mehribon ko‘rindi, lekin ich-ichidan o‘t ketardi.
— O‘tir, Elara, — dedi u muloyimlik bilan. — Biz sen bilan ochiq gaplashib olishimiz kerak.
Elara xavotir bilan Marisaga qaradi, lekin o‘zini jasorat bilan tutdi.
— Men seni tushunaman, — dedi Marisa, tovushida ozgina achinish ohangi bor edi. — Bu yerda sening o‘rning yo‘qligini ko‘rib turibman. Bu saroyda senga joy yo‘q. Ammo men sening yo‘lini yengillashtirishni xohlayman. Sen bu yerdan qochib ketishing mumkin. Men yordam beraman. Hech kim bilmaydi. Faqat bir shart: sen qaytib kelmaysan.
Elara bir zumga jim qoldi. Bu taklif, go‘yo, uni o‘z azoblaridan qutqargandek edi. Ammo u allaqachon qaror qilgan edi.
— Qochib ketish? — dedi Elara past, ammo qat'iyatli ovozda. — Men qochmayman. Bu yerda qolaman. Hamma narsaga qaramay, men bu yerda qolaman.
Marisa ichida qaynab ketdi. Elara, uning tinch yo‘l bilan chiqish haqidagi taklifini rad etgan edi! Ammo qirolicha o‘zini tuta oldi, yuzida jilmayishni davom ettirdi.
— Juda yaxshi, — dedi u sokin ohangda. — Sen haqingda noto‘g‘ri o‘ylamagan ekanman. Lekin o‘zingni ehtiyot qil, Elara. Bu saroyda yashash har kim uchun ham oson emas.
Elara hech narsa demasdan, Marisaning yonidan chiqib ketdi. Marisa esa ichida yonib ketayotgandi. U endi Elarani yo‘q qilish uchun tinch yo‘ldan voz kechib, boshqa rejalar tuzishni boshladi.
Marisaning ichki g‘azabi
Marisa o‘z xonasida yolg‘iz qolgach, ichidagi g‘azabni yashira olmadi. U o‘zini bosib, har qanday hissiyotini yuzasiga chiqarmaslikka urindi. Ammo Elara unga endi nafaqat raqib, balki xavf sifatida ko‘rinardi.
"Bu qiz bu yerda qolishni tanladi, — deb o‘ylardi Marisa, — lekin men bunga yo‘l qo‘ymayman. U yo‘q bo‘ladi. Bu safar doimiy ravishda!"
Marisa saroyda o‘zining ishonchli kishilarini chaqirib, sirli ko‘rsatmalar bera boshladi. Ammo u hali ochiq harakat qilmasdi. Uning rejalari aniq va xavfsiz bo‘lishi kerak edi.
Elara esa ich-ichida o‘zini kuchli his qilardi. U Marisaning g‘azabini his qilgan edi, lekin o‘zining qarorida qat'iy edi. U bu yerda qolishi kerak edi, chunki u o‘z his-tuyg‘ularini inkor eta olmasdi.
.
Kunlarning birida Qirol Jonathas Emrysning saroyiga yana tashrif buyurdi. Bu safar u katta siyosiy shartnoma va savdo bitimlari bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun kelgan edi. Saroy yana tantanaga to‘lib, Jonathasni kutib olish uchun tayyor edi. Lekin Emrysning kayfiyati o‘zgacha edi: uning fikrlari boshqa joyda edi, asosan, Elaraning borligi va saroy ichidagi taranglik haqida.
Emrysning rejasi
Jonathas va Emrys saroydagi keng zalda shartnomalar haqida gaplashib o‘tirar edilar. Suhbat jiddiy, ammo muloqotning ayrim daqiqalarida Jonathas Emrysning diqqatini yo‘qotganini sezdi. Bu hol Jonathasni ajablantirdi, lekin u so‘rashga jur’at etmadi.
Bir payt, Emrys birdan gapni o‘z ichidagi fikrlariga burib yubordi:
— Jonathas, sen o‘sha... Elarani so‘raganing esingdami? Avval rad etgan edim, lekin endi o‘ylab qarasam, sen haq bo‘lishing mumkin.
Jonathasning yuzi birdan yorishdi. U Emrysdan bunday taklifni kutmagan edi, lekin bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslikka qaror qildi.
— Ha, albatta, yodimda, — dedi u xursand bo‘lib. — Agar haqiqatan berishga qaror qilgan bo‘lsang, men uni hozir olib ketishga tayyorman.
Emrys sal jilmayib qo‘ydi. Bu Elara masalasini hal qilishning eng qulay yo‘li bo‘lishi mumkin edi. U Jonathas bilan kelishuvga erishib, uni xursand qildi. Lekin shu payt eshikdan sirg'alib kirgan hizmatkor to'g'ri Lucan tomon odimlab, shivirlashni tugatdi.
Xizmatkor, ovozini pasaytirib: — Janob Lucan, muhim xabar bor. Elara... yong‘in uning xonasida chiqibdi...
Lucanning ko‘zlari katta ochilib, hizmatkorga qattiq tikildi. Elara kabi yosh va himoyasiz qiz uchun bu xavfli holat edi. U bu holatni shoshilinch tarzda Emrysga aytmaslikka qaror qildi.
Lucanning yuzi oqarib ketdi. Bu haqiqatan ham dahshatli xabar edi. U darhol harakatga o‘tdi.
— Nima gap?! — deb so‘radi Emrys, qat’iy ovozda.
Lucan ikkilanib, lekin haqiqatni yashira olmay, javob berdi:
— Elaraning xonasi... yong'in chiqibdi...
Emrys bir lahza jim qoldi. Uning yuragi tez ura boshladi, yuzida keskin o‘zgarish sezildi. U hech qanday vaqtni isrof qilmasdan, darhol xonaga qarab ketdi. Emrysnig intilishlari faqat bitta narsaga yo‘naltirilgan edi — Elarani qutqarish.
— Nega haligacha u yong'indan chiqarib olinmagan? Soqchilar qayerga qarayapti? — Emrys Lucanga do'q qildi. U so'zlarini topolmay qolgandi, faqat qirolning ortidan shoshgancha yurib ketar, yonlaridan qutqarish guruhi yugurib o'tdi.
Saroy ahli Emrysni bunday holatda ko‘rmagan edi. U odatda o‘z his-tuyg‘ularini juda yaxshi yashirar, lekin bu safar u o‘zini to‘xtata olmadi.
Xonaga yetib kelganida, u yong‘in chiqayotgan xonani ko‘rib, o‘zini to‘xtata olmaydi. Xonadan kuchli olovning chiqishiga qarab, Emrys darhol ichkariga qadam qo‘ydi. Uni kuzatib kelgan Lucan va boshqa xizmatkorlar bir lahza to‘xtab qoldilar, ammo Emrys hech narsa sezmay, yo‘lida davom etdi. Qutqaruvchilar allaqachon ichkarida edilar, lekin ular maxsus kiyimlarda. Lucan qirolni to'xtatish uchun shoshilib, qizni olib chiqishayotganini aytdi. Emrys uf tortib, olovdan biroz uzoqlasharkan, tezroq nafas olishni boshlagandi. Biroz vaqtdan keyin ichkaridan qizning qichqirig'i eshitilib, hammaning diqqatini tordi. Keyin bir kishi yugurib chiqqancha baqirdi:
— Oyog'ini qizigan temir bosib qolgan, chiqarib olishimiz uchun og'riqqa chiday olmayapti. Tortib olsak halok bo'lishi mumkin...
Emrys birdaniga shok bo‘lib qoldi. Ko‘zlari yong‘inning orasidan chiqqan quyuq qora tutunning ichida, temirni bosib qolgan Elara tomon yugurdi. U qizning yuzi oqarib, har bir nafasda hayotining oxiri kelganini sezardi. Elara, o‘zini o‘limga tayyor holda, faqatgina ko‘zlari bilan Emrysa qarab, uni so‘nggi marta ko‘rish umidida edi. Emrysning yuragi og‘riqdan siqilib ketdi, u qo‘llarini ushlab, Elara tomon qadam tashladi.
Lucan qirolni to‘xtatmoqchi bo‘ldi, lekin Emrys, hayajon va g‘azab bilan to‘lib, uni itarib yubordi. His-tuyg‘ularining ta’siri bilan, u hech kimni ko‘rmasdan, faqat Elara uchun hayotini xavf ostiga qo‘yishga tayyor edi.
Xonaga kirganida, Emrys Elara to‘g‘risida o‘ylab, hech narsani sezmasdan, yong‘inning o‘rtasiga qadam qo‘ydi. U qizning oyoqlarini temir bosib qolganini ko‘rdi. Elara, o‘limdan oldin oxirgi so‘zlarini aytmoqchi edi.
— Seni sevaman, Emrys... Ket... — deya yig‘lab, o‘zining oxirgi umidini bildirib, Emrysga qaradi.
Emrysning ko‘zlarida zaharli qizil chiroqlar porladi, ammo u Elara uchun so‘zlarni topolmay, faqatgina qo‘llarini ko‘zlariga qo‘ydi va uning yig‘lashlarini artdi. Elara esa og‘riqqa chiday olmay, ko‘zlaridan yana yosh to‘kdi. U o‘limidan oldin Emrysdin bu tuyg‘uni so‘ramoqchi edi, lekin Emrys uning so‘zlarini kutmasdan, shoshilib qo‘llarini unga tutdi.
— Sen o‘lmaysan, — dedi u qattiq, lekin sadoqat bilan. — O‘lmayapsan, Elara! Men seni qutqaraman!
Emrys g'azab bilan baqirdi, hamma tipirchilab yugurdi, Emrys temirni ko‘tarish uchun tezda yordam so‘radi. Qutqaruvchilar, qo‘llarida maxsus asboblar bilan, temirni ko‘tardilar. Elara esa og‘riqqa chiday olmay, baqirdi. Ammo Emrys uning boshini yengilgina ko‘targanida, qiz hushidan ketdi. U har bir nafasda Elara hayotini saqlash uchun kurashar edi.
Emrys uni qo‘llarida ko‘targanida, saroyga chiqdi. U bir nechta xizmatkorga bu vaziyatni boshqarishni buyurib, bosiqlik bilan tashqariga chiqdi. Shu payt Marisa yugurib keldi, va ko‘zlari quyuq qora tutun ichidagi Emrys va Elara bilan to‘la edi. U, nafasini tiqib, jarohatlangan Elara qarab, shoshib so‘radi:
— Nima qilyapsan, Emrys?! Hayotingni xavfga...
Emrys Marisaga indamay, xatto ko'rmay o'tib ketdi. U o‘zining ichki og‘riqlarini, hissiyotlarini, hech kimga ko‘rsatmasdan, Elarani olib ketishni uddalashi kerak edi.
Emrys Marisani umuman ko‘rmasdan, Elara bilan saroy yo'lagidan chiqarkan, Marisa qotib qolgandi. U o'ziga qirolning shunday holatini faqatgina tushunmaslik va noilojlik bilan qabul bog'lab, tinchlanishga urindi.