๐๐ค๐ช ๐ข๐๐ ๐ ๐ข๐ ๐๐ง๐๐ฏ๐ฎ
๐ผ๐ช๐ฉ๐๐ค๐ง: ๐๐๐ฃ ๐ฟ๐๐ฃ๐๐ญ๐ค๐ฃ๐ผ
(Shu joyiga kechirasla prosta slani qo'rqitgim keludi reaksiyelan blmoqchidm qarg'amela xaymi mendan kutsela bo'ladi bunaqa narsalan ketetkan joyida boshqa joyga burvororama๐)
Yoongi: bog'ichni yechishing mumkin.
Jimin xavotirda edi va shuning uchun tezda ko'zidan bog'ichni yechib atrofga qaradi va ko'zi yorishib ketdi. Chunki ular o'rmonning chiroyli manzarasini ko'rib tursa bo'ladigan devori shaffof shishadan bo'lgan taxminan balandligi 3 yoki 4 qavat keladigan uyda edi. Uzunligini sababi manu o'rmonning manzarasi bemalol ko'rinib turardi uy, uyning tashqarisi va uydan 70-80 metr narirog'i porlab yonadigan grilyandlar bilan bezalgan uy ichi esa shinam edi. Ular joylashgan xona xam juda chiroyli edi, o'rtada stolcha turardi uyning poli issiq xayvonning mo'ynasidan bo'lgan gilam bilan qoplangan atrofda yumshoq yostiqlar va xuddi shunday yumshoq yopinchiqlar yotardi.
Yoongi: tug'ilgan kuning bilan kichkintoy
Yoongi Jimin ning bo'ynidan o'pib qo'yib uni quchoqladi. Jimin ning ko'zlari esa xursandchilikdan yoshlandi, albatta uni otasi Hoseok tabriklagandi va brend kiyimlardan sovg'a qilgandi lekin Yoongi ning sovg'asi o'zgacha bo'ldi chunki u Yoongi dan kutmagan edi so'rashga esa yuzi chidamas edi lekin bu yerda bunday xolat.
Yoongi: kichkintoy senga yoqmadimi?
Yoongi Jimin dan jilmayish va xursandchilikdan baqirishini kutgan edi ko'z yoshlarni emas, Jimin Yoongi ga qarab o'girildi. Jimin Yoongi ni quchoqladi va yuzini Yoongi ning bo'yniga yashirdi. Yoongi esa tushunmay qolgandi chunki u shuncha xarakatlarni uni xayron qoldirish uchun qilgandi xafa qilish uchun emas.
Yoongi: kichkintoy yig'lamagin...nima bo'ldi?
Jimin: men shunchaki sen mening xayotimda borligingdan juda xursandman. Boshqa xech nima kerak emas edi.
Yoongi: ey men o'zim seni xursand qilish uchun syurpriz tayyorlagan edim sen esa ko'z yosh to'kayabsan.
Jimin yuzini Yoongi ning bo'ynidan uzoqlashtirib uning yuziga qaradi.
Yoongi jilmaydi va Jimin ning ko'z yoshlarini qo'li bilan artdi. Jimin xam jilmayib yosh bolaga o'xshab joyida sakray boshladi. Keyin Yoongi ning ustiga osilib uni o'pa boshladi.
Yoongi ga gapirishga bermay Jimin uning lablaridan bo'sa olishni boshladi. Yoongi bo'saga javob qaytara boshladi bunga javoban Jimin jilmayib qo'ydi, Yoongi esa Jimin ni ustiga qulayroq o'tirgizib qo'llari bilan Jimin ning sonlarining tag qismidan ushlab oldi.
Yoongi: Chim (o'pish) mening (o'pish) planim bo'yicha (o'pish) xali kechki ovqat bor.
Jimin Yoongi ni o'pishda davom etardi va unga yanada qattiqroq yopishib olgandi. Lekin Yoongi uzoqlashib bo'sani uzdi.
Yoongi: sening bundan minnatdorchiliklaring sababli planlarimiz buzilib ketishi xam mumkin.
Jimin Yoongi ning ustidan tushib stol tomon ketdi, Yoongi xam jilmayib Jimin ga ergashdi.
Jimin: Yoongi sen qachon bularni tayyorlashga ulgurding?
Yoongi: kxm senga rostini aytaymi yoki yolg'on gapiraymi?
Jimin Yoongi ga xayron bo'lib qaradi Yoongi esa Jimin ning yoniga o'tirdi.
Yoongi: umuman olganda men muxim sanalarni eslab qoladigan odamlardan emasman.
Jimin: unda...nega sen bularning barchasini tayyorlading?
Yoongi: xullas bu An Mun sababli.
Yoongi: faqat jaxling chiqmasin xopmi? O'sha paytlar men An Mun ni sen deb o'ylab yurardim. U bu kunga 4 kun qolganida menga bu kun xaqida imo ishoralar qilib gapirardi. Shuning uchun men bu bayramni tayyorladim, lekin bu bayram ajralishishimiz belgisi edi va men shu bugun sen ya'ni sen deb o'ylagan An Mun bilan ajralmoqchi edim.
Yoongi: faqat yig'lama! Men u bilan ajralmoqchi edim ya'ni sen bilan axir men sizlarni almashtirib qo'yishganini bilmas edim. Shunday ekan men seni emas An Mun ni tashlab ketgan bo'lardim.
Jimin ko'zlarini olib qochdi va likopchaga tikilib qoldi.
Yoongi: kichkintoy men rostan xam shunday qilmoqchi edim ammo yonimda xaqiqiy sen emasligingni bilgach xammasi o'zgardi...i keyin bu yer juda qora rang va so'lim xolatda edi qo'limdan kelgancha o'zgartirdirishga xarakat qildim agar bu yer yoqmagan bo'lsa boshqa joyga borishimiz mumkin.
Jimin: shoshma, sen shunda meni tashlab ketmaysana? Ajralmaymizmi?
Yoongi: nima? Albatta yo'q. Sen faqat menikisan bulochkam)
Yoongi Jimin ning peshonasidan o'pib qo'ydi, Jimin esa xotirjam bo'lib jilmayib qo'ydi.
Jimin: menga bu yer juda yoqayapti raxmat... Yoongi
Jimin Yoongi ning labidan o'pib qo'ydi va ular ikkisi tayyorlangan narsalarni yeb kulishib o'tirishardi...
Oradan kunlar, xaftalar oylar o'tdi, Yoongi shu qadar bor etiborini Jimin ga qaratgan ediki o'z ishlari xam qolib ketgan edi ora orada ishiga jiddiy qarab qo'yardi.
Shu tariqa Yoongi va Jimin ning xayoti kechar ekan Jimin to'satdan o'zgara boshladi, Yoongi bilan kamroq vaqt o'tkazar va darsini baxona qilib xonasiga chiqib ketardi.
Yoongi boshida indamadi lekin bu xolat qaytalanar va borgan sari yomon tomonga o'zgarib borardi.
Jimin xar kungidek baxtli va xayotidan xursand xolda maktabga borib kelib yurardi lekin bir kun uning sinfiga yangi yigit keldi. Maktab tugay deb qolgandi va bu yigitning yil oxiri kelgani biroz g'alati edi. U yigit kelishgan, uzun bo'yli va atrofdagi insonlarga yaxshi muomilada edi.
Uning ko'ziga sinfdagi eng tinch bola ya'ni Jimin tashlandi. U negadir Jimin bilan yaqin bo'lishni xoxladi va bunga erishdi xam. U oson Jimin ning ishonchiga kirdi.
Lee Jae 18 yoshda, oilada yolg'iz o'g'il. O'ziga ishongan juda aqilli va aqli bilan ish qiladi. U oson odamlarni aldab ishonchiga kira oladi. Jae ning otasi Lee Suxo Yoongi ning buyuk dushmani bo'lib kelgan va yagona maqsadi Yoongi ni o'ldirib uning o'rnini egallash. Suxo Yoongi bilan oxirgi o'zaro bellashuvda yutqazib yo'q bo'lib ketgan edi lekin shu paytgacha u Yoongi xaqida barcha malumotlarni yig'ib yurgan. Suxo Jimin xaqida bilgach, Yoongi ni yo'q qilish rejasiga o'z o'g'li Jae ni xam aralashtirdi, ya'ni o'g'li Jae ning vazifasi Jimin ni aldab ishonchiga kirib o'zini sevib qoldirishi kerak edi.
Jae mantiqan o'ylab Jimin bilan yaqin bo'lib oldi va shundan so'ng rejasini amalga oshira boshladi. U Jimin ni manipulyatsiya qilayotgandi. Shu sabab Jimin Yoongi dan uzoqlashib Jae bilan ko'proq gaplashib vaqt o'tkazar, telefonda uzoq vaqtlab yozishib gaplashib yotardi.
Yoongi surishtirib u bola xaqida bildi lekin rashk tufayli Yoongi bir narsani ko'zdan qochirdi, bu bola dushmanining o'g'li bo'lishi mumkunligini. Yoongi va Jimin ning orasida janjallar kelib chiqa boshlagandi, Yoongi aqldan ozay der edi chunki Jimin ni butun borlig'i bilan sevardi.
Lekin bir kuni ular juda qattiq janjallashishdi va Jimin uydan ketib qoldi. Ketib qoldiyu to'g'ri o'sha Jae ning uyiga bordi.
Shu joyida savol tug'ilishi mumkin, Taehyung chi u Jimin ni yonida bo'lmadimi degan. Taehyung Jae ni bu darajada Jimin ni o'ziga jalb qila oladi deb o'ylamagan edi shunchaki oddiy boshqalar kabi sinfdosh deb o'ylagan edi.
Jimin Jae ning uyida qoldi. Yoongi Jimin ning yoniga bordi gaplashib olishni so'radi va sal qolsa Jae ni o'ldirib qo'yay xam dedi lekin Jimin bundan battar achiqlanib Yoongi ning xarakatlarini rad etdi. Yoongi tushkunlikka tushib qoldi, u depressiya va stress xolatiga tushdi. Buning xammasini Suxo bilib kuzatib turardi. Yoongi icha boshladi, u xaligacha Jimin ni yoniga borardi. Ammo bugun xammasi boshqacha bo'ldi. Kechgi soat 9 lar atrofi Yoongi yana Jimin ni yoniga janjal va baqirishlarsiz xotirjam va tinch gaplashib olish maqsadida yolg'iz bordi va Jae ning uyi eshigini taqillatdi. Uzoq vaqtdan so'ng eshikni faqat ichki kiyimda chiqgan Jae ochdi. Yoongi bundan shubxalana boshladi va Jae ni itarib uyga bostirib kirdi u baqirgancha Jimin ni chaqirdi. Xonama xona kirib Jimin ni izladi va oxiri bir xonaga kirib Jimin ni ko'rdi. Ko'rinishidan xona Jae niki, o'rtada katta yotoq, yerda kiyimlar yoyilib yotar, yotoq usti betartib eng yomoni bu yotoq ustida yalong'och tanasini yashirish uchun o'rangan xolda Jimin yotardi. U Yoongi ni ovozini eshitgandan so'ng o'ziga kelgan edi. Yoongi Jimin ga qarab turar ekan ularning barcha xotiralari ko'z oldidan o'tdi. Ko'zlari o'zidan o'zi yoshga to'ldi, oddiy ko'z yosh emas alam ko'z yoshlari edi.
Jimin Yoongi ga qarar ekan uning nigoxida yashiringan so'zlarni tushunardi lekin endi nimanidir tushuntirib berishga kech edi. Jae Yoongi ning ortida jilmayib turardi unga Yoongi ning bu xolati zavq olib kelayotgandi. Yoongi Jimin ga qarab turarkan tili aylanmasdi gapirmoqchi bo'lsa yuragi og'rirdi. Vanixoyat u gap boshladi.
Yoongi: shumidi...biz xoxlagan narsa Jimin? Maqsading mendan... qutulishmidi? Yuzimga aytganingda xozir bu xolatni ko'rib turganim qadar og'riqli bo'lmas edi...men...men seni...sevib qolganimga afsuslantirding...seni uchratgan kunimga ming lanat....koshki seni uchratmasaydim...
Yoongi jaxl, alam va og'riq to'la xolda uyni tark etdi. Jimin yotgan joyidan turib Yoongi aytgan so'zlarni o'yladi va bu gaplar unga juda og'ir botgandi. Yoongi uydan chiqib ketar ekan xis tuyg'ularini boshqara olmasdi, Jimin uni axmoq kabi o'yin qilgani va shuncha orasida bo'lib o'tgan narsalar xech qanday qiymatga ega emasmi degan fikr o'y xayollar Yoongi ni yeb bitirayotgandi. Taekook Yoongi va Jimin ning orasidagi janjallar xaqida bilishardi va xavotirda edilar. Aynan xozir Yoongi ga Jungkook dan qo'ng'iroq keldi. Yoongi 5 marta qo'ng'iroq ga javob bermadi lekin oxiri telefonni ko'tardi. Tae va Jungkook Yoongi ning ovozidan nimadir joyida emasligini faxmlab Yoongi dan so'rashdi. Yoongi yuragida ming og'riq bilan vaziyatni tushuntirar ekan Taekook shok xolatiga tushishdi, Jimin bunday qilgani ishonisha olmasdi. Yoongi telefonda gapirar ekan ortidan kelayotgan mashinaga axamiyat bermadi, lekin mashina Yoongi ning sal ortida to'xtadi va mashinaning orqa oynasi ochilib, pistolet ushlab turgan qo'l chiqdi. Mashinadagi odam Yoongi ga qarata naqd 5 marotaba o'q uzdi va mashina tezlikda joydan ketdi. Yoongi turgan joyida yerga quladi, telefonda barcha narsani eshitgan Taekook tipirchilab qolishdi va Yoongi ning telefon raqamidan qayerdaligini aniqlab tezlikda yetib borishdi. Kelishganida atrofdagi odamlar tez yordam chaqirishgandi va Yoongi ni olib ketish uchun tez yordam mashinasiga joylashdi.
Shoshilinch shifoxonaga jo'nashdi. Kelishgach Yoongi ni operatsiya xonasiga olib kirib ketishdi. Taekook va Namjoon shifoxonaga tez yordam mashinasi ortidan yetib kelishdi. Bu xolat xaqida Jimin qayerdandir eshitib yetib keldi. Ko'zi to'la yosh, kelib Taekook dan nima bo'lganini va bu qanday bo'lganini so'ramoqchi edi lekin Taekook Jimin ga qayirilib xam qaramadi. Tae Jimin ga sovuq nigox bilan qaradi.
Tae: senga nima a senga nima?! Nima ishing bor bu yerda?! Nega kelding!! Seni deb Yoongi shu xolda, sen aybdorsan!!! Unga biror narsa bo'lsa seni tinch qo'ymayman!
Taehyung o'zini ushlab turolmay yig'lab Jimin ga baqirib tashladi, Jungkook zo'rg'a Taehyung ni ushlab turardi. Jimin o'zini yomon xis qilardi. Shu payt operatsiya xonasi ochilib bosh doktor chiqdi.
Namjoon & Jimin & Tae & Jungkook: doktor?!
Doktor: biz xamma o'qlarni tanadan chiqarib oldik, lekin bemor ko'p qon yo'qotgan. Axvoli barqaror. Xar extimolga qarshi tayyor turinglar, yashamasligi xam mumkin. O'ziga kelish kelmasligi bemorning o'ziga bog'liq.
Yoongi ni reanimatsiya xonasiga olishdi, tanasiga xar xil aparatlsr ulangan ko'rgan odam qo'rqib ketardi, tanasi va yuzi oqarib ketgan o'lik odamdek edi. Namjoon, Jimin, Taehyung va Jungkook doktordan yolvorib Yoongi ning yoniga kirishni so'rashdi va doktor bittadan kirib chiqishlarini va 5 daqiqa vaqt berishini aytdi. Birinchi bo'lib Jimin kirdi. U Yoongi ni ko'rgach battar yig'lab yubordi o'zini shu darajada yomon ko'rib ketardi. O'zini aybdorligini bilardi va juda afsuslanib yerga o'tirgan xolda Yoongi dan uzr so'rar edi...lekin javob yo'q....
Xamma Yoongi ni o'ziga kelishi uchun duo qilishar bir qadam xam jilmasdilar.
Lekin Yoongi uyg'onishni istamadi, 2 kun o'tar o'tmas Yoongi olamdan o'tdi. Namjoon juda siqilib qoldi Yoongi unga do'st bo'lib kelgan va uning to'satdan xayotdan ko'z yumishi unga og'ir botgandi, Taekook esa Yoongi ga bu ishni qilgan odamni topib qasos olishmoqchi, birinchi o'rnida Jimin dan. Jimin tirik murdadek edi, u vijdon azobida edi, yig'layverib ko'zida yosh qolmagandi, u o'zini yashashga noloyiq deb bilardi o'zidan jirkanib ketayotgandi.
Oradan 1 xafta o'tdi, Jae ni endi Jimin bilan ishi yo'q, Namjoon bir qancha vaqtga ishdan tatil olib xotini bilan shaxar tashqarisiga chiqib ketdi, Taekook Yoongi ning ishini o'z bo'ynilariga olib qotilni birma bir izlashardi tinim bilishmasdi, Jimin ni yaqin xam yo'latishmasdi, Jimin esa o'zining yashagan eski uyiga bordi va barcha Yoongi bilan kechirgan baxtli xotiralarini eslab yig'lab xam jilmayib yotardi.
Jimin qaror qabul qildi. U o'rnidan turdi va xuddi eski paytlaridek dorixonaga borib dori o'g'irladi lekin bu safar dori o'zi uchun edi, uxlatuvchi dori. U uyga qaytib keldi va Yoongi ning rasmiga termulib ko'z yosh to'kdi.
Jimin: mushukcham Yoongi, iltimos meni kechir, men seni juda sevaman, qilgan ishim...bu axmoqlik, katta xato va senga noxaqlik edi...men..juda afsusdaman...meni kechir....sensiz yashash qiyin ekan...seni sevaman...meni kut sevgilim.
Jimin olgan dorisini idishini ochdi va ichidagi xamma dorini ichdi. Oxir oqibat u uxlab qoldi...butun umrga...
P/s Dina: xo'sh mana men sevgan, mening birinchi bl janrida bo'lgan ff yim 1 yilu 2 oy deganda o'z nixoyasiga yetdi. Buni tan olgim kelmayapti lekin "You make me crazy" fanfigi tugadi. O'ylaymanki fanfic sizlarga yoqdi, bilaman final qism yoqmagandir men xam bu fanfic oxiri bundan final bo'lishini xoxlamasdim ammo xayot xar doim xam happy end bilan tugayvermaydi. Xiyonat odamni o'limgacha olib keladi. Shunday ekan sodiq bo'lila xaymi๐