๐ญ๐ด๐ฌ ๐ธ๐๐ป๐ฑ๐ฎ ๐บ๐ฎ๐ท๐ผ๐ฟ๐ป๐ถ ๐พ๐ฎ๐๐๐ฎ ๐๐ฎ๐ฟ๐ฏ๐ถ๐๐ฎ๐น๐ฎ๐๐ต
๐๐๐๐ต๐ผ๐ฟ: ๐ ๐ถ๐ป ๐๐ถ๐ป๐ฎ๐ ๐ผ๐ป๐ผ
Minson: Oxo, unda oilamizga sen xam xush kelibsan o'g'lim.
Deya u xech qanday reaksiyasiz gapirdi va qo'lini Yoongi ning yelkasiga qo'ydi.
Minson: va senga sabr tilab achinaman
U barmoqlari orasida oltin kartani ushlagancha Jimin ga ishora qildi.
Minson: u juda qimmatga tushadi senga, sizlarning birgalikdagi baxt va roxatingiz anchagina qimmatga tushadi.
Jimin: axa bemalol! Men sizsiz xam eplay olaman!
G'azab bilan tishlarini qisgancha gapirdi Jimin.
Minson: kel bunday qilamiz. Agar sen yarim yil mendan yordam so'ramay yashay olsang, biz sizlarning ajrim audingizni qilamiz. Men senga oltin kartangni, mashinangni va uyingni qaytaraman, xamda bundan keyin xayotinga umuman aralashmayman.
Jimin: agar yordam so'rasamchi?
Qo'llarini ko'ksi ustida chalishtirib so'radi Jimin.
Minson: agar yordam so'rasang, bundan keyin men aytgan chizig'imdan chiqmaysan va aytganlarimni so'zsiz bajarasan
Jimin o'ziga ishongan xolda bosh irg'idi va otasi bilan bu kelishuvni qo'l siqish orqali yakunlashdi. Minson qo'riqchilari bilan mashinasiga o'tirib ketdi.
Jimin xali xam g'azabda bir nimalar der edi. U qo'llarini kojali shimi cho'ntagi ichiga tiqib bir dona sigarrt olib tutata boshladi. Sigaretni 2 marta tortishga ulgurmasidan Yoongi Jimin ning yoniga keldi.
Yoongi: chekish sog'liq ucun zarar
Dedi va sigaret to'g'ri axlat idishida o'z o'rnini topdi.
Jimin: sen o'zi kim bo'libsanki menga aql o'rgatasan?!
Yoongi: menimcha sening alfang va qonuniy ering
Jimin: bor toshingni ter, erjon!
Jimin qo'llarini yana kojali shimi cho'ntagi ichiga tiqib telefonini izlay boshladi lekin topa olmadi.
Jimin: jin ursin, qo'ng'iroq qilib olay senikidan
Yoongi o'zining eski telefonini uzatdi va uning telefoni knopkalari zo'rg'a ishlar edi. Jimin kimning raqamini eslasa xammaga qo'ng'iroq qilib ko'rdi lekin birortasi xam go'shakni olmadi. Balki ular bu muammo xaqida eshitib ataylab qo'ng'iroqqa javob berishmayapti va bloklab qo'yishyapti. Xammasi ajoyib edi!!
Yoongi: kettik mexmonxonaga qaytamiz, mening poyezdim 2 soatdan keyin. Menimcha sen men bilan ketasan.
Deb Jimin ning bu oliftaliklaridan charchagan tarzda gapirdi Yoongi.
Xa ularni Minson mashinada, nikox o'qiladigan binoga olib kelgan edi. Yoongi esa Jimin ga piyoda ketishni taklif qilgan edi ammo Jimin o'zining repertuarida
Jimin: men piyoda yurmayman. Taksi to'xtatib taksida boraman
Yoongi: unda omad. O'ylaymanki sen mexmonxona manzilini eslaysan. 2 soat vaqting bor. Balki fikringdan qaytarsan.
Deya be etibor kulib qo'ydi Yoongi. Bularning xammasi o'yin emas, balki roatan xam bo'layotganini Yoongi tushunib yetgandi. U tun ni birga kechirgan yigit bir necha soatlar oldin juda boy edi, xozir esa bir zumda nochorlashdi.
Jimin: balki samalyotda ketarmiz a?
Deb yana Jimin ming'irlashni boshladi, Yoongi esa bu payt ter to'kib 2 ta og'ir jamadonlarni sudurab ketardi, o'zining esa aslida bor yo'g'i kiyimlari solingan bir dona sport sumkasi bor edi. Jimin ning bir tiyinga qimmat kiyimlarini Yoongi bechora sudurab ketardi.
Yoongi: seni xatto taksiga puling yo'qku, chiptaga pulni qayerdan olmoqchisan?
Kesatgancha xansirab gapirdi Yoongi.
Yoongi: u otangning samalyoti.
Deb gapirdi Yoongi. U odamlar gavjum bo'lgan vokzalning markazida to'xtab biroz dam olishga qaror qildi.
Yoongi: shukr qil xech bo'lmaganda senga manavi bir tiyinga qimmat kiyimlaringni olib ketishga otang ruxsat berdi....xa ya aytgancha men yashaydigan qishloq yonida aeroport degan narsa yo'q.
Jimin: vokzal degan narsa bor a faqat?
Yoongi: yo'q, biz Pusan gacha elektr poyezd da ketamiz undan buyog'iga esa avtobusda qishloqqa ketamiz.
Deb tushuntirdi Yoongi nafasini rostlab bo'lgach yana jamadonlarni sudurab keta boshladi. elektr Poyezd jo'nashiga bir necha daqiqalar qolgan edi.
Jimin Yoongi ning qo'lidan ushlab olib unga xayrat bilan qaradi.
Jimin: yana qanaqa qishloq?! Sen shaxarda yashamaysanmi?
Jimin xamma narsani kutsa xam bunday xabarni kutmagan edi. U xozir cho'ntagida pulsiz va telefonsiz xolida bu alfa Yoongi bilan ketishi shart edi. Mayli bularga chidash mumkin, lekin qishloq!! Axir u yerda chivin, pasha va boshqa jirkanch qumursqalar xam bor!
Yoongi: Pusandan men yashaydigan joygacha avtobusda 2 soatlik yo'l.
Yoongi Jimin ni nima xaqda o'ylayotganini bilmagan xolda gapirdi. Rostan xam u qanday yomon gap aytdi? Xa qishloqda yashashini aytdi. Lekin qishloq dedi, o'rmon emasku. Muammo nimada endi ex Jimin....
Umidsiz va darg'azab xolda o'ziga o'zi gapirdi Jimin. Operator qachonki Seul dan Pusanga poyezd yo'lga tushishini e'lon qilgach, Jimin shoshilgancha Yoongi ga ergashib ketdi.
Mayli, bu qiyomat emas, balki Yoongi yashaydigan joy Jimin tasavvur qilganidek yomon joy emasdur. Jimin shunday xayollar bilan o'zini ovutib yoki aldab badbo'y va eski vagonga Yoongi bilan chiqib o'tirishdi.
Pusan gacha bo'lgan yo'l Jimin uchun jaxannamning o'zginasi edi. Bu yerda sho'x va shovqin soluvchi bolalar, kasalga o'xshab yo'talayotgan qariyalar, ter va badbo'y xid va kamdan kam bu yerda ko'zga tashlangan quloqchinlarda musiqa eshitib ketayotgan yoshlar. Jimin xech qachon manavi qulog'ida quloqchin va qo'lida eski bo'lsa xam telefoni bo'lgan odamlarga xasad qilishini o'ylamagan edi. Xojatxona xaqida gapirmasa xam bo'ladi. Vagondagi xojatxonada suv yetishmovchiligi, iflos muxit va ko'ngil ni aynitadigan xid xatto xojatxona qog'ozi bo'lsa xam yo'q edi.
(xindla esmga tushb ketti๐ endi koreyada bunchali emas sharoitlari, ulani qishloq axolilariyam xozr bzdan zo'r sharoitda yashashadi bu shunchaki ff va fantaziya xolos๐คซ)
Yoongi yo'lda ketar ekan Jimin bilan umuman gaplashmagandi. U oynaga qarab manzarani tomosha qilib ketardi. Jimin bundan arazlagandek edi, yo'q, u Yoongi u bilan gaplashishini xoxlab o'lib turgani yo'q edi, ammo xech bo'lmasa endi o'zi yashaydigan joy xaqida qandaydir ma'lumot bilishni xoxlar edi.
Poyezd to'xtagach, ichidan birinchilardan bo'lib Jimin chiqdi va o'pkasini toza xavoga to'ldirib nafas oldi. Lekin Jimin ning bu xursandligi uzoqqa cho'zilmadi va ular vokzaldan chiqishi bilan charaqlab turgan quyosh qora bulutlar bilan o'rin almashdi, yomg'ir quya boshladi.
Yoongi ning vitrofkasini ustiga yopgancha, yomg'ir ovozi sabab baqirib so'radi.
Yoongi: qo'shni ko'chaga, u yerda bekat bor. Avtobus yarim soatlarda kelishi kerak.
Sovuq xavo va xo'l bo'lib ulgurgan kiyimlariga axamiyat bermay javob berdi Yoongi. U jamadonlarni olib xotirjam ketardi. Jimin esa o'ziga o'zi qarg'ishlar aytib Yoongi ni ortidan ergashdi.
Yoongi: men senga aytgan edim, sen sal oddiyroq kiyinishingni
Dedi Yoongi Jimin ni ko'zdan kechirib.
Jimin sovuq xavo tufayli qaltirardi, uning oppoq shimi tizzasigacha xo'l bo'lgan va kir bo'lib ketgandi, krasaofkalari xam qarab bo'lmaydigan xolda edi. Faqatgina uning rang barang futbolkasi ustida Yoongi ning vitrofkasi bor edi. Lekin shu axvolga qaramay Jimin shu xolda xam juda go'zal va betakror ko'rinar edi. Yoongi buni bilsada u xech qachon buni Jimin ni o'ziga aytmaydi.
Deb Jimin gapirganini biladi, ularning yo'lidan o'tib ketgan yuk mashinasi Jimin ning boshidan oyog'igacha suv sachratib o'tib ketdi.
Jimin: xoy molmisan?! Sen bilasanmi bu kiyimlar qancha turishini iplos?!!
Jimin allaqachon ketib bo'lgan mashina orqasidan baqirib qoldi.
Yoongi: seni bir tiyinga qimmat kiyimlaringni narxi bilan xech kimni ishi yo'q. Kettik
Deya gapirdi Yoongi ko'zlarini suzgancha va yo'ldan o'tib ketdi. Uning Jimin ni kutishga sabr toqati yo'q edi va bu uning muammosi xam emas edi.
Jimin jinni bo'lib qolay deyayotgan edi. U ilojsizlikdan turgan joyida g'azabdan tipirchilab yer tepindi lekin Yoongi ni ortidan mashina yo'lidan o'tar ekan, yo'ldan o'tib bo'lishi bilan yana bir mashina Jimin ning ortiga suv sachratib o'tib ketdi. Lekin Jimin indamadi chunki foydasi yo'q edi jaxl qilishni. Uni xozir xursand qilayotgan narsa bu yaxshiyamki O'zi bilan 2 jamadon kiyimlarini olib olgan edi va Yoongi ni uyiga yetib borgach bu isqirt bo'lib ketgan kiyimini yechib toza kiyimini dush qabul qilib kiyadi...albatta bular uning xayolida
Avtobusdan tushgach gapirdi Yoongi
Jimin endi ochiqchasiga g'azablana boshladi. U yomg'ir tagida 2 marta mashinalar tufayli "cho'milib" olgani kamdek xatto avtobusda xam ko'p silkinishlar sababli biroz bo'lsa uxlay olmagandi. Endi yana piyoda ketish...
Yoongi: yo'llar yomg'ir tufayli rasvo, avtobus yura olmaydi.
Jimin: men xech qayerga bormayman!
Jimin yana yer tepindi lekin shu zaxotiyoq bundan afsuslandi. Qimmat brendli krasaofkalarining yarimi loyga kirib ketdi, tepingani uchun sachragan loy va suv tomchilari o'zining kiyimiga va yonidan o'tib ketayotgan odamlar kiyimiga sachragan edi. Lekin odamlarni bu bilan ishi yo'q edi (befarostade ula๐)
Jimin: men charchadim! Men jin ursin uxlashni va biror nima yeyishni xoxlayman!
Yoongi: qara sen erkalanayverib xiqildog'imga kelding
Aslida rostan xam charchagan odam bu Yoongi edi. Yo'q, u charchamadi u z*yb*l bop ketgandi. Shuncha bosib o'tilgan yo'l va uyqusizlik, shuncha erkalik va oliftaliklar.
Yoongi: xech qayerga bormaysanmi? Yaxshi
Yoongi ushlab turgan Jimin ning 2 jamadoni xo'l o'tlar ustiga qo'ydi.
Yoongi: unda shu yerda qol. Menda seni ovutib erkaliklaringni ko'tarish uchun kuch xam, xoxish xam, kayfiyat xam yo'q. Sen shaxsiy xaydovchi va xizmatkorlar bor o'sha Seul da emassan. Va bu narsada yagona aybdor men o'ylaymanki bu sensan! Shu yerda qol, men esa kettim.
Yoongi rostan xam jaxli chiqqan va nima qilishni bilmay qolgan Jimin ni qoldirib keta boshladi.