August 13, 2022

Andijon viloyat hokimligida adliya boshqarmasi viloyat, tuman (shahar) hokimliklari, davlat organlari va tashkilotlari hududiy tuzilmalarining ijro intizomiga mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Joriy yilning 12-avgut kuni Andijon viloyat hokimligida adliya boshqarmasi viloyat, tuman (shahar) hokimliklari, davlat organlari va tashkilotlari hududiy tuzilmalarining ijro intizomiga mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Andijon viloyatiga kelib tushgan topshiriqlar holati muhokama qilindi.
Bundan tashqari, ijro muddati 31-avgustga qadar bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Adliya boshqarmasi tomonidan ayrim topshiriqlar belgilangan muddatdan kech bajarilayotganligi, mas’ul ijrochilar tomonidan topshiriqlarni bajarishga kechikkan holda kirishilayotganligi, ayrim topshiriqlar ijrosini bajarishga ko‘p vaqt sarflanishini inobatga olgan holda topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajarilishi uchun topshiriq tizim orqali kelib tushgan vaqtdan boshlab kirishish lozimligini, adliya boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida ko‘rsatilgan topshiriqlarni bajarish uchun huquqiy-uslubiy ko‘maklashishini, viloyat tuman (shahar) hokimliklari, davlat organlari va tashkilotlari hududiy tuzilmalarining ijro intizomiga mas’ul xodimlari bilan topshiriqlarni vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hamkorlikka tayyor ekanliginii ta’kidlab o‘tdi.

ANDIJON VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI