Chet davlatlarning harbiy xizmatlariga yollanish taqiqlanadi.
Andijon viloyat adliya boshqarmasi
Joriy yilning 12-avgust kuni adliya boshqarmasi tomonidan Andijon shahrida joylashgan harbiy qismda harbiy xizmatchilar ishtirokida "Chet davlatlarning harbiy xizmatiga yollanganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud" mavzularida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida O'zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o'xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi shuningdek, shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotishga аsos bo'lishi mumkinligi tushuntirib o'tildi.
Tadbir ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollariga mas'ullardan atroflicha javoblar oldi.