September 22, 2022

Adliya boshqarmasida "Adliya faxriylari e’zoz va e’tiborda!" shiori ostida faxriylar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Joriy yilning 21-sentabr kuni Andijon viloyat adliya boshqarmasida "Adliya faxriylari e’zoz va e’tiborda!" shiori ostida adliya tizimida uzoq yillar ishlagan faxriylar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda fahriylarga adliya tizimida bo'layotgan o'zgarish va yangiliklar bilan yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek, fahriylar kengashini viloyat bo‘limi hamda barcha a’zolari adliya tizimiga uzoq yillar davomida ortirgan tajriba va bilimlarini hozirda adliya tizimida faoliyat olib borayotgan yosh kadrlar bilan almashishga doim tayyorligini ta’kidlab o‘tildi.