May 17, 2022

Sayyor qabul orqali fuqarolarning muammolariga yechim topilmoqda.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Joriy yilning 17-may kuni Andijon viloyatining olis hududi hisoblangan Ulug'nor tumanining "Sariq suv" mahalla fuqarolar yig'inida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan 2022-yilning 2-choragi davomida viloyat hududida jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish to'g'risidagi jadvalga muvofiq sayyor qabul tashkil etildi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi
Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Ushbu tadbirda Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O.Bozarov ishtirok etib, fuqarolar bilan yuzma-yuz o'tirib ularning murojaatlarini tingladi va murojaatlarda keltirilgan masalalar yuzasidan mas'ul shaxslarga tegishli topshiriqlar berildi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Shuningdek, sayyor qabulda 20 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 16 nafar fuqaro tomonidan berilgan murojaatlarga qabul joyining o‘zida huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi, 4 nafar fuqarolarning murojaatlari O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Qolaversa, mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi