July 1, 2022
Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlariga Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati yetkazildi.
Andijon viloyat adliya boshqarmasi
Joriy yilning 30-iyun kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Shuningdek, uchrashuvda viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan 2022-yilda davlatimiz va xalqimiz hayotida Konstitutsiyaviy islohotlarni umumxalq referendumi orqali amalga oshirilishi bilan bog'liq katta siyosiy voqea bo'lib o'tishi, referendum jarayonlarida har bir fuqaroning shaxsan o'zi ishtirok etishi orqali o'z siyosiy irodasini namoyon qilishi hamda referendum o'tkazish tartiblari haqida tushuntirishlar berildi.