May 24, 2022

Qo'rg'ontepa tumanida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi

Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Joriy yilning 24-may kuni viloyat adliya boshqarmasi o'rinbosari K.Mashrapov tomonidan Qo'rg'ontepa tumanining "Navbahor" mahalla fuqarolar yig'inida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabullarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning hal etilmay kelayotgan muammolarni qonun doirasida bartaraf etish hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlashdir.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi
Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Sayyor qabulda 15 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 11 nafar fuqaro tomonidan berilgan murojaatlarga qabul joyining o‘zida huquqiy tushuntirish berildi, 4 nafar fuqarolarning murojaatlari O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi
Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Qolaversa, mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi