XALQ DEPUTATLARI HUDUDIY KENGASHLARINING DEPUTATLARI UCHUN O‘QUV SEMINAR TASHKIL ETILDI.
Andijon viloyat adliya boshqarmasi
Joriy yilning 18-20-may kunlari Andijon davlat universitetida Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari hamda kotibiyat xodimlarining faoliyat samaradorligini yanada oshirish maqsadida o‘quv seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarlarda Andijon viloyat adliya boshqarmasi Kadastr agentligi Andijon viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatning 12 ta tumanidan qatnashgan Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari va kotibiyat xodimlariga yer munosabatlariga doir qonunchilik hujjatlarining mazmuni yetkazildi.
Shuningdek, yer munosabatlarini tartibga solish sohasi bilan bog‘liq vakolatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan tushunchalar berildi.
Bundan tashqari, seminar qatnashchilarining soha bo'yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas'ullar tomonidan atroflicha javoblar berildi.