June 25, 2022

Harbiy qismda “Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Joriy yilning 25-iyun kuni Andijon shahrida joylashgan harbiy qismda harbiy xizmatchilar ishtirokida “Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Shuningdek, davra suhbatida viloyat adliya boshqarmasi hamda Andijon harbiy prokuraturasi mas’ul xodimlari tomonidan Konstitutsiyaviy islohotlarni umumxalq referendumi orqali o‘tkazish tartiblari hamda O'zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga yollanganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjudligi tushuntirildi.

Shuningdek, tadbir yakunida ishtirokchilari o‘zlari qiziqtirgan savollariga mas’ullar tomonidan atroflicha javoblar oldilar.

ANDIJON VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI