May 18, 2022

Andijon viloyat adliya boshqarmasida yoshlar uchun "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etildi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Joriy yilning 18-may kuni Andijon yuridik texnikumi talabalari adliya organlari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida adliya muassasalariga tashriflari amalga oshirildi.

Andijon yuridik texnikumi talabalarining tashriflari davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-89-son Farmoni bilan tashkil etilgan yangi bo‘limlar faoliyati hamda aholining huquqiy madaniyatini oshirish, fuqarolarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishtirib o‘tildi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi
Andijon viloyat adliya boshqarmasi
Andijon viloyat adliya boshqarmasi
Andijon viloyat adliya boshqarmasi
Andijon viloyat adliya boshqarmasi
Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, normativ-huquqiy hujjat loyihasini ekspertizadan o‘tkazish, kelib tushgan hujjatlarni kirim qilish va nodavlat notijorat tashkilotlarini royxatdan otkazish tartiblari hamda "av.ijro.uz", "E-huquqshunos" kabi elektron tizimlari to'grisida ma'lumotlar berildi. Yuridik texnikum talabalari ozlarini qiziqtirgan savollariga boshqarma xodimlaridan atroflicha javob oldilar.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi