May 23, 2022

Andijon viloyat adliya boshqarmasida joriy yilning 21-may kuni adliya boshqarmasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida Adliya vazirligi bilan videokonferens aloqa shaklida yig‘ilish o‘tkazildi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son qarori bilan tasdiqlangan 2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining ijrosini ta’minlash hamda kelgusida bu borada ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilash maqsadida Andijon viloyat adliya boshqarmasida hamda tuman (shahar) adliya bo'limlarida tashkil etilgan studiyalarda joriy yilning 21-may kuni adliya boshqarmasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari, ichki ishlar bo‘limlari xodimlari ishtirokida Adliya vazirligi bilan videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish o‘tkazildi.
Shuningdek, yig‘ilishda mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish, tuman (shahar) darajasida har oyda bir marta, viloyat darajasida har chorakda bir marta hududda jinoyatchilikni oldini olish yuzasida olib borilayotgan ishlarni hamkorlikda muhokama qilish va takliflar ishlab chiqishlikka kelishib olindi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi
Andijon viloyat adliya boshqarmasi
Andijon viloyat adliya boshqarmasi

ANDIJON VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI