April 20, 2020

Tahlil_M.Burxanov

ONA TILI

1. nomsiz so'zining yetakchi morfemasidagi undoshlar quyidagi qaysi xususiyatiga ko'ra birlashtiruvchi belgiga ega bo'la olmaydi?

A)hosil bo'lish usuliga ko'ra 

B)sonor yoki shovqinliligiga ko'ra

C)hosil bo'lish o'rniga ko'ra 

D)jarangli yoki jarangsizligiga ko'ra

Demak, nomsiz- yetakchi morfema- nom! N va M undoshlarga qaraymiz. Birlashtiruvchi bo'lmasligi kerak, ya'ni farqlovchi bo'lishi kerak. Javob C: hosil bo'lish o'rniga ko'ra n - til, m- lab undoshi✅

2. Qaysi gapda imloviy jihatdan xato yozilgan so'z qatnashgan?

A)Inson mol-u davlatsiz yashashi mumkin, lekin sadoqatli do'stlarsiz yasholmaydi.

B)Taom ishtaha bilan yeyilgandan so'ng rangbarang va antiqa mevalar tortildi.

C) Sog'lom dunyoqarash kishidan mas'uliyat tuyg'usi bilan yashashni talab qiladi.

D)Kattalar duosiga sazovor bo'lgan yoshlar bu duo barakasidan doimo bahramand bo'ladilar.

Demak, xato yozilgan so'z: "rangbarang"! ❌ rang- barang yozilishi kerak edi✅

3.  Qaysi gapda ergash gap qismida imloviy jihatdan xato yozilgan ega qatnashgan ergash gapli qo'shma gap berilgan?

A)Shunisi achinarliki, uni ruhiy tushkinlik o'z asiriga aylantirgan edi.

B)Odob shunday tojki, aqlli va farosatlilar boshini bezaydi. 

C)Kimning bilimi kuchli bo'lsa, uning muloxazalari ham chuqur bo'ladi.

D)Shuni bilingki, asossiz ravishda qilingan tazyiq kishining nafsoniyatiga tegadi.

Demak, Ergash qismidagi ega xato yozilgan bo'lishi kerak!

A) javob - Shunisi achinarliki - bosh gap, uni ruhiy tushkinlik o'z asiriga aylantirgan edi - ergash gap. tushkinlik - ega, xato yozilgan,❌ "tushkunlik" yoziladi.✅

4. Qaysi javobda paronimi mavjud bo'lgan ot berilgan? 

A) ahil B) tanbur C) podshoh D) xatarli

Demak, B javob, tanbur - tambur! Ikkisi ham ot✅

5. Qaysi javobda o'zaro sinonim otlar juftligi berilgan?

A) ko'rk-chiroy B) norg'ul-barvasta 

C) kecha-kunduz D) tanti-mard

Sinonim otlar: A javobdagi ko'rk - chiroy✅

6. Qaysi javobda sifat va fe'lga oid yasama so'zlar qatnashgan?

A)Halollik buyuklik sari qo'yilgan ilk qadamgina emas, balki buyuklik va insoniylikning ayni o'zidir.

B)Bilimdon, madaniyatli odam bilan johil, nodon, savodsiz odam o'rtasida  katta farq bor, farzandlarni tarbiyalashda o'zingiz shunga amal qiling.

C)Bu el-yutt ravnaqi uchun xizmat qilayotgan odamlarni ruhlantiradi, ularni bir-biriga yaqinlashtirib, yanada ulug' ishlarga da'vat etadi.

D) Usmon Nosir ham mashhur siymolar kabi nihoyatda ziyrak, idrokli, keng mushohadali, uquvli, mehnatkash edi.

Demak, sifat va fe'lga oid yasama so'zlar: B javobdagi bilimdon, madaniyatli, savodsiz - yasama sifatlar, tarbiyalash, amal qilmoq - yasama fe'llar✅

7. Qaysi gapda sifat va ot kompozitsiyasidan yasalgan qo'shma sifat qatnashgan?

A)U odamlarning hammasi ham muloyim, sermulozamat, shirinso'z odamlar edi. 

B)Namoz Ochilov  qirqni qoralagan, xomsemiz yigit.

C)U juda ishyoqmas yigit ekan.

D) Ko'ksulton qimmatli vitaminlarga  boy meva hisoblanadi.

Demak, sifat+ot shaklidagi qo'shma sifat so'ralmoqda: ko'k/sulton✅

8. Qaysi gapda ravishdosh shaklidagi yasama fe'l qatnashgan?

A)Endi barcha qilgan ishlari uchun o'zi javob bergani mahkamaga ketibdi.

B)- Biz siznikiga hamma ovqatingizni yeb qo'ygani keldik, xola, - dedi Nodirjon kulib.

C)Bolasi yig'lagani uchun uzoq kutib o'tirolmadi, uyiga ketdi.

D) Otasi safardan qaytavermagach, xavotirlangan Akramjon ukalariga xabar berdi.

Demak, ravishdosh shaklidagi yasama fe'l: Javob bergani - maqsad ravishdoshi, qo'shma fe'l, yasama!

9. Turli hajmda kattalashtirib ko'rsatadigan ikki tomoni qabariq oynaga mikroskop deyiladi, bu jihozdan olimlar unumli foydalangan. 

Ushbu gapda qatnashgan fe'l nisbatlari haqidagi to'g'ri fikrni toping.

A)Ushbu gapda aniq nisbatdagi fe'l aniqlovchi vazifasini bajargan- aniq jisbatdagi aniqlovchi yo'q❌

B) Ushbu gapdagi kesimlar tarkibida fe'l nisbati qo'shimchasi qatnashmagan. - deyiladi-kesim, il - nisbat,❌

C)Ushbu gapda orttirma nisbatdagi fe'lning hol vazifasini bajarishi kuzatilgan. - kattalashtirib - orttirma nisbat, hol ✅

D)Ushbu gapda nisbat qo'shimchasi ta'sirida fe'llarning o'timli o'timsizlik ma'nosi o'zgarishi kuzatilmaydi. - kuzatiladi: kattalash- o'timsiz, kattalashtir - o'timli❌

10. Qaysi gap tarkibida sof modal so'z hamda sof ko'makchi ishtirok etgan?

A)Darhaqiqat, xalq uchun juda ulug' ishlarni amalga oshiryapsiz, o'g'lim.

B)Aftidan, opam bilan singlimni bu gapga ishontira olmadim.

C)Voy, shuncha harakatlar kim uchun bo'lyapti?!

D)Maslahat yakuniga yetdi, shekilli, birozdan so'ng hamma xonadan chiqib ketdi.

A javob: darhaqiqat - sof modal, uchun - sof ko'makchi✅

11. Ham qaratqich aniqlovchini, ham sifatlovchi aniqlovchini tobelantirgan ega ishtirok etgan javobni aniqlang.

A)Bugun Dildora oq shohi ko'ylagini kiyib kddi. 

B)Shoirning dilrabo baytlari misol Oh tortib tizilar turnalar gohi.

C) To'ybekaning tanlovdagi yutug'i hammani xushnud etdi. 

D) Yelkamizga oftobning tegganligi rost bo'lsin.

Javob: C! Yutug'i - ega, tanlovdagi(sifatlovchi aniqlovchi) yutug'i, To'ybekaning(qaratqich aniqlovchi) yutug'i✅

12. Qiz atrofga qarab birdan o'z uyining tomini ko’ribdi. 

Gapdagi so'zlar necha xil mustaqil so'z turkumiga oid?

A)3xil  B)6xil  C)4xil  D)5xil

Demak, qiz, atrof, uy, tom- ot, qarab, ko'ribdi- fe'l, birdan - ravish, o'z - olmosh; 4 ta✅

13. O'tgan ajdodlarimiz bizni shu aziz xalqimizni sevishga, unga fidokorlik bilan xizmat qilishga, uning qadriyatlarini hurmat qilishga ham'isha o'rgatishgan.

Ushbu gapda ishtirok etgan gap bo'laklari haqidagi qaysi fikr to'g'ri emas?

A)Ot bilan ifodalangan holning kesimga bilvosita tobelanishi kuzatiladi. - fidokorlik bilan - ot bilan ifodalangan hol, kesimga bilvosita tobelangan✅

B)Ravish bilan ifodalangan holning kesimga bevosita tobelanishi kuzatiladi. - hamisha(ravish bn ifodalangan hol) o'rgatishgan(kesim)✅

C) Olmosh bilan ifodalangan qatatqich aniqlovchining kesimga bilvosita tobelanishi kuzatiladi. - uning(olmosh bn ifodalangan qaratqich aniqlovchi) kesimga bilvosita✅

D) Olmosh bilan ifodalangan vositali to'ldiruvchining kesimga bevosita tobelanishi kuzatiladi. - unga - olmosh bn ifodalangan vositali to'ldiruvchi, kesimga bilvosita, chunki unga so'zi xizmat qilishga bog'langan❌


14. Agar sen do'stingga og'ir kunida ko'maklashsang, u buni qadrlamay qo'ymaydi. 


Ushbu gap haqida berilgan to'g'ri fikrni toping.

A)Ushbu qo'shma gapdagi kesimlar inkor ma'nosini bildirgan. - kesimlar: ko'maklashsang, qadrlamay qo'ymaydi(qadrlaydi) - ikkisi ham tasdiq❌

B)Ushbu qo'shma gapdagi kesimlarda o'zaro bir xil shaxs- son ma'nosi ifodalangan. - ko'maklashsang- II shaxs, qadrlamay qo'ymaydi - III shaxs❌

C) Ushbu qo'shma gapdagi kesimlar shart maylidagi va xabar maylidagi fe'llar bilan ifodalangan. - ko'maklashsang - shart mayli, qadrlamay qo'ymaydi - xabar mayli✅

D)Ushbu qo'shma gap kesimlari sodda tub so'zlar bilan ifodalangan. - ko'mak/lash - yasama


Vaqt hech qachon ortga qaytmaydi! Buni unutmang!