Mavlon Burxanov
1) Qaysi gapda o‘rin holi kesim vazifasida kelmagan so‘zga bog‘langan?
A) Dalalarda bahorgi dala ishlari boshlandi.
B) Daladan charchab kelgan yigit tezda
uxlab qoldi.
C) Osmonda sanoqsiz yulduzlar charaqlaydi.
D) Barcha javoblar to‘g‘ri.
Yechim: O'rin holi - qayerda? qayerga? qayerdan?
A) Dalalarda(o'rin holi) boshlandi(kesim)
B) Daladan(o'rin holi) charchab kelgan(aniqlovchi)- Javob topildi! O'rin holi aniqlovchiga bog'langan, kesimga emas!
C) Osmonda(o'rin holi) charaqlaydi(kesim)
2) Taqlid so‘z qaysi gapda hol vazifasida kelgan?
A) Yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda, g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovozdan uyg‘onib ketdi.
B) Jigarim ostiga tegardi jiz-jiz, Sochlarim oqargan shunda ehtimol.
C) Shunday bo‘lsa ham, vujudini tutgan qalt-qalt titroqni bosib hazilomuz qichqirdi.
D) Qo‘qqisdan osmon kaptarlari g‘uv-g‘uvlab qolishdi.
Yechim:
A) g'o'ng'ir-g'o'ng'ir- taqlid so'z, aniqlovchi vazifasida!
B) jiz-jiz - taqlid so'z - hol vazifasida!!!
C) qalt-qalt- taqlid so'z, aniqlovchi
D) Taqlid so'z berilmagan! G'uv-g'uvlab - fe'l!
Eslatma! Qanday? so'rog'iga hol va aniqlovchi javob bo'ladi. Farqi: hol fe'l so'z turkumiga, aniqlovchi ot va boshqa so'z turkumlariga bog'lanadi.
3) So‘z bilan ifodalangan har qanday
fikr dunyoni harakatlantiruvchi
kuchdir.
Ushbu gap haqida berilgan to‘g‘ri
ma’lumotni aniqlang.
A) Gapda hokim qismi qaratqich
aniqlovchi vazifasida kelgan
holli so‘z birikmasi qatnashgan.
B) Gapda hokim qismi kesim
vazifasida kelgan aniqlovchili
so‘z birikmasi qatnashgan.
C) Gapda hokim qismi to‘ldiruvchi
vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z
birikmalari qatnashgan.
D) Gapda hokim qismi to‘ldiruvchi
vazifasida kelgan to‘ldiruvchili so‘z
birikmasi qatnashgan
Yechim:
A) Holli birikma qatnashMAgan!
B) Harakatlantiruvchi kuch - aniqlovchili birikma, kuch- hokim qism, kesim vazifasida! Javob to'g'ri.
C) Aniqlovchilili birikmalarda hokim qism to'ldiruvchi bo'lMAgan. Har qanday fikr - aniqlovchili birikma, hokim qism ega; Ifodalangan fikr - aniqlovchili birikma, hokim qism ega, harakatlantiruvchi kuch - aniqlovchili, hokim qism kesim!
D) To'ldiruvchili birikmalar: so'z bilan ifodalangan - hokim qism - aniqlovchi, dunyoni harakatlantiruvchi - hokim qism - aniqlovchi!
4) Qaysi gapda hokim qismi ega vazifasida
kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari
qatnashishi kuzatiladi?
A) Har bir narsani tejash, bugungini
erta uchun zaxiraga qo‘yish yaxshi
fazilatdir.
B) So‘z yovuzlarni yakson etadi,
qal’alarni yiqadi, u ko‘zga ko‘rinmas
quroldir.
C) So‘z bilan ifodalangan ezgu fikr
dunyoni harakatlantiruvchi
kuchdir.
D) Til do'stlik va hamjihatlikni
qaror toptirishning eng qulay
vositasidir
Hokim qism ega vazifasida kelgan aniqlovchili birikmalarni topish zarur! Barcha javoblardagi aniqlovchili birikmalarni ko'rib chiqamiz.
A) yaxshi fazilat - hokim qism kesim!
B) ko'rinmas qurol - hokim qism kesim!
C) ifodalangan fikr- hokim qism EGA, ezgu fikr - hokim qism EGA! Javob topildi!
D) qulay vositasidir - hokim qism Kesim, qaror toptirishning vositasidir - hokim qism kesim!
5) Kitob bebaho durga o‘xshaydi, insonlar
ma’naviyatini boyitadi.
Ushbu gapdagi tobe bog‘lanishlarda hokim
qism vazifasini bajara olmagan bo‘laklarni
aniqlang.
A) ega, sifatlovchi aniqlovchi, qaratqich
aniqlovchi
B) ega, sifatlovchi aniqlovchi, vositasiz
to‘ldiruvchi
C) sifatlovchi aniqlovchi, qaratqich
aniqlovchi vositali to‘ldiruvchi
D) ega, sifatlovchi aniqlovchi, vositali
to‘ldiruvchi
Demak, hokim qism bo'lmagan so'zlarning sintaktik vazifasi so'ralmoqda, ya'ni faqat tobe qism vazifasida kelgan so'zlarga qaraymiz! Quyida hokim qism bo'lmagan so'zlar va ularning sintaktik vazifasi beriladi:
Kitob - ega; bebaho- sifatlovchi aniqlovchi; insonlar - qaratqich aniqlovchi! Javob A!
E'tibor bering: dur so'zi bebaho so'ziga, ma'naviyat so'zi insonlar so'ziga nisbatan hokim bo'lib kelgan! O'xshaydi va boyitadi - kesimlar! Kesimlar har doim hokim qism bo'ladi!