April 21, 2020
Tahlil_M. Burxanov
1) Qaysi gapda kesim faqat egani bevosita tobelantirgan? A)Har vaqt bir-birini hurmat qilish sababli do’stlik kuchayadi. B)Siz tekshirmasdan, tajriba qilmasdan turib so’zlariga ishonib do'st bo'Lmang. C)Bu muhim topshiriqni bajarish mashaqqatli edi. D)Biz avval taqiqlangan mavzulardagi yangi asarlar yarat ilayotganiga guvoh bo’Imoqdamiz. To'g'ri javob: C✅ Mashaqqatli edi - kesim. Bajarish(ega) mashaqqatli edi. Qolgan so'zlarga qarang: topshiriqni bajarish, muhim topshiriqni, bu topshiriqni - kesimga bevosita emas, bilvosita!
2) Tarkibida undalma ishtirok etgan ergash gapli qo'shma gapni aniqlang. A)So'yla, ko'zgujon, Haqiqatni et bayon. B)Har ko'zki, agar olmasa ibrat, ko’rdir, Har luqma, agat bermasa lazzat, sho’rdir. C)Ona qalbi oyoqqa tursa, O'g'lim, sira bo'lmaydi urush! D)Tabiat, ishonchdan ayirma sira, Ayirma, o'chmasin dildan shukuhing. Javob C✅ O'g'lim - undalma, hol ergash gapli qo'shma gap! A da ko'zgujon - undalma, lekin ergash gapli qo'shma gap emas!❌ B javobda undalma yo'q❌ D javob ergash gapli emas❌
3) Qaysi javobda bosh va ergash gapni bog’lovchi vosita sifatida qo'llangan, biri ikkinchisini taqozo etgan nisbiy so’zlar o’zaro bir xil gap bo'lagi vazifasida kelgan?A)Sen nimani taklif qilsang, men shuni qo'llab- quvvatlayman. B)Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o’shaniki bo’ladi. C)Nimaiki senga zarar keltirsa, o’sha narcani boshqalarga ham ravo ko'rma. D)Nima ro'zg'orga kerak bo’lsa, dadam o’shani bozordan keltiraverar edi. Javob: A Nisbiy so'zlar: nimani, o'shani - ikkisi ham to'ldiruvchi✅
4) Qaysi javobda paronim bilan bog’liq xatolik mavjud emas? A)O'g'lim faqat shod bo’lsin, Hasratlarga yot bo’lsin. B)Gulni uzib o'z shohidan, unga qaytadan Ko'karishlik xususiyatin bera olmayman. C)Shu maqsadda erka bir kun yotib oldi, Xiyla bilan kasallikka o’zin soldi. D)Tuzsiz sherlarim deb shirindan shirin Bolalarim yurar oyoq uchida. Javob A✅ B da shox bo'lishi kk❌ C da hiyla❌ D da she'r bo'lishi kk❌
5) Biz mustaqil O‘zbekistonning farzandlarimiz. Bu yurtda yashashni biz o‘zimizga sharaf deb bilamiz. Ushbu parchadagi ismlarga mansub so‘zlar tarkibidagi munosabat shakllari sonini aniqlang. A) 6ta B) 8ta C) 9ta D) 7ta Demak, munosabat shaklini olgan ismlar: O'zbekistonning, farzandlarimiz, yurtda, yashashni, o'zimizga! Munosabat shakllari: 1) ning, 2) -i, 3) -miz, 4) da, 5) ni 6) imiz 7) ga 7 ta ekan✅
6) Qaysi gapda qaralmish egaga tobelanib kelgan? A)O‘sha tunning dahshatini eslash unga qattiq azob berar edi. B)Azobdan qiynalgan Manzuraga bu shaharning tuni behad uzunday edi. C)Sanoqsiz chiroqlar yorug‘ida bog‘ to‘lin oy nuriga cho‘mganday so‘limlik kasb etgan edi. D)Bu so‘limlik ham uning kayfiyatini yaxshilashga qodir emas edi. Javob A✅ Dahshatini(qaralmish) eslash(ega)
7) Quyida berilganlardan asosi o‘z shakldoshi bilan o‘zaro bir xil turkumga oid bo‘la oladigan yasama so‘zlarni aniqlang. 1) yog‘siz; 2) bo‘shamoq; 3) toychoq; 4) bog‘li A)1,3 B)2,3,4 C)1,3,4 D)2,4 Demak, Javob D✅ bo'sh va bog' so'zlari, Omonim lug'atdan qarab oling!
8) Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? A)mehmondo‘st, ijotkor, rayhon B)iste’dod, bunyodkorlik, hujum✅ C)mudofaa, jigarband, jaxolat D)jaxongashta, navo, mahliyo
9) Orttirma nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni aniqlang. A)Muhokama qilsangiz, tushunchangiz yanada boyirdi.❌ B)G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi❌. C)Biz ertadan kechgacha gavronlar ichida ko‘milib savat to‘qirdik.❌ D)U kuni bilan bosh ko‘tarmay shu ishni bitirdi.✅ bit/ir
10) Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub emas? A) ziyon-ziyod❌ B) tuzmoq-suzmoq❌ C) jon-don❌ D) g‘ildira-shildira✅ g'- jarangli, sh - jarangsiz; g' - chuqur til orqa, sh - til oldi
11) Hokim qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmasi qatnashgan gapni aniqlang. A)U nimalar haqidadir tinimsiz gapirar, sira to‘xtamas edi.❌ B)Do‘stlari uning asl niyatini darrov(tobe qism) fahmladilar(hokim, yasama) ✅ C)Noo‘rin aytilgan so‘z boshga kulfat keltirishi mumkin.❌ D)Kitob bilan do‘stlashgan insondan yomonlik chiqmaydi.❌
12) Qaysi gaplarda daraja-miqdor ravishi qatnashgan? 1) Qaddini rostlab eshikni taqillatib ancha✅ turdi. 2) Abdushukur bu yerdan tez chiqib ketish payiga tushdi. 3) Mehmondorchilik tugagach, u uzundan-uzun✅ duo qilib o‘rnidan turibdi. 4)Chol va kampir behad✅ sevinishibdi. 5) Xo‘roz arang qochib qutilibdi. A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4, D) 1, 2, 3, 4, 5
13) Qaysi javobdagi gapda tinish belgilarining ishlatilishi bo‘yicha qoidalarga rioya qilinmagan? A) Yana uvlar dahshat shamoli, Ko‘kni qora bulut quchadi.✅ B)O‘zbek, qirg‘iz, qozoq, turkman, tojik, barchamiz bitta yurtning farzandlarimiz.❌ tojik so'zidan keyin tire(-) bo'ladi! C) Quyoshning uyg‘onishi sen ta’riflagandan ham antiqa: tong nihoyatda go‘zal bo‘ladi.✅ D) Uning qo‘lidan kelmaydigan ish yo‘q: duradgorlig-u suvoqchilik, chilangarlig-u ustachilik − hammasini eplaydi.✅
14) Modal so‘zlarni toping. 1) attang 2) faqat; 3) birdan; 4) aftidan; 5) masalan; 6) nihoyat; 7) nahotki; 8) xayriyat; 9) biroq; 10) ehtimol. 1- modal, 2- yuklama, 3- ravish,4-modal, 5- modal, 6- modal, 7- yuklama, 8- modal, 9- bog'lovchi, 10- modal A) 1,3,6,8,10 B) 4,5,7,8 C) 1,4,7,8,9,10 D) 1,4,5,6,8,10✅
15) Qaysi qatorda nisbiy sifatlar berilgan?A) mevali, tonggi, oilaviy✅ B) mazmundor, xayoliy, chiroyli C) chillaki, serunum, chaqqon D) xushbichim, yasama, aqlli
Tahlillar qisqa qilib berildi! Sizning bilim darajangizga ishonamiz! Omon bo'ling!