April 18, 2020

Mavlon Burxanov

Tahlil.

  1. O'tgan damlami esladim va shundan g‘oyat afsuslandimki, odamning irodasi eskirmaydi-yu, o'zi charchab qolar ekan.

Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqida berilgan noto‘g‘ri fikrni toping.
A) Yasama so‘zlar tuzilishiga ko‘ra bir turga mansub. B)Yasama so'zlarning barchasi fe’l turkumiga oid.
C) Yasama so‘zlar bir xil gap bo‘lagi vazifasini bajargan.
D) Yasama so‘zlar ikkinchi darajali bo(lak vazifasini bajargan.

Yechim! Yasama so'zlar: es/la, afsus/lan, eski/r.

A) Tuzilishiga ko'ra uchtasi ham sodda✅

B) Barchasi fe'l✅

C) Yasama so'zlarning barchasi kesim✅

D) Yasama so'zlar ikkinchi bo'lak vazifasida kelMAgan❌

2. Hammamiz ham shu yurtning farzandimiz, uning ravnaqi uchun bor kuchimizni sarflashga tayyormiz.

Mazkur gapdagi munosabat shakllari qo‘shimchalari sonini ko‘rsating.
A) 9ta B) 10ta C) 8ta D) 11 ta

Munosabat shakllariga egalik, kelishik, bog'lama, zamon, mayl va shaxs-son shakllari kiradi.

Sanaymiz: Hamma/miz ham shu yurt/ning farzand/i/miz u/ning ravnaq/i uchun bor kuch/imiz/ni sarflash/ga tayyor/miz.

Demak, B 10 ta✅

3) Qaysi javobda yordamchi so‘z turkumlarining har biriga oid birliklar (yuklama, bog‘lovchi, ko‘makchi) qatnashgan?
A) Mol va boylikning umri qisqa, ammo yaxshi nom asrlar davomida o‘lmaydi.
B) Necha marta uchrashay dedim-ku, ammo ko‘nglim tortmagani uchun borolmasdim-da.
C) Saidaning bu so'zlari va Akramning ishontirishi bilan yuragim biroz tinchidi, ammo hamon bezovtaligim bor edi.
D) Dunyoga to‘zg‘iding bamisoli par,
Na saljuq, na Chingiz qilmadi shafqat.

Yechim:

B) -ku, - da- yuklama, ammo - bog'lovchi, uchun - ko'makchi✅

4) Moslashuv munosabatli so‘z birikmalari ishtirok etgan javobni aniqlang.
A)Och qolgan go‘dakka saxovatli zot Yarimta xurmoni dildan ilindi.
B) Buncha bino qo'yma zarrin choponlarga, Saratonda yaproq bo‘lgin dehqonlarga.
C) Baxtlidir, o‘z davrin zavolin ko‘rmay Yo‘qlikka ravona bo‘lolgan inson.
D) Qutlug' davralarda jam bo‘lgan mahal Do‘stlarga baxt tilash - azaliy odat.

Yechim:

C) Moslashuvlar: o'z davri, davrining zavoli✅

5) Qaysi gapda holning ma’nosiga ko‘ra uch turi qatnashgan?
A) O'rta Osiyoda birdamlikda yashash tuyg‘usi muhim ahamiyat kasb etadi.
B) Har kuni bu yerdan mashinalar tinimsiz o'tadi.
C) Mana shu tirranchalarni himoya qilmaganim uchun boya
po‘stagimni qoqishdi. D) Asragaymiz biz Vatanni
Fido aylab jon-u tanni.

Yechim: holning uch ma'no turi!

Har kuni - payt holi, bu yerdan - o'rin holi, tinimsiz - ravish holi✅

6) Qaysi gapda ega va kesim orasida tinish belgisi qo'llanishi qoidasiga rioya qilingan?
A)Yashashning asi mazmuni yaratish.
B)Guruhimiz —musobaqadi birinchi edi.
C)Bu yigit ham —mehnatsevar emas, dangasa ekan. D)Bu — achchiq haqiqat. Yechim: A javob xato, tire bo'lishi kerak, ot kesim tarkibida bog'lama yo'q,❌ B javob xato, tire bo'lmaydi, ot kesim tartib son va bog'lama yo'q❌ C javob xato, tire bo'lmaydi, ham va bog'lama qatnashgan❌ D javob to'g'ri, tire qo'yiladi, ot kesim tarkibida bog'lama tushib qolgan✅

Olloh hammaga mehnatiga yarasha haq beradi, ilm olishdan charchamang.