Mavlon Burxanov_#tahlil
@Uztilim
709. Qaysi gapda ot va fe’l turkumiga oid yasama so‘zlar qatnashgan?
A) Darhaqiqat, shoirning yuragi pok tuyg‘ulardan oziqlanadi.
B) Qizni bu qo‘rqinchli shubhalar qiynardi.
C) Qo‘lining harakatlari bilan xalqqa tinchlanishni buyurdi.
D) Shoir bilimsiz tabiblarni jallod shogirdiga o‘xshatadi.
Yechim: barcha gaplardagi yasama so'zlarni ko'rib chiqamiz.
A) tuy/g'u - ot, oziq/lan - fe'l! Demak, javob - shu!
B) qo'rq/inch/li - sifat, qiyin/a - fe'l
C) tin/ch/lan - fe'l
D) bil/im/siz - sifat
708. Shoirning qalbi samimiy va beg‘ubor tuyg‘ulardan oziqlansa, uning ijod daraxti gurkirab bo‘y cho‘zadi.
Ushbu gapda sodda yasama so’zlar nechta?
A) 3 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 5 ta
Yechim: sodda yasama so'zlar: be/g'ubor, tuy/g'u, oziq/lan, gurk/ira !
@Uztilim
707. Qaysi gapda fe’l + fe’l tipidagi qo‘shma fe’l qatnashgan?
A) Majnuntol suvga egilib, salom berayotir.
B) Oygul turishi bilan saroy charaqlab ketdi.
C) Xushxabar olib kelgan yigitga hamma quvonch bilan tikildi.
D) Kech kuz kelib barglar sarg‘ayib to‘kilmoqda.
Yechim: olib kelmoq - fe'l+fe'l shaklidagi qo'shma fe'l
@Uztilim
705. Qaysi javobda keltirilgan gapda yasama sifatdan yasalgan ot qo‘llangan?
A)Andishali odam iffatli bo‘ladi.
B)Sergaplik dushmaningizdir, chunki u sening aybingni ochib tashlaydi.
C)Dunyoda johillikdan dahshatliroq narsa yo‘q.
D)Yoqimli do‘st suhbati olis yo‘lni yaqin qiladi.
Yechim: Sergap/lik - sergap yasama sifat, sergaplik - ot
👉@Uztilim👈
701. Vositasiz to‘ldiruvchi vositali to‘ldiruvchiga ergashib kelgan gapni aniqlang.
A)Qiy-chuv bilan ularni yengib bo‘lmaydi.
B)Dilshod maktubni xolasiga berib, ko‘chaga chiqib ketdi.
C)Sizni kutib olish uchun keldim.
D)Sizni xafa qilishga botinolmaydi.
Yechim: sizni (vositasiz to'ldiruvchi) xafa qilishga(vositali to'ldiruvchi)
👉@Uztilim👈
698. Mazkur bog‘lar Samarqanddagi boshqa bog‘lardan o‘zining tarovati, ulug‘vorligi hamda go‘zal nafosati bilan ajralib turar edi.
Ushbu gapda nechta otli so‘z birikmasi mavjud?
A)7ta B)5ta C)6ta D)8ta
Otli birikmalar: go'zal nafosati, o'zining tarovati, o'zining ulug'vorligi, o'zining nafosati, boshqa bog'lardan, Samarqanddagi bog'lardan, mazkur bog'lar
👉👉@Uztilim👈👈
695. Jarangli va jarangsizligiga ko‘ra bir guruhga kiruvchi undoshlar qatnashgan vazifadosh ko‘makchi mavjud bo‘lgan gapni aniqlang.
A)Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqqatli mehnat yotadi.
B)Temur tig‘i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher.
C)Barchasidan qovun soz, paykal uzra dumalar.
D)Tinchlik deb kurashgan ota-bobolarimiz tufayli shu yorug‘ kunlarga yetib keldik
Yechim: deb - vazifadosh ko'makchi, d va b ikkisi ham jarangli undosh!
👉@Uztilim👈
694. Singlim deymi,
Onam deymi,
Hamdard-u hamxonam deymi,
Oftobdan ham o‘zing mehri
Ilig‘imsan, Vatanim. (Muhammad Yusuf)
Ushbu she’riy parchada yasama so‘zlar necha o‘rinda qo‘llangan?
A)3 B)2 C)1 D)4
Yasama so'zlar: hamdard, hamxona, iliq!
👉@Uztilim👈
691. Qaysi qatorda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xatoga yo‘l qo‘yilgan?
A)Lahm go‘shtlarni ajratib oldi va rastaga terib sota boshladi.
B)Mashina dovon tepasiga ko‘tarildi.
C)Kampir bolalarga bir qisimdan mayiz ulashdi.
D)Bola ikki yoshligidan rovon gapira boshladi.
Yechim: rovon - dahliz, ravon- chiroyli, to'g'ri
👉@Uztilim👈
690. Qaysi gap tarkibida uchta yasama fe’l mavjud?
A)Gapirganda ovozi guldurab, jaranglab eshitiladi.
B)Izg‘irinda ko‘zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qorlar g‘ichirlaydi.
C)Durroj yolg‘on so‘zlagani, noto‘g‘ri gapirgani uchun tuzoqqa tushdi.
D)U Marg‘ilonga yaqinlashib qolganda kun og‘ib qolgan edi.
Yechim: gap/ir, guldur/a, jarang/la
👉@Uztilim👈
Tahlillarga diqqat qiling!