April 9, 2020

Mavlon Burxanov

  1. Quyidagi birliklardan qaysilari ham erkin, ham turg‘un birikma (ibora) sanaladi?
    A) boshiga yetmoq, yaxshi ko‘rmoq, qulog‘iga quymoq, o‘z yog‘iga qovurilmoq
    B) boshini ko‘tarmoq, ko‘ngliga keltirmoq, qo‘l ko‘tarmoq, to‘nini teskari kiymoq
    C) ko‘zini yog‘ bosgan, ko‘nglidan o‘tkazmoq, qo‘lini siltamoq, tosh otmoq
    D) bo‘yniga qo‘ymoq, kapalagi uchmoq, jonidan o‘tmoq, ko‘zini tikmoq
  2. Hokim so‘z sifat bilan ifodalangan so‘z birikmalari qatorini toping.
    A) tiniq suv, qorday oq, ipakday mayin
    B) tosh yo‘l, bepoyon paxtazor, juda yaxshi
    C) hammadan katta, hayot uchun zarur, yurishga qulay
    D) G‘ofirning xursandligi, o‘zbekcha nutq, do‘st ishonchi
  3. Hokim so‘z olmosh bilan ifodalangan so‘z birikmalari qatorini toping.
    A) gullarning barchasi, qizlarning har biri, bolalarning o‘zi
    B) bu hayot, qanday go‘zal, mening o‘zim
    C) har bir vazifa, o‘z uying, kimning kitobi
    D) hammadan go‘zal, g‘oyat qiziqarli, o‘z ukang
  4. Qaysi gapda moslashuv va boshqaruv usuli mavjud? A) Umidsizlik uyin buzsang, umidingga yetarsan.
    B) O‘zingni er bilsang, o‘zgani sher bil. C) Biz rostgo‘ylik va halollikni hamisha
    ulug‘laymiz.
    D) Yillar mana shu xilda osoyishta o‘tar edi.
  5. Qaysi gapda so‘zlarning teng bog‘lanishi mavjud?
    A) Vatan mung‘aygan tandirli, pastakkina tomli kulbangdan boshlanadi.
    B) Ularga choyni achchiq-achchiq damlanglar. C) Birga-birga o‘ynab o‘sgan mehribonlarga
    salom!
    D) Kecha kechqurun Salim biznikiga keldi
  6. Derazaning ochiq tabaqasidan kirayotgan shamol darpardani xomushgina silkitardi. Ushbu gapda nechta fe’lli birikma mavjud?
    A)4ta B)3ta C)2ta D)5ta
  7. So‘z birikmasida hokim bo‘lak belgi bildiruvchi so‘zlar bilan ifodalanib, qiyoslashga asos vazifasini bajarsa, qiyoslanuvchi so‘z qaysi kelishik shakli orqali bog‘lanadi?
    A) qaratqich, tushum, jo‘nalish, chiqish, o‘rin-payt kelishigi
    B) qaratqich kelishigi C) chiqish kelishigi
    D) tushum va jo‘nalish kelishigi
  8. Qaysi gapda ham yuklamasi bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan?
    A) Sekin unga yaqin bordim:bu manzara bizning ko‘ngilga yaqin-da, qadrdon!
    B) Men ham eshitgan va ko‘rganimni aytaman-da, jo‘ra.
    C) O‘zi balo tog‘ining boshida o‘tirarmish kun-u tun, yoz ham qish.
    D) Barcha javoblarda yuklama sifatida qo‘llangan.
  9. 1. Devor usti yomg‘irdan iviy boshladi. 2. Kitob ustida uzoq ishladi. 3. Nosir o‘z ustida ko‘p ishlardi.
    Ushbu gaplardagi usti so‘zi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
    A) 1- va 3-gaplarda vazifadosh ko‘makchi, 2-gapda mustaqil so‘z
    B) 1- va 2-gaplarda mustaqil so‘z, 2-gapda vazifadosh ko‘makchi
    C) 2- va 3-gaplarda vazifadosh ko‘makchi, 1-gapda mustaqil so‘z
    D) 2- va 3-gaplarda mustaqil so‘z, 1-gapda vazifadosh ko‘makchi
  10. Quyidagi gapda nechta so‘z birikmasi borligini aniqlang.
    Katta sement ko‘prik ustidan mashinalar tinimsiz o‘tib turibdi.
    A)3ta B)4ta C)5ta D)6ta

Testlarni ishlab chiqing!