April 19, 2020

Tahlil_M. Burxanov

  1. Qaysi gapda imloviy xatolikka yo'l qo'yiigan?
    A)Xalqaro shartnomalarning imzolanishida Jahon Tinchlik Kengashi muhim ahamiyatga ega.
    B)Inson molu davlatsiz yashashi mumkin, lekin sadoqatli do'stlarsiz yashay olmaydi.
    C)Kattalar duosiga sazovor bo'lgan yoshlar bu duo barakasidan umrbod bahramand bo'ladilar.
    D ) Sog'lom dunyoqarash kishidan mas'uliyat tuyg'usi bilan yashashni talab qiladi. Demak, imloviy xato so'zni topish zarur! To'g'ri javob B✅ "mol-u davlatsiz" shaklida yoziladi.
  2. Chegaralarimiz dahlsizligini ta'minlash maqsadida zaruriy chora-tadbirlar ko'rildi.
    Ushbu gapda qanday gap bo'lagi imlosida xatolik kuzatiladi?
    A)hol
    B)ega C)aniqlovchi D)to'ldiruvchi Demak, imloviy xato yozilgan so'zning sintaktik vazifasini topish kerak! Imloviy xato yozilgan so'z- dahlsizligini❌ daxlsizligini✅ yozilishi kerak edi. Gapda nimani - to'ldiruvchi bo'lib kelgan.
  3. Quyida berilgan so'zlardan nechtasi ravish turkumiga oid? hamisha, hatto, men, doim, balki, har kim, to'satdan, olg'a
    A) 6tasi B) 4tasi C) 5tasi D) 3 tasi Demak, ravishlarni aniqlaymiz: hamisha, doim, to'satdan, olg'a. B javob✅
  4. Qaysi gapda ot turkumiga oid so'zlar bilan omonim bo'la oladigan ot qatnashgan?
    A)Bir yil tut ekkan kishi qirq yil mevasini teradi.
    B)Ular dushman lashkarlariga qatatib to'p ota boshladilar. C)Shu shirkatga tegishli daladagi paxtani teringlar.
    D)Bu yilgi bahorning kechikishi daladagi yumushlarni ham kechiktirdi. Demak, ot turkumi bilan omonim bo'la oladigan ot(!) ni topish zarur. B ✅ javobdagi to'p so'zi bo'la oladi. To'p I - to'da, guruh(ot); To'p II - koptok(ot); To'p III - o'q otish quroli(ot).
  5. Qaysi javobdagi so'zlar juftligida o'zaro omonim so'z yasovchi qo'shimchalar qatnashgan?
    A) chirik - ko'rik B) chizg'ich - so'rg'ich
    C) o'nlab - minglab D) kuzgi - sezgi Demak, A javobga qarang: chiri/k - ko'r/ik❌; B javobga qarang: chiz/g'ich(ot yasovchi) - so'r/g'ich(ot yasovchi)❌; o'n/lab(son turini yasovchi) - ming/lab(son turini yasovchi); D javobda: kuz/gi(sifat yasadi) - sez/gi(ot yasadi) ✅
  6. O'zIik nisbatidagi fe'l to'ldiruvchi vazifasida kelgan gapni toping.
    A)Ko'zlaridagi bu quvonch va hayratni tasavvur qilolmaysiz B) Ular bu noyob qo'llanmani o'rganib chiqishga qaror qildilar.
    C)Karima hozir unga ko'rinishni ham, gapirishni ham istamagani uchun yopinchig'ini olib tashqariga chiqib ketdi.
    D)Qiz umid bilan ko'targan boshchasini yana yostiqqa qo'ydi, hayrat bilan chaqnagan yirik ko'zlari ma'yus yumildi. Javob: ko'r/in- o'zlik nisbat, ko'rinishini - to'ldiruvchi✅
  7. Qaysi javobda moslashuv munosabatli so'z birikmasi ishtirok etmagan?
    A) Oltinga aylangan yaxshilar xoki, Yomonniki esa qota ko'mirga.
    B)Baxtlidir, o'z davrin zavolin ko'rmay Yo'flikka ravona bo'lolgan inson.
    C)Bu hikmat sharhini o'yladim uzoq, Rostdan ona enr qiblai olam.
    D)Afsus, bunga yetolmadi qancha insonlar, Qancha-qancha aziz zotlar, jannati jonlar. Demak, moslashuv qatnashMAgan gapni topish zarur! A javobda bor: yaxshilar xoki;❌ B javobda: o'z davri, davrin zavoli❌ C javobda: hikmat sharhi❌ D javobda YO'Q✅
  8. Litseyimiz o'quvchilarining bugungi muvaffaqiyati hammani quvontirdi.
    Ushbu gapda ishtirok etgan so'z birikmalari haqidagi to'g'ri ma'lumotni aniqlang. A)4 ta aniqlovchili so'z birikmasi bor
    B)2 ta holli so'z birikmasi qatnashgan.
    C)2 ta boshqaruv munosabatli so'z birikmasi qatnashgan. D)2 ta moslashuv munosabatli so'z birikmasi qatnashgan. To'g'ri ma'lumotni topish kerak ekan. Javoblarni ko'ramiz: A) aniqlovchili birikmalar: litseyimiz o'quvchilari, o'quvchilarining muvaffaqiyati, bugungi muvaffaqiyati - 3 ta ekan❌ B) Holli birikma yo'q❌ C) boshqaruv: hammani quvontirdi- 1 ta❌ D) Moslashuv: litseyimiz o'quvchilari, o'quvchilarining muvaffaqiyati- 2ta✅
  9. Shovulladi tun bo'yi shamol, QaIdiroqlar ko'chdi Iarzakor. Shivirlading yonimda xushhoI : "Yana keldi, do'stginam, bahor". She'riy parchada ishtirok etgan fe'llar haqidagi to'g'ri fikrni belgilang. A)Ushbu fe'llarning barchasi III shaxsdagi fe'llar hisoblanadi. B)Ushbu fe'llarning barchasi tub fe'llar hisoblanadi. C)Ushbu fe'llarning barchasi o'timli fe'llar hisoblanadi.  D)Ushbu fe'llarning barchasi o'zaro bir xil nisbatdagi fe'llar hisoblanadi. Demak, fe'llar haqidagi to'g'ri hukmni topish kerak. A) shivirlading II shaxsda, III da emas❌ B) shov/illa- yasama❌ C) shovulla, keldi- o'timsiz❌ D) shovulladi, ko'chdi, shivirlading, keldi - hammasi aniq nisbat✅
  10. Ravishning ma'nosiga ko'ra ikki turi qatnashgan gapni aniqlang.
    A)Ertalab chiqib ketaman, kechqurun uyga qaytaman. B)Men ham bunga arang ko'nikdim, sen esa hali
    ko'nikmayapsan.
    C)Vodiylarni yayov kezganda, bir ajib his bor edi menda. D)Ular qishloqdan ancha uzoqlashgandan keyin, otlariga
    minib yo'rtib ketdilar. Demak, ravishning ikki turi B javobda: arang(holat), hali(payt)✅
Sen uxlayotgan vaqtingda o'zgalar dars qilishmoqda! Shunday ekan, kitobdan boshingni ko'tarma, abituriyent!