Mavlon Burxanov_tahlil
1) Qaysi gapda hokim qismlari ega vazifasida
kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari
qatnashgan?
A) Kitoblar keksalikda eng yaxshi do‘st, ayni paytda yoshlikning eng aziz rahnamosidir.
B) Chet tillarni o‘rganish o‘zga millat kishilarining mushohada olamiga kirib borish imkonini beradi.
C) 0 ‘zidan mangu xotira qoldiradigan insonlar uchun tug‘ilish chinakam baxtdir.
D) Shuni bilingki, tilda xalqning bor-yo‘g‘i, uning ona vatani gavdalanadi.
Yechim! Hokim qism ega bo'lsin, aniqlovchili so'z birikmasi bo'lishi kerak. Barcha javobdagi egalarga qarab chiqamiz:
A) Kitoblar - ega, hokim qism bo'lib kelMAgan!
B) O'rganish - ega. Tillarni o'rganish - to'ldiruvchili birikma!
C) Tug'ilish - ega. Hokim qism bo'lMAgan.
D) Egalar: bor-yo'g'i, vatani. Xalqning bor-yo'gi - aniqlovchili birikma, uning vatani, ona vatani - aniqlovchili birikmalar, barchasida hokim qism - ega! ✅
2) So‘zdan qudratliroq kuch yo‘q, o‘tkir dalillarning va yuksak fikrlarning ta’sirini inkor etib bo'lmaydi.
Ushbu gap haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Gapda hokim qismi aniqlovchi vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari qatnashgan.
B) Gapda hokim qismi to‘ldiruvchi vazifasida kelgan toldiruvchili so‘z birikmalari qatnashgan.
C) Gapda hokim qismi hol vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z birikmasi qatnashgan.
D) Gapda hokim qismi to‘ldiruvchi vazifasida kelgan holli so‘z birikmasi qatnashgan.
Yechim!
A) O'tkir dalillarning - aniqlovchili, hokim qism ham(dalillarning) aniqlovchi✅. Yuksak fikrlarning - aniqlovchili, hokim qism(fikrlarning) ham aniqlovchi✅
B) Ta'sirini inkor etib bo'lmaydi - to'ldiruvchili birikma, lekin hokim qism(inkor etib bo'lmaydi) - kesim❌
C) Gapda hol yo'q❌
D) Holli birikma yo'q❌
3) Yaxshi kitoblarni o'qish o'tmish zamonlarning dono kishilari bilan hamsuhbat bo'lishdir.
Ushbu gap haqida berilgan qaysi ma’lumot
to‘g‘ri emas?
A) Gapda hokim qismi to‘ldiruvchi vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari qatnashgan.
B) Gapda hokim qismi hol vazifasida kelgan
aniqlovchili so‘z birikmalari qatnashgan.
C) Gapda hokim qismi ega vazifasida kelgan to‘ldiruvchili so‘z birikmasi qatnashgan.
D) Gapda hokim qismi kesim vazifasida kelgan to‘ldiruvchili so‘z birikmasi qatnashgan.
Yechim!
A) Yaxshi kitoblarni, zamonlarning kishilari bilan, dono kishilari bilan- barchasi aniqlovchili birikma, barchasida hokim qism -to'ldiruvchi✅
B) Gapda hol qatnashMAgan❌
C) Kitoblarni o'qish - to'ldiruvchili birikma, hokim qism(o'qish) - ega✅
D) Kishilari bilan hamsuhbat bo'lishdir - to'ldiruvchili birikma, hokim qism(hamsuhbat bo'lish) - kesim✅
4) Qaysi gapda hokim qismi kesim vazifasida
kelgan to'ldiruvchili so'z birikmalari qatnashgan?
A) Har doim o‘z sevgan ishi bilan mashg‘ul
bolish insonning nodir baxtidir.
B) Kitoblar - keksalikda eng yaxshi do‘st,
ayni paytda yoshlikning eng aziz rahnamosidir.
C) Taassurotlar qanchalik tez va shiddat bilan aytib berilsa, ular shunchalik yuzaki va bir lahzalik bo‘lib chiqadi.
D) Ilm qalbni hamisha yoritadi, insonni
yuksaklikka ko‘taradi.
Yechim!
A) Ishi bilan mashg'ul bo'lish - to'ldiruvchili birikma, lekin hokim qism(mashg'ul bo'lish) ega, kesim emas❌
B) To'ldiruvchili birikma yo'q❌
C) To'ldiruvchili birikma yo'q❌
D) Qalbni yoritadi, insonni ko'taradi - to'ldiruvchili birikmalar, hokim qismlar - kesim(yoritadi, ko'taradi)✅
5) Qaysi gapda hokim qismi to‘ldiruvchi va
kesim vazifasida kelgan to‘ldiruvchili so‘z
birikmalari qatnashgan?
A) Nutqdagi aniqlik qisqalik va ixchamlikni talab etishini hammamiz bilamiz.
B) Yaxshi kitoblarni o‘qish o‘tmish zamonlarning eng dono kishilari bilan hamsuhbat bo‘lishdir.
C) Kitoblar o‘zining qimmatbaho yukini avlodlardan avlodlarga avaylab eltuvchi tafakkur
kemalaridir.
D) Darhaqiqat, til do‘stlik va hamjihatlikni qaror toptirishning eng qulay vositasidir.
Yechim!
A) qisqalikni talab etishini, aniqlikni talab etishini - to'ldiruvchili birikmalar, hokim qism(talab etishini)- to'ldiruvchi; talab etishini bilamiz - to'ldiruvchili birikma, hokim qism(bilamiz) - kesim✅
B) To'ldiruvchili birikmalarda hokim qismlar(o'qish va hamsuhbat bo'lish) - ega va kesim❌
C) To'ldiruvchili birikmalarda Hokim qism(eltuvchi) - sifatlovchi aniqlovchi❌
D) To'ldiruvchili birikmalarda hokim qism( qaror toptirishning) - qaratqich aniqlovchi❌