April 9, 2020

Mavlon Burxanov

#Test_tahlili

#Leksikologiya

1) Qaysi gapda asosi fe’l bilan shakldosh
bo‘la oladigan sodda yasama so‘z
qatnashgan?
A) Faqat bir tilim handalak yedi-yu, issiq-
issiq choy ichdi.
B) Rashid oqimga qarshi suzolmay qiynaldi.
C) Inson sog‘lig‘i hamma narsadan qimmat
turadi.
D) Bu bo‘ychan yigit Karima xolaning o‘g‘li

Yechim: asosi fe'l bilan shakldosh bo'lishi kerak va yasama so'z bo'lishi kerak!

A) Tilim va issiq so'zlari yasama! Til/im - asosining o'zi fe'l; tilmoq fe'lidan yasalgan! Issiq so'zining asosi ham fe'li:isi/q

B) oqim va qiynal so'zlari yasama! Oq/im so'zining asosi - oqmoq fe'l, qiynal so'zi asosi shakldosh emas!

C) Sog'lik - asosi sog', fe'l bilan shakldosh! sog'/moq fe'li bor va yasama so'z. Demak, javob topildi!

D) Bo'ychan - yasama so'z, lekin asosi fe'l bilan shakldosh emas!


2) Qaysi gapda asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la
oladigan sodda yasama so‘z qatnashmagan?
A) Chiroyli, do‘mboq bola eshik oldida
yotsirab turardi.
B) Mahalladagi o‘rtoqlarim bilan
bolalikdagi sho‘xliklarimizni eslab maza
qildik.
C) Faqat bir tilim handalak yedi-yu, issiq-
issiq choy ichdi.
D) Inson sog‘ligi hamma narsadan qimmat
turadi.
Yechim: asosi fe'l bilan shakldosh bo'lgan sodda yasama so'z qatnashMAsin deyilmoqda!

A) Qatnashgan: yot/sira; yot/moq fe'li bor

B) Qatnashgan: esla; esla ning asosi - es- xotira, ot, es/moq fe'li bor

C) Qatnashmagan! Tilim - sodda yasama, lekin asosining o'zi fe'l, fe'l bilan shakldosh emas!

D) Qatnashgan: sog'lik; asosi sog', ya'ni kasal emas, sog'/moq fe'li mavjud.

3) Qaysi gapda asosi sifat turkumiga oid
so‘z bilan shakldosh bo‘la oladigan sodda
yasama so‘z qatnashmagan?
A) Jo‘ra amakining ikkita sog‘in sigiri bor
edi.
B) Rashid oqimga qarshi suzolmay qiynaldi.
C) Bu o‘ychan yigit Karima xolaning o‘g‘li
ekan.
D) Bolalar birin-ketin yotoqlariga kirib
ketdilar.
Yechim: asosi sifat bilan shakldosh bo'ladigan sodda yasama so'z qatnashMAsin!

A) Qatnashgan: sog'in so'zi! sog' - sigir sog'moq; sog' - kasal emas(sifat)

B) Qatnashgan: oqim so'zi! oq - oqmoq(fe'l), oq - rang(sifat)

C) QatnashMAgan! O'ychan - sodda yasama, lekin "o'y" degan sifat yo'q!

D) Qatnashgan: yotoq so'zi! yot - yotmoq(fe'l), yot -begona(sifat)

4) Qaysi gapda asosi ot turkumiga oid so‘z
bilan shakldosh bo‘la oladigan sodda
yasama so‘z qatnashgan?
A) Yozgi ta’tilda buvimnikida dam
olmoqchiman.
B) Jarohati ochilib ketib, qonagani yaxshi
bo‘lmabdi.
C) Men kasal bo‘lgan yigitni o‘ylab juda
kuyindim.
D) Ish qurollari sozlanib, hasharga shay
qilib qo‘yildi.
Yechim: asosi ot bilan shakldosh bo'lsin va sodda yasama bo'lsin!

A) yozgi - asosi yoz- fasl(ot), asosining o'zi ot!

B) qona- asosi qon -odam qoni(ot) asosining o'zi ot!

C) o'ylab - asosi o'y- xayol(ot) asosi ot bunda ham!

D) sozla - asosi soz- buzuq emas(sifat), soz - cholg'i asbobi OT! Demak, javob topildi.

5) Qaysi javobdagi so‘zda
metafora usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz
bergan?
A) O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir.
B) Kurash bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada
Qashqadaryo birinchi o‘rinni egalladi.
C) Inshoolloh, bu qo‘llar sizni qo‘llab
yuborar.
D) Olti oykim do‘stlarim ham pana-panada,
Iste’dodim so‘nganidan qilar karomat

Yechim:

A) Navoiyni- metonimiya, asar va muallif o'rtasidagi aloqadorlik

B) Qashqadaryo - metonimiya, viloyat va uning jamoasi o'rtasidagi aloqadorlik

C) Qo'llar - sinekdoxa, butun- qism munosabati.

D) Iste'dodning so'nishi - metafora, harakat o'xshashligi.

Tahlillarni e'tibor bilan o'qing!