May 23

"Darkness Behind the Smile"

"Vaqt hamma narsani davolamaydi, u shunchaki bizni og‘riq bilan yashashga o'rgatadi."

8-qism

Sud zalidagi daxshatli oqshomdan so‘ng oradan besh oy o‘tdi. Ammo Koreya yerosti dunyosidagi sukunat uzoq davom etmadi. Jeon Jungkook va Jimin Parkning yo‘qligi Seul ko‘chalarida ulkan bir bo‘shliq yaratgan edi. Bu bo‘shliqni to‘ldirish va butun mamlakatni qonga belash uchun okean ortidan yangi bir daxshat — Amerikaning eng shafqatsiz mafiyalaridan biri kirib keldi.
Bu guruhning tepasida turgan, asli kelib chiqishi ispan bo‘lgan daxshatli mafiya yetakchisi — Carlos Garsia o‘zining vahshiyligi bilan tanilgan edi. U Seulga qadam qo‘ygan kundan boshlab hech qanday qoidaga bo‘ysunmadi. Atigi iki oy ichida u Jungkook va Jiminning eski odamlarini birma-bir qiynab o‘ldirdi, barcha maxfiy omborlarni egalladi va Koreyani butunlay o‘z changaliga oldi.

Vapshe sevdim shu bolani ishoninglar

Gangnam chetidagi dabdabali, ammo qonga belangan osmono‘par binoning eng yuqori qavatida Carlos Garsia shisha ortidan Seul shahriga tikilib turardi. Uning qo‘lidagi qadahda qizil vino, yuzida esa vahshiyona jilmayish bor edi. Uning yordamchisi va doʻsti xonaga kirdi.

Louis: "Janob Carlos... Mahalliy port yetakchilari ham bizga taslim bo‘lishdi. Ammo Maxfiy Agentlik bizning izimizga tushgan ko‘rinadi. Ularning maxsus kuchlari bir nechta nuqtalarimizga hujum qildi."

Carlos: Maxfiy Agentlik? O‘sha ojizlarmi? Ular avvalgi ikki yigitchani — Jungkook va Jiminni qamatib, bu ko‘chalarni egasiz qoldirishdi. Endi esa bu shahar meniki! Agar o‘sha agentlar yana yo‘limizga chiqsa, Seul ko‘chalarini ularning qoni bilan bo‘yayman. Bu yerda endi yangi qonun, yangi qirol bor."

Koreyada jinoyatchilik ko‘rsatkichi eng yuqori cho‘qqiga chiqdi. Har kuni portlashlar, odam o‘g‘irlashlar va hukumat binolariga kiber-hujumlar sodir bo‘lardi. Maxfiy Agentlik bu shafqatsiz mafiyaga qarshi butunlay ojiz qolgan edi.

Carlosni doʻsti Louis.
Buni ham sevdim

Agentlik bosh qarorgohi

"Markaz"ning maxfiy kengash xonasida havo chidab bo‘lmas darajada og‘ir edi. General ko‘zlari qizarib, asabiy holda ketma-ket sigaret tutatardi.

Uning qarshisida Liana va Nayeon bosh egib turishardi. Monitorlarda esa Carlos Garsia boshchiligidagi mafia daxshatga solgan Seul ko‘chalari aks etgandi.

General: Bu Carlos Garsia shaharni jahannamga aylantirdi! Bizning barcha rejalariiz barbod bo‘ldi, beshta agentimizni vahshiylarcha o‘ldirib, jasadini boshqaruv binosi oldiga tashlab ketishdi! Biz bu yirtqichni jilovlay olmayapmiz.

Liana: U biz o‘rgangan uslublardan butunlay boshqacha ishlayapti, janob General. Strategiyasi yo‘q, faqat mutlaq yo‘q qilish.

General: Uni to‘xtatishning faqat bitta yo‘li bor. Bu ko‘chalarni va o‘sha qurol yo‘llarini besh qo‘ldek biladigan, Carlos egallab olgan imperiyaning asl egalarini qaytarish. Jeon Jungkook va Jimin Park.

Nayeon: Nima?! Yo‘q... Janob General, ularni ozod qilmoqchimisiz? Ularning qamalganiga bor-yo‘g‘i besh oy bo‘ldi!

Nayeon Jimin qamalgandan soʻng Jimin sevgan sochlarini kesib yuborgan....

General: Boshqa choramiz yo‘q! Biz ularni shartli ravishda ozod etamiz. Ular bilan maxfiy shartnoma tuzamiz: agar Carlos va uning mafia jamoasi yo‘q qilinsa, ularning qolgan 4 yillik jazosi butunlay o‘chirib tashlanadi va eski hududlari o‘zlariga qaytariladi.

Liana: Lekin... nega buni bizga aytyapsiz? Davlat nomidan boshqa agentlar bor-ku.

General: Chunki vaqt kam va ular faqat sizlar bilan gaplashishini, boshqa hech kimni ko‘rishni xohlamasligini aytishgan. Agar qamoqxonaga borib, bu bitimni ularga taklif qilmasangiz, shartnomaga unamaydi. Sizlar ularning ishonchiga qayta kirishingiz va buni imzolatishingiz shart!

Nayeon: Janob General, ular bizni ko‘rishi bilan o‘ldirishga tayyor! Ularning o‘sha kungi gaplarini eshitgansiz. Biz qanday qontrol ostida bo‘lamiz?

General: Bu buyruq, Agent Mina! Davlatning taqdiri qil ustida turibdi. Agar ular rozi bo‘lmasa, Carlos ertaga sizlarning ham boshingizni oladi. Ertaga tongda qamoqxonaga borasizlar va yigitlarni olib chiqasizlar. Suhbatni qanday boshlash sizlarning muammoingiz.

Liana va Nayeon chorasiz qolganliklarini anglab, o‘zlarining maxfiy agentlik guvohnomalarini mahkam siqdilar. Ular yutqazishgan edi. O‘zlari zindonga tiqqan yirtqichlarning poyiga endi yordam so‘rab borishga mahkum edilar.

Liana: Xo‘p bo‘ladi, janob General. Ertaga vaqtida yetib boramiz.

Ular xonadan chiqishar ekan, ertangi uchrashuv nafaqat Carlosga qarshi urush, balki ularning hayotidagi eng daxshatli jazoning boshlanishi ekanini juda yaxshi bilishardi.

Ertasi kuni tong sovuq va tumanli boshlandi. Liana va Nayeon qora rasmiy kiyimlarda, yuzlarida agentlarga xos sovuqqonlik bilan qamoqxona binosiga yetib kelishdi. Ularning yuragi vahshiyona urar, har bir qadam ularni hayotlaridagi eng og‘ir yuzlashuvga yaqinlashtirardi.
Temir eshiklar ortidagi maxsus uchrashuv xonasi o‘rtasida qalin oyna bor edi. Qizlar bir tomonda kutib turishganda, narigi tomondan kishanlangan Jungkook va Jimin kirib keldi. Besh oy ichida ularning nigohi yanada shafqatsiz, salobati esa yanada vahmaliroq bo‘lib ketgandi.
Ular stullarga o‘tirib, telefon trubkalarini ko‘tarishdi.

Jungkook trubkani qulog‘iga qo‘ydi, lekin ko‘zlari pichoqdek sovuq edi. U Lianaga qarab ham qo‘ymay, istehzo bilan kuldi.

Jungkook: Xo‘sh, Agent Soyun. Besh yil juda tez o‘tib ketadi degandim, lekin besh oyda qaytib kelishingni kutmagandim. Sog‘indingmi?

Liana: Sog‘inch haqida gaplashgani kelganim yo‘q, Jeon. Tashqarida vaziyat o‘zgardi. Seulga Carlos Garsia ismli amerikalik mafiya keldi. U sening hamma odamlaringni o‘ldiryapti, hududingni egallab oldi.

Jungkook: Xo‘sh, menga nima? Men zindondaman. Davlat o‘zi himoya qilsin o‘sha ko‘chalarni.

Liana: General senga bitim taklif qilyapti. Agar Carlosni va uning klanini yo‘q qilsang, qolgan to‘rt yillik jazong butunlay bekor qilinadi. To‘liq ozod bo‘lasan.

Jungkook: Ozodlik? Men baribir chiqardim, Liana. Lekin davlat hozir mening oyog‘imga yiqilyapti. Va buni taklif qilish uchun meni sotgan ayolni yubordi... Yaxshi, men rozi bo‘laman. Lekin shartimni bor: chiqqan kunimdan boshlab, sen mening shaxsiy asiramsan. Har bir soniyang mening nazoratimda bo‘ladi.

Liana: Ertaga ertalab soat sakkizda darvoza oldida bo‘laman. Hujjatlar tayyor.

Narigi xonada Jimin Nayeonning ko‘zlariga tik qarab, qo‘llarini stul suyanchig‘iga tashladi. Uning yuzida g‘azab va nafrat aralashgan daxshatli jilmayish bor edi.

Jimin: Yana senmi, Agent Mina? Yana yangi topshiriq oldingmi?

Nayeon: Jimin, iltimos, eshit... Ahvol jiddiy. Carlos Garsia degan ispan mafiyasi butun shahar ustidan nazoratni qo‘lga oldi. Sening odamlaringni bittama-bitta yo‘q qilyapti. Bizga... sening yordaming kerak.

Jimin: Mening yordamim? Meni mana shu o‘lim xonasiga tiqqan sening agentliging emasmi?! Endi esa o‘zing qo‘rqib, yordam so‘rab keldingmi?!

Nayeon: Agar Carlosni to‘xtatsangiz, Jungkook ikkingiz ham butunlay ozod bo‘lasiz. General shartnomani imzoladi, ertaga chiqasiz.

Jimin: Men u Carlosni o‘z qo‘llarim bilan bo‘g‘aman, chunki mening narsalarimga teginishga hech kimning haqqi yo‘q. Ammo sen... Mina, ertaga darvoza oldida o‘zing meni kutib olasan. Chiqqan kunimdan boshlab qayerga borsam, ortimdan soya kabi ergashasan. Va senga xiyonatning badali qanday bo‘lishini o‘z qo‘llarim bilan o‘rgataman.

Nayeon: aytganingdek bo‘ladi, Jimin.

Uchrashuv xonasining daxshatli temir eshigi yopilib, Liananing qadam tovushlari uzoqlashgach, xonada faqat qorong‘ulik va Jungkook qoldi. U qo‘lidagi telefon trubkasini sekin joyiga qo‘ydiyu, o‘zini stulga tashladi. Boyagi sovuqqon, toshbag‘ir va kibrli erkakdan asar ham qolmagandi. U kishanlangan qo‘llari bilan yuzini berkitdi.
Muzdek sovuq xonada uning ichki faryodi, faqat o‘zigagina eshitiladigan pichirlashi yangradi.

Jungkook: Sog‘indim... Lanat bo‘lsin, seni shunchalik sog‘indimki, Liana... Hozir o‘sha shishani urib sindirib, seni bag‘rimga bosishdan o‘zimni zor-zo‘rg‘a tutdim.

Uning xayolida faqat besh oy davomida har kecha tushlariga kirgan birgina chehra aylanardi. Uning o‘sha ma’sum, qo‘rquv to‘la muzdek ko‘zlari...

Meni aldaganingni bilib turib ham, ko‘zlaringga to‘yib qaragim keldi. O‘sha nigohlarni, menga faqat sen bera oladigan o‘sha issiqlikni qanchalar sog‘inganimni bilsang edi. Sening menga qilgan xiyonating, meni bu zindonga tiqqaning yuragimni pichoqsiz tildan bo‘lsa-da... men hamon senga bog‘lanib qolganman. Senga bo‘lgan nafratim ortgani sari, senga bo‘lgan sevgim qanchalik daxshatli ekanini anglayapman.

Jungkook tishlarini g‘ijirlatib, lablarini yaladi. Boya Liana qarshisida turganda, uning nigohi beixtiyor qizning o‘sha olovdek qizil lablariga tushgan edi. U hozir uzoq, juda uzoq davom etadigan, o‘sha lablarning ta’mini sog‘inib o‘layotgan edi.

O‘sha qizil lablaringdan to‘yib, nafasim ichimga qaytib ketguncha bo‘sa olgim keldi. Seni azoblab, ayni paytda joningni joningga qo‘shib o‘pishni xohladim. Ha, men senga g‘azablanaman, seni jazolashni istayman, chunki sen mening eng zaif nuqtamsan. Meni eng qattiq og‘ritgan ham sensan.

U o‘rnidan turib, kameraga qaytish uchun eshik tomon yurdi. Uning ko‘zlarida yana o‘sha yirtqichning olovi yondi, lekin bu safar u nafaqat g‘azab, balki cheksiz bir ehtiros bilan to‘la edi.

Ertaga... Ertaga tongda sen meni kutib olasan, Agent Soyun. O‘shanda men seni qutqaruvchim emas, o‘zimning shaxsiy asiram sifatida o‘sha lablaringdan qon chiqquncha o‘paman. Sen baribir meniki bo‘lasan.

💔

Jungkook ketgach, Jimin ham xonada bir muddat yolg‘iz qoldi. Qo‘llaridagi kishanlar zanjiri shoirona o‘ylarga mos kelmasada, uning xayolida butunlay boshqa dunyo — Nayeon bilan o‘tkazgan o‘sha sehrli kunlari jonlanayotgan edi. U telefon trubkasini joyiga qo‘ydi-yu, ko‘zlarini yumib, o‘zini o‘sha shirin xotiralar og‘ushiga otdi.

Jimin: Meni bu zindonga topshirgan bo‘lsang ham, o‘sha nafis vujudingning iforini, sochlaringning hidini besh oy davomida har kecha sog‘inib uyg‘ondim, Nayeon... Sening o‘sha samimiy kulgichlaring, menga qarab jilmayishing hamon ko‘z oldimda."

Uning ko‘z oldida ular birga o‘tkazgan o‘sha yomg‘irli oqshom, bir finjon kofe ustidagi samimiy suhbatlar va tog‘ cho‘qqisida shamol sochlaringni o‘ynagan lahzalar birma-bir o‘ta boshladi. O‘shanda Jimin uni dunyodagi eng baxtli ayol qilishga va’da bergandi.

Biz birga yaratgan o‘sha go‘zal dunyoni, xuddi rassomning eng nafis asaridek yuragimga chizib qo‘ygan edim. O‘sha paytlarda sening har bir so‘zing, har bir harakating menga yashash uchun kuch, ijod uchun ilhom berardi. Sen mening hayotimning eng yorqin va go‘zal sahifasi eding. Qanday qilib o‘sha begubor nigohlar ortida shunchalik sovuq yolg‘on yashirinishi mumkin? Qanday qilib meni o‘z qo‘llaring bilan bu zulmatga tashlading?

Jimin stol ustidagi oyna aksiga qarab, o‘zining o‘zgarib ketgan, sovuqlashgan yuzini ko‘rdi. Ammo ichidagi sog‘inch olovi hamon g‘azabdan ustun kelayotgandek edi.

Menga qarshi guvohlik berayotganingda sening ham yuraging tilindimi, azizam? Bugun qarshimda titrab turganingda, seni bag‘rimga bosib, 'hammasi o‘tib ketadi' degim keldi. Seni sog‘inganimdan aqldan ozish darajasiga keldim, lekin menga bergan azobingni ham unuta olmayman. Ertaga men o‘sha darvozadan chiqaman. Sening o‘sha shirin yolg‘onlaring, menga ilhom bergan o‘sha lablaring mening jazomni qabul qiladi. Sen yana mening yonimda bo‘lasan, ammo bu safar o‘yin shartlarini men yozaman....

Jimin soqchining ishorasidan so‘ng o‘rnidan turdi. Uning qadamlarida ertangi kunning shafqatsiz, ammo intizorlik bilan kutilgan hayajoni bor edi.

🥹💔

Uchrashuv binosidan chiqib, xizmat mashinasiga o‘tirgan Liana rulni mahkam qisgancha tosh qotdi. Ko‘z yoshlari yuzidan oqib tusharkan, uning ichida faqat bitta daxshatli e’tirof aks-sado berardi.

Liana: Uni ko‘rganimda yuragim to‘xtab qolayozdi... Besh oy davomida har kecha uning kulishini, har tun uhlashdan avval seni sevaman deyishini, o‘sha kuchli qo‘llari va meni kuydiradigan olovli nigohlarini sog‘inib yashaganni u boʻlmaydi. Uni o‘z qo‘llarim bilan zindonga tiqdim, lekin qalbimni ham o‘sha yerda qoldirgan edim.

Jungkookning lablaridagi o‘sha sovuq istehzo va uning "asiram bo‘lasan" degan sharti Liananing butun vujudini titratib yuborgan edi.

U mendan nafratlanadi, meni qiynamoqchi. Lekin men uning har qanday jazosiga, hatto meni tiriklayin kuydirishiga ham roziman. Faqat uning nafasini yana yaqindan his qilsam, o‘sha issiq lablari yana meniki bo‘lsa bas... Men qonunni tanladim, lekin yuragim baribir unga taslim bo‘ldi.

Nayeon mashinaga o‘tirishi bilan o‘zini zo‘rg‘a tutib turgan barcha to‘siqlari quladi. U qo‘llari bilan yuzini to‘sib, o‘ksib-o‘ksib yig‘lay boshladi. Uning ko‘z yoshlari tinmas, barmoqlari orasidan sizib chiqib, kiyimlarini ho‘l qilardi. Xizmat mashinasining sovuq ruliga boshini qo‘ygancha, o‘pkasi to‘lib, hiqillab ichidagi bor dardini to‘kib soldi.
U Jiminning qarshisida o‘zini kuchli ko‘rsatishga uringandi, ammo hozir yolg‘iz qolgach, yuragidagi daxshatli sog‘inch va aybdorlik hissi uni tiriklayin kemira boshladi.

Nayeon: Jimin... Meni kechir kechir iltimos... Sen o‘sha sovuq shisha ortidan menga nafrat bilan tikilib turganingda, ichimda bir narsa uzilib ketgandek bo‘ldi. Men o‘sha soniyaning o‘zida o‘sha daxshatli oynani urib sindirishni, sening zanjirlangan qo‘llaringni mahkam tutib, yuzingdan o‘pishni qanchalar xohlaganimni bilsang edi...

Nayeonning ko‘z oldidan Jimin bilan o‘tkazgan o‘sha eng baxtli, eng begubor kunlari birma-bir o‘ta boshladi. U har bir xotirani eslagani sari yig‘isi yanada kuchayib, nafasi bo‘g‘ziga tiqilardi.

Besh oy... Har bir kuni, har bir tuni men uchun o‘limdan battar bo‘ldi. Ko‘zlarimni yumsam, sening menga qaragan o‘sha shirin nigohlaring, sochlaringni silagan qo‘llaring kelaveradi. Men seni sotdim, Jimin! Seni o‘z qo‘llarim bilan mana shu jahannamga tashladim! Ammo qasam ichaman, men o‘z qalbimni ham sening yoningda, o‘sha zindonda qoldirib kelgan edim. Men tirik murdaga aylandim...

U ko‘z yoshlarini artishga urinar, ammo ko‘zidan oqayotgan achchiq yoshlar yuzini kuydirib o‘tardi. Jiminning 'seni jazolayman" degan gaplari qulog‘i ostida daxshatli sado berardi.

Sen mendan qasos olmoqchisan... To‘g‘ri qilasan. Men sening har qanday qiynog‘ingga, har qanday nafratingga chidashga tayyorman. Meni ur, meni qiyna, o‘sha nafrat to‘la ko‘zlaring bilan vujudimni kuydir... Faqat menga qara, Jimin. Ortingdan soya kabi ergashaman, har bir soniya poyingda yig‘lashga tayyorman, faqat seni yana yaqindan his qilsam bo‘ldi. Men qonunni bajardim, lekin o‘zimni butunlay yo‘qotdim. Men seni hamon jonimdan ortiq sevaman...

Nayeon chuqur va azobli nafas olib, rulni tirnoqlari botguncha qisdi. Uning ko‘zlari yig‘idan qizarib, shishib ketgandi. Ertaga u o‘sha darvoza oldida turadi va o‘zi sevadigan, ammo endi begonaga aylangan erkakning poyiga tiz cho‘kishga bor vujudi bilan tayyor edi.

8-qism tugadi