Today

"The Unspoken Truth"

“Ba’zi haqiqatlar aytilmaydi… chunki ular hamma narsani yo‘q qiladi.”

Xonadagi sukunatni faqatgina polda yotgan Jungkookning jonsiz tanasidan oqayotgan qonning tomchilashi va Seraning og'ir, titroq nafasi buzib turardi.

Seraning qo'llari qonga belangan, barmoqlari orasidagi o'tkir pichoq polga jarang etib tushdi. U dahshatdan qotib qolgandi. Ko'zlaridan yosh quyilar, ammo tili aylanmasdi. U buni xohlamagandi... Hammasi shunchaki o'zini himoya qilish jarayonida sodir bo'ldi. Ammo endi kech. Dunyoning eng mashhur yigitlaridan biri uning oyog'i ostida, qon daryosida yotibdi.

"Men nima qilib qo'ydim?.." – Sera pichirladi, vujudi qaltirar, aqldan ozish arafasida edi.
Shu payt eshik shoshilinch ochildi va Taehyung paydo bo'ldi. U Seradan kelgan oxirgi xavotirli xabarni ko'rib, yuragi sezgandek yugurib kelgan edi. Ammo ichkaridagi manzara uning ham qonini muzlatib qo'ydi.

Taehyung bir soniya qotib qoldi. Ko'zlari polda yotgan Jungkookka, so'ngra qo'llari qon, daxshatdan ko'zlari katta-katta ochilgan Seraga tushdi. Vaziyatni tushunish uchun unga bir necha soniya yetarli bo'ldi.

Sera... – Taehyung sekin qadam tashlab unga yaqinlashdi.

Sera: Taehyung... men... men uni o'ldirmoqchi emasdim... u menga tashlandi, men shunchaki...

Sera o'zini yo'qotib, yig'lab yubordi va Taehyungning ko'kragiga o'zini otdi. Uning oppoq ko'ylagiga Seraning qo'llaridagi qon yuqa boshladi.
Taehyung uni qattiq quchoqladi. Uning ko'zlarida qo'rquv yo'q edi, faqat cheksiz qayg'u va qat'iyat aks etardi. U Serani o'zidan uzoqlashtirib, uning yuzlaridan tutdi.

Menga qara, Sera. Menga qara! – dedi Taehyung ovozini baralla qo'yib. Uning chuqur, bas ovozi Serani biroz o'ziga keltirdi. Hozir meni yaxshilab eshit. Sen bu yerda bo'lmading. Uni sen o'ldirmading. Tushundingmi?

Sera: Nimalar deyapsan? Politsiya barmoq izlarini topadi, meni qamashadi...

Hech kim seni qamaydi! – Taehyung gapni kesdi. U yerda yotgan pichoqni ro'molcha bilan oldi va Seraning qo'lidagi qonlarni tezlik bilan artishni boshladi. Keyin esa o'sha pichoqni o'z qo'llari bilan ushladi. O'z barmoq izlarini qurolga va xonadagi har bir burchakka qoldira boshladi.

Sera: Taehyung, to'xta! Nima qilyapsan?! Bu sening hayotingni barbod qiladi!

Sera uni to'xtatishga urindi, ammo Taehyung uni chetga surdi.

Mening hayotim sen borliging uchungina go'zal, Sera. Agar seni panjara ortiga olib ketishsa, mening yashashimdan ma'no qolmaydi, - dedi Taehyung uning ko'zlariga tik boqib. Uning nigohida zarracha afsus yo'q edi.

Taehyung cho'ntagidan telefonini oldi va politsiya raqamini terdi. Go'shakni qulog'iga qo'yishdan oldin Seraga qaradi:

Teahyung: Orqa eshikdan chiqib ket. To'g'ri uyingga bor, yuvin va uxlab yotgandek ko'rsat o'zingni. Ertaga ertalabgacha hech qanday yangilikni ochib ko'rma. Men hammasini hal qilaman.

Taehyung... Seraning ko'zlaridan yosh tinmasdi.

Ket, Sera! Tez bo'l! – Taehyungning ovozi qat'iy va buyruqomuz yangradi...

Sera oxirgi marta Taehyungga va polda yotgan Jungkookka qarab, yig'lagancha orqa eshikdan qochib chiqib ketdi. Xonada Taehyung, jonsiz tana va qonli pichoq qoldi.
Taehyung chuqur nafas oldi, polga, Jungkookning yoniga o'tirdi. Telefon g'o'shagidan operatorning ovozi eshitildi:.

Politsiya eshitadi, eshitaman?

Taehyung ko'zlarini yumdi va xotirjam ovozda javob berdi:

Men odam o'ldirdim. Jeon Jungkookni. Manzilni yozib oling...

Politsiya mashinalarining chiyillagan ovozi va qizil-ko'k chiroqlari tun bag'rini yorib yubordi. Bir necha daqiqa ichida hovli qurollangan xodimlar bilan to'ldi. Eshik tepib ochilganda, Taehyung polda, qon daryosi o'rtasida xotirjam o'tirardi. U hech qanday qarshilik ko'rsatmadi. Qo'llariga sovuq kishanlar urilayotganda ham uning nigohi bitta nuqtaga
— Sera qochib ketgan orqa eshikka mixlangan edi...

Uning yuzida na qo'rquv, na afsus bor edi. Faqatgina mudhish bir xotirjamlik.
Ommaviy axborot vositalari bir zumda portladi. "Mashhur biznesmen Jeon Jungkook o'z uyida o'lik holda topildi! Qotil uning eng yaqin do'sti Kim Taehyung!" degan sarlavhalar butun dunyoni larzaga keltirdi.
Shu besh kun ichida Sera tirik murdaga aylandi. U Taehyung aytganidek uydan chiqmadi, ammo uxlolmadi ham. Har safar ko'zini yumganda

Jungkookning qonli tanasi va Taehyungning "Ket, Sera!" deb baqirgan ovozi qulog'i ostida jaranglardi. U televizor qarshisida o'tirib, Taehyungning politsiya mahkamasiga olib kirilayotganini, jurnalistlar yopishayotganda ham u sukut saqlab, aybni butunlay o'z bo'yniga olayotganini ko'rib, ich-ichidan ezilib ketdi.

Taehyung tergovchilarning barcha qistovlariga qisqa va qat'iy javob berdi: "Uni men o'ldirdim. Shaxsiy adovatimiz bor edi." U Seraning ismini biror marta ham tilga olmadi.

Besh kundan keyin... Butun mamlakat diqqat markazida bo'lgan sud majlisi boshlandi.
Sud zali odamlar bilan liq to'la. Jurnalistlar, muxlislar, prokurorlar... Va eng chekkada, qora ko'zoynak va kapyushon ostiga yuzini yashirgan Sera o'tirardi. U o'zini bu yerga kelishdan to'xtata olmadi...

Taehyungni oxirgi marta bo'lsa ham ko'rishi shart edi.
Eshik ochilib, qora maxsus kiyimdagi Taehyungni zalga olib kirishdi. U ancha ozgan, ko'zlari osti qoraygan, ammo qomati hamon tik edi. U ayblanuvchilar o'rindig'iga o'tirarkan, bir lahzaga nigohini tomoshabinlar qatoriga qaratdi va olomon ichidan Serani tanidi. Uning nigohi vizual bir soniyaga yumshadi, go'yo Seraga: "Xavotir olma, hammasi joyida" deyayotgandek edi.
Sudya bolgachasini urdi va zalga sukunat cho'kdi.
"Ayblanuvchi Kim Taehyung, siz Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan qasddan odam o'ldirishda ayblanyapsiz. Voqea joyidan barcha dalillar, barmoq izlaringiz va o'z iqroringiz mavjud. Sud hukmini eshittirishdan oldin, oxirgi so'zingiz bormi?"
Taehyung sekin o'rnidan turdi. Uning chuqur ovozi sud zalida aks sado berdi:
Hech qanday gapim yo'q. Men qilgan ishim uchun har qanday jazoga tayyorman. Hukmni o'qing.

Sera bu so'zlarni eshitib, labini qonagunicha tishladi. Yig'idan o'zini to'xtatish uchun tirnoqlarini kaftiga botirdi. "Buni men qildim... Men u yerda bo'lishim kerak edi, u emas! deb baqirib yuborishiga bir baxya qoldi...

Prokuror o'rnidan turib, eng og'ir jazoni talab qila boshladi. Sudya hujjatlarni ko'zdan kechirib, yakuniy qarorga kelish uchun bolgachasini yana bir bor urdi.

Sudya so'nggi qog'ozni qo'liga oldi, ko'zoynagi ustidan zalga sovuq nigoh tashladi va yakuniy hukmni o'qiy boshladi:

"Sud ayblanuvchi Kim Taehyungni Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan aybdor deb topadi. Jinoyatning og'irligi va voqea joyidan qochishga urinish bo'lmaganini hisobga olib, sudlanuvchiga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlansin. Jazo qat'iy tartibli koloniyada o'taladi.

Zal shovqin ko'tardi. Kameralarning chiroqlari tinimsiz chaqnab, Taehyungning yuzini yoritishga urinar, ammo uning chehrasi toshdek qotgandi. 15 yil... Umrining eng chiroyli, eng gullagan davri panjara ortida o'tadi. Shunda ham uning lab burchagida deyarli sezilmas, siniq bir tabassum paydo bo'ldi. Chunki u Seraning ozodligini, uning hayotini sotib olgan edi. O'z umri evaziga.
Sera esa o'tirgan joyida nafas ololmay qoldi. 15 yil... U quloqlarini berkitib, yuzini kaftlari orasiga yashirdi. Tomog'iga tiqilgan o'ksirik, ichidagi daxshatli og'riq uni bo'g'ib qo'ygandi.
Kuzatuvchilar Taehyungni zaldan olib chiqib ketish uchun turg'izishdi. Uni o'rta yo'lakdan, odamlar orasidan olib o'ta boshlashdi.

Sera Taehyung uning yonidan o'tayotganini sezib, beixtiyor o'rnidan turib ketdi. Ular orasida atigi bir necha qadam masofa qolgan edi. Sera ko'zoynagini yechdi, uning qizargan, yoshga to'la ko'zlari Taehyungning charchagan, ammo hamon mag'rur ko'zlariga to'qnash keldi.
U Taehyungning ismini aytib baqirmoqchi, soqchilarni itarib yuborib, uning bo'ynidan quchoqlamoqchi edi. "Meni kechir, hammasini o'zim aytaman!" deb faryod urmoqchi edi.

Lekin Taehyung buni sezdi. U qadamini bir soniyaga sekinlashtirdi-yu, ammo Seraga yaqinlashmadi. U atrofga sezdirmasdan, faqatgina Sera tushunadigan qilib boshini ohista sarson qimirlatdi. Bu "Yo'q, jim tur" degani edi. Uning ko'zlari so'nggi bor pichirladi: "Yasha, Sera. Men uchun ham erkinlikda baxtli yasha."
Ular gaplashisha olishmadi. Hatto bir-birlarining qo'llarini oxirgi marta ushlashga ham imkon berishmadi. Soqchilar Taehyungni tezroq yurishga majburlab, oldinga yetaklashdi.

Sud binosining orqa hovlisida uni temir panjarali mahsus mashina kutib turardi. Kuzning sovuq shamoli Taehyungning yuziga urildi. U osmonga, erkin dunyoning so'nggi parchalariga qaradi. Ertadan boshlab u faqat to'rt devor va tikanli simlarni ko'radi.

Uni mashina ichkarisiga kiritishdi va temir eshik daxshatli ovoz bilan yopildi. Qorong'u, tor kabinada Taehyung o'z joyiga o'tirdi.
Mashina joyidan qo'zg'aldi. U qamoqxona tomon yo'l olarkan, Taehyung mashina tirqishidan tashqariga qaradi. Sud binosi oldida yig'ilgan olomon ichidan qora kiyimdagi bir qizning siymosi uzoqlashib borardi.
Taehyung ko'zlarini yumdi. U yig'lamadi. U o'z tanlovini qilib bo'lgan edi va bu qorong'u yo'lda Sera uchun har qanday azobni ko'tarishga tayyor edi.

Sud binosi oldidagi shovqin-suron, jurnalistlarning tinimsiz savollari Seraning qulog'iga xuddi g'o'ldirashdek eshitilardi. U olomon orasidan amallab ajralib chiqdi. Yuzidagi qora ko'zoynak ortida esa tinimsiz ko'z yoshlari oqardi. U o'z mashinasiga o'tirdi-yu, rulga boshini qo'yib, o'ksib-o'ksib yig'lay boshladi.

Hammasi o'yin edi... Ammo u bir narsani hisobga olmagandi: Taehyungni chin dildan sevib qolishini.

Sera qaltirayotgan qo'llari bilan asta qornini siladi. U yerda hali juda kichik, ammo urib turgan mitti yurak bor edi. Taehyung va uning sevgisining mevasi... Bu homila uning hayotidagi yagona toza, yorug' narsa edi. U o'z sevgilisini qamoqqa yubordi, uning farzandini esa otasiz qoldirdi. Ichidagi og'riq va pushaymonlik vujudini kuydirib yuborayotgandek edi.
Sera chuqur nafas olib, ko'z yoshlarini artdi va cho'ntagidan o'sha maxfiy telefonni chiqardi.

Narigi tomondan sovuq erkak ovozi eshitildi: "Eshitaman. Hammasi rejadagidek o'tdimi?"

Sera atrofga ko'z yugurtirdi. Ovozida boyagi ojiz qizdan asar ham qolmagan edi, faqatgina muzdek sovuq va qat'iy ohang taralardi:

"Ish tugadi. Jeon Jungkook vafot etdi. Kim Taehyung esa qotillikni bo'yniga olib, 15 yilga qamaldi. Hukm chiqdi."

Telefondan mamnun kulgi ovozi eshitildi: "Ajoyib, Sera. Sen o'z vazifangni mukammalj bajarding..."

"Endi esa meni tinch qo'ying!" –

dedi Sera gapni shartta kesib. Ovozida daxshatli tahdid bor edi.

"Kelishuvimiz shunday edi. Mening vazifam tugadi. Meni va... mening hayotimni qayta bezovta qilmang. Aks holda bu o'yinning keyingi qurboni kim bo'lishini, qo'limda qanday hujjatlar borligini yaxshi bilasiz.

Narigi tomondagi odam qisqa sukut saqladi, so'ngra aloqa uzildi. Sera telefonning sim-kartasini chiqarib, bo'laklarga bo'lib tashladi va mashina oynasidan irg'itdi.

Sera mashinasini shahar chetidagi, Taehyung bilan doim uchrashadigan sokin sohilga qarab haydadi. Quyosh botayotgan, atrofga g'amgin qizillik cho'kayotgan edi. U mashinadan tushdi, shamol uning sochlarini to'zg'itdi. U tiz cho'kdi-da, osmonga qarab ichidagi bor dardini, yig'isini va pushaymonligini to'kib sola boshladi. Bu uning yolg'iz qolgan vijdoni bilan hisoblashishi edi:

"Meni kechir... Iltimos, meni kechiring..." – Sera pichirladi, ovozi titrardi.

"Jungkook... meni kechir. Sen bu o'yinning qurboni bo'lishingni xohlamagandim. Seni hayotdan ayirgan qo'llarim gunohga botdi. Sening o'liming mening bir umrlik la'natim bo'ladi. Meni kechir, Jungkook..."

U boshini yerga egib, yig'idan hiqilladi. Keyin esa ko'zlarini yumib, ko'z oldiga faqatgina Taehyungning so'nggi nigohini keltirdi.

"Taehyung... sevgilim... yagonam..." Sera qornini mahkam quchoqladi. "Meni kechir, Taehyung! Sening sadoqating, sening buyuk sevgining oldida mening sevgim zarracha ham emas. Sen meni qutqarish uchun o'z umringni qurbon qilding, lekin men bu iflos o'yinning ichida edim. Seni bu botqoqqa o'zim tortdim..."

U osmonga qarab, go'yo Taehyung uni eshitayotgandek bor ovozi bilan baqirdi:

"Lekin qasam ichaman, Taehyung! Sening bu qurbonliging bekor ketmaydi. Mana bu yerda..." Sera qo'li bilan qornini ko'rsatdi, "...bizning sevgimizning mevasi bor. Sening farzanding bor, Taehyung! Uni dunyoga keltiraman. Uni xuddi sendek mard, sendek begubor qilib tarbiyalayman. Uni har qanday balodan asrab-avaylayman! Unga otasining qahramon bo'lganini aytib beraman. Seni 15 yil emas, bir umr kutaman, Taehyung... Bizning bolamiz uchun yashayman...

Sera sohilda yolg'iz yig'lab o'tirarkan, sovuq shamol uning ko'z yoshlarini artgandek bo'ldi.
Shu vaqtda esa, qamoqxona kamerasining sovuq polida o'tirgan Taehyung, mitti darchadan ko'rinib turgan yulduzga qarab, ich-ichidan Serani va hali o'zi bilmagan go'dakning borligini his qilgandek, jimgina pichirladi:

"Seni sevaman, Sera. Faqatgina yasha..."

TAMOM.