Yesterday

"Beautiful Nightmare"

“Ba’zi insonlar seni qutqarish uchun emas, ichingdagi zulmatni uyg‘otish uchun hayotingga kiradi.”

4-qism

Nayeon asabiy qadam tovushlarini eshitgan soniyada yuragi boʻgʻziga keldi. U oʻylab oʻtirmay, qorongʻulikdan foydalanib sekingina yotoqxonadan chiqdi va koridor burchagidagi oshxonaga kirib, qora shkafning ortiga yashirindi. Nafasini ichiga yutib, tashqarini kuzata boshladi.
Uydagi chiroqlar birin-ketin yondi. Markaziy eshikdan Suho kirib keldi. Lekin uning hozirgi ahvoli daxshatli edi: usti-boshi yirtilgan, koʻylagi butkul qonga belangan, oʻzi esa qoʻrquv va gʻazabdan dildirab titrardi. U Taehyungning odamlaridan arang qochib, pullari va pasportini olgani uyga kelgandi.

— Jin ursin! Lanat boʻlsin senga, Kim Taehyung! — Suho xonaning oʻrtasida turib baqirib yubordi va qoʻllari titragancha seflarni titkilay boshladi.
Ammo u ulgurmadi.
Uyni larzaga keltirib, old eshik gursillab ochilib ketdi. Ostonada uzun qora palto kiygan, koʻzlarida oʻlim xabari porlayotgan Kim Taehyung paydo boʻldi. Uning ortida bir nechta qurollangan tansoqchilari turardi. Taehyung xonaga bosiq, lekin vazmin qadamlar bilan kirib keldi. Uning yuzida na nafrat, na achinish bor edi — u xuddi jalloddek sovuqqon edi.

Qayerga shoshilyapsan, Suho? — Taehyungning ovozi tunda gumburlagan momoqaldiroqdek ogʻir yangradi. — Mehmon kelganda qochish odobdan emas-ku.

Suho daxshat ichida ortiga oʻgirildi va stol ustidagi quroliga yopishmoqchi boʻldi. Lekin Taehyungning yordamchilari bir soniyada uning qoʻliga oʻq uzishdi. Qurol polga uchib ketdi, Suho esa baqirib yubordi..

Taehyung uning yoniga kelib, Suhoni socharidan tutdi va bor kuchi bilan marmor polga urdi. Keyin uni oʻsha qonga belangan koʻyi stulga oʻtqizib, qoʻllarini mahkam bogʻlatdi. Taehyung palto choʻntagidan qora charm gʻilofni chiqardi va ichidan oʻtkir pichoq va ombirni oldi. Uning ichidagi oʻsha qorongʻu maxluq butunlay uygʻongan edi.

— Senga boya nma deganim, esingdami? — Taehyung Suhoning qarshisida tiz choʻkib, uning qaltirayotgan qoʻllarini ushladi. — Mening qushchamga bergan har bir azobing uchun javob berasan degandim.

Taehyung kutilmagan harakat bilan omburni Suhoning barmogʻiga qoʻydi va daxshatli kuch bilan uning bitta tirnogʻini sugʻurib oldi!

Aaaahhh! — Suhoning daxshatli dod-faryodi butun qasrni qopladi. U ogʻriqdan stul bilan birga silkinib ketdi.

Oshxonada yashirinib turgan Nayeon daxshatdan ogʻzini qoʻllari bilan mahkam yopib oldi. Koʻzlaridan qoʻrquv yoshlari oqardi, uning qarshisida haqiqiy qirgʻinbarot boʻlayotgan edi.

— Shu qoʻllaring... — Taehyung Suhoning barmogʻini teskari tomonga qayirib, qarsillatib sindirdi. — Shu iflos qoʻllaring mening qushchamni urgan edimi?! Unga pichoq tiragan edimi?! Aytsangchi!

— Iltimos... oʻldir meni! Oʻq uz! — Suho koʻzlaridan yosh va qon oqib, darmonsiz pichirladi.

— Oʻlim sen uchun mukofot boʻladi, — Taehyung uning ikkinchi barmogʻini ham qarsillatib sindirdi. — Sen oʻzingni erkak deb oʻyladingmi? Oʻzingdan zaif qizga kuching yetdimi? Men senga haqiqiy azob nimaligini koʻrsataman.

Taehyung uning hamma barmoqlarini birma-bir sindirib, tirnoqlarini yulib oldi. Suhoning faryodi shifoxonadagi bemor koʻrinishidagi Nayeonning vujudini ham titratib yubordi. Xonaning har bir burchagi qon sachragan, Suho allaqachon hushini yoʻqotish darajasiga kelgan edi.

Taehyung nihoyat oʻrnidan turdi. Uning qora paltosiga, yuziga Suhoning qonlari sachragandi. U alamidan va ichidagi gʻazabdan biroz tinchlangandek boʻldi, lekin koʻzlaridagi qorongʻulik zarracha tarqamadi. U qoʻlidagi qonli asboblarni yerga otdi-da, choʻntagidan roʻmolchasini chiqarib barmoqlarini artdi.

— Boʻldi, u bilan oʻynashganim yetadi, — dedi Taehyung oʻz yordamchisiga sovuqqonlik bilan qarab. -- Uyni hamma joyga benzin seping. Uni tiriklayin yoqib yuboringlar. Bu iflos qasr bilan birga uning nomi ham yer yuzidan oʻchib ketsin.

— Xoʻp boʻladi, janob, — yordamchi shoshilgancha benzin idishlarini tashiy boshladi.

Taehyung ortiga oʻgʻrilmasdan, qatʼiy qadamlar bilan uydan tashqariga chiqib ketdi.

Soniya oʻtmay, xonaga benzin hidi tarqaldi. Yordamchi gugurt chaqib polga otdi. Lovillab yongan olov bir zumda butun koridorni va yotoqxonani qamladi. Suho bogʻlangan koʻyi olov ichida qolib, soʻnggi bor faryod chekardi.

Oshxonada yashiringan Nayeon esa endi nafaqat Suhoning odamlaridan, balki olov changalidan ham qochishi kerak edi. Atrofni quyuq qora tutun qoplay boshladi.....

Oshxonaning har bir burchagiga oʻrmalayotgan olov shafqatsiz edi. Qora, achchiq va quyuq tutun soniyalar ichida shiftni qopladi va pastga qarab tusha boshladi. Nayeon shkaf ortida buklangancha, koʻylagining yengi bilan ogʻiz-burnini yopishga urindi. Ammo zaharli gaz baribir uning oʻpkayiga oʻtib borardi.
U tashqariga chiqish uchun qadam tashlamoqchi boʻldi, lekin butun uy lovillab yonayotgan, olov devor kabi yoʻlni toʻsib turgandi. Qornidagi ogʻriq va havosizlik uning soʻnggi kuchini ham tortib oldi. Koʻzlari xiralashib, boshi aylanib ketdi.

— Bolam... kechir meni... — Nayeonning pichirlagan ovozi olov qarsillashi ostida eshitilmay ketdi. Onasining suratini koʻksiga mahkam qisgancha, u polga yiqildi va hushini yoʻqotdi.

Tashqarida esa Kim Taehyung oʻzining qora lyuks mashinasining orqa oʻrindigʻiga oʻtirgan, haydovchi endigina joyidan qoʻzgʻalgan edi. Mashina yonayotgan qasrdan bir necha yuz metr uzoqlashganida, Taehyungning telefoni jiringladi. Bu shifoxonada qolgan tansoqchilarining boshligʻi edi.
Taehyung goʻshakni koʻtardi:
-----Gapir

— Janob... — narigi tomondagi ovoz qoʻrquvdan qaltirardi. — Bizni kechiring... Xonim... Nayeon xonim palatadan qochib ketibdi. Atrofni qidirdik, u hech qayerda yoʻq!

— Nima?! — Taehyung oʻrnidan sapchib turib ketdi, uning baqirganidan mashina salonidagi havo muzlab ketgandek boʻldi. — Sizlarga uni koʻz qorachigʻidek asrashni buyurmaganmidim?! Agar unga bitta zarar yetsa, hammangni oʻz qoʻllarim bilan oʻldiraman!!

Taehyung telefonni oʻchirib, gʻazabdan uni oʻrindiqqa otdi. Uning koʻzlari qon quyilgandek qizarib ketgan, nafas olishi tezlashgandi.

"Qayerga ketadi u? Bu ahvolda qayerga ketadi?!" — miyasida ming xil fikr aylandi.
Va toʻsatdan, uning xayoliga daxshatli fikr urildi. Uning uyi. Suhoning qasri. Nayeon kabi ojiza qiz bu shaharda faqat birgina joyni bilardi. U oʻzining oʻtmishini, balki biron bir qadrli narsasini olish uchun oʻsha laʼnati uyga qaytgan boʻlishi mumkin edi!

Taehyung mashina oynasidan ortga — osmonga oʻrlayotgan qora tutun va lovillayotgan olovga qaradi. U hozirgina oʻz qoʻllari bilan oʻt qoʻygan qasrga.

— Toʻxtat mashinani! — baqirdi u haydovchiga. Mashina toʻliq toʻxtashga ulgurmasidan, Taehyung eshikni ochib, oʻzini tashqariga otdi.
U oʻz hayotida biror marta bunday qoʻrquvni his qilmagandi. Hech qachon yugurmagan, har doim oʻzini xotirjam tutadigan gʻururli Kim Taehyung hozir bor kuchi bilan yonayotgan qasr tomon yugurib borardi. Uning yuragi gursillab urar, tomirlaridagi qon telbalarcha aylanardi.

U olov ichida qolgan darvozadan ichkariga otildi. Harorat yuzini kuydirib borar, atrof daxshatli darajada yonayotgan edi. U uydagi portlashlar va gursillashlarga eʼtibor ham bermay, ichkariga qarab yugurarkan, lablari titrab, aqldan ozgan kabi faqat bitta ismni pichirlardi:

— Nayeon... Nayeon, qushcham, qayerdasan? Qanisan?! Menga ovoz ber, iltimos... Yoʻq, yoʻq, senga oʻlishga ruxsat bermayman! Sen faqat meniki boʻlishing kerak! Qushcham!

Taehyung olov taftiga zarracha eʼtibor bermay, shisha eshikni tepib sindirdi va ichkariga otildi. Qasrning ichi haqiqiy doʻzaxning oʻzginasi edi: shiftlar qarsillab sinar, yonayotgan ogʻir yogʻoch toʻsinlar gursillab yerga qulardi. U quyuq va zaharli tutun ichidan yoʻl topib, bor kuchi bilan Nayeon yashagan yotoqxonaga qarab yugurdi.

U eshikni siltab ochib, ichkariga kirdi. Ammo xona boʻm-boʻsh edi. Faqat pol burchagida yotgan oʻsha siniq koʻzgu va kuyayotgan parda koʻrinar edi. Nayeon bu yerda yoʻq edi.
Taehyung daxshat ichida xonaning oʻrtasida qotib qoldi. Uning koʻzlarida umidsizlik va telbalarcha gʻazab aralashib ketdi. U sochlarni changallagancha, yonayotgan devorlarga qarab bor ovozi bilan::::

Yoʻq! Boʻlishi mumkin emas! Sen bu yerda boʻlishing kerak edi! Nega mendan qochasan, qushcham?! Mening jahannamim shu uydagi doʻzaxdan ham battarmi?! Koʻzingni ochganingda senga hammasi tugadi demoqchi edim! Senga oʻsha zolimning oʻlganini aytmoqchi edim! Men seni asramoqchi edim... Agar hozir seni topolmasam, bu dunyoni ham, oʻzimni ham shu olovda yoqib yuboraman, Nayeon! Chiq qarshimga!

Taehyung aqldan ozgandek har bir xonani birma-bir teva-atrofga qarab qidira boshladi. Mehmonxona, ishxonalar, kiyim almashtirish xonalari... Hech qayerda qizdan asar ham yoʻq edi. Olov esa tobora kuchayib, uning kiyimlariga ham oʻt chaychalib borardi.

Shu lahzada uning ortidan yugurib kelgan tansoqchilar boshligʻi — bosh yordamchisi uning yelkasidan tutdi:

— Janob Taehyung! Buyoqqa yuring! Uy hozir butunlay qulaydi! Uni bu yerdan topolmaymiz, u allaqachon qochib ketgan boʻlishi mumkin! Yuring, iltimos, hayotingizni xavfga qoʻymang!

Yordamchi Taehyungni bor kuchi bilan sudrab, pastki qavatga — chiqish eshigi tomon olib tusha boshladi. Taehyung darmonsiz va koʻzlari xira tortgan koʻyi unga ergashdi. U hayotida birinchi marta yutqazgandek, oʻzining eng qadrli qushchasini oʻz qoʻllari bilan oʻldirgandek his qilayotgan edi.

Ular birgalikda pastki qavatga tushib, markaziy chiqish eshigidan tashqariga qadam tashlayotgan soniyada... Taehyungning nigohi chap tomondagi quyuq tutun bilan qoplangan oshxonaga tushdi. Olov tillari orasidan oshxona shkafining ortida yotgan bemorlar koʻylagining oq cheti yarq etib koʻrindi.

Taehyungning koʻzlari kengayib ketdi.

— Nayeon... — pichirladi u.
U yonidagi yordamchisini bor kuchi bilan chetga itarib yubordi.

— Janob, u yerga kirmang! — degan faryodga quloq ham solmay, olov devorini yorib oʻtib oshxonaga kirdi.

U shkafning ortiga oʻtdi va yerda hushsiz, yuzlari kuyindi ichida yotgan Nayeonni koʻrdi. Qizning qoʻllari hamon koʻksida, onasining rasmini mahkam qisib turardi. U nafas olmayotgandek tuyuldi.

Taehyung uning qarshisida tiz choʻkdi. Uning sovuq, toshdek yuragi urishdan toʻxtab qolgandek boʻldi. U qizning rangpar yuzini kaftlari orasiga oldi:

— Qushcham... sening bu yerda nima ishing bor edi? Shunchalik aqlsizsan-ki, senga azob bergan bu uy senga mendan koʻra xavfsizroq koʻrindimi? Koʻzingni och, iltimos... Men seni qoʻyib yubormayman. Seni oʻlimning qoʻlidan ham tortib olaman. Sen faqat meniki boʻlib oʻlishing mumkin, erkinlikda emas! Hozir oʻlishingga yoʻl qoʻymayman, eshityapsanmi?!

Taehyung Nayeonni bor mehri va shu bilan birga telbalarcha bagʻriga bosdi. Uni yengilgina koʻtarib oldi-da, qulab tushayotgan oshxona shiftidan qochib, portlashlar ichidan tashqariga — tungi sovuq havo bagʻriga otildi.

Tashqaridagi chimzor ustiga chiqqanida, orqada Suhoning ulkan qasri daxshatli gursillash bilan butunlay yer bilan bitta boʻlib quladi. Taehyung esa qoʻlidagi darmonsiz qizga tikilgancha, tansoqchilariga qarab baqirdi:

— Mashinani tayyorlanglar! Markaziy shifoxonaga boramiz. Agar u va uning vujudidagi bola oʻladigan boʻlsa, hammangizni tiriklayin koʻmaman!

Teahyung mashinaning orqa oʻrindigʻida hushsiz, darmonsiz yotgan Nayeonni bagʻriga bosgancha, haydovchiga bor tezlikda shahar markaziy shifoxonasiga haydashni buyurdi. Mashina shifoxona hovlisiga daxshatli tezlikda kirib keldi.

Taehyung qizni koʻtargancha qabul boʻlimiga otilib kirdi. Navbatchi shifokorlar va hamshiralar olov hidi va kuyindi ichida kelgan bemorni koʻrib, zudlik bilan gʻildirakli karavotni olib kelishdi.

— Bemor daxshatli darajada is gazi bilan zaharlangan! Tezda reanimatsiyaga! — shifokorning qatʼiy buyrugʻi yangradi.

Nayeonni koʻtarib borayotgan karavot reanimatsiya xonasining oq eshiklari ortiga kirib, Taehyungning koʻz oʻngida yopildi. Eshik ustidagi qizil chiroq yondi.

Taehyung hayotida birinchi marta oʻzini qudratli Kim Taehyung kabi his qilmayotgandi. Uning butun kiyimlari qora kuyindi va qoʻllari qaltirar edi. U reanimatsiya eshigiga peshonasini tiragancha, ichkaridagi ojiza qiz uchun dunyodagi bor qudratini berishga tayyor holatda pichirlay boshladi. Uning magʻrur ovozi ilk bor yolvorish ohangida chiqdi:

Yashashing kerak... Yashashing shart, qushcham. Senga mendan qochib ketishga ruxsat berganim yoʻq. Seni oʻlimga ham berib qoʻymayman... Iltimos, koʻzingni och. Agar sen oʻlsang, mening bu qudratimdan, bu borligʻimdan nima naf? Qushcham... taslim boʻlma...

U daxshatli asabiylik bilan yoʻlakda tinimsiz u yoqdan-bu yoqqa yura boshladi. Har bir oʻtayotgan soniya uning yuragiga pichoq kabi sanchilardi.

Oradan ancha vaqt oʻtdi. Tun oʻtib, shifoxona oynalaridan tonggi sovuq nur tashqarini yorita boshladi..

Nihoyat, reanimatsiya xonasining ogʻir eshiklari ochilib, charchagan shifokor tashqariga chiqdi. U yuzidagi niqobni tushirib, yoʻlakda devorga suyanib turgan, koʻzlari qon quyilgan daxshatli qiyofadagi Taehyungga yaqinlashdi.

— Janob Kim... — shifokor ogʻir nafas oldi. — Bemorni hayotini saqlab qoldik. Koʻp miqdorda is gazi yutgan boʻlsa-da, uning organizmi bor kuchi bilan kurashdi. Ahvoli hozircha barqarorlashdi, u sunʼiy nafas olish apparatidan chiqarildi.

Taehyungning koʻksidan ogʻir bir nafas chiqdi, u biroz yengillashgandek boʻldi. Lekin shifokorning yuzidagi gʻamginlik uning yuragini qayta muzlatib qoʻydi.

Biroq... — shifokor boshini egdi. — Ayol kishi boshidan oʻtkazgan oʻsha daxshatli jismoniy kaltaklar, ogʻir jarohatlar va yongʻindagi daxshatli stress sababli... qornidagi homila bularga dosh berolmadi. Homila juda zaif edi va endigina rivojlanishni boshlagan davrida edi. Biz bor imkoniyatimizni ishga soldik, lekin afsuski... bolani saqlab qololmadik. Moʻjiza yuz bermadi. Yaqin soatlarda u oʻziga keladi, lekin bu xabarni unga qanday aytishni bilmayman... uning ruhiyati buni koʻtarolmasligi mumkin.

Shifokor aytgan gaplaridan qotib qolgan Taehyungning yonidan sekingina oʻtib ketdi.
Yoʻlakda yana oʻsha oʻlim tikligidek sukonat choʻkdi. Taehyung reanimatsiya oynasidan ichkariga — oppoq choyshablar ichida, qornida endi hech qanday mitti yurak urmayotgan, yagona umidi oʻchgan singan qoʻgʻirchoq kabi yotgan Nayeonga tikilib qoldi.
U Suhoni yoq qilgan edi, lekin Suho baribir ketayotib Nayeonning yagona baxtini ham oʻzi bilan birga koʻmgan edi. Endi Nayeon uygʻonadi... va u daxshatli haqiqat bilan yuzlashadi..........

4-qism tugadi