May 22

"Darkness Behind the Smile"

"Vaqt hamma narsani davolamaydi, u shunchaki bizni og‘riq bilan yashashga o'rgatadi."

6-qism

Kechki ovqat qasrning keng va yorug‘ ayvonida, shamlar shu’lasida bo‘lib o‘tdi. Stol usti turfa xil noz-ne’matlar bilan to‘ldirilgan, havoda esa nafis musiqa va samimiy kulgu sadosi taralardi. Tashqaridan qaragan odam uchun bu manzara dunyodagi eng baxtli to‘rt do‘stning uchrashuviga o‘xshardi.
Jungkook Liananing yonida o‘tirib, uning har bir harakatidan zavqlanar, Jimin esa Nayeonning hazillariga chin dildan qah-qah urib kular edi. Tog‘dagi sayohat va parkdagi shirin lahzalar ularning orasidagi sovuqlikni vaqtincha bo‘lsa-da eritgan edi..
Jimin: Bugun ajoyib kun bo‘ldi. Jungkook, seni bunchalik xotirjam va baxtli ko‘rmaganimga ancha bo‘lgandi. Toza havo senga rostdan ham yoqibdi.
Jungkook: Faqat toza havo emas, Jimin. Yonimdagi inson sababli o‘zimni boshqacha his qilyapman. Dunyo haqiqatan ham biz o‘ylagandan ko‘ra go‘zalroq ekan.
Nayeon: Vay-buy, Janob Jeon ham shoir bo‘lib ketibdilarmi? Liana, sen sehrgarmisan? Bu qaysar erkakni qanday qilib bunday muloyim qilib qo‘yding?
Liana: Bu sehr emas Nayeon bu sevgi. Shunday emasmi, Jungkook?
Jungkook: Albatta, azizam. Men endi seni hech qachon g‘amgin ko‘rishni xohlamayman.
Suhbat qiziganidan-qizidi. Ular sayohatlar, kelajakdagi rejalar va qiziqarli voqealar haqida to‘xtovsiz gaplashishardi. Ammo bu quvnoq niqoblar ostida Liana va Nayeonning ko‘zlari bir-biriga to‘qnash kelganida, ularning nigohida faqat professional agentlarga xos bo‘lgan sovuq hisob-kitob bor edi.
Ovqatning o‘rtasida Liana sekin salfetkani stol ustiga qo‘ydi va Jungkookga qarab muloyimlik bilan gapirdi.
Liana: Jungkook, uzr, men bir daqiqaga... qo‘l yuvish xonasiga borib kelishim kerak. Men hozir qaytaman.
Jungkook: Albatta, kutaman. Adashib qolmaysanmi?
Liana: Xavotir olmang, o‘z uyimdek bo‘lib qoldi-ku.
Liana o‘rnidan turib, ayvondan ichkariga kirdi. U yo‘lak bo‘ylab ketar ekan, yuzidagi o‘sha baxtli jilmayish bir zumda g‘oyib bo‘ldi.
Liana ketgach, Nayeon vaziyatni yumshatish va erkaklarning e’tiborini chalg‘itishda davom etdi.
Nayeon: Jimin, Balki to‘rttalamiz birga dengiz bo‘yiga borarmiz?
Jimin: Sen nima desang shu, malikam. Jungkook, nima deysan? Kelasi haftaga yaxtani tayyorlataymi?
Jungkook: Nega endi yo‘q? Liana dengizni yaxshi ko‘radi. U xursand bo‘lsa, men hamma narsaga roziman.
Nayeon ichida soatga qaradi. "Liana, senda roppa-rosa besh daqiqa bor" deb o‘yladi u.

Liana ish xonasidagi kompyuterga maxfiy qurilmani uladi. Barmoqlari klaviaturada chaqmoqdek harakatlanar, ekranda esa Jungkookning barcha qonli bitimlari va maxfiy hisob raqamlari yashil chiziqlar bo‘lib o‘tardi. Jo‘natish tugmasini bosishi bilan ma’lumotlar agentlikning markaziy serveriga yo‘l oldi.
U qurilmani darrov cho‘ntagiga soldi-da, xonadagi buyumlarni joy-joyiga qo‘yib, tovushsiz chiqib ketdi. Tashqariga chiqqanida yuziga yana o‘sha nafis va begubor jilmayishini kiydi.
Liana xonaga qaytib kelganida, erkaklar hali ham qizg‘in suhbat ustida edilar.
Liana: Kechirasizlar, biroz ushlanib qoldim. Uzun koridorlaringizda adashib qolayozdim, Jungkook.
Jungkook: Muammo yo‘q, azizam. Biz ham endi Jimin va Nayeonni kuzatmoqchi bo‘lib turuvdik.
Jimin: Ha, vaqt ham ancha bo‘lib qoldi. Ajoyib kecha uchun rahmat, do‘stim. Nayeon, ketdikmi?
Nayeon: (Lianani mahkam quchoqladi va qulog‘iga pichirladi) Bajarildimi?"
Liana: (Dugonasining ko‘ziga qarab ohista bosh silkidi) "Hammasi joyida."
Jimin va Nayeon mashinasiga o‘tirib, darvozadan chiqib ketishdi. Qasrda yana faqat Jungkook va Liana qolishdi.
Jungkook Lianani orqasidan quchoqlab, yelkasiga boshini qo‘ydi.
Jungkook: Bugun juda baxtliman, Liana. Hayotimda birinchi marta o‘zimni yolg‘iz his qilmayapman. Sen menga ishonishni boshlaganing — men uchun hamma narsadan muhim.
Liana uning qo‘llari ostida titrab ketdi. Jungkookning bu samimiy so‘zlari, unga bo‘lgan cheksiz ishonchi Liananing ich-ichini kemira boshladi. U hozirgina o‘zini sevgan insonning hayotini barbod qiladigan tugmani bosgan edi.
Liana: Jungkook... men biroz charchadim. Dush qabul qilib, dam olmoqchiman.
Jungkook: Albatta, azizam. Men seni yotoqxonada kutaman.
Liana yuvinish xonasiga kirdi va eshikni ichkaridan qulfladi. U suvni qattiq oqizib qo‘ydi-da, devorga suyanib polga o‘tirib qoldi. Suvning shovqini uning ichidagi baqiriqni yashirishi kerak edi.
U qo‘llari bilan yuzini to‘sib, o‘ksib-o‘ksib yig‘lay boshladi. Uning ko‘z yoshlari nafratdan emas, balki daxshatli bir vijdon azobidan edi.
Liana: Nega? Nega aynan u? Nega u bunday zolim bo‘la turib, meni bunday sevishi kerak? Men uning hayotini o‘z qo‘llarim bilan yo‘q qildim... Men agentman, mening vazifam shu... Lekin nega yuragim bunchalik og‘riyapti?
U Jungkookning tog‘dagi baxtli yuzini, uning "Seni dunyodan asrayman" degan gaplarini eslardi. Liana o‘zini dunyodagi eng razil insondek his qila boshladi. U Jungkookni asir qilgan edi, lekin hozir o‘zi ham o‘z tuyg‘ularining asiriga aylanganini angladi.
Tashqarida esa Jungkook xursand holda, kelajak haqida shirin xayollar surib, o‘z jallodini — Lianani kutib o‘tirardi. Uning uchun jazo endi boshlanayotgan edi, Liana uchun esa bu jazo allaqachon boshlanib bo‘lgandi.

Liana yuvinish xonasidan chiqib, ko‘z yoshlarini artdi va yuziga so‘nggi marta niqobini kiyib, yotoqxonaga kirdi. Ichkarida uni intizorlik bilan kutib o‘tirgan Jungkookni ko‘rishi bilan, uning vujudida aybdorlik va kutilmagan bir ehtiros to‘lqini uyg‘ondi. U hozirgina bu insonning o‘lim farmoniga qo‘l qo‘ygan edi, lekin ayni damda unga har qachongidan ham yaqin bo‘lishni istardi.
Liana hech narsa demay Jungkookning yoniga keldi va uning bo‘ynidan mahkam quchoqlab, lablariga tashnalik bilan yopishdi.
Jungkook kutilmagan bu harakatdan karaxt bo‘lib qoldi. Qizning bu qadar dadilligi va ehtirosi uni hayratga solgandi. Bir necha soniyadan so‘ng, u Liananing belidan mahkam tutib, javob qaytara boshladi. Bo‘sa uzun va shiddatli edi — go‘yo Liana bu o‘pich bilan barcha gunohlarini yuvmoqchi yoki vaqtni to‘xtatib qolmoqchi edi.
Jungkook bir oz o‘zini to‘xtatib, nafasini rostlash uchun Lianadan uzoqlashdi. Uning ko‘zlari qizargan, nigohida chuqur hayrat bor edi.
Jungkook: Liana... To‘xta... Sen o‘zingdamisan? Nima bo‘ldi senga?
Liananing ko‘zlari hamon yoshdan yaltirab turardi, lekin u bu yoshlarni baxt yoshlari deb ko‘rsatishga urindi. U Jungkookning yuzini kaftlari orasiga oldi va uning ko‘zlariga tik qarab, hayotidagi eng rost va ayni paytda eng daxshatli gapni aytdi.
Liana: Men seni sevaman, Jungkook... Men seni judayam yaxshi ko‘raman.
Bu iqror Jungkookning yuragini urishdan to‘xtatib qo‘ygandek bo‘ldi. U bir yil davomida, har bir qiynoq va har bir asirlik kunida mana shu so‘zlarni eshitishni orzu qilgan edi. U qizning gapida hech qanday yolg‘on sezmadi — chunki Liana hozir agent sifatida emas, balki parchalangan ayol sifatida gapirayotgan edi.
Jungkook: Liana... Men ham...seni sevaman.
Jonimdan ortiq sevaman.
Liana unga yana bir bor gapirishga imkon bermadi. U yana uning lablariga yopishdi. Bu bo‘sa endi vidolashuvga o‘xshardi. Liana har bir teginishida, har bir nafasida "Meni kechir" deb baqirardi, lekin Jungkook buni anglamasdi. U shunchaki o‘zining uzoq kutilgan g‘alabasidan va sevgisidan mast bo‘lib, qizni ko‘tarib karavotga yotqizdi.
Zulmat ularni o‘z domiga oldi. Tashqarida esa Liana yuborgan ma’lumotlar agentlik ekranlarida yonib-o‘char, Jungkookning imperiyasini qulatish uchun maxsus guruhlar tayyorlanayotgan edi. Bu tun — ular birga bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘nggi tinch va baxtli tun edi.

Jungkookning nafas olishi og‘irlashib, u Lianani butunlay o‘z ehtirosi domiga tortdi. Uning lablari qizning bo‘yniga tushar ekan, har bir teginishi olovdek kuydirardi. Jungkook u yerda o‘zining hukmronlik izlarini qoldirib, sekin-asta qizning kiyimlarini birin-ketin yechib tashladi.
Xonadagi yarim qorong‘ulikda Liananing oppoq vujudi yanada jozibali ko‘rinardi. Jungkook qizning ichki kiyimlarini ham yechib olgach, bir muddat uning mukammal qomatiga, ayniqsa nafis ko‘kraklariga mahliyo bo‘lib tikilib qoldi. Uning nigohida ham hayrat, ham tiyilmas bir ehtiros bor edi.
Jungkook bir qo‘li bilan qizning bir ko‘kragini ohista ezib, uning yumshoqligidan zavqlansa, ikkinchisini ehtiros bilan so‘rib, emib o‘pa boshladi. Liananing vujudidan kichik bir titroq o‘tdi, uning barmoqlari Jungkookning sochlari orasiga kirib, uni o‘ziga mahkamroq bosdi. Oradan besh daqiqacha vaqt o‘tgach, Jungkook o‘z lazzat manzilini o‘zgartirib, ikkinchi ko‘krakni ham xuddi shunday ishtiyoq bilan og‘ziga oldi.
Butun xona ularning og‘ir nafaslari va ehtirosli shivirlashlari bilan to‘ldi. Bu lahzada Liana uchun tashqi dunyo, agentlik va xiyonat daxshatlari yo‘q edi — faqat Jungkookning olovli tafti va cheksiz ehtirosi bor edi. Ular bir-birlarining vujudida butunlay erib ketishayotgan edi.
Jungkook o‘zining qora futbolkasini yulqib yechib otdi, uning keng yelkalari va baquvvat qaddi yarim qorong‘u xonada g‘olibona aks etardi.
Liana esa kutilmaganda tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. U ehtirosdan yonayotgan nigohlarini Jungkookdan uzmay, uning ustiga chiqib oldi.
U yonidagi tumbochkadan o‘zining to‘q qizil, qon rangidagi pamadasini oldi va lablariga bir tekis surib chiqdi. Bu rang uning oppoq yuzida ham nafis, ham xavfli ko‘rinardi.
Liana Jungkookning ko‘zlariga tik qarab, so‘ngra sekin egildi-da, lablarini uning bo‘yniga bosdi. Terisida qolgan qizil lab izi Jungkookning nafasini bo‘g‘ib qo‘ygan edi.
Liana to‘xtamadi. U Jungkookning baquvvat ko‘kragi bo‘ylab pastga tusha boshladi, har bir bo‘sasi bilan uning tanasida o‘zining qizil muhrini qoldirardi.
Jungkook: Sen meni aqldan ozdiryapsan, Liana... Bu nima, belgi qo‘yyapsanmi?
Liana: Ha... Sen faqat meniki ekanligingni hamma bilishi kerak. Bu izlar sening tanangda mening ismimdek qoladi.
Liana uning qornigacha bo‘lgan masofani shu tarzda "zabt etdi". Jungkookning butun tanasi qizil lab izlari bilan qoplangan, bu daxshatli darajada ehtirosli va go‘zal manzara edi. Jungkook endi chiday olmadi — u Liananing belidan ushlab, uni qaytadan o‘zining ostiga oldi.
Jungkook: Mening tanamda iz qoldirganing bilan qutulib qolmaysan, azizam. Endi mening navbatim.

Jungkook shiddat bilan o‘rnidan turib, shimi va ichki kiyimini bir zumda yechib tashladi. Uning har bir harakatida erkaklarga xos kuch va to‘xtatib bo‘lmas istak sezilardi. Liana hamon ehtirosdan yonib yotgan holda unga tikilardi. Jungkook qizning so‘nggi to‘siq bo‘lib turgan ichki kiyimini ham ohista, lekin qat’iyat bilan yechib oldi.
Endi ular orasida hech qanday parda qolmagan edi. Jungkook Liananing ustiga qaytib keldi va uning oyoqlari orasiga joylashdi. U qizning ko‘zlariga chuqur tikilib, bir lahzaga to‘xtadi, so‘ngra sekin va shiddat bilan uning ichiga kirdi.
Liananing og‘zidan kutilmagan, lekin shirin bir nido chiqib ketdi. U Jungkookning yelkasini tirnab, uni o‘ziga yanada yaqinroq tortdi.
Jungkook: Nihoyat... Sen butunlay meniki bo‘lding, Liana. Endi hech qayerga qochib ketolmaysan.
Liana: Ah... Jungkook... To‘xtama. Meni hoziroq yo‘q qilib yuborishingni xohlayman.
Jungkookning har bir zarbasi ehtirosli va kuchli edi. Ular bir xil ritmda nafas olar, vujudlari bir-biriga urilib, xonada o‘ziga xos aks-sado berardi. Liana o‘zini jannat va jahannam ostonasida turgandek his qildi.
Jungkook: Sen mening hayotimsan...
Liana: Men ham... Men ham faqat senikiman!
Ehtiroslar bo‘roni bir necha soat davom etdi. Xonadagi havo shunchalik qizigan ediki, hatto deraza ortidagi yomg‘ir ham bu olovni so‘ndirolmasdi. Nihoyat, charchoq va lazzat bir-biriga qovushgan mahalda, Jungkook Lianani qo‘llarida ko‘tarib yuvinish xonasiga olib kirdi.
Iliq suv ostida ular bir-birlariga suyanib turishardi. Jungkook Liananing vujudidagi sovun ko‘piklarini suv bilan artar ekan, uning harakati juda ehtiyotkor edi.
Jungkook: O‘zingni qanday his qilyapsan? Juda charchatib qo‘ymadimmi?
Liana: Yo‘q... Shunchaki, hammasi tushdek tuyulyapti. Dunyoda faqat biz qolgandekmiz.
Jungkook: Faqat biz qolamiz ham. Senga va’da beraman, ertaga uyg‘onganingda hammasi bundan ham go‘zal bo‘ladi.
Ular yuvinib chiqib, toza choyshablar ustiga yotishdi. Jungkook Lianani mahkam bag‘riga bosdi. Liana uning yurak urishini tinglab turib, ko‘zlarini yumdi. Bu uning hayotidagi eng og‘ir, lekin eng shirin uyqu oldidagi daqiqalar edi.
Shu paytda Jimin va Nayeon ham o‘z uylarida sokinlikdan zavqlanishardi. Dastlab ular oshxonada issiq choy ichib, bugungi kunning quvnoq damlarini eslab o‘tirishdi. Biroq Jiminning Nayeonga bo‘lgan tashnaligi choy bilan qonadigan darajada emasdi.
Jimin qadahini chetga surib, Nayeonni stol ustiga o‘tqazdi va uning lablariga tashnalik bilan yopishdi.
Jimin: Seni sog‘inishdan hech qachon charchamayman. Bugun kutubxonada senga tegishni qanchalik xohlaganimni bilmaysan...
Nayeon: Endi biz yolg‘izmiz, Jimin. Hech narsadan tiyilma.
Ular ham yotoqxonaga o‘tishdi. Jimin Nayeonning kiyimlarini birin-ketin yechib, uning oppoq badaniga zavq bilan tikildi. Jungkook va Liana kabi, ular ham bir-birlarining vujudida erib ketishdi. Jimin Nayeonning ko‘kraklarini ehtiros bilan erkaladi, so‘ngra ular bir butunga aylanishdi. Xona ularning zavqli nolalari va shiddatli nafaslari bilan to‘ldi.
Ular ham bir necha soatlik ehtirosli tundan so‘ng, birga dush qabul qilishdi. Suv tomchilari ostida Jimin Nayeonni quchoqlab, unga qayta-qayta sevgi izhor qildi.
Jimin: Sen mening borlig‘imsan, Nayeon. Sensiz o‘zimni tasavvur qilolmayman.
Nayeon: Men ham, Jimin. Faqat men bilan bo‘l.
Ko‘p o‘tmay, ikki xonadon ham sukunatga cho‘mdi. To‘rt kishi — ikki qotil va ikki ayg‘oqchi — bir-birlarining bag‘rida, xiyonat va sevgi o‘rtasidagi nozik chiziqda uxlab qolishdi. Ertangi kun ularga qanday daxshat yoki baxt keltirishi hozircha hech biriga ma’lum emasdi.

Tungi sukunatda ikki xil xonadonda bir xil fojiaviy va go‘zal manzara hukm surardi. Bu tun — yolg‘onlar va haqiqiy tuyg‘ular bir-biriga qorishib ketgan so‘nggi tinch tun edi.
Jungkook Liananing xushbo‘y sochlari orasiga yuzini ko‘mib, xotirjam va chuqur uyquga ketgan edi. Uning hayotida birinchi marta yuragi bu qadar osoyishta, vujudi esa butunlay bo‘shashgan. U o‘zining daxshatli dunyosida nihoyat uyini topgandek edi.
Biroq Liana uxlamasdi. U zulmatda Jungkookning sochlarini juda mayin silab, uning yuzidagi har bir chiziqni barmoqlari bilan chizib chiqardi. Uning ko‘zlaridan oqayotgan achchiq yoshlar Jungkookning yelkasiga tushardi.
Liana: Meni kechir, Jungkook... Seni bu qadar qattiq sevib qolishni rejalashtirmagandim. Men sening dunyongni yo‘q qildim, lekin o‘z dunyomni ham senga qo‘shib boy berdim. Meni kechirishingni so‘rashga ham haqqim yo‘q... Men seni sevaman, jinnidek sevaman.
U Jungkookning boshini mahkamroq bag‘riga bosdi. Jungkook esa hech narsani sezmasdan, o‘zining yagona asiri — aslida esa o‘zining
jallodi bo‘lgan ayolning bag‘rida xotirjam nafas olishda davom etardi.
Boshqa bir tomonda, Jimin ham Nayeonni xuddi eng qimmatbaho boyligini asragandek mahkam quchoqlab uxlab yotardi. Uning yuzida baxtli bir tabassum bor edi.
Nayeon esa qorong‘ulikka tikilib yotarkan, ichida bir narsa parchalanganini his qildi. U o‘zini professional, sovuqqon agent deb bilar edi, lekin Jiminning samimiy muhabbati uning qalbidagi barcha mudofaa devorlarini qulatiib yuborgan edi. U endi Jiminni shunchaki nishon sifatida ko‘rolmasdi.
Nayeon: Nega sen qotil bo'lishing kerak edi? Nega men agent bo'lishim kerak edi?
Nega???
Nayeon sekin Jiminning yuzlaridan, so‘ngra o‘sha shirin va tanish lablaridan ohista o‘pib qo‘ydi. Uning bu safargi sevgisi ssenariy bo‘yicha emas, balki yurak amri bilan edi.
Nayeon: Seni sevib qoldim, Jimin... Hatto bu bizning o‘limimiz bo‘lsa ham, seni sevaman.
U Jiminning issiq taftiga boshi bilan suyanib, ko‘zlarini yumdi. To‘rttalasi ham zulmat ichida, bir-biriga bog‘langan taqdirlar va aytilmagan haqiqatlar qurshovida tong otishini kutmasdan uyquga ketishdi. Ular uyg‘onganda dunyo butunlay boshqacha bo‘lishini hali bilishmasdi.
Tongning g‘ira-shira nurida, Jungkook va Liana bir-birlarining bag‘rida eng shirin uyquda yotishgan edi. To‘satdan, pastki qavatdan eshikning qattiq taqillashi va baqir-chaqir ovozlari eshitildi. Jungkook hushyorlik bilan ko‘zlarini ochdi. Uning instinktlari nimanidir sezgandek, yuragi tez ura boshladi.
Jungkook Lianani uyg‘otmaslikka harakat qilib, sekin o‘rnidan turdi va xalatini kiyib pastga tushdi. Eshikni ochishi bilan o‘nlab politsiya xodimlari va maxsus kuchlar qurollangan holda unga qarata nishon olishdi.
Politsiya xodimi: Janob Jeon Jungkook! Siz qotillik, kontrabanda va noqonuniy savdoda ayblanib hibsga olinasiz. Qarshilik ko‘rsatmasdan taslim bo‘ling!

6-qism tugadi