May 24

"Darkness Behind the Smile"

"Vaqt hamma narsani davolamaydi, u shunchaki bizni og‘riq bilan yashashga o'rgatadi."

9-qism

Ertasi kuni tonggi soat 08:00. Qamoqxona atrofini quyuq va sovuq tuman qoplagan, havo keskin sovuq edi. Liana va Nayeon oddiy kiyimlarda, yuzlarida mutlaq professional niqob bilan daxshatli temir darvozaning ro‘parasida turishardi. Ikkisining ham nigohida na titroq, na ko‘z yoshi bor edi — ular kechagi barcha hissiyotlarini ichkariga yutishgan edi.

Og‘ir po‘lat darvozalar g‘iyqillab ochildi. Tuman ichidan o‘zlarining qora kiyimlarida, qamoq hayoti nigohlarini yanada o‘tkir va vahshiy qilgan Jungkook va Jimin chiqib kelishdi. Yigitlar mag‘rur qadamlar bilan qizlarning qarshisiga kelib to‘xtashdi.

Jungkook: Va’dang ustidan chiqibsan, Agent Soyun. Erta tongdan meni kutib olishingni ko‘rish... juda yoqimli.

Liana: Ozodlik hujjatlaringiz imzolangan, Jeon. Mashinaga o‘tiring. To‘g‘ri markazga boramiz, General kutmoqda.

Jungkook: Markazga? Yo‘q, azizam. O‘yin qoidasini men belgilayman degandim. Hozir mening ofisimga boramiz. Sen esa mening yonimda, oldingi o‘rindiqda o‘tirasan.

Liana: Yo‘nalishni General belgilaydi, siz emas. Mashinaga o‘tiring.

Shu payt narigi tomonda Jimin Nayeonning to‘ppa-to‘g‘ri qarshisiga kelib to‘xtadi. U Nayeonning yuzidan kechagi qo‘rquv va sinishni qidirdi, ammo qizning yuzi toshdek qotgan edi.

Jimin: Yig‘lashdan charchadingmi, Nayeon? Yoki bu safar seni qutqaradigan qonunlaring yo‘qligidan o‘zingni kuchli ko‘rsatishga urinyapsanmi?

Nayeon: Menga ortiqcha his-tuyg‘ular yot, Janob Park. Men bu yerga shaxsiy muammolarimizni hal qilish uchun emas, topshiriqni bajarish uchun kelganman.

Jimin: Topshiriq? Endi sening yagona topshirig‘ing — mening aytganlarimni qilish. Ortimdan soya kabi ergashasan degandim. Mashinaga o‘tir!

Nayeon: Shartnoma shartlaridan xabarim bor, nima qilishni o‘zim bilaman. Chiqing.

Nayeon Jiminning ko‘zlaridagi qasos oloviga xotirjamlik bilan tikilib turdi-da, o‘zi borib orqa o‘rindiqqa joylashdi. Liana esa haydovchi o‘rindig‘iga o‘tirdi. Jungkook va Jimin qizlarning bu kutilmagan professional va sovuq qarshiligidan hayratda bo‘lsalar-da, mashinaga o‘tirishdi.

Mashina motorining gumburlagan ovozi tumanli tongni parchalab yo‘lga tushdi. Qizlar o‘zlarini tutishgan edi, biroq bu sovuqqonlik ortidagi haqiqiy urush endi boshlanayotgandi.

Mashina og‘ir sukunat ichida Maxfiy Agentlik bosh qarorgohiga yetib keldi. Liana va Nayeon oldinda, Jungkook vap Jimin esa ularning ortidan mag‘rur va vazmin qadamlar bilan Generalning maxfiy kabinetiga kirib borishdi.
Xonadagi havo nihoyatda tarang edi. General stoli ortida o‘tirgancha, o‘tkir nigohlarini zindondan qaytgan ikki yirtqichga qaratdi.

General: Xush kelibsiz, janoblar. Besh oy zerikarli o‘tmadimi deb so‘ramayman. Hozir gapni cho‘zib o‘tiradigan vaqt emas, shuning uchun darhol maqsadga o‘taman.

Jungkook: Bizni u yerga tiqqan odamdan mehmondo‘stlik kutmagandim ham, General. Shartnomani ayting, vaqtimiz kam.

General: Koreya sizlarning yo‘qligingizda olov ichida qoldi. Amerikadan Carlos Garsia ismli yangi kimsasiz yirtqich keldi. U bor-yo‘g‘i ikki oy ichida sizlarning barcha omborlaringizni portlatdi, odamlaringizni yo‘q qildi va portlarni qo‘lga oldi. Hozir butun Seul yerosti dunyosi uning qo‘lida.

Jimin sekin Liana uzatgan planshetdagi Carlos Garsianing suratlariga va kiber-ma’lumotlarga qaradi. Uning ko‘zlarida dahshatli bir sovuqlik yondi.

Jimin: Carlos Garsia... Demak, bu o‘sha Amerikadagi 'Qora Ilon' mafiyalaridan biri. Bizning yo‘qligimizdan foydalanib, o‘zini bu yerda qirol deb o‘ylay boshlabdi-da?

Nayeon: Carlos oddiy mafiya emas. U o‘ta shafqatsiz va qonunlarni umuman tan olmaydi. Hatto bizning beshta maxfiy agentimizni vahshiylarcha o‘ldirib, jasadlarini shahar markaziga tashlab ketdi. U sizlarning eski odamlaringizni o‘ziga bo‘ysundirgan yoki qirib tashlagan.

Liana: Uning hozirgi asosiy qarorgohi — sizlarning eng katta port omboringiz. U yerga eng zamonaviy kiber-himoya va yuzlab qurollangan odamlarini joylashtirgan. Maxsus kuchlarimiz u yerga yaqinlasha olmayapti.

Jungkook: Chunki u portning maxfiy yerosti yo‘llarini bilmaydi. Uni faqat biz bilamiz. Xo‘sh, reja qanday, General? Biz Carlosni boshi bilan birga senga olib kelamiz, sen esa bizga to‘liq ozodlik hujjatlarini topshirasan.

General: Kelishdik. Lekin shart bor: sizlar yolg‘iz ishlamaysizlar. Liana va Nayeon sizlar bilan birga boradi. Ular Carlosning kiber-himoyasini buzib beradi va aloqani ta’minlaydi. Sizlar ularni himoya qilasizlar, ular esa sizlarni nazorat qiladi.

Jimin Nayeonning toshdek qotgan yuziga qarab, jilmaydi. Uning nigohida yashirin ehtiros va daxshatli nafrat bor edi.

Jimin: Nazorat qilish? Yana bizning ortimizdan josuslik qilishadimi? Mayli, menga ma’qul. Agent Mina mening yonimda bo‘lsa, ishim osonlashadi.

Jungkook: Unday bo‘lsa, operatsiyani bugun tundan boshlaymiz. Agent Soyun, bizga Carlosning barcha yuk mashinalari yo‘nalishini tayyorla. O‘yin boshlandi, janoblar.

Liana va Nayeon bosh silkib, ma’lumotlarni qayta ishlashga kirishishdi. Ikki amerikalik mafia va Koreya imperiyasining asl egalari o‘rtasidagi bu qonli urush endi shahar ko‘chalarini daxshatli olovga burkashi aniq edi.

Seul markazidagi dabdabali osmono‘par binoning eng yuqori qavatida, qorong‘u xonada faqat monitorlarning sovuq nuri va shahar chiroqlari ko‘rinib turardi. Carlos Garsia divanda erinibgina o‘tirgancha, qo‘lidagi o‘tkir pichoq bilan olmani tilimlar, uning ro‘parasida esa bolalikdan birga o‘sgan eng yaqin do‘sti Louis xaritalarni ko‘zdan kechirardi.

Carlos: Ikki oy... Atigi ikki oy ichida butun Koreya poytaxti oyoqlarimiz ostiga yiqildi, Louis. Bu yerning odamlari juda qo‘rqoq ekan. Kecha portdagi so‘nggi omborni ham muammosiz qo‘lga oldik.

Louis: Shoshilma, Carlos. To‘g‘ri, hamma narsa bizning nazoratimizda, lekin hozirgina Maxfiy Agentlikdagi odamimizdan xavfli xabar keldi.

Carlos: Xavfli xabar? O‘sha beshta agentini itdek otib ketganimizdan keyin ham o‘sha Maxfiy Agentlik tik tura olyaptimi hali?

Louis: Gap agentlikda emas. Ular bugun erta tongda bu ko‘chalarni besh qo‘ldek biladigan asl egalarni qamoqdan chiqarishdi. Jeon Jungkook va Jimin Park. Ularni shartli ravishda ozod qilishgan.

Carlos: Nima? O‘sha qamoqda besh oy chirigan ikki bolakayni chiqarishdimi? Maxfiy Agentlik shunchalik ojiz qoldimi? Bizga qarshi o‘sha ikkita itni qayrab solmoqchimi?

Louis: Ularni mensimaslik sening eng katta xatong bo‘ladi, Carlos. Men u yigitlarning arxivini o‘rganib chiqdim. Ular shunchaki mafiya emas, bu shaharning yerosti tomirlari. Biz egallagan portlarning barcha maxfiy qurol yo‘llarini o‘shalar qurgan. Ularda yo‘qotadigan hech narsa yo‘q, shuning uchun daxshatli kuch bilan kelishadi.

Carlos: Ajoyib-ku! Men baribir bu shaharda zerika boshlagandim, Louis. O‘sha Jeon va Park deganlari kelishsin.

Louis: Unday bo‘lsa, buyruq beraman. Portdagi barcha yigitlar jangovar holatga keltiriladi...

Carlos: Kelsalar, kelishsin. Ularni kelgan joyiga — go‘rga qaytarib yuboraman. Qurollarni tayyorla, Louis. Bu safar Seul haqiqiy qon hidini hidlaydi.

Mashina shahar chetidagi dabdabali va daxshatli qasr darvozasi oldida to‘xtadi. Bu Jungkookning o‘sha qadrdon, dushmanlari uchun o‘lim lageriga aylangan qasri edi. Liana mashinadan tusharkan, vujudini noma’lum bir qo‘rquv qopladi. U qanchalik professional agent bo‘lmasin, hozir o‘zini yirtqichning uyasiga kirib borayotgan o‘ljadek his qilardi.

Jungkook Lianani bilagidan mahkam qisib, qasrning ulkan zaliga boshlab kirdi. Ichkarida chiroqlar xira yonib turardi. Liana atrofga xavotir bilan ko‘z yugurtirayotgan ayni o‘sha soniyada, yuqori qavatdan shoshilib tushib kelayotgan baland poshnali oyoq tovushlari eshitildi....

Usti-boshi dabdabali va ochiq kiyingan bir go‘zal qiz yugurib kelib, o‘zini to‘g‘ri Jungkookning quchog‘iga otdi. U yigitning bo‘ynidan mahkam quchoqlab oldi.

Qiz: Jungkook! Nihoyat qaytding! Seni qanchalar sog‘inganimni bilsang edi, azizim!

Liana ko‘rgan manzarasidan bir zumda tosh qotib qoldi. Ichida qandaydir daxshatli og‘riq va g‘urur to‘qnash keldi, lekin yuzidagi sovuqqonlikni yo‘qotmaslikka urindi.
Jungkook esa Liananing ko‘zlariga o‘tkir va sinovchan tikilib turgancha, qizni belidan quchdi va uning lablaridan o‘pdi. Bu o‘pich uzoq va ehtirosli edi. Qiz uning quchog‘ida erib ketgandek bo‘lib, Jungkookning yuzlarini siladi.

Qiz: Seni har soniya kutdim, sevgilim... Sen yo‘qligingda bu qasr juda sovuq edi.

Jungkook qizni quchog‘idan sekin bo‘shatib, nigohini hamon toshdek qotib turgan, ammo ko‘zlarida yashirin g‘azab va og‘riq uchqunlari porlayotgan Lianaga qaratdi. Uning lablarida daxshatli, istehzoli jilmayish paydo bo‘ldi.

Jungkook qizning yuzini silab, ovozini ataylab Liana eshitadigan darajada baland va ehtirosli qildi.

Jungkook: Men ham seni sog‘indim, Eliz. Bugun butun tunimni faqat senga bag‘ishlayman, azizam.

Eliz xursandligidan Jungkookning bo‘yniga qayta osildi, uning ko‘zlari baxtdan porlardi. Liana esa bu gaplarni eshitgach, ichidan o‘tgan daxshatli rashk va og‘riqni yutib, yuzidagi toshdek sovuq niqobini yanada mahkamroq kiydi. U zarracha his-tuyg‘u ko‘rsatmaslikka urinar, ammo tirnoqlari kaftiga botib ketgandi.

Jungkook Elizni belidan quchgan ko‘yi sekin burildi va o‘tkir, pichoqdek sovuq nigohini Lianaga qaratdi.

Jungkook: Senga kelsak, Agent Soyun. Sen mening qasrimda mehmonsan, shuning uchun senga maxsus xona ajratdim. Ikkinchi qavatga ko‘tarilasan, chap tomondagi oxirgi xona.

Liana o‘sha xonani juda yaxshi bilardi. Bu xona aynan Jungkookning yotoqxonasi bilan umumiy devorga ega, yonma-yon xona edi. U yerda har qanday pichirlash ham eshitilib turardi.

Liana: Men u yerda qolmayman, Jeon. Menga birinchi qavatdan yoki qo‘riqchilar binosidan joy ber. Men faqat ishimni bajarish uchun kelganman.

Jungkook: Mening uyimda mening qonunlarim o‘tadi, Liana. Sen bu yerda mehmonsan va mening ko‘z o‘ngimda bo‘lishing shart. Ayniqsa, bugun tunda... o‘sha xonada sening judayam hushyor bo‘lishingni xohlayman. Chunki devorlar juda yupqa. Tushundingmi?

Eliz Jungkookning gaplaridan sekin kularkan, Liananing vujudi nafrat va xorlikdan titrab ketdi. Jungkook Elizni qo‘lidan tutib, zinadan yuqoriga yetakladi. Ketayotib ortiga o‘girildi:

Jungkook: Xonangga kir va ertagalik maxfiy ish uchun Carlosning koordinatalarini tayyorla. Kechikma, Agent.

Liana zalda yolg‘iz qolarkan, chuqur va azobli nafas oldi. U bugun tunda o‘sha xonada o‘z sevgilisining boshqa qiz bilan bo‘lgan ehtirosli tovushlarini eshitishga mahkumligini anglab, ko‘zlarini mahkam yumdi. Jazo haqiqatda boshlangan edi.

Eliz

Liana chorasiz qadamlar bilan o‘sha sovuq zinalardan ko‘tarildi. Har bir qadam go‘yo uni o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan jahannamiga yaqinlashtirayotgandek edi. U ko‘rsatilgan xonaning eshigini ochib, ichkariga kirdi va ortidan qulfladi.

Xona keng va hashamatli edi, ammo devorlar haqiqatdan ham juda yupqa edi. Liana noutbugini stol ustiga qo‘yib, Carlosning ma’lumotlarini ochgan ayni o‘sha soniyalarda, yon tarafdagi yotoqxonadan eshitilgan birinchi tovush uning vujudini muzlatib qo‘ydi.
U yerda allaqachon vahshiyona ehtiros boshlangan edi.
Jungkookning besh oylik zindondan keyingi butun g‘azabi, kuch-quvvati va erkaklik ehtirosi Elizning ustiga to‘kilib borardi. Qalin karavotning g‘iyqillagan shiddatli ovozi va yigitning chuqur, nafas qisishi aralashgan daxshatli irrillashi devor osha aks-sado berib xonaga yopirildi.

Eliz: Ahh... mmm... Jungkook... Yana... Yana ham tezroq, iltimos...

Elizning og‘riq va cheksiz lazzatdan bo‘g‘ilib chiqayotgan baqiriqlari, daxshatli inqillashlari -vazminlik bilan ma’lumot yig‘ishga urinayotgan Liananing quloqlari ostida portlayotgandek edi. Ikki tana bir-biriga shiddat bilan urilayotgan daxshatli tovushlar va uzoq, namli, nafas tugaguncha davom etayotgan bo‘sa ovozlari tunda daxshatli tarzda eshitilardi.

Liana noutbuk klaviaturasini bosayotgan barmoqlarini to‘xtatdi. Uning qo‘llari daxshatli darajada qaltirar, ko‘zlaridan esa issiq yosh tomchilari klaviatura ustiga tomardi. U quloqlarini qo‘llari bilan mahkam yopib oldi, lekin Jungkookning har bir chuqur nafas olishi, Elizning "Jungkook, seni sevaman" degan ehtirosli hayqiriqlari qizning yuragiga pichoqdek sanchilaverdi.

Jungkook buni ataylab, har bir tovush Lianaga yetib borishini bilib qilayotgan edi. U o‘z xiyonatkor agentini mana shunday, ruhan chil-parchin qilib jazolayotgan edi.
Liana noutbuk ekraniga tikilgancha, ko‘z yoshlarini to‘xtata olmay, lablarini qon chiqquncha tishladi. U bugun tunda faqatgina Carlosga qarshi reja tuzmayotgan edi, u o‘zi telbalarcha sevadigan erkakning boshqa ayol vujudida qanday yonayotganini eshitib, tiriklayin o‘layotgan edi.

Liana quloqlarini qo‘llari bilan qanchalik mahkam yopmasin, devor ortidan kelayotgan o‘sha shiddatli nafaslar va Elizning baxtiyor ingrashlari uning butun vujudini tilka-pora qilardi. U stolga tirsaklarini qo‘ygancha, o‘zini to‘xtata olmay pichirlab yig‘lay boshladi. O‘pkasi to‘lib, hiqillab chiqayotgan ovozini Jungkook eshitmasligi uchun qo‘li bilan og‘zini mahkam yopib oldi.
Ko‘z yoshlari yuzidan tinmay oqarkan, u ichidagi eng daxshatli og‘riqni unsizgina pichirladi:

"Menga muhabbat bilan tikilgan o‘sha ko‘zlaring hozir qanday qilib unga mehr bilan qarayapti? Meni kuydirgan o‘sha issiq nafaslaring qanday qilib o‘sha qizning tanasini erkalayapti? Buni qabul qilolmayapman... Bunga bardosh berolmayapman, Jeon... Meni ur, qiyna, o‘z qo‘llaring bilan jonimni ol, lekin o‘sha qo‘llaring bilan boshqasini quchma... Men bunga chidolmayman. Sen 5 oy qanday qiynalgan bolsang men ham sendan kam azob chekmadim. Men kechalari seni qoʻmsab uhlamay tong orttirdim. Seni qanchalik sogʻinganimni sen bilmaysan.
Bilmaysan. Men bu ishni qabul qilganimda seni sevib qolishimni bilmagan edim. Bilmagandim. Jin ursin. Sendan nafratlanaman Jeon. Nafratlanaman.....
Bu qilgan ishingni hech qachon kechirmayman. Kechirmayman.....

Liana devor ortidan eshitilgan navbatdagi chuqur, erkaklarga xos irrillash va Elizning baland ovozdagi hayqirig‘idan so‘ng ko‘zlarini mahkam yumib, o‘zini divanga otdi. U ko‘rpa ichiga burkanib, yostiqni mahkam quchoqladi.

Jungkook uni ruhan sindirishni xohlagan edi va buni uddaladi. Liana endi shunchaki xizmat vazifasini bajarayotgan agent emas, o‘z sevgilisining boshqa ayol vujudida yonishini eshitib, qalbining so‘nggi zarrachasigacha kul bo‘layotgan chorasiz bir oshiq edi.

9-qism tugadi