May 22

"Darkness Behind the Smile"

"Vaqt hamma narsani davolamaydi, u shunchaki bizni og‘riq bilan yashashga o'rgatadi."

5-qism

Nayeon Lianani ko‘rishi bilan barcha shubhalarini unutib, unga qarab yugurdi. Ular bir-birini quchoqlashganida, Nayeonning ko‘zlarida sog‘inch va quvonch, Liananing ko‘zlarida esa bitmas-tuganmas og‘riq bor edi. Jungkook va Jimin bir oz narida, ularni diqqat bilan kuzatib turishardi.
Nayeon: Liana! Hudoga shukur, senga hech narsa qilmabdi! Nega telefoning o‘chirilgan? Nega bizga hech narsa aytmay, g‘oyib bo‘lib qolding? Men qanchalik qo‘rqqanimni bilmaysan...
Liana Jungkookning o‘tkir nigohini orqasida his qilib turardi. Har bir so‘zi Nayeonning hayotini hal qilishi mumkinligini bilib, o‘zini qo‘lga olishga urindi.
Liana: Nayeon... tinchlan, hammasi joyida. Telefonim shunchaki buzilib qolgan edi. Ammamning uyi... juda uzoqda, bilasan-ku, ular juda qattiqqo‘l. Janob Jeon esa menga yordam beryapti.
Nayeon: Liana, sen juda oqarib ketibsan. Ko‘zlaring... ko‘zlaring nega muncha ma’yus? Rostini ayt, seni birov majburlab ushlab turibdimi? Agar shunday bo‘lsa, Jimin menga yordam beradi, u juda yaxshi inson...
Liana Jimin tomonga qaradi. Jimin Nayeonga qarab mayin jilmayib turardi.
Liana: Yo‘q, Nayeon! Jimin va Janob Jeon — ular yaqin do‘stlar. Men bu yerda o‘z xohishim bilanman. Shunchaki... bir oz dam olishga va o‘qishdan tanaffus qilishga qaror qildim. Sen men uchun qayg‘urma. Ko‘rib turibsan-ku, hammasi yaxshi.
Nayeon: Rostdanmi? Jimin ham menga shunday degandi, lekin baribir o‘z ko‘zim bilan ko‘rmaguncha ishonmadim. Bilasanmi, Liana, Jimin bilan uchrashganimizdan beri hayotim butunlay o‘zgardi. U meni shunday baxtli qilyaptiki... Men seni ham mana shunday baxtli bo‘lishingni xohlayman.
Liana: Men sendan xursandman, Nayeon. Sen baxtli bo‘lishga loyiqsan. Iltimos... Jiminning yonidan ketma. U sening yagona najoting bo‘lishi mumkin.
Shu payt Jungkook yaqinlashib keldi va qo‘lini Liananing beliga qo‘ydi. Bu harakat hammaning oldida bo‘lsa-da, Liana uchun bu daxshatli zanjirdek tuyuldi.
Jungkook: Nayeon xonim, do‘stingizni ko‘rib ko‘nglingiz joyiga tushdimi? Liananing hali muolajalari bor, u bir oz charchagan. Uni dam olishga olib chiqishim kerak.
Nayeon: Albatta, Janob Jeon. Rahmat, uni ko‘rishga ruxsat berganingiz uchun. Liana, tezroq tuzalib o‘qishga qayt, seni kutyapman!
Liana Nayeonning ketayotganini ko‘rib, ichida baqirgisi keldi: Meni qutqar! Nayeon, bu yerdan qoch!
Lekin u faqat jimgina qo‘l silkitdi. Nayeon va Jimin mashinaga o‘tirib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lishdi.
Darvoza yopilishi bilan Jungkookning yuzidagi mehmondo‘st niqobi tushdi. U Lianani o‘ziga keskin burib, yuziga yaqinlashdi.

Jungkook: "Yaxshi o‘ynading, qo‘g‘irchog‘im. Lekin keyingi safar dugonangning qulog‘iga pichirlashga harakat qilsang, o‘sha pichirlash uning so‘nggi so‘zlari bo‘lishini unutma."

Nayeon va Jimin ketishgach, qasrda yana o‘sha hukmron sukunat o‘rnashdi. Jungkook Liananing bilagidan tutib, uni ovqatlanish xonasi tomon yetakladi. Bu safar u qizni xonaga qamab qo‘ymadi, balki ochiqchasiga o‘z yoniga, ulkan eman daraxtidan yasalgan stolning qarshisiga o‘tqazdi.
Xizmatchilar eng sara taomlarni keltirib qo‘yishdi. Jungkook diqqat bilan Lianani kuzatardi. U qizning bugungi itoatkorligi va Nayeonning oldidagi yaxshi rolidan xursand edi.
Liana indamasdan sanchqi va pichoqni qo‘liga oldi. U bir oy davomida ovqatdan deyarli voz kechgan, o‘zini holsiz ko‘rsatgan edi. Lekin bugun u kutilmaganda ishtaha bilan ovqatlanishni boshladi. Bu uning uchun shunchaki taom emas, balki jang oldidan quvvat yig‘ish edi.
Jungkook: Ishtahang ochilganidan xursandman, Liana. Dugonang bilan uchrashuv senga ijobiy ta’sir qildi, shekilli? Men senga aytgandim, menga bo‘ysunsang, hayoting ancha go‘zallashadi.
Liana sekin bir bo‘lak go‘shtni kesib, og‘ziga soldi. Uning har bir harakati nafis va o‘ylab bosilgan edi. U ko‘zlarini Jungkookdan olib qochmadi.
Liana: Siz haqsiz, Jungkook. Ochlik va yig‘i bilan hech narsaga erishib bo‘lmasligini tushunib yetdim. Yashash uchun quvvat kerak. Ayniqsa, sening qaramog‘ingda bo‘lgan inson uchun.
Jungkook: Sening bu ohanging menga yoqyapti. Lekin qalbimning bir chekkasi bu o‘zgarishdan shubhalanyapti. Nima o‘ylayapsan, Liana? Nega to‘satdan bunday aqlli qizga aylanding?
Liana: Men shunchaki taslim bo‘lishga qaror qildim. Dunyodagi eng qudratli odamlardan biri mening yo‘limni to‘sib turganda, qochishga urinish ahmoqlik emasmi? Men bu oltin qafasda omon qolishni o‘rganyapman.
Liana ovqatlanib bo‘lgach, sekin o‘rnidan turdi. U Jungkookning yoniga keldi — bu ilgari tasavvur qilib bo‘lmas holat edi. U Jungkookning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi. Jungkookning vujudi bu kutilmagan teginishdan taranglashdi, lekin u bu lazzatdan voz kecholmadi.
Liana: Ovqat uchun rahmat. Endi esa... xonamda qamalib o‘tirishdan charchadim. Janob Jeon, menga bu uyning kutubxonasidan foydalanishga ruxsat berasizmi? Kitob o‘qish — mening yagona ovunchog‘im.
Aslida Liananing maqsadi kutubxona emas, balki o‘sha yerda yashiringan, Jungkookning maxfiy hujjatlarini topish edi.
Jungkook uning bu harakatlaridan hayron qoldi va uning qo‘lini ushlab, o‘ziga tortdi.
Jungkook: Kutubxonami? Albatta. Senga hamma narsaga ruxsat beraman, Liana. Faqat bitta narsadan ehtiyot bo‘l... Mening ishonchimni suiiste’mol qilish — o‘lim bilan teng. Men seni sevaman, lekin xiyonatni kechirmayman.
Liana: Xiyonat? Men shunchaki sizga yaqinroq bo‘lishni xohlayman, Jungkook.
Liana xonadan chiqib ketdi.
Jungkook esa stolda o‘tirgancha, qizning ortidan hayrat bilan tikilib qoldi.

Mashinadan tushganlari zahoti, Jimin Nayeonning qo‘lidan mahkam tutib, uni uyning ichiga yetakladi. Eshik yopilishi bilan Jimin go‘yo butun dunyodan uzilgandek, Nayeonni o‘ziga keskin tortdi. Uning nigohida ham ehtiros, ham qandaydir yashirin bir xavotir bor edi.
Jimin Nayeonni devorga ohista suyadi va qizning yuzini kaftlari orasiga oldi. Uning nafas olishi tezlashgan, ko‘zlari esa faqat Nayeonning lablariga qadalgan edi. Bir necha soniyalik ehtirosli sukunatdan so‘ng, Jimin qizning lablaridan shunday tashnalik bilan o‘pa boshladiki, bu bo‘sada ham sog‘inch, ham uni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqish hissi bor edi.
Zulmatdagi ehtirofli iqror
Nayeon uning bo‘ynidan mahkam quchoqlab, bo‘salarga javob qaytarar ekan, Jimin bir oz to‘xtab, peshonasini qizning peshonasiga tiradi.
Jimin: Senga borsan sari bogʻlanib qolyapman. Ishqingda telba qilib qoʻydingku Nayeon. Men seni hech kimga berib qo‘ymayman.
Nayeon: Jimin... men sening yoningdaman. Men hech qayerga ketmayman.
Jimin: Seni uchratgunimcha dunyoda ranglar borligini bilmasdim. Sen mening zulmatimga kirib kelgan yagona yorug‘liksan. Men seni sevaman, Nayeon... Shunchalik qattiq sevaman-ki, bu tuyg‘u meni o‘ldirishi yoki butunlay o‘zgartirishi mumkin.
Nayeon: Men ham seni sevaman, Jimin. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, senga ishonaman. Mening yuragim faqat seniki.
Nayeonning mahorati va ehtirosi Jiminning ichidagi barcha shubhalarni eritib yuborgandek bo‘ldi. U qizning sevaman degan so‘zini eshitishi bilan uni yanada mahkamroq quchoqladi. Jiminning qo‘llari qizning belidan pastga tushib, uni o‘ziga qattiqroq bosdi.
Jimin: Seni hech qachon qo‘yib yubormayman... Hech qachon.
U yana Nayeonning lablariga yopishdi. Bu safargi bo‘sa avvalgisidan ham uzunroq, ehtirosliroq va chuqurroq edi. Nayeon Jiminning ko‘ylagi tugmalarini yechishga urinarkan, ichida sovuqqonlik bilan o‘yladi:
Nayeon Pov: U butunlay mening ishqimda telbaga aylandi. Endi u menga hamma narsani — barcha sirlarini, barcha noqonuniy hujjatlarni oʻz qoʻllari bilan menga beradi.
Jiminning lablari Nayeonning bo‘yniga tushdi. Har bir bo‘sa kechagi soxta izlarning o‘rnini haqiqiy, o‘chmas izlar bilan yopishga urinayotgandek edi. Jimin qizning nafis yelkalaridan o‘pardi.
Nayeon: (Ko‘zlarini mahkam yumib, o‘zini tiyishga urinsa-da, og‘zidan nola qochdi) — Ahhh... immm... Jimin.. ahhh...
Jimin uning bo‘ynidan tishlab olganida, Nayeon ixtiyorsiz ravishda uning yelkasidan mahkam ushladi. Jiminning qo‘llari qizning kiyimlariga yetganida, xonadagi shiddat yanada ortdi.
Yoongi: (Bo‘g‘iq ovozda, qizning qulog‘iga pichirladi) — Sen faqat meniki bo‘lishing kerak.
Jiminning harakatlari shunchalik shiddatli va ehtirosli ediki, xonadagi havoda go‘yo uchqunlar chaqnardi. U Nayeonning ustki kiyimini yechib tashlagach, bir lahza to‘xtab, qizning oppoq va nafis vujudiga hayrat bilan termuldi. Uning ko‘zlari rashqdan qizarib ketgan bo‘lsa-da, hozir bu nigohda faqat cheksiz ehtiros va egalik hissi bor edi.
U kafti bilan Nayeonning bir ko‘kragini mahkam qisib, ezib o‘ynay boshladi. Uning qo‘llari doimiy sovuqqonligini yo‘qotgan, issiq va qat’iyatli edi. Ikkinchisini esa ehtiros bilan og‘ziga olib, so‘ra boshladi.
Nayeon: (Boshini orqaga tashlab, chuqur nafas olar ekan, ovozi titradi) — Ahhh... Jimin. immm... to‘xta... Immm.... boʻldi...
Lekin Jimin to‘xtash o‘rniga, yanada ehtiros bilan uning uchlarini lablari va tishlari orasida o‘ynata boshladi. Har bir tishlashi, har bir emishi qizning tanasida o‘chmas, qirmizi izlar qoldirardi. U go‘yo Nayeonning har bir qarichiga o‘zining muhrini bosayotgandek, uni begona erkaklar u yoqda tursin, hatto o‘zi uchun ham tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirib yuborgisi kelardi.
Navbatma-navbat har ikki ko‘kragini opib, so‘rib emarkan, Nayeonning nolalari xonada aks-sado berardi. Uning barmoqlari Jiminning sochlari orasiga kirib, uni yanada o‘ziga tortardi.
Jimin: (Bo‘g‘iq ovozda, qizning terisidan lablarini uzmay pichirladi) — Sen... sen faqat menga tegishlisan. Hech kim senga bunday qo‘l tekkizolmaydi. Tushundingmi, Nayeon? Faqat men...

Jimin Nayeonning shimini va ichki kiyimini yechib tashladi. Endi qiz uning qarshisida butunlay ojiz va begubor holda, oy nuri jilolantirib turgan oppoq vujudi bilan yotardi.
Jimin bir muddat to'xtab, bu go'zallikka termulib qoldi. Uning ichidagi rashq olovi endi cheksiz bir egalik qilish istagiga aylangan edi..
Jimin: (Ovozi bo‘g‘ilib, qizning qulog‘iga pichirladi) — Sen hozir juda go'zalsan, Nayeon... Va bugun tunda sen faqat meniki ekanligingni butun vujuding bilan his qilasan.
U yana qizning vujudi bo'ylab harakatlanishni boshladi:
Jimin qizning nozik sonlarini o'pib, tili bilan ularning ichki qismini yalay boshladi. Har bir harakati Nayeonni titroqqa solar, qiz choyshablarni mahkam changallab olgandi.
U qizning eng nozik va eng issiq nuqtasiga yetib kelganida, Nayeon ixtiyorsiz ravishda uning sochlaridan mahkam tutdi. Jimin o'sha yerda to'xtadi va avval lablari bilan mayin o'pdi, so'ngra tili bilan ehtirosli, namli harakatlar qila boshladi.
Qizning nolalari yanada balandroq va uzuq-uzuq eshitila boshladi: *"Ahhh... Jimin... yo'q... bas qil .. immmm... to'xta.."*
Jimin o'zining ichki kiyimidan ham xolos bo'ldi. U endi butunlay yalang'och, qaynoq vujudi bilan Nayeonning ustiga chiqdi. Ular bir-birining terisining issig'ini, yuraklarining tez urishini his qilib turishardi.
Jimin qizning lablariga so'nggi bor chuqur va talabchan bo'sa berib, uning oyoqlarini kengroq ochdi va sekin, ehtiyotkorlik bilan, lekin qat'iyat bilan uning ichiga kirdi.
Jimin vujudidagi olovli shiddat va qizning vujudidagi kutilmagan torlik sabab biroz to‘xtadi. U og‘riq aralash bir nafasda irillab, o‘zini orqaga tortdi. Ko‘zlariga ishonmay, oppoq choyshabdagi va o‘zidagi qizil qon tomchilariga qaradi
Jimin qaytadan, bu safar yanada ehtiyotkor, ammo qat’iyat bilan qizning ichiga kirdi. Aloqa boshlanganda, xonadagi harorat ko‘tarilib, harakatlar ritmi tezlashdi. Jimin endi shunchaki ehtiros bilan emas, balki qizga ham, o‘ziga ham maksimal lazzat berishni istab harakat qilardi.
Ora-orada u o‘zining baquvvat vujudi bilan Nayeonga kutilmagan, kuchi va shiddati o‘zgaruvchan turtkilar bera boshladi. Bu harakatlar qizning vujudida to‘lqinlanib borayotgan lazzatni eng yuqori nuqtaga olib chiqardi...
Nayeon: (Boshini orqaga tashlab, Yoongining yelkalarini tirnab nola qilardi) — Ahhh... Jimin... immmm....
Jimin qizning nolalaridan yanada ruhlanib, harakatlarini muvofiqlashtirdi. Uning har bir chuqur kirishi va shiddatli harakati ikkalasini ham jismoniy va ruhiy sarmastlik cho‘qqisiga yetkazardi.

To‘rt soat davom etgan shiddatli va ehtirosli olov nihoyat o‘zining cho‘qqisiga yetdi. Jimin bor vujudi bilan titrab, o‘zidagi bor borlig‘ini Nayeonning ichiga to‘kdi va uning ustiga holsizgina yiqildi. Xonada faqat ularning bir-biriga qo‘shilib ketgan og‘ir nafaslari eshitilardi.
Biroz vaqt o‘tgach, Jimin o‘zini o‘nglab oldi. U Nayeonning nafas olishi sekinlashganini va ko‘zlarida hamon lazzat qoldiqlari borligini ko‘rib, uni ehtiyotkorlik bilan quchog‘iga oldi.
Jimin Nayeonning nozik vujudini go‘yo qimmatbaho javohirni ko‘targandek ko‘tarib, vannaxonaga olib kirdi. U iliq suvni sozladi va qizni yuvintira boshladi. Nayeon holsizlikdan uning yelkasiga bosh qo‘yib, butunlay Jiminning ixtiyoriga topshirilgan edi.
Yuvintirib bo‘lgach, u qizni yumshoq sochiqqa o‘rab, qaytadan xonaga olib chiqdi. Shkafdan Nayeonning eng mayin va qulay ipak tungi ko‘ylagini olib, uni juda ehtiyotkorlik bilan kiydirdi.
O‘zi ham shunchaki qora uy shimini kiyib oldi-da, karavotga, Nayeonning yoniga yotdi. U qizni orqasidan mahkam quchoqlab, burnini uning bo‘yniga, o‘zi qoldirgan izlar orasiga yashirdi.
Jimin: (Uyqu aralash, juda past ovozda pichirladi) — Endi sen haqiqatan ham menikisan... Faqat meniki.

Tong otganda quyoshning ilk nurlari Jiminning shinam yotoqxonasiga mayinlik bilan kirib keldi. Jimin ko‘zlarini ochganida, o‘zini dunyodagi eng tinch va baxtli joyda his qildi — u Nayeonning bag‘rida, uning nafasini o‘z terisida his qilib yotardi.
Jimin bir muddat qimirlamasdan, uxlayotgan qizning begubor yuziga tikilib turdi. Uning barmoqlari Nayeonning sochlarini ohista siladi, so‘ngra qizning peshonasidan va kipriklaridan juda mayin, deyarli sezilmas darajada o‘pib qo‘ydi.
Nayeon ham sekin ko‘zlarini ochib, Jiminning unga mehr bilan tikilib turganini ko‘rdi va lablarida shirin bir jilmayish paydo bo‘ldi.
Nayeon: Hayrli tong, mening hayotim... Sen hamon shu yerdamisan yoki men hali ham tush ko‘ryapmanmi?
Jimin: (Uni o‘ziga mahkamroq tortib, bo‘ynidan hidlab o‘pdi) Hayrli tong, farishtam. Men har doim shu yerda bo‘laman. Sening nafasingni eshitib uyg‘onish — men tasavvur qilgan eng go‘zal baxt ekan.
Jimin qizning lablariga yaqinlashdi va tonggi, shirin, juda ham xotirjam bir bo‘sa sovg‘a qildi. Bu safargi o‘pichda kechagi ehtiros emas, balki cheksiz bir ishonch va yumshoqlik bor edi.
Nayeon: Yuraging juda tez uryapti... Xuddi birinchi marta uchrashganimizdagidek.
Jimin: Chunki sen har safar menga qaraganingda, yuragim yangidan urishni o‘rganayotgandek bo‘ladi. Bilasanmi, bugun hech qayerga ketgim kelmayapti. Faqat sen bilan, mana shu yerda, vaqt to‘xtab qolishini xohlayman.
Nayeon: Ishlaring-chi? Janob Jeon seni kutayotgandir?
Jimin: Dunyodagi barcha ishlar, barcha rejalar sening birgina kulguingga arzimaydi. Bugun faqat biznikimiz, Nayeon. Faqat men va sen.
Jimin Nayeonni yana o‘pishda davom etdi, uning qo‘llari qizning belini ohista silab, tonggi sokinlikni yanada shirinroq qilardi. Jimin o‘zini bu sevgida butunlay yo‘qotgan edi, Nayeon esa uning quchog‘ida turib, ichida keyingi qadamlarini rejalashtirardi.
Nayeon Pov:
U butunlay nazorat ostida. Jiminning ehtiyotsizligi ortib boryapti. Bugun u bilan o'tkazadigan har bir daqiqam uning sirlariga yana bir qadam yaqinlashtiradi. Jungkook va Jimin... ular o'zlarini ovchi deb o'ylashda davom etishsin. O'yin endi boshlanyapti.

Jungkook ko‘zlarini ochganida, xonada faqat ertalabki salqinlik hukmron edi. U beixtiyor yoniga qo‘l cho‘zdi, ammo o‘rin bo‘sh, choyshablar esa allaqachon sovib ulgurgan edi. Bir zumda uning vujudini vahima va g‘azab qopladi.
Yana qochishga urindimi?
degan fikr miyasida chaqmoqdek urdi. U o‘rnidan sapchib turib, ustiga xalatini tashladi-da, xonadan otilib chiqdi. Uning ko‘zlarida g‘azab uchqunlari yonar, qadamlari esa butun uyni titratardi.
"Liana! Qayerdasan?!" — deb baqirmoqchi bo‘ldi, lekin oshxonadan kelayotgan yoqimli hid va idishlarning mayin ovozini eshitib, qadamini sekinlashtirdi. Oshxona ostonasida to‘xtab, u ko‘rgan manzaradan butunlay qotib qoldi.
Liana uning ko‘ylaklaridan birini kiyib olgan sochlarini tartibsiz yig‘gancha, gaz plitasi oldida jimgina nonushta tayyorlardi. Uning harakatlari shunchalik xotirjam ediki, go‘yo bu uyda asira emas, balki baxtli bekadek yashayotgandek edi.
Jungkookning asabiyligi bir zumda so‘ndi, uning o‘rnini hayrat va tushunarsiz bir iliqlik egalladi. U eshik chekkasiga suyanib, qizni kuzata boshladi.
Jungkook: Meni qo‘rqitib yubording... Nega yonimda emassan deb o‘yladim.
Liana cho‘chib tushmadi. U sekin ortiga o‘girilib, Jungkookga qarab mayin jilmaydi. Bu jilmayish uning agentlik mahoratining eng cho‘qqisi edi — shunchalik samimiy ko‘rinardiki, hatto Jungkookdek shubhalarni ham erita olardi.
Liana: Sizni uyg‘otgim kelmadi. Shunchalik xotirjam uxlayotgan edingizki... Bugun sizga o‘zim nonushta tayyorlab bermoqchi bo‘ldim. Qahva tayyor, hozir tuxum ham pishadi.
Jungkook unga yaqinlashib, orqasidan belidan mahkam quchoqladi. U qizning bo‘ynidan chuqur nafas oldi.
Jungkook: Sen... sen rostdan ham o‘zgarayapsanmi yoki men tush ko‘ryapmanmi? Bu Liana menga ko‘proq yoqyapti.
Liana: Qarshilik ko‘rsatishdan charchadim, Jungkook. Agar men bu uyda qolishga mahkum bo‘lsam, nega endi hayotimizni jahannamga aylantirishimiz kerak? Keling, shunchaki... tinchgina nonushta qilaylik.
Jungkook: Senga ishonishni shunchalik xohlayman-ki... Agar bu o‘yin bo‘lsa, Liana, iltimos, uni hech qachon tugatmagin. Men bu yolg‘on ichida yashashga ham tayyorman.
Liana: Yolg‘on haqida gapirmang. Bugun hech qanday sir bo‘lmasin, xo‘sh? Faqat biz.
Jungkook qizning lablaridan ehtiros bilan o‘pdi. U o‘zini g‘olib deb his qilardi — u Lianani sindirdim deb o‘ylardi. Liana esa Jungkookning quchog‘ida turib, oshxona tokchasidagi pichoqlar qatoriga va Jungkookning cho‘ntagida turgan telefoniga ko‘z qisib qo‘ydi. Oyinning yangi bosqichi boshlangan edi.

Jungkook va Liana shaharning shovqinidan uzoqda, bulutlar bilan tutashgan baland tog‘lar bag‘riga yo‘l olishdi. Atrofda faqat qarag‘aylarning xushbo‘y hidi va tog‘ daryosining shovqini eshitilardi. Bu yerda tansoqchilar yo‘q, baland devorlar yo‘q — faqat ular va tabiat.
Liana tog‘ning toza havosini ichiga yutarkan, kutilmaganda ichidagi barcha yuklardan xalos bo‘lganini his qildi. U hozir na asira, na maxfiy agent edi. U shunchaki, balandlikni va erkinlikni sevuvchi Liana edi.
Jungkook Liananing qo‘lidan mahkam tutib, uni tepalik tomon yetakladi. Ularning kulgusi tog‘ vodiysida aks sado berardi.
Jungkook: Qara, Liana! Bu yerda butun dunyo bizning oyog‘imiz ostida. Senga aytmaganmidim, senga osmonni sovg‘a qilaman deb?
Liana: Bu... bu ajoyib! Jungkook, qara, bulutlar shunchalik yaqinki, ularga qo‘l tegizish mumkindek!
Liana kutilmaganda ortiga o‘girilib, Jungkookni mahkam quchoqlab oldi. Bu harakatda hech qanday reja, hech qanday hiyla yo‘q edi — bu shunchaki sof quvonch edi.
Jungkook esa u ni o‘ziga qattiqroq bosib, sochlaridan o‘pdi.
Jungkook: Sening shunday chin dildan kulishingni ko‘rish uchun bor-budimdan kechishga tayyorman. Liana... meni kechir. Seni o‘sha qorong‘u xonalarda saqlaganim uchun, senga ozor berganim uchun...
Liana: Bugun emas. Bugun o‘tmish haqida gapirmaylik. Bugun nafrat ham, qasos ham yo‘q. Shunchaki mana shu lahza bor. Men hozir judayam baxtliman.
Ular yashil maysazor ustiga o‘tirishdi. Jungkook Liananing boshini o‘z yelkasiga qo‘ydi.
Jungkook: Bilasanmi, men doim hamma narsani kuch bilan egallashga o‘rganganman. Lekin sen menga eng muhim narsani o‘rgatding: qalbni majburlab bo‘lmasligini. Men seni asir qilganimda, aslida o‘zimni yolg‘izlikka asir qilgan ekanman. Sening mana bu samimiy nigohing — men yutgan eng katta sovrin.
Liana: Jungkook, sen judayam murakkab insonsan. Ba’zan sendan daxshatli darajada qo‘rqaman, ba’zan esa... xuddi hozirgidek, dunyodagi eng mehribon insondek ko‘rasan. Men seni tushunishni xohlayman.
Jungkook: Meni tushunishing shart emas, shunchaki yonimda bo‘lsang va senga ishonishimga qo‘yib bersang kifoya. Men seni dunyodan asrayman, Liana.
Jungkook Lianani juda mayinlik bilan o‘pdi. Bu bo‘sada na hukmronlik, na talab bor edi — unda faqat ehtiyotkorlik va cheksiz muhabbat bor edi. Liana ham unga javob qaytararkan, agentlik vazifasini, markazdan kelgan buyruqlarni bir zum unutdi.
Tog‘ning salqin shamoli ularni o‘rab olgan bo‘lsa-da, ularning yuragi bir-biriga bo‘lgan iliqlikdan yonib turardi. O‘sha kuni ular shunchaki bir-birini sevgan ikki inson edilar.

Jimin va Nayeon uchun ham bugun dunyo rang-barang edi. Jimin o‘zining qorong‘u rejalari va Jungkook bilan bog‘liq muammolarini bir chetga surib, bor e’tiborini Nayeonga qaratdi. Ular shaharning eng go‘zal va qadimiy kutubxonalaridan biriga yo‘l olishdi.
Kutubxonaning ulkan javonlari orasida kitoblar hidi va sokinlik hukmron edi. Nayeon javonlar orasida yugurib yurib, qiziqarli kitoblarni qidirar, Jimin esa uning ortidan jilmayib kuzatib borardi.
Nayeon: Jimin, qara! Bu o‘sha men qidirgan nodir nashr-ku! Uni qayerdan topishni bilmay yurgan edim.
Jimin: Sening ko‘zlaringdagi bu quvonchni ko‘rish uchun men bu kutubxonaning barcha kitoblarini sotib olishga tayyorman, azizam.
Nayeon: Janob Park, siz judayam saxiysiz! Lekin menga kitoblar emas, ularni birga o‘qiydigan inson kerak. Sen men bilan she’rlar o‘qiysanmi?
Jimin: Agar sen o‘qisang, men hatto zerikarli iqtisodiyot kitoblarini ham oxirigacha tinglashga tayyorman. Sen bilan o‘tgan har bir daqiqa men uchun eng sevimli asar.
Ular javonlar panasida, kitoblar soyasida bir-birlaridan shirin bo‘sa olishdi. Nayeon Jiminning ko‘ksiga boshini qo‘yib, o‘zini chinakam baxtli his qilayotgandek ko‘rsatsa-da, nigohi bilan atrofni kuzatib, Jiminning e’tiborsiz qolgan telefoniga bir qarab qo‘ydi.
Kutubxonadan chiqqach, ular parkdagi kichik muzqaymoq do‘koniga borishdi. Quyosh charaqlab turar, atrofdagilarning ham kayfiyati a’lo edi.
Jimin ikkita katta shokoladli va qulupnayli muzqaymoq ko‘tarib keldi.
Jimin: Mana, malikam! Sening sevimli muzqaymoging. Ehtiyot bo‘l, erib ketmasin.
Nayeon: Mmm... shunchalik shirin! Jimin, tatib ko‘r, bu juda ham mazali
Nayeon qoshiqcha bilan muzqaymoqni Jiminning og‘ziga tutdi. Jimin kulib, uning qo‘lidan tishlab olmoqchi bo‘lgandek hazillashdi.
Jimin: Bilasanmi, men bolaligimdan beri bunday oddiy narsalardan zavqlanmagan edim. Sen meni hayotning kichik quvonchlarini ko‘rishga majbur qilding.
Nayeon: Chunki hayot faqat jiddiy uchrashuvlar va qimmatbaho mashinalardan iborat emas, Jimin. Mana bunday shirinliklar va samimiy kulgular — eng asosiysi.
Jimin: Senga va’da beraman, Nayeon. Endi hayotimiz faqat mana shunday shirin bo‘ladi. Men seni barcha qayg‘ulardan asrayman.
Nayeon Jiminning ko‘zlariga boqib, ichida og‘ir bir yukni his qildi. Jimin unga haqiqatdan ham ishonayotgan, uni chindan sevayotgan edi. Agentlik vazifasi va bu samimiy tuyg‘ular o‘rtasidagi chegara bora-bora yuvilib ketayotgandek edi.
Lekin o'yin davom etishi kerak.

5-qism tugadi