May 22

"Beautiful Nightmare"

“Ba’zi insonlar seni qutqarish uchun emas, ichingdagi zulmatni uyg‘otish uchun hayotingga kiradi.”

1-qism

Tungi dengiz qirgʻogʻi har doim sovuq boʻlardi. Lekin bu safar Nayeon tanasini titratayotgan sovuqni shamoldan emas, oʻz terisiga singib ketgan qoʻrquvdan his qilayotgan edi.
U uydan qochganidan soʻng qancha yugurganini bilmasdi. Oyogʻidagi yupqa tuflisi qayerdadir tushib qolgan, yalangoyoq qum ustida kelarkan, har safar toʻlqinlar oyogʻiga urilganda muzlab ketayotgan edi. Yuzidagi achishish — Suhoning oxirgi sovgʻasi — hali ham lovullab turar edi. Labining cheti yorilgan, chap koʻzi osti shishib, koʻkimtir tus olgandi.

Eng daxshatlisi, u qoʻllarini tinmay qorniga bosib borar, u yerdagi mitti, hali sezilmas hayotni goʻyo butun dunyodan yashirmoqchi boʻlardi.

Suho... u meni baribir topadi,
degan fikr miyasida tinmay aylanaverdi.

Nayeon koʻz yoshlarini artishga urindi, lekin barmoqlari yuzidagi jarohatga tekkanida ogʻriqdan ixtiyoriy ravishda inqillab yubordi. Shunda u qarshisida birovning sharpasini payqab, toʻxtab qoldi.
Dengiz koʻpirlari koʻkka sachrayotgan qirgʻoqda, qora uzun palto kiygan bir erkak turardi. U qoʻlidagi yonib turgan sigaretni dengizga tikilgancha tutatardi. Chiroqlar nurida uning yon profili xuddi haykaltarosh yoʻngan mramordek mukammal va sovuq koʻrindi.

Nayeon ortga tisarilmoqchi boʻldi, biroq oyogʻi qumga botib, muvozanatini yoʻqotdi va yerga yiqildi.

Erkak sekin oʻgirildi. Uning qadamlari shoshmasdan, xuddi oʻz oʻljasini kuzatayotgan yirtqichdek vazmin edi. U kelib, Nayeonning qarshisida tiz choʻkdi. Sigaret tutuni Nayeonning yuziga urildi.
Yigit unga yaqinlashganda, dunyo toʻxtab qolgandek boʻldi. Uning qop-qora, tubsiz koʻzlari Nayeonning qoʻrquvdan kengaygan qorachiqlariga, keyin esa uning yuzidagi koʻkarishlarga va qonagan labiga tushdi. Oʻsha soniyada Taehyungning koʻzlarida qandaydir qorongʻu, yovvoyi uchqun chaqnadi.
Bu shunchaki achinish emas edi. Bu oʻziga tegishli boʻlishi kerak boʻlgan narsani birov chizib ketganini koʻrgan daxshatli ega chiqish hissi — obsession edi.

— Bunday goʻzallikka qanday qilib qoʻl koʻtarishi mumkin? — Taehyungning ovozi past, lekin ichida oʻlim xavfini yashirgan ohangda yangradi.

Nayeon titrab, qoʻllari bilan qornini yanada mahkamroq yopdi va ortga surildi.

— Menga... menga tegmang. Iltimos, — pichirladi u, ovozi zoʻrgʻa chiqib.

Taehyung uning harakatini diqqat bilan kuzatdi. Ayniqsa, qizning qoʻllari qayerda turganiga qarab, qoshlarini chimirdi. Keyin sekin qoʻl choʻzdi. Uning uzun, sovuq barmoqlari Nayeonning iyagidan tutdi. Nayeon qarshilik koʻrsatmoqchi boʻldi, lekin Taehyungning tutqichi zanjirdek mustahkam edi. U qizning yuzini yuqoriga koʻtarib, uning koʻzlariga tik qaradi.

— Kim qildi? — soʻradi Taehyung, ovozidagi harorat birdan nolga tushib. — Kim seni bu ahvolga soldi, qushcham?

— Sizga aloqasi yoʻq... — Nayeon koʻzlarini olib qochishga urindi. U qarshisidagi bu begona erkakning nigohidan Suhoning uydagi qafasidan ham battarroq xavfni his qilayotgan edi.

Taehyung uning gapiga javoban past ovozda kulib qoʻydi. Uning bosh barmogʻi Nayeonning yorilgan labiga tegdi va sizib chiqayotgan qon qoldigʻini ohista artdi. Oʻz barmogʻidagi qonga qarab, Taehyungning nigohi butunlay qorongʻulashdi. U bu qizni hozirgina koʻrib turgan edi, lekin ichidagi vahshiy maxluq allaqachon qaror qilib boʻlgandi: Bu qiz endi hech qachon mendan boshqaga tegishli boʻlmaydi.

— Endi aloqasi bor, — dedi Taehyung uning qulogʻiga yaqin kelib. Uning nafasi Nayeonning terisini kuydurgudek boʻldi. — Chunki sening tanangdagi har bir jarohat meni asabiylashtiryapti. Seni shu holga solgan qoʻllarni oʻz qoʻlim bilan uzib tashlagim kelyapti.

Nayeon daxshat ichida unga qaradi.

— Siz... siz aqldan ozgansizmisiz??

— Balki, — Taehyung oʻrnidan turdi va paltosini yechib, Nayeonning titrayotgan yelkasiga tashladi. Palto ichidan qimmatbaho odekolon va tamaki hidi kelardi. — Lekin seni bu tunda qayta u uyingga qaytishingga yoʻl qoʻymayman. Isming nima?

Nayeon javob bermadi, labini tishlab labidagi ogʻriqni his qildi.

— Aytmasang ham baribir bilib olaman, — Taehyung choʻntagidan telefonini chiqarib, kimgadir qisqa buyruq berdi: — Mashinani qirgʻoqqa yaqinroq olib kelinglar. Va hoziroq menga bir narsani aniqlab bering...

U telefonni oʻchirib, yana yerda uning paltosiga burkanib oʻtirgan Nayeonga qaradi. Uning koʻzlaridagi egalik qilish istagi shu qadar kuchli ediki, Nayeon hayotida birinchi marta oʻz eridan ham dahshatliroq maxluqqa duch kelganini tushundi.

Qora rangli, oynalari qoraytirilgan hashamatli moshina chiroqlarini oʻchirgan holda qirgʻoqqa yaqinlashdi. Mashinadan yugurib tushgan qora kiyimli yigitlar orqa eshikni ochib, Taehyung qarshisida taʼzim qilishdi.

Taehyung Nayeonning qarshiligiga ham, zaif zarbalariga ham eʼtibor bermay, uni bamisoli yengil matodek dast koʻtardi-da, mashina oʻrindigʻiga joyladi.

— Qoʻyib yuboring! Men siz bilan hech qayerga bormayman! — Nayeon mashina ichidan turib eshikka yopishdi, biroq Taehyung uning yoʻlini toʻsib, tepasida qaddini rostladi.

— Shu ahvolda koʻchada qolmoqchimisan? Mashinada oʻtir, qushcham. Hozir qaytaman, — dedi Taehyung ovozini barqaror saqlashga urinib, lekin koʻzlaridagi oʻsha oʻtkir egalik hissi hamon yonib turardi.

U eshikni yopib, oʻzi ham oʻtirmoqchi boʻlgan soniyada palto choʻntagidagi telefoni titradi. Taehyung ekrandagi ismga qarab qoshlarini chimirdi. Bu kechiktirib boʻlmaydigan qoʻngʻiroq edi. U mashina eshigidan bir necha qadam nariga oʻtib, daryo tomonga oʻgirildi va goʻshakni koʻtardi.

— Gapir, — dedi u sovuqqonlik bilan. — Nima boʻldi?... Nima?! Oʻsha yukni kim ushlab qoldi deding?

Taehyung suhbatga shu qadar berilib ketdiki, orqasidagi mashina eshigi sekingina, deyarli tovushsiz ochilganini payqamay qoldi.

Nayeon Taehyungning chalgʻiganidan foydalanib, bor kuchi va qoʻrquvini oyoqlariga koʻchirdi. U mashinadan sirgʻalib chiqdi-da, qorongʻu xiyobon ichiga qarab qochdi. Yuragi tomogʻiga kelgandek urar, oyogʻiga botayotgan toshlar ogʻrigʻini sezmasdi. Ortidan baqir-chaqir ovozlari eshitilganda, u allaqachon katta yoʻlga chiqib olgan va tasodifan oʻtayotgan taksiga qoʻl siliyotgan edi.

Mashina eshigini yopib, orqaga oʻtirganida Nayeon koʻzlarini yumib, chuqur nafas oldi.

— Haydang... tezroq haydang, iltimos! — yigʻlamsiradi u haydovchiga.

Taksi uning uyi qarshisida toʻxtadi. Nayeon choʻntagidagi oxirgi pulini haydovchiga tutqazib, mashinadan tushdi. Darvoza oldiga kelganda uning butun tana aʼzolari titray boshladi. Agar Suho uyda boʻlsa va uning qochib ketganini, ustiga-ustak begona erkakning paltosini kiyib olganini koʻrsa uni tirik qoldirmasdi.

U kalitni qulfga zoʻrgʻa suqib, eshikni ochdi. Ichkariga qadam bosar ekan, uyni qop-qorongʻu va jim-jitlik qoplaganini koʻrib, Nayeonning yelkasidan togʻ agʻdarilgandek boʻldi.

— Baxtimga... u yoʻq, — Nayeon devorga suyanib, asta polga oʻtirib qoldi. Koʻz yoshlari yana yuzini kuydirib oqdi. U qoʻllarini qorniga qoʻydi. — Biz omon qoldik, kichkintoyim... Biz hozircha omon qoldik.

U Taehyungning qimmatbaho, tamaki va tuman hidi anqib turgan ogʻir paltosini yechib, burchakka qoʻymoqchi boʻldi, biroq paltoning ichki choʻntagidan qattiq narsa yerga tars etib tushdi.

Bu Taehyungning hamyoni va uning shaxsiy vizitka kartochkasi edi. Toʻq qora qogʻozga tilla harflar bilan shunchaki bir ism va raqam yozilgandi:

Kim Taehyung

Nayeon kartochkani qoʻliga olarkan, uning barmoqlari titradi.

Nayeon Taehyungning ogʻir paltosini va tilla harfli vizitkasini javonning eng chuqur, Suho hech qachon qaramaydigan burchagiga tiqib qoʻydi. Yuragi hamon vahshiyona urar, har bir soniya daxshatli intizorlik bilan oʻtayotgan edi.

Yuvinib, yuzidagi qonlarni artgach, xonaga qorongʻulik choʻkdi. Va koʻp oʻtmay, pastda darvozaning gursillab yopilgani va Suhoning ogʻir qadam tovushlari eshitildi. Nayeonning butun tanasi muzlab ketdi.
Suho yotoqxonaga kirib kelganda, undan oʻtkir alkogol va begona ayollarning atiri hidi anqib turardi. U galstugini yechib yerga otdi va burchakda titrab turgan Nayeonga nafrat bilan tikildi.

— Demak, uyga qaytishga hadding sigʻdi? — Suho unga yaqinlashib, sochlaringdan mahkam gʻijimladi. — Qayerlarda sangʻib yurding, iflos? Kim bilan eding?!

— Qoʻlingizni torting, Suho! — Nayeon ogʻriqdan koʻzlari yoshlanib, uning qoʻllarini itarishga urindi. — Hech kim bilan birga emas edim
shunchaki aylanib kekgim keldi!

Tars!..

Suhoning ogʻir kafti Nayeonning yuziga tushdi. Zarbadan Nayeon karavot chetiga yiqildi, labi qaytadan qonadi.

— Menga ovozingni koʻtarma! — baqirdi Suho, koʻzlari qonga toʻlib. — Sen mening mulkimsan, tushundingmi?! Senga ruxsat bermagunimcha, hatto nafas olishga ham haqing yoʻq!

U Nayeonni sochidan tortib oʻrnidan turgʻizdi va devorga qarsillatib tiradi. Suho bir qoʻli bilan Nayeonning nozik boʻynidan boʻgʻib, uni yuqoriga koʻtardi. Nayeon havo yetishmasligidan tipirchilar, ikki qoʻli bilan uning bilagidan tutib, oʻzini qutqarishga urinardi.

— Juda ham chiroylisan lekin shu bilan birga juda ham qaysasan — pichirladi Suho.

Uning nigohida vahshiyona bir istak yondi.
U Nayeonning nafrat va daxshat toʻla koʻzlariga qarab turib, uning qarshiligiga qaramay, lablariga majburlab yopishdi. Bu boʻsa emas, haqiqiy qiynoq edi. Suho uni tishlab olardi.

Nayeon esa bor kuchi bilan gʻazabini toʻplardi.
Ichidagi nafrat va qoʻrquv daryosi toshib ketdi. Nayeon bor kuchi bilan Suhoning koʻksidan itardi va oʻng qoʻlini siltab, uning yuziga qattiq tarsaki tushirdi.

Xonaga oʻlim sukunati choʻkdi.
Suhoning boshi chetga burilib ketgandi. U sekin yuzini oʻgʻirdi. Labining chetini tili bilan yaladi. Uning koʻzlarida endi hech qanday insoniylik qolmagan, faqat vahshiy hayvonning qotillik instinkti uygʻongandi.

— Sen... meni urdingmi? — uning ovozi daxshatli darajada past va vazmin chiqdi. Bu boʻron oldidan boʻladigan jim-jitlik edi. — Demak, hali oʻzingni juda kuchli his qilyapsan, shundaymi?

— SIZDAN NAFRATLANAMAN! — baqirib yubordi Nayeon, koʻz yoshlari yuzini kuydirib. — Siz inson emassiz! Maxluqsiz!

— Koʻrsatib qoʻyaman senga maxluqni... — Suho toʻsatdan Nayeonni xuddi bir buyumdek yelkasiga koʻtarib oldi.

— Qoʻyib yuboring! Tejmang menga! ... iltimos, — Nayeon uning orqasiga mushtlar urib, dod soldi.

Lekin Suho uni yotoqxonaning oʻrtasiga otib yubordi. Nayeon gilam ustiga qattiq yiqildi. Suho kamari echib, qoʻliga oldi va Nayeonning ustiga bostirib kela boshladi.

Oʻsha tunda uy ichi Nayeonning achchiq faryodlari va zarbalar ovoziga toʻldi. Nayeon har bir zarbada hushini yoʻqotgudek boʻlar, ichidagi mitti hayotning sekin-asta soʻnib borayotganini dahshat bilan his qilayotgan edi. Uning yagona oʻylayotgan narsasi — qutqaruv edi. Va shu lahzada uning xayolida beixtiyor dengiz boʻyidagi oʻsha qop-qora, tubsiz koʻzlar va qimmatbaho palto egasi — Kim Taehyung gavdalandi...

1-qism tugadi