September 7, 2025

π—¦π—œπ—Ÿπ—˜π—‘π—§ 𝗦𝗧𝗒π—₯𝗠 | 20β€“π—˜π—£

He was silent, yet I could see a strom in his eyes

Yein o'rnidan qo'zg'algancha ko'zlarini ochar ekan, ular yig'idan shishib qizga o'z qovoqlari ortiqchalik qilayotgandek edi. Qiz o'rnidan turishga harakat qilganida oyog'idagi uvushish tufayli yerga qayta o'tirib qoldi. U kecha polda boshini divanga tiragancha uyquga ketganini anglab og'riyotga bo'ynini qo'li bilan uqalagan ko'yi eshikga kalit suqulgan ovoz eshitildi. Yein bu uy xizmatchisi degan hayol bilan joyidan jilmadi. Ammo eshik qiya ochilishi bilan u Jungkookning mushakdor tanasi va keng yelkasini namoyon qildi. Qiz uning qorin preslariga ko'z tushgach tezlikda nigohlarini undan olib qochdi. Jungkook hech qanday ust kiyim kiymagan edi, u faqatgina o'zining qora stilida bo'lgan sport shimida edi. Qo'lida esa qiz uchun patnisga chiroyli tarzda joylangan nonushta bor edi.

Yein: Ertalabdan kunim omadsiz boshlandi.

Yein yuzini yigitdan burgancha gapirib yana bir bor o'rnidan ko'tarilmoqchi bo'lganida tuni bo'yi qizning tanasini ko'tarishdan uvushib qolgan oyoqlari pand berdi.

Yein: La'nati...

Yein asabiylik bilan o'ziga shivirladi. Yigit qizning bu holatini ko'rgach sekinlik bilan unga yaqinlashib qo'lidagi patnisni yotoq yonidagi shkafcha ustiga joylashtirdi va hech qanday qiyinchiliklarsiz qizni belidan qo'lini o'tqazib yerdan tanasini ko'targancha o'zining bahaybat tanasiga birlashtirdi. Qiz hissiyotlarini boshqara olmay chuqur nafas olib chiqarib yubordi. Jungkook bundan bilinar bilinmas jilmaygancha Yeinni yotoq ustiga joylashtirdi va turli xil qizning sevimli taomi hamda shirinligi tahlangan patnisni uning oldiga qo'ydi va qaddini qayta tiklagancha Yeinni kuzatdi.

Jungkook: Yeb ol.

Qiz hech qanday harakatlarsiz xonaning burchagidagi bo'shliqga tikilib turardi. Yigit chuqur ho'rsingancha qiz tomon qadam tashladi. Va uning so'lg'in holatidan ichidagi aybdorlik hissi kuchayib ovoz to'nini yumshatdi. Barmoqlari bilan qizning sochlarini o'ynagancha gapirardi.

Jungkook: Yein... men qilayotgan har bir narsa sen uchun. Hech qachon seni bu holatda ko'rishni istamas edim...

Yein: Oyimning vafotini ham men uchun qildingmi?!! Oyimni qotili bo'la turib yuzimga qanday qaray olding!! Meni bunday ko'rishni istamas ekansan ammo meni shu ko'yga sen solding!! Hammasi seni deb! Har biriga sen aybdorsan!

Qiz Jungkookning qo'lini siltab olib tashlagancha uning yuziga sapchidi. Bundan yigitning ichidagi mahluqni uyg'otib yubordi deyarli. Yigitning ko'zlari jahl bilan qisilib, bo'yin tomirlari tishini tishiga bosib o'zini tinchlantiriga urunganidan bo'rtib chiqa boshladi. Qizning jag' qismidan qo'pollik bilan o'ralgan qo'llar uning yuzini ozinikiga maksimal darajada yaqinlikga olib keldi.

Jungkook: Senga ye dedim! Yoki majburlab og'zingga tiqishimni istaysanmi?!

Yeinning qaysarligi jag' qismida paydo bo'lgan og'riq tufayli yo'qoldi ammo qiz Jungkookning changalidan chiqishga harakat qilishi bilan u qizni siltab tashlagancha qo'lini oldi. Qiz unga yosh oralagan ammo Jungkookga nisbatan nafrat bilan to'lgan nigohlaarini tikar ekan o'z ojizligi bilan kurashayotgan edi.

Jungkook: Ko'zlaringdagi menga bo'lgan nafrat hissini kuchaytirishimni xohlmasang meni aytganlarimni qilishni o'rgan! Bilasanmi, nima? Mendan nafratlanishingni bir chaqa ham ahamiyati yo'q chunki sen har qanday holatda mening panjam ostida meniki bo'lib qolasan!!

Yigit gaplarini tugatgach xonani keskin harakatlar bilan tark etdi va uning ortidan faqatgina zarb bilan yopilgan eshikning jaranglashi qoldi. Yein o'zida saqlab turgan yoshlariga erk berib yuborar ekan, tanasi madorsizlanib bukchyib qolgandi. U o'zini qamalgan qushdek his qilardi, ilojsiz va ojiz qanotlarini yoysa qafas tilib yuboradigandek.

^*^*^*^
Jungkook mashinasini o't oldirgancha jahl bilan katta trassa yo'liga chiqib ketdi. Bu yerlar o'rmon joylari bo'lganligi uchun mashinalar qatnovi juda siyrak deyarli yo'q desa ham bo'ladi. Yigit ko'ksidagi hissiy og'riqni bo'shatish uchun hech qanday chora topa olmayotgan edi ammo ortiq Yeinning nafratli harakatlari va oldin sevgi va mehr bilan yonib turgan nigohlarini vayron bo'lganiga sababchi ekanligidan aybdorlik hissi uni tamom qila yozgandi.

Jungkook bir qo'lida mashina haydash ko'yi cho'ntagidan qo'l telefonini chiqarib ancha oldin terilgan raqamni topdi va unga qo'ng'iroq qilishni boshladi. Gudok ketganidan uncha ko'p o'tmay telefonga javob berildi.

Jungkook: Men sendan hali ham javob olmadim. Aniqladingmi kecha tunda qaysi qumursqa uyim atrofida o'z izini qoldirganini?

πŸ“²: Hali ham izlayapman, Janob Jeon. Deyarli uyingizga yaqin bo'lgan har bir kameralarni tekshirib ko'rib chiqdim. Ularda faqat xonimning orqa eshikdan chiqib ketgani tasvirlangan undan boshqa narsa topa olmadim.

Jungkook: Sendan nima qilganingni so'ramadim!

Jungkook ovoz to'nini biroz ko'targancha.

Jungkook: Menga bugun tungacha uning kim ekanligini menga aytasan.

πŸ“²: Ho'p bo'adi, Janob Jeon...
Erkakning qaltiroq yani qo'rquv aralashgan ovozi eshitildi.

Jungkook: Ishingni tezlashtir menda seni kutish uchun ortiqcha vaqt yo'q.

Jungkook gaplarini tugatgach erkakning javobini kutib o'tirmay go'shakni qo'yib qo'ydi va mashina tezligini oshirdi.

Jungkook: Menga qarshi turishga jur'ati yetgan ekan yoki juda axmoq yoki orqasida juda katta suyanch bor.

*^*^*^.

Kech kirib kelar ekan quyosh allaqachon o'z ishini tamomlab oy bilan o'rin almashgan edi. Qo'rg'on ishini quyosh g'oyib bo'lganidan keyin zulmat qoplab olgan edi ammo birgina xonadan chiqayotgan yorug' nur tubanlikda qolgan insonning ezgulik uchun bo'lgan mitti porloq ishonchiga o'xshardi. Qiz kuni bo'yi bu katta uy ichida yolg'iz, chalkash va o'ksik qalbi bilan qolar ekan, oldingi zavqga to'la bo'lgan qizdan asar ham qolmagan edi. Xuddiki uning quvonchini olib bir oltin qafasga qamab qo'yishgandek. Yein boshliq to'la nigohini qarshisidagi sevimli cholg'u asbobi bo'lgan pianinoga tikar ekan sekin qadamlar bilan unga yaqinlashdi va barmoqlarini nota tugmalari ustida yurg'izar ekan mayin bir tovush paydo qiz yengillik bilan ho'rsingancha pianinoning stulchasiga o'tirdi va unga tushgan biroz changni puflab tashladi. Barmoqlarini bo'sh qo'yib ohistalik bilan o'zining sevimli kuyi bo'lgan qo'shiq notalarini chalishni boshladi. Yein ko'zlarini yumgancha barmoqlari hordamida ohista bosib pianino chalish bilan birga o'zining sevimli qo'shig'ini ham kuylashni boshlagandi. Ovozini diktafonga yozib olish uchun yoqib qo'yar ekan uni eshik ortidan kuzatib turgan Jungkook u bilan birga bu musiqani his qilgandek ko'zlarini yumdi va boshini musiqa notasiga monand tebratishni boshladi. Yeinning qo'ng'iroqdek ovozi esa uning notinch yuragini tinchlantirayitgan malhamdek edi. Jungkook ko'zlarini ochib sevgi va ardoq va yana qandaydir bo'sh hissiyot balki pushaymonlik hissi bilan to'lgan nigohlarini qizga niqatadi va sekin yaqinlashgancha egilib qo'lini qizning belllaridan o'radi. Yein behosdan bo'lgan bu ishdan ko'zlarini tezlikda ochdi, qo'llari harakatdan to'xtar ekan shunchaki yigitning keyingi harakatini kutib jim qoldi. Uning bunday holatidan Jungkook o'zida qandaydir his degan tuyg'u uyg'onayotganini his qildi hamda qizning qulog'iga yaqin kelib shivirladi.

Yein.

Jungkook: Ajoyib ovoz... Biroq men bu mayin ovozing bilan ismimni aytib qichqirishingni va menga to'xtashimni aytib yolvorishingni xohlayman.

Jungkook gaplarini tamomlagach qizni qo'liga ko'tarib uning qarshiliklariga qaramasdan pianino ustiga joyladu asbob o'ziva berilgan og'irlikdan notalari bosilib quloqga yoqmaydigan tovushlar chiqardi ammo Jungkook bir e'tibori Yeinning qirmizi lablari qanday ajoyib ko'rinayotganida edi u ikki qo'lini qizning ikki chetiga tirab Yeinni pianino va o'zi orasida asira qoldirdi sekinlik bilan qo'llarini pastlatdi va qizning egnidagi futbolka tagini biroz yuqorilatib barmoqlarini qizning mayin sonlariga yurg'azdi. Qiz Jungkookning yelkasidan itarib o'zidan uzoqlashtirishga harakat qildi ammo yigit hech qanday millimetr bo'lsa ham joyidan jilmadi. Egilgancha Yeinning lablarini o'ziniki orasiga olar ekan Yein o'z harakatlariga bo'lgan hukmronligini yo'qotib Jungkookning lablari orasida ingrab yubordi. Jungkookning qo'li yuqorilab uning pastki kiyimini ushladi va sekinlik bilan uni olib tashladi. O'zining bir necha soniyalik zavqidan chiqgan qiz

zudlikda yigitni o'zidan itarib yubordi. Jungkook behosdan bo'lgan bu ishdan orqaga biroz tisarildi va chuqur nafas olib chiqarib o'z g'azabini jilovlagancha Yeinga qorong'ulik timsolini anglatuvchi jahldan qisilgan ko'zlari bilan qaradi. Yein musiqa asbobi ustidan tushib o'zini ust boshini to'g'irladi.

Yein: Men senga yaqinlashma degan...

Yein gaplarini oxiriga yetmasdan Jungkook uning bo'yin qismidan qo'lini o'rmalatib mahkam qisdi ammo bu bo'g'ishga kirmas edi.

Jungkook: Jahlim bilan o'ynashma, Yein!

Jungkookning tishlari orasidan vishillab chiqgan so'zlar va uning qorachiqlaridagi bu tund ifoda Yeinni suyagigacha ta'sir qildi biroq qiz buni muvafaqqiyatli darajada yashira oldi. Jungkook bir necha daqiqa shu holatda turgach qizning bo'ynidan qo'lini oldi va ustidagi kstyumini tugmalarini bo'shatish mobaynida xiralashgan dag'al ovozda gapirdi.

Jungkook: Xonaga chiqib tayyorlan, faqat sport kiyimini kiy. Ketamiz.

Jungkook kostyumini to'liq yechgach e'tiborsizlarcha uni polga tashladi.

Jungkook: Va qandaydir menga yoqmaydigan narsalarni tanangga ilib olib g'azabimni qo'zg'atma.

Gaplarini tugatgach xonani tark etdi. Tepaga ko'tarilib o'zining ust boshini ko'cha stilida bo'lgan kiyimlarga o'zgartirgach qayta pastga tushib mexmonxona divanida Yeinni kutgancha qo'liga telefonini oldi va titishni boshladi. Oradan ko'p vaqt o'tmay Yein qop qora stilda sochlarini pastga yoyib olgancha zinalardan pastlashni boshladi. Biroz oldin Jungkookning bo'ynidan qattiq ushlagani tufayli hosil bo'lgan izni qizning futbolkasi yopishga harakat qilsada qizarish bilinib qolgan edi. Jungkook g'azab ustida axmoqlik qilib qo'yganini endi anglab barmoqlarini sochlari orasidan yurg'azdi va o'rnidan turdi. Qizga hech bir so'z demasadan chiqish eshigi tomon yurib ketdi. Yein uning ortidan borishni istamasa ham buni qilishdan bodhqa iloj topmagandek edi. Jungkook mashina yoniga yetib kelgach yo'lovchilar eshigini Yein uchun ochiq qoldirib o'zi haydovchilar o'rniga o'tirdi. Qiz mashinaga mingach soniya kutmasdan mashinani o't oldirdi va shahar tomon haydab ketdi. Yo'lda ketishar ekan Qiz asabiylikdan barmoqlarini o'ynashni boshlab yuborgan edi. Jungkook ora orada qizga nazar tashlab qo'yar ekan birdan gapirishni boshladi.

Jungkook: Nimadan bunchalar asabiysan?

Jungkook savol bergach qizga o'girilib qaradi ammo javobga ega bo'lmadi.

Jungkook: Senga oying haqidagi bo'qtonni kim aytdi?

Yein: Bo'qton? Inkor etishga ozgina bo'lsa ham irgansang bo'lardi. Senga bo'lgan nafratim kundan kunga kuchayib borishini ta'minlab beryapsan!

Jungkook: Yein, gaplaringga e'tiborli bo'l. Menga bundag muommilada bo'lishing to'g'ri emas.

Jungkook mashina ro'lini mahkam siqgancha soxta osoyishtalik bilan gapirdi.

Yein: Qandayiga loyiq bo'lsang o'shanga ega bo'lyapsan! Qilgan ishingdan keyin meni nafratimga loyiqsan sevgimga emas.

Jungkook: Jim bo'l, Yein.

Yein: Endi meni jim qilmoqchimisan? Ortiq menga gaplaringni o'tqaza olmaysan!

Jungkook: Yein jim bo'l dedim!

Jungkook qat'iylik va jiddiylik bilan gapirgach qiz yuzini burgancha oynadan tashqariga qarab ketishni boshladi. Qiya ochiq bo'lgan oynadan kelayotgan shamol qizning sochlarini hilpiratar ekan mashina ichidagi noqulaylikni biroz bo'lsa ham yengilashtira olmasdi. shamol uchirib kelayotgan qizning qulupnag misol isi Jungkookning buruniga borib tegar ekan yigit bu sochlar orasiga yuzini ko'mib uning iforidan to'ygunicha hidlab olishni shu 1 kun ichida qanchalar sog'inganini angladi. Hozirni o'zida mashinani to'xtatib qizni mahkam quchoqlb olishni xohlaydi ammo bunday qila olmaydi ham. Ichidagi og'irlikni chiqarib yuborish uchun yigit o'zi tomondagi mashina oynasini to'liq tushurdi va motor tezligini oshirdi. Oradan ko'p vaqg o'tmasdan ular manzilga yetib kelishlari bilan Yein bu yerni juda ham aniqlik bilan esladi. U bu yerga birinchi marta kelganida Jungkookni noqonuniy janglar ustasi hamda moto poygada har doim yutadigan sportchi ekanligiga guvoh bo'lgandi. Jungkook mashinadan tushmasidan oldin olomon shovqin bilan kelib uning sport mashinasini o'rab oldi. Yein atrofga qarar ekan

Har bir qiz va yigit Jungkookning ismini aytib baqirgancha uni olqishlay boshlashgandi. Olomondan nigohini olganidan esa yon tarafiga qaraganiga u yer bo'sh ekanligini ko'rdi va o'zi tomondagi oynadan taqillashni eshitdi. Jungkook qizning eshigini ochib qo'llarini u uchun uzatdi. Yein buni rad etgancha o'zi mashinadan tushdi. Va birinchi bo'lib nigohi ularni ochiq binoning kirish joyida istehzoli jilmaygancha kutib turgan Diasga tushdi. Jungkook Yeinni qo'lidan turgancha kirish tomon ketar ekan atrofdagilar "Jungkook " shu ismni qaytadan takrorlab baqirishdan charchashmadi. Ular Diasni qarshisiga kelishganda Jungkook qizning qo'lini mahkamroq ushladi va qarshishidagi erkakga o'lim nigohlarini tashladi.

Dias: Seviling bilan ko'p vaqti jog'lik qilib yubording shekilli... anchadan beri qorangni ham ko'rsatmay qo'yding...

Jungkook: Men haqimda havotirlandingmi?

Dias: Albatta oradan vaqt o'tsa va sen shug'ullanmasang yutqazish ehtimoling yuqorilashini bilasanmi? Men esa yutqazganingdagi yuzingni qanday bo'lishini o'ylab kun – u tunimni o'tqazdim.

Diasning gaplaridan Jungkook miyig'ida kulib qo'ydi va Yeinning belidan qo'lini o'tqazgancha o'ziga tortdi.

Jungkook: Hali ancha vaqt bu kunlarni hayol surasan menimcha.

Dias kulib yuborgancha Jungkookga yaqinlashdi.

Dias: Menda yangi bir g'oya bor... aytishimni istaysanmi?

Dias Jungkookdan hech qanday javob olmagach gaplarida davom etdi.

Dias: Motoda poyga o'ynaymiz... Agar sen yutsang men o'zimni mototsiklim va eng yaxshi sport mashinam seniki... Agar men yutsam sevgiling men bilan kechlik qilishiga to'g'ri keladi.

Dias gaplarini tugatar ekan Jungkook uning yoqasidan ushlab biroz yerdan ko'tardi tishlari orasida unga vishillar ekan chetda uning bu jahlini Yein kuzatib turardi Jungkookning bunday jahl qilishini ko'rgach hayoliga axmoqona fikr keldi ammo jasoratini to'pladi.

Jungkook: Meniki bo'lgan narsalarni o'yinga tikishimni hayol qilishing ham bir xato! Aqli noqis odam ham buni qilmasligimni juda yaxshi biladi.

Dias Jungkookni uning yoqasini tutgan qo'lidan ushlab endi gapirmoqchi bo'lganida oraga Yein qo'shildi.

Yein: Men bilan kechlik qilishni xohlaysizmi?

Uning bu gaplaridan Jungkookning jazavasi qo'zib qo'lini musht qilib tugsa Dias shunchaki kulgancha boshini irg'adi.

Jungkook: Yein.!

Qiz yigitning ogohlantirishli chiqgan so'zini e'tiborsiz qoldirib bir qadam yaqinlashdi.

Yein: Men roziman... bu o'yinda sizlarning orangizda garov bo'lishga roziman.

Jungkook qo'lini Diasning yoqasidan olib Yein tomonga yaqinlashdi, juda yaqin kelgach tundlashgan ovozga gapirdi.

Jungkook: Bunday qilmaysan! Axmoq bo'lma! O'zing jabr chekasan!

Yein: Yutqazishdan qo'rqyapsanmi? Senga kelganida har bir ishda g'alab qozonaman degan sen emasmiding? Endi bosh tortyapsanmi?!

Qiz unga tik qaragancha gapirdi.

β€”

β€”

Har bir ffni o'qigan odam o'z fikrini bildrisa va gar bir ff qismiga reaksiya bossa xursand bo'lardim ff oxirlab qolganida hafagarchilik bo'lmasin guys...

#Alora/#Suna
@Glamour_fanfic