π¦ππππ‘π§ π¦π§π’π₯π | 19βππ£
Qiz Jungkookning qo'rqg'onidan uzoqlashib borar ekan uyning chiroqlari so'nishni boshlagani tufayli u qorong'ulik ichiga kirib borayotgandek edi. Qiz yon atrofga qaragancha ketar ekan qo'rquv yoki sovuqdan tanasi qaltiradi. O'rmon chindan ham tunda qo'rqinchli. Qiz qadamini teshlashtirgancha lokatsiya tomon ildamlab ketar ekan. O'zi ko'zlagan manzilga yetib kelgach joyida to'xtadi. Soat 21: 45 bu yerda esa hech qanday tirik jondan daraj yo'q.
Pov Yein.
Hech kim yo'q, meni aldashdimi yoki kech qolganim uchun u inson allaqachon ketib ulgurganmi? La'nati! Kelmasligim kerak edi. Jungkook undan ruxsatsiz bu yerlarga kelganimnbi bilsa aniq jahli chiqadi.
Yein: Shunchaki qaytib ketishim kerakmi?..
Ho'rsingancha yerda turgan toshni tepib yuborar ekanman, u to'g'ri borib qarshimddagi butaga tegdi. O'simlik esa birdan silkinishni boshladi qandaydir yirtqichni uyg'otib yubordim deb o'ylab yuragim tovonimga tusha yozdi. Chiqishimdan oldin yashirincha olib chiqgan Jungkookning to'pponchasini tartibsjz va qaltiragan qo'llarim bilan cho'ntagimdan olishga urunar ekanman o'zim bilmagan holda ortga qarab yurayotgan edim. Nigohimni bir daqiqaga bo'lsa ham silkinayotgan o'simlikdan olmasdim. Ammo uning ichidan sakrab chiqgan hayvoncha meni qo'rqishimga sabab bo'lganidan kulib yubordim. Mushukcha meni yonimga yugurib kelar ekan men ham yergaa bir tizzamni qo'ygancha o'tirdim va mitti jonzotni qo'limga olishga urunganimda u meni qo'limni tindalab oldi. Achishishdan yuzimni burushtirdim.
β Hamma narsa ko'ringanidek yuvosh emas.
Orqamdan kelgan ovozdan uchib tushgancha burildim va menga jilmayish bilan qarab turgan yigit gavdasini ko'rib sekin o'rnimdan turgancha orqaga tisarila boshladim.
Yein: bu yerda nima qilyapsiz?
Yein cho'ntagidagi pistaletni mahkam siqgancha qarshisidagi insonga savol berdi.
β Seni men chaqirdim bu yerga.
Rian qizga yaqin qadam tashlab uning qarshisida to'xtadi. Yein uning ko'zlariga tikilib turar ekan uning tubuda g'ariz niyat borligini sezib turardi.
Yein: Nega? Niyatingiz yaxshi emasligi nigohinhizdan ma'lum.
Rian: Sevgiling yashirayotgan sirni bilishni xohlaysan deb o'ylab seni bu yerga chaqirdim...
Yein: Nimani reja qildingiz Rian?
Qiz Rianga tik qarab turgancha gapirar ekan yigit cho'ntagidan qo'l telefonini olib uning galaeretasiga kirgan holda bir videoni qizga qo'yib berdi.
Rian: Bu videodan keyin hammasini bilib olasan.
Pov Yein:
Video boshlanar ekan men unda Jungkookni ko'rdim ammo u negadir qo'rquv va g'azabda edi unda. Telefonda oyim paydo bo'lgach tanam muzlagandek bo'ldi. Oyim Jungkook tomonga kelmoqda, ular qachon uchrashib ulgurishdi? Video davom etar ekan Jungkook birdan to'pponchasini chiqardi o'q ovozi yangrashi bilan oyim harakatdan to'xtadi. Bu nima? Bo'lishi mumkin emas? Oyimni jonsiz tanasi yer bilan birlashishidan oldin Jungkook uning yoniga yugurib tutib qoldi. Qo'lim qaltirab ko'zlarimga yosh quyulib kelar ekan hozirgina ko'rgan narsamni inkor etish uchun boshimni tinmay yo'q ishorasi ila silkirdim.
Yein: Bo'lishi mumkin emas. Jungkook bunday qilmaydi. Oyim safarga ketgan. Bu oyim emas ular o'lmagan.
Rian: Qiladi, chunki oying uning jinoiy ishlari bo'yicha ortidan tushgan va topib olgudek bo'lsa umrbod qamoq jazosi tayinlanadi.
Rian qo'lini cho'tagiga solgancha hotirjam ovozda gapirardi.
Yein: Tuhmat qilmang!! Yolg'on to'qimang menga!!! Oyim tirik!! Tirik deyapman sizga!!!
Qiz Rianning yoqasidan ushlab siltashga harakat qilardi ammo yig'i tufaylu kuchsizlangan tanasi yigitga hech qanday ta'sir o'tkazmayotgan edi.
Rian: Haqiqatni inkor etganing bilan u yo'q bo'lib qolmaydi. Sen sevgan yigit qotil, aynan o'z onangni qotili!!
Qiz Rianning gaplariga ortiq chiday olmay uning yuziga tarsaki tushurdi.
Yein: Uyaling aldashga uyaling!! Tuxmat qilishdan qo'rqing!!
Yigit qizning tarsakisidan jahl ko'zlarida chaqnab Yeinning ikki yelkasidan og'riqli ushlab siltash bilan o'ziga yaqinlashtirdi.
Rian: Mayli, menga ishonma va oyingni qotilini sevishda davom et!
Qiz hozir bo'layotgan voqealarni tahlil qila olmay yerga tiz cho'kib qolar ekan o'zini yig'idan to'xtata olmas edi
Yein sochlari orasiga qo'lini yurg'azgancha siqimladi. Va inkor etishda davom etdi.
Yein: Oyim safardalarnku!! Ular tirik!! Jungkook odam o'ldirmaydi axir...
Qiz ovozini balandlatib Rianga boshini ko'tarib bu yolg'on edi degan javob kutgandek qaradi, ko'zlarida esq juda sust umid ufurib turardi. Rian hech qandah emotsiyasiz Yeinning bu holatini kuzatib turardi xolos, uning bu azobidan rohatlanish hissini o'zida his qilardi.
Bir necha daqiqalardan so'ng qiz shunchaki yerga o'tirgan holda tizzalarini quchib bir nuqtaga qarag turardi. Uning atrofida dunyo to'xtagandek edi, hayollarini oyisining xotiralari allaqachon chalkash qilishga ulgurgan. U hali hamon yig'lardi, harqalay ko'zlaridan yosh tomardi ammo hech qanday ovoz lablarini tark etmayotgan edi.
Yein: Menga ko'rsating, oyimni ko'rsating. Bo'lmasa sizni bu cho'pchaklaringizga ishonmayman.
Rian: Oyingni jasadini mendan emas Jungkookdan so'raysan. Shoshib qolganidan shu o'rmon atrofida dafn qilgan bo'lishi mumkin.
Yein gaplarini eshitgach shunchaki ichki dunyosi quladi, ortiq hech qanday ko'z yosh ko'zlarini tark etmadi. O'rnidan turgancha o'zining chalkash qadamlari bilan kelgan yo'li tomon qaytib keta boshladi.
Rian: Qotilni hali ham sevasanmi? Eng muhimi u bilan hali ham yashay olaman deb o'ylaysanmi?
Rian qizdan buni kutmaganligi uchun u ketayotgan tarafga qadam tashlab yaqinlashib, baqirdi. Qiz uni eshitmagandek qadamlarini ildamlatdi. Yigit uning qo'lidan tutib to'xtatishga harakat qilganida esa u qo'llarin siltab unikidan olgancha yo'lida davom etdi.
Rian: La'nati, unda bilganingni qil!!
Rian o'shqirgancha qizdan burulib o'zining mashinasi tomon ketdi.
Yein qo'rg'onga yetib kelgach atrofni qo'riqchilar yo'qiligini teshirdi. Sekin orqa bog'ning eshigini ochib kirar ekan. Uy ichidan shovqinlarni eshitib allaqachon uning yo'qligini sezishganini angladi. Oyoq uchida bildirmasdan uy ichiga kirmoqchi bo'lganida yon tarafdan fanar tutgan ikki erkak paydo bo'ldi. Qiz sezdirib qo'ymaslik uchun bog' ichidagi gullarni tartibga solayotgandek ularning yoniga tiz cho'kallab barglariga tegib qo'yardi. Uning tanasini ilg'agan erkaklar tezlik bilan uning yoniga yetib kelishdi.
Q: Xonim, yaxshimisiz? Qayerda edingiz?
Yein: Shu yerda. Nimadir bo'ldimi?
Qiz o'zini xuddi hech narsani bilmaydigandek tutardi.
Q: Haligi biz sizni uy ichi va atrofidan topa olmagach yo'qolib qoldingiz deb o'yladik. Biz bog'ni ko'p marta tekshirdik ammo siz yo'q edingiz....
Yein: Bu bilan qochdingiz demoqchimisan?
Yein ularga oxirgi marta qarab qo'ygach uy ichiga kirib ketdi. Ichidagi og'rilikni ko'tara olmay zinaga yetib kelganida oyoqlarini bo'shashib yiqilib ketishiga biroz qoldi. Qiz ko'zlariga to'lib kelayotgan yoshlarini kipriklarini pirpiratgancha orqaga qaytarib yuborishga harakat qilardi ammo yuragida turgan og'riq bunga yo'l qo'ymasdi. Qiz ko'ksini ushlagancha ovoz chiqarmasdan yig'lar ekan tomog'iga kelib tiqilgan narsadan nafas olishi qiyinlashdi.
Yein: Nega? Nega aynan oyim va u?!! Hammasi o'rniga tushurishga harakat qilmoqchi edim axir, Jungkook biz uchun harakat qilmoqchi edim, ammo sen... hamma narsani qolipdan chiqarib yubording... Men endi nima qilay? Har bir ishni bir shu narsa bilan tamomlading endi men nimani davom ettirish uchun jon kuydiray!
Qiz gaplari orasida yig'idan hiqillab qolayotgan bo'lishiga qaramasdan ichidagi gaplarni chiqarib olishga urunayotgan edi.
Yein balkon yonida tashqarini kuzatib turar ekan qo'rg'onning katta darvozasi ochilib Jungkookning mashinasi tezlik bilan Kirib keldi. Yein hech qanday yuz ifodasisiz shunchaki buni kuzatib turishda davil etdi. Jungkook mashinadan tushishi bilan balkin tomonga nigohini tashladi va unga emotsiyasiz qarab turgan sevgilisini ko'rib jilmayib qo'ydi ammo qizdan javob olmagach qo'rg'on kirish eshigi tomon qadam tashladi va kirib keldi. Yein daqiqa o'tmasdan uning qadam tovushlarini eshitsa ham qimirlab ham qo'ymadi. Harakatlarsiz turar ekan orqasidan o'ralgan qo'llardan shunchaki bir to'lqinlanib ketdi. Oldin bu quchoqlardan qanchalik zavqlangan bo'lsa
hozir shunchalik undan irginayotgan edi. Qizning sokinligidan hayronn qolgan Jungkook qizni mahkamroq quchib uning tanasini o'zinikiga yaqinroq oldi va. Boshini uning yelkasiga qo'ygancha sokin va chalkashlik o'ralagan to'nda shivirladi.
Jungkook: Bugun o'gacha bo'lib qolmadingmi?
Yigit qizni javobini kutar ekan qizdan biror bir tovush chiqmagach gaplarini davom ettirdi.
Jungkook: Bugun qo'riqchilar yolg'on ma'lumot eshitdim... Buni qanday ekanligini bilasan, menimcha...
Yigit yana qizdan javob ola olmagach ho'rsinib qo'ydi.
Jungkook: Ular menga seni qo'rg'onda emasligingni va seni qochib ketgan degan gumonga borishganliklarini aytishdi.. ammo... ammo men ularga ishonmadim... chunki senda bundan qilish uchun hech qanday sabab yo'q shunday emasmi?....
Jungkook qizni sekinlik bilan o'ziga qaratish ko'yi savollarini tugatdi. Yeinning sovuq ifodasini ko'rib nimadir joyida emasligini anglashiga soniyalar ham sarf qilinmadi.
Yein: Bor bo'lishi ham mumkin...
Faqat Jungkook tomonidan borayotgan suhbatga Yein qo'shilar ekan uning sovuq so'zlaridan Jungkook hayron bo'lib qoshlarini chimirdi.
Jungkook: Xo'sh, unda bu sababni men bilan bo'lishishni istamaysizmi?
Jungkook vaziyatni yumshatish uchun qizning biroz ochiq qolgan yelkalariga bo'sa qoldirgancha shivirladi. Qizning tanasi uning bu harakatlariga reaksiya bildirayotganini anglagach ishida davom etdi.
Jungkook: Bugun, senga nima bo'ldi? Nima bo'lgan bo'lsa ham uni men bilan bo'lishishing kerak shuni bilasanmi?
Yigit lablarini qizning bo'yni tomonga olib borar ekan gaplarini tugatdi.
Yein: O'zing qilgan xatoni to'g'irlay olasanmi?
Yein bo'ynini Yigitning o'ynoqi harakatlaridan qochish uchun orqaga tashladi ammo Jungkook buni qochish sifatida emas imkon sifatida topib qizning terisiga tishlarini botirdi va iz qoldira boshladi.
Jungkook: Men qanday yomon xato qildimki, meni e'tiborsiz qoldiryapsan?
Jungkook so'zlarini tugatgach qizni bir urunishda ko'tarib oldi. Yein bunday voqea sodir bo'lishini kutmaganligi uchun o'zi bilmagan holda muvozanatni saqlab qolish uchun oyoqlarini yigitning belidan o'tqazdi, bu esa yigitga yanada zavq beraryotgandek edi.
Yein: Jungkook... Istamayman...
Qiz uni to'xtatish uchun ko'ksidan itarishga harakat qilganida yigit shunchaki bu ishlarini kuchaytira boshlagandek edi.
Jungkook: Shh... aybimni yuvishga imkon ber... aybdor bo'lib qolishni yoqtirmayman, bilasan...
Jungkook shunday degancha qizni ko'targan holda yotoqxonaga olib kirib ketdi. Sekin qadamlar bilan katta va shinam bo'lgan yotoq yoniga to'xtagach qizni sekin u yerga joylashtirdi, egilgancha qizning ko'ylak tugmalarini bo'shatish uchun qo'l yugurtirganida qiz tasodifan cho'ntagidan to'pponchani olib chiqardi va uchini yugitga niqtadi.
Yein: Senga Istamayman dedim! Mendan nari tur.
Uning bu harakatidan Jungkook deyarli shok holatiga tushub ulgurgan edi. Ammo shunchaki jilmayib yotoqga tizallab o'tirib oldi va Yeinga ko'zlari ichida chaqnagan hirs bilan qarab turardi.
Jungkook: Meni to'xtatishni yangi usulini topdingmi?
Yein: Men jiddiyman. Menga yaqinlashishing bilan to'pponchadahi o'q ko'ksingga muxr qo'yadi.
Jungkook: Nimalar qila olaman deb o'ylayapsan, Yein?
Jungkook bu safar qandaydir jahl oralagan ovozda gapirdi.
Yein: Seningcha, Seni qotil ekanligingni bila turib sen bilan bu ishlarni davom ettiramanmi?
Jungkook: Nima demoqchisan? Men odam o'ldrishdan boshqa har bir ishni qilganman ammo buni emas!
Jungkook qo'lini qizning sonlariga qo'ygancha unga maksimal darajada yaqinlashdi uning yuz ifodasidan qaxr sachrab turardi.
Yein: O'z ko'zlarim bilan ko'rdim. Sen oyimni otib tashlading!!! Meni laqma deb o'ylaysanmi? Nega o'ldirding oyimni? Oyim senga nima qildi? Yoki seni ushlab umrbod qamab qo'yishadan qo'rqdingmi?
Yein ko'zlarida miltillayotgan lo'z yoshlarini yigitga ko'rsatishni istamasada buni eplay olmayotgan edi. U endi qarshisida turgan odam yonida ko'z yosh to'kish ojizlik deb hisoblaydi. Oldin uning dardiga malham bo'lgan yigit, hozir bu og'riqning sababchisi edi.
Jungkook: Buni men qilmaganman. O'zim senga bafurja
tushintirib bermoqchi edim ammo ko'rinib turibdiku mendan ham abjirlar bor.
Yein: Nimani tushuntirib bormoqchisan? Qanday qilib kiprik qoqmasdan meni oyimni vafotifa sababchi bo'lganingnimi? Yoki mendan o'z manfaating uchun qanday ayyorlik bilan foydalanganingnimi? Nimani tusuntirmoqchisan, La'nati!!!
Qiz salkam o'shqirgancha gapirar ekan qo'lidagi to'pponcha tinmasdan qaltirar edi
Jungkook Yeinning bu holatidan g'azablanib uning qo'lidagi sovuq qurolni bir deganda uloqtirib yubordi va yuzini qizning bo'yin qismiga ko'mdi.
Jungkook: Sendan hech qachon foydalanmadim, aslo bunday dema bu meni qanchalar tushkunlikka tushurib qo'yishini sen bilmaysan... Men seni sevdim, sof sevdim va shundag bo'lib qoladi ham istaganingcha mendan nafratlan istaganingcha meni oyingning qotili deb hisobla ammo vaqti kelganida... bu qilayotgan ishlaring uchun afsuslanishingni unutma. Men seni har qanday holatda o'zgarishlarsuz qalbimda saqlayman xattoki mana bu moychechak ko'zlaring menga nafrat bilan boqsa ham men buni tan olmayman va seni sevishda davom etaman.
Yigit so'zlarini tugatishi bilanoq o'rnidan turib xonani tark etdi. Bundan Yein o'zida yengillikni his qildi ammi eshik qulflanganini ovozini eshitgach tezlikda o'rnidan turib eshik yoniga bordi.
Yein: Meni qamab qo'yib ushlab qolmqochimisan? Buni uddasidan chiqa olmaysan! Imkon topishim bilan bu yerdan ketaman! Sen tufayli o'z uyimdan qandag qochib ketgan bo'lsam yana shunday bu ishni qilaman!
Jungkook: Mendan keta olmaysan!
Yein: Qila olaman. Sen esa shunchaki tomosha qilasan.
_-_-_-_-_-_-_--_ Keyingi qismlarda...
Qiz o'rmon oralab o'ziga yo'l izlab qo'lidan kelgancha qochishga urunar ekan orqasidan qolmayotgan yigitni ko'rib yuragi oyoq uchida urayotgandek edi. Naxotki u sevgan inson shu bo'lsa? U qanday inson o'zi? Qiz chalkashlik ichida qolgancha tilingani tufayli qon sizib chiqayotgan oyog'ida turgan og'riqni e'tiborga olmagancha yugurardi.
Jungkook: Bor kuchingni sarflab yugur, moychechak ko'zligim! Chunki men senga yetib olgudek bo'lsam ikkinchi imkonni bermayman!
Oxirida kulgu bilan chiqqan yigitning tahtiddan qizning yuzi oqarib ketdi, yo'lidan chiqgan loyga toyib yerga birlashar ekan uni izmaβ iz quvib kelayotgan yigitdan qutulish uchun orqaga sudralyotgandi. Nimjon tanasida boshqa mador qolmaganligi tufayli u shunchaki ortga sudralib daraxtga tiralgandi. Yigit o'zidan 5 metrcha naridagi qizga boqib g'olibona kuldi.
Jungkook: Xo'sh qayergacha kelding? Yugurding ammo yana mening qo'llarimdasan!
Yigit qizning yoniga tiz cho'kkancha qizning yuzini siladi. Issiq nafasi esa shusiz ham tez bo'lgan qizning nafas olish ritmini oshirib yubordi.
Jungkook: Eng achinarlisi nima bilasanmi?... Endi mening qo'limdan qochib ham o'lib ham qutula olmaysan!
#Alora/#Suna
@Glamour_fanfic