June 1, 2025

π—¦π—œπ—Ÿπ—˜π—‘π—§ 𝗦𝗧𝗒π—₯𝗠 | 12β€“π—˜π—£

He was silent, yet I could see a strom in his eyes.

Jungkook qizning tugmasini bo'shatishni boshlah bilan birga qizning bo'ynida iz qoldirayotgan edi. Yein buni axmoqlik ekanligini biladi ammo buni to'xtatish uchun jasorati yoqdek. Qiz Jungkookni jiddiylashib ketayotganini anglagach qo'lini yigitni ko'ksiga qo'yib o'zidan uzoqlashtirishga harakat qildi. Birdan jonga kirgan qizning bu qilig'idan keyin yigit boshini ko'tarib qizga savolli nigohlari bilan qaradi.

β€” Nima bo'ldi? Oshirib yubordimmi?

Jungkook savol berar ekan Yein boshini irga'gancha yigitni o'zining ustidan olishga urundi. Jungkook ham tezda o'zini to'g'irlagancha mashina o'rindig'iga o'tirdi. Bir encha daqiqalik o'lik sukunatdan keyin yigit tilga kirdi.

β€” Seni uyingga tashlab qo'yaman.

Jungkook shunday degancha rulga o'tirdi va mashinani shaxar tomonga yo'naltirdi. Yein noqulaylikni sezgancha tomoq qirib qo'ydida derazadan tashqariga ya'ni sal kam jala bo'lib quyayotgan yomg'irni tomosha qila boshladi. Ko'zlari charchoqdan yumulib ketar ekan qancha sergak turishga harakat qilmasin yakunida uxlab qoldi. Jungkook old oynadan unga qarab qo'yar ekan chuqur o'yga tolgandi. Yeinni uyiga yetib kelgach qizni uyqusidan uyg'otishni istamay shunchaki uni yoqimtoylarcha uxlashini tomosha qilardi. Yigitning qorachiqlari qizning lablarida to'xtar ekan Jungkookda bir necha daqiqa oldin telbalik bilan sodir bo'lgan bo'saga xohish uyg'ondi.

β€” Lablaringni qayta va qayta ta'tib ko'rgim keldi.

Yigitning ovozi dag'al va past edi ammo qizni uyg'otib yuboradigan darajadagi ta'sirga ega edi. Qiz ko'zlarini ochishi unga qadalgan ikki qorachiqga duch keldi. Ko'zlarini yigitdan olib qochgancha noto'g'ri bosh qo'yish orqali og'riq paydo bo'gan bo'ynini uqalagancha cho'zildi. Uyiga yetib kelishganliklarini ko'rishi bilanoq tezlikda mashinadan tushdi va uyga yugurib kirib ketdi. Eshikdan kirgach Yein tartibsiz urayotgan yuragiga qo'lini bosar ekan mashina ichida bo'lib o'tganlar miyasida kaseta kabi aylanishni boshlagandi. Bu juda ajoyib tuyulgandi unga va hozir ham shunday. Lekin u bu ishni sodir bo'lishiga shunchaki og'iz ochib qarab tura olmasdi.

β€”>

Jungkook daryo ustidagi ko'prikdan suvni to'lqinlarini kuzatib turar ekan. Hayolidagi o'y fikrlar tufayli uning atrofidan o'tib ketayotgan odamnlarni payqamasdi. Yigit shu holatda turardi, ammo uning miyasidagi o'y fikrlar sababli yigit daryo bo'yiga o'rnatilgan temir panjarani mahkam siqardi. Birdan yelkasiga kelib tekgan qo'ldan biroz sergak tortgan yigit sherigiga qaradi.

β€” Nega bu yerga kelishimni so'rading?

Jungkookning ovozida qo'pollik namoyon bo'lib turardi.

β€” Aka– ukachilik oqibati, Jungkook yoki meni soyam?

β€” Haddingni bil, menga bunday ohangda gapira olmaysan!

Jungkookning ko'zlari jahldan qoraydi, qo'lini musht qilib tugdi, bo'yin tomirlari bilinar bilinmas namayon bo'lar ekan Uni bu ko'yga solganidan mamnun bo'lgan yigit kulgancha barmoqlarini Jungkookning bo'yin tomirlaridan yurg'azdi.

β€” Qanday darg'azab odamsan, Uka! "Uka"-Sen buni nima deb atarding menga enagalik qilishmi? Aslida sen mening nomim ostida shunday darajaga yetmadingmi? Aslida sen mening emas men sening himoyachingman.

Yigit so'zlarini tugatishi bilan Jungkook telbalardek kulib yubordi.

β€” Maqsadga o'tadigan bo'lsam... Sen o'ylaganimdan ko'ra abjirroq ekansan. Qamoqdan chiqishing bilan mening ko'z ostimdagi qizni o'zingga og'dirib olding. Mashinadagi harakatlaringiz esa juda... ehtirosli edi. Nima deb o'ylaysan agar seni qayta qamoqga jo'natadigan ish qilsam bugun sen egalik qilgan lablar va tana menga qoladimi? Bu haqida o'ylashim bilanoq hayolimga ajoyib usullar kelyapti, qizni qiynab o'zimniki qilish uchun.

Yigitning gaplari tugashi bilanoq Jungkook uning bo'g'zidan olib panjaraga tiradi va yuziga yaqin keldi.

β€” Seni qiynab o'ldirishim uchun sabablarni aytma! Ko'z qiringni u qizga jo'naltirsang joningni o'z qo'llarim bilan olib otajoningga eltib beraman.

β€” Ha, aytgancha otajonim, u Yein haqida bilsa qanday yo'l tutadi deb o'ylaysan ayniqsa uni ikkimiz ham xohlashimizdan xabar topsa. Biz Yein uchun qilayotgan jangimizda kim tarafda bo'ladi deb o'ylaysan?

Jungkook yigitni mahkamroq bo'g'ar ekan uni rangida rang qolmayotgan bo'lsa ham gapirishga urinayotgan edi.

β€” Albatta uni sendan biz olib qo'yamiz!

Xirillagancha shu so'zlarini yakunlashi bilanoq Jungkook uni yerga uloqtirdi.

β€” Uni mendan ola olmaysan! HECH KIM BUNDAY QILA OLMAYDI!

Jungkook panjarani tepgancha o'shqirdi.

β€” Ahvolingga qara, Jungkook. Aslida telba kim ekanligini ko'ryapsanmi?

Yigit nafas yetishmovchiligidan qizarib ketgan bo'lsada oxirigacha Jungkookning asab tolalariga chertishni unutmadi. Jungkook hafsala bilan uni ko'prik yonida qoldirib o'zi mashinasini ishga tushurgancha bu yerdan g'oyib bo'ldi. Yo'lda Yeinga kelishi mumkin bo'lgan xavflar haqida o'ylagani sari ko'nglidagi g'ashlik ko'payishni boshlagan edi. Jungkookni bu axvolga sola olgan odam Yeinga nimalar qila olishi ma'lum. Yigit bundan keyin o'ta extiyotkor bo'lishdan boshqa iloji yo'q.

β€” Mashinadagi voqea dedi? U qayerdan biladi ?.

Yigit o'ziga savol berib mashina ichini titishni boshlagandi. Bir necha daqiqalik izlanishlardan so'ng to'rtburchak oyna chetidan mitti deyarli ko'rimsiz kamerani yulib olgancha tashqariga uloqtirdi.

β€” La'nati.

Yigit barmoqlarini sochlariga yurg'azib, to'zitdi.

3 kundan keyin.

Yein darsda o'tirar ekan qorachiqlari ma'ruzachiga qaratilgan bo'lsa ham hayollari umuman boshqa insonda edi. Qo'ng'iroq chalinganidan keyin atrofga qarar ekan sinf xonada undan tashqari hech kim yo'q ekanligini anglab yetdi. Qo'l telefonini sumkasi ichidan olgancha kontaktlar bo'limiga kirib hayollarini band qilgan yigitning raqami ustiga bosib qo'ng'iroq qilish yoki qilmasligi kerakligini o'yladi va bir qarorga kelib yashil tugmani bosganida mobil aparatning quvvati tugab o'chib qoldi. Qiz hafsala bilan boshini stoli ustiga boshini qo'ygancha derazadan tashqariga qaradi va ko'zlarini yumdi. Oxirgi para darsi bo'lganligi uchun allaqachon quyosh botib o'z o'rnini oy bilan almashishga ulgurgan. Yein biroz muddat shu holatda yotgach uyga borishi kerakligi sababli o'rnidan turdi va qo'l telefonini olgancha sinfni tark etdi. Karidor bo'ylab yurar ekan eski omborxona yoniga yetganda baland taraqlash ovozini eshitgach joyida to'xtadi. Bu omborxonaga oldin hech kim kirmas edi qanday qilib bu yerdan ovoz chiqishi mumkin. Yein boshida buni shunchaki nimadir tushib ketgan deb hisoblab ketayotganida ichidan qaynab chiqayotgan qiziqish tuyg'usi uni joyida to'xtatdi va sekinlik bilan xona ichiga nazar tashladi. Hech narsani ko'rmagach chuqur nafas olib chiqish tomon burulganda orqa tarafdan kimdir uning burniga ro'molcha bilan dori tutqazdi qiz qarshilik qilishga ulgurmasidan dori o'z ta'sirini ko'rsatib hushini yo'qotishni boshlagandi. Qizning ongi xiralashib o'zini erkakning qo'liga tashladi.

Bir necha daqiqadan keyin iblisona kulgu va yuziga sepilgan sovuq suvni deb xushiga kelishni boshlagan qiz yuzini butunlay yopib olgan yigitni ko'rib yuragi orqaga tortib ketdi. Atrofga nazar tashlaganida ular maktabning eski omborxonasida ekanliklarini ko'rdi. Qimirlamoqchi bo'lganda qo'l oyoqlari va og'zi sikoch bog'liqligini sezib taslim bo'ldi. Qarshisidagi insonga ham g'azab ham qo'rquv ufurib turgan qorachiqlarini tikar ekan erkakning kulayotganini kiyib olgan niqobi ostidan ham sezsa bo'lar edi. Odam Yeinni bir necha muddat shu holatda ko'zdan kechirgach qo'lidagi mitti ammo teriga tegsa hech qanday qiyinchiliklarsiz insonni yaralay oladigan pichoqni o'ynagancha unga qarab sekin qadam tashlashni boshlagandi. Yein orqaga sudralishga harakat qilmasin bunday qila olmayotgandi. Erkak uning yoniga tiz cho'kib pichoq ushlagan qo'lini qizning qo'lidan yurg'azar ekan Yein qo'rquvdan tovush chiqarib yubordi.

β€” Qo'rqdingmi? Men shunchalar qo'rqinchli insonmanmi?

Erkak savolini tugatib qizga bir daqiqa qarab turgach telbanamo kulib yubordi.

β€” Jungkookdan qo'rqmaysanku Mendan nega qo'rqyapsan? Axir men u bilan o'xshashman? Yo'q biz Jungkook bilan bir xilmiz!

Qayta xonanini erkakning kulgusi egalladi.

β€” Nega javob bermayapsan?

Yigit qizning yuzidan turtgancha gapirdi.

β€” Meni gaplarimni e'tiborsiz qoldirganlarni yoqtirmayman... Gapir dedim senga!!

Yigit o'shqirgancha Yeinning yuziga tarsaki tushurdi. Yein og'riq bilan chiqgan qichqirig'i og'zi bog'langan bo'lsada xona bo'ylab baralla yangradi.

β€” Og'zing bog'langanmi? Nega buni aytmading? Aytishing kerak edi.

Erkak kulgancha qizning bo'yin qismiga yuzini yaqinlashtirdi va telbanamo kulgusini to'xtatmadi. Yein bundan yuragi to'xtab qolgandek his qildi. Chuqur nafas olib chiqarar ekan havoga to'ymayotgan insondek ko'rinar edi.

β€” Seni nega bu holga solganimni bilasanmi? Axax sen qayerdan ham bilardinh begunoh ro'lini o'ynayotgan ajoyib aktrissa bo'lsang.

Erkak qizni bo'yin qismini qo'lidagi matox bilan silagancha bor e'tiborini uning lablariga tikdi.

β€” Kel sinaymiz. Xaloskoring seni ko'rmagach qanday yo'l bilan izlab topar ekan.? Qandayligi senga ham qiziqmi? Ammo menga juda ham qiziq.

Erkak yana kulgancha Yeindan uzoqlashdi.

β€” Mendan hali qo'rqyapsanmi? Nega Jungkookga o'zingni topshirganingda hozirgidek qo'rqmading?

Erkak jahl qilgandek gapirdi va qizning boshini yuqorisiga qo'lidagi pichoqni otdi va pichoq qizning boshidan qanchadir santimetrlar tepaga ilindi. Buni ko'rgan Yeinning nafasi bo'g'ziga tiqildi. Qiz bir bahya o'zini o'lim uchun tayyorlagan edi. Erkak tashqaridan mashina ovozini eshitgach tezda qizni qo'lini bo'shatdi.

β€” Agar telba yigitingga miq etgudrk bo'lsang bundan afsuslanasan! Tushunarlimi?

Erkak tahdid qilgancha tezlikda Yeinni bo'shatdi va uning javobini kutmasdan derazadan oshib tushib g'oyib bo'ldi. Yein o'zini tartibga keltirgancha skoch tufayli og'riq turgan og'iz bo'shlig'ini uqalab qo'ydi va endi sumkasini izlashni boshlaganida kimdir uni qo'lidan tutib o'ziga qaratdi.
Jungkook qizni ko'zdan kechirar ekan hech qanday shubhali belgi ko'rmagach qizni o'ziga yaqin tortib lablarini qizning qaynoq lablariga bosdi. Yigit lablarini qiznikida yurg'azishni boshlaganida ichidagi havotir chiqarib berayotgandek bo'sa olayotgandi. Yein ham Jungkookni o'zidan yiroqlashtirmay, futbolkasini pastki qismidan qisdi ammo unga javob qaytarmadi. Havotirini yengib o'tgan Yigit Yeindan yiroqlashib peshonasini qizniki bilan birlashtirdi, Nigohini Yeinni bo'sa sababli qizargan lablariga tikar ekan ularni qayta his qilishni xohladi ammo bu safar lablarida emas...

β€” Meni qo'rqitib yubording. Bundan so'ng Qo'ng'iroqlarimni ortiq javobsiz qoldirma!

β€” Sen ham qo'rqasanmi? O'z hayotini havfga qo'yib poyga va bols tushadigan odamda qo'rqadigan narsa ham bormi?

Yein biroz oldingi erkakni tahdidini va unga qilgan harakatlarini eslab hammasini sir saqlashga qaror qildi.

β€” Senga kelganda, Yein, hamma narsa qo'rqinchi va hayajonli.

Jungkook qizning burni ustiga bo'sa qoldirgancha uni qo'yib yubordi va deraza tomonga xuddi nimanidir tekshirgan

dek tikildi. Hech qanday narsani sezmagach endi qizga burulmoqchi bo'lganida shitirlagan ovoz eshitildi. Yigit sergak tortib oynadan boshini chiqarib tashqariga qaradi.

β€” β€” β€”

Mashinada ketishar ekan Yein erkakning gaplarini hayol qilgancha Jungkookga ora- orada qarab qo'yardi. Qizdagi bezovtalikni payqagan Jungkook ikkisi orasidagi jimlikni buzdi.

β€” Menda gaping bo'lsa, aytaver.

β€” Nega ancha vaqt yoqolib qolding?

Yeinni savolini eshitgach Jungkook yutunib qo'ydi va yoq bo'lib qolganiga qanday bahona topish haqida o'ylardi.

β€” Men...