January 27

๐’๐ˆ๐‹๐„๐๐“ ๐’๐“๐Ž๐‘๐Œ ๐’๐„๐€๐’๐Ž๐ ๐Ÿ_๐Ÿ

> ๐ˆ๐ง ๐ญ๐ก๐ž ๐ช๐ฎ๐ข๐ž๐ญ ๐จ๐Ÿ ๐ญ๐ก๐ž ๐ง๐ข๐ ๐ก๐ญ, ๐ญ๐ก๐ž๐ข๐ซ ๐ฌ๐จ๐ฎ๐ฅ๐ฌ ๐ฌ๐ฉ๐จ๐ค๐ž ๐ญ๐ก๐ž ๐ฅ๐š๐ง๐ ๐ฎ๐š๐ ๐ž ๐ง๐จ ๐ฆ๐จ๐ซ๐ญ๐š๐ฅ ๐œ๐จ๐ฎ๐ฅ๐ ๐ก๐ž๐š๐ซ โ€” ๐จ๐ง๐ฅ๐ฒ ๐ฅ๐จ๐ฏ๐ž ๐œ๐จ๐ฎ๐ฅ๐ ๐ฎ๐ง๐๐ž๐ซ๐ฌ๐ญ๐š๐ง๐.

Jungkook jilmaygancha sevgilisining unga kechlik tayyorlab berishini kuzatib turar ekan, qizning o'zining futbolkasi ostida yashiringan ammo shunda ham bilinadigan qomati uni qaynonasining uyida " odobli kuyov" bo'lishga qilayotgan say - harakatlarini bir zum chetlab o'tishga undayotgan edi. Yigit sekin stoldan ko'tarilgancha oyoq uchida yurgancha borib Yeinning ortidan turdi va sekin ikki qo'lini qizning ikki tarafidan o'tqazib qizni oshxona stoli va o'zining o'rtasiga qamadi. Buni sezgan qiz lab uchida jilmaygancha Jungkookga o'girildi.

โ€” Sabringiz chidamayaptimi, Janob Jeon ?

Yigit qo'lini qizning belidan o'rmalatgancha yuzini qizning bo'yniga ko'mdi va chuqur nafas olib chiqardi. Sevgilisining issiq nafasini tanasida his qilgan Yein bir bahyaga havo yutishni unutdi.

โ€” Aksincha, juda ko'p kutib yuboryapman...

Jungkook qizning bo'yin terisini lablari orasiga olgancha tishlarini botirdi, Yein o'zida paydo bo'lgan tanish zavqdan lablarini tishladi. Yigit boshini ko'targancha qizning burniga kichik bo'sa qoldirdi. Yeindan uzoqlashgancha devorga ilig'liq turgan soatga qaragach ustiga charm kastyumini kiygancha eshik tomon yura boshladi.

โ€” Men ketishim kerak.

โ€” Men senga ovqat tayyorladim.
Qiz ko'z qorachiqlarini aylantirgancha yigitga qovog'ini solgancha qaradi. Jungkook kulgancha oyoq kiyimini kiydi.

โ€” Bu uchun uzr, istasang men bilan yur.

โ€” Oyim...
Qiz ikkinchi qavatda o'z ishlari bilan band oyisining xonasini qiya ochiq eshikiga nazar tashlab qo'yar ekan qaror chiqardi โ€” Aybni senga ag'daraman.
Yeinninv gapidan keyin Jungkook ho'rsinib, kulib qo'ygancha asosiy chiqish eshigini qizga ochib turdi.

^*^*^*^*^
Ular mashinda manzilga yetib kelar ekan, Yigit mashina matorini o'chirib ulgurmasidan atrofini "Jungkookning muhlislari" o'rab oldi. Yein ensasini qotirgancha qo'llarini ko'ksiga bog'lab oldi. Yigit atrofdagilarning hech biriga e'tiborini qaratmasdan aylanib o'tib Qiz taraf eshikni ochib egilgancha Yeinning belidan qo'llarini o'radi va hech bir qiyinchiliklarsiz qizni mashina ichidan olib yerga qo'ydi. Uning qo'lini o'zinikiga birlashtirgancha olomon ichidan kesib o'ta boshladi.

โ€” Qovog'ing o'yilganda qanchalar yoqimtoy bo'lib ketishingni tasavvur ham qila olmaysan.
Yigit egilgancha qizning qulog'idan lablarini yurg'azdi.

โ€” Shilqimlik qilma.
Yein Jungkookni bo'yniga qo'lini qo'yib uning yuzini o'zidan uzoqlashtirdi. Jungkook jilmayib qo'ygancha poyga o'tqaziladigan maydon yoniga yura boshladi. Yein har doimgidek yigitni bunda qatnashadi deb o'ylab olomon ichidan joy topish uchun undan uzoqlashdi. Jungkook buni sezgach hozirgina qizning belidan bo'shatilgan qo'llarini qayta joyiga qaytardi.

โ€” Qayerga ketayapman deb o'ylayapsan?

โ€” Seni kuzatish uchun o'z o'rnimga bormoqchi edim.

โ€” Men bugun qatnashmayman, moychechak ko'zligim.
U gaplarini tugatgach Yeinni o'zi bilan poygani ko'rish uchun joy talashib va bu tufayli to'polon boshlashga ham ulgurgan ishqibozlar orasiga olib ketdi va qulay yerni topgach qizga burildi.

โ€” Kutib tura olasanmi?
Yein bosh irg'agach yigit odamlar ichiga qo'shilib ketdi.

Qiz qatnashchilar tayyorgarligini tomosha qilar ekan quloqlari ostida isiq nafasni sezgach sergak tortdi.

โ€” Salom.

Yein qiz bolani ovozini eshitgach ortga o'girildi.

โ€” Meni bilasizmi?

โ€” Jeon Jungkookning ayolini bu yerda hamma biladi.
Qiz Yein suyanib turgan panjaraga orqasi bilan suyangancha jilmaydi.

โ€” Hali uning ayoli emasman.

โ€” Hamma munosabatingizni bilar ekan menimcha shunday, nikoh ko'p narsani o'zgartirmaydi.

โ€” Bo'lishi mumkin.
Yein bosh silkigancha burilib qayta taxlangan mototsikllarga qaradi.

โ€” Meni qo'llab quvvatlaysanmi?
Qiz panjara ortiga o'tar chog'ida savol berdi.

โ€” Sen qatnashasanmi?
Yein qoshlarini o'ygancha savol berdi. U qizlar ham poygada ishtirok etishi haqida eshitgan lekin hali ko'rmagan edi.

โ€” Shundayga o'xshaydi.

Caeliana

Qiz Yeinga jilmaygancha maydon tarafga yurib keta boshlar ekan hamma qichqirib yubordi u odamlar e'tiboridan zavqlanganligi aniq ortga o'girilgancha qo'lini salomlashish tariqasida olomonga silkidi va o'zining tulpori yoniga borib turdi. Poygaga to'liq

Qiz Yeinga jilmaygancha maydon tarafga yurib keta boshlar ekan hamma qichqirib yubordi u odamlar e'tiboridan zavqlanganligi aniq ortga o'girilgancha qo'lini salomlashish tariqasida olomonga silkidi va o'zining tulpori yoniga borib turdi. Poygaga to'liq tayyor bo'lgach yon tarafidagi raqiblariga nazar tashlab chiqdi.

Yein uni kuzatar ekan ortidan kelib belidan o'ralgan qo'llar egasi uni panjaraga tirab qo'yishi bilanoq chuqur nafas olib chiqardi. Yein ishtirokchilarni yaqindan kuzatar ekan notanishlari bor ekanligiga amin bo'ldi.

โ€” Yangilar kelganini sen ham sezdingmi?

Jungkookning qo'llaridan tutgancha uni bag'rida o'zini bo'sh qo'ydi. Yigit bosh irg'ab qo'ygancha iyagini qizning bosh qismiga tiragancha start berilishini kutdi. Maydonni to'pponchadan chiqqan o'q ovozi tutar ekan, mototsiklarning motoridan chiqqan yoqimsiz tovushi hozirgi damda odamlarni qulog'iga xush yoqgan ko'rinadi. Yein poygani kuzatar ekan biroz oldingi qizdan g'alati harakatni sezdi. O'yinning eng boshida har bir ishtirokchi astalik bilan harakatlanar ekan u tezlikni oshirib borar edi.

โ€” U nima qilmoqchi?
Bo'ynini burib Jungkookga yuzlandi.

โ€” Xiyla, hammani laqillatmoqchi. Menimcha bu o'xshayapti ham. Qolgan qatnashchilarni qara hech biri unga e'tibor qaratgani yo'q shunchaki atrofidagi raqiblari bilan ovora.

Jungkook yuzidagi ayyorona jilmayish bilan Yeinga tushuntirdi. Bu paytda qiz hammadan bir aylana oldinlab olomon ko'ziga yutqazayotgan va umidsizdek ko'rinish uchun mototsikllarning eng ortida ketayotgan edi. Boshqalar aylana soni oxirlab qolganida tezlikni oshirib bir biridan o'tishga harakat qilayotganida u shunchaki hech qanday urunishlarsiz, mag'lubiyatni tan olgan g'olib edi, ammo uning bu hiylasini eng boshidan sezib kelgan qatnashchi emas u juda qaltis harakatkar va tezlik bilan qizga ergashib olar ekan buni sezgan qiz u bilan belashishni boshladi, bir necha daqiqalik birinchilikni qo'lga olib turgan yigit ortga o'girilib qaraganida qizning qora mototsikli uniki bilan tenglashib qolgandi, yigit shlemi ichida ayyorona jilmayish yaratgancha mototsikli motorini baqirtirdi va uni old qismini ko'targancha qizdan o'zib ketishga harakat qildi. So'ngi aylanadan so'ng Marra chizig'ini bosib o'tgan laqma g'oliblar bor ovozini chiqargancha baqirib o'zini kuzatuvchilarga ko'rsatar ekan u maydon markaziga kelib shlemini yechdi. Ammo boshlovchi g'olib ismini e'lon qilishga kelganida esa hamma o'z nafasini yutgandek tinib qolishdi.

Boshlovchi: Marrani birinchi kesib o'tgan o'yinchi bu... Caeliana!!
Erkak ovozi boricha baqirib g'olibni aytib o'tar ekan maydonj norozilar to'ldirib yuborgan edi.

Boshlovchi: Caeliana nomi bilan tanilgan qiz bugun hammani yer tishlatdi! Uning ayyorligiga bir qarang.

Boshlovchi Caeliana hammani aldab o'tgan qismnini katta ekranga chiqarar ekan har bir o'yinchi unga o'lim nigohlarini tikardi biroq qiz shunchaki jilmayib mototsikliga suyangancha ularni kuzatardi. Ba'zilar allaqachon buni g'irrom ekanligini pesh qilib qaytadan o'tqazilishini so'rab o'shqirishardi. Biroz oldin Qiz bilan trassa talashgan yigit shlemini qo'lga olgancha uning qarshisiga turdi.

โ€” Ular sendan jahldor ko'rinishadi.
Yigit norozilik bildirayotganlarga qarab imo qildi.

โ€” Senchi?
Qiz yigitning qarshisiga qaddini tik tutgancha turar ekan lablarida ayyorona jilmayish yoyildi.

โ€” Xo'sh, sen kutgan narsa bo'lmadi.. bundan hafa ko'rinasan? Meni laqma deb o'ylagan edingmi?

Uning dadilligidan shunchaki zavqlangan Yigit qizning yuziga yaqinlashgancha uning belidan qo'lini yurgazib naqshlar chizdi.

โ€” Menga qarshi turgan sen kabi yovvoyilar qanday o'lim topganini bilasanmi? โ€“ Shunday degancha qizning quloqlariga egilib qorong'ulik va xohish tufayli yo'gonlashgan ovozda shivirladi.

Taehyung

โ€” Meni tahdidlar qo'rqita oladi deb o'ylaysanmi? Sendan oldin ham juda ko'plarini uchratganman. So'zlarda bor amalda esa hech narsa.

Caeliananing so'zlaridan so'ng yigit uning qulog'i yonida jilmaygancha undan uzoqlashmagan holda ortidagi mototsiklga tiradi. Qo'li qizning belidan sirpanib sonlaridan joy olar ekan, terisini panjasi orasiga olgancha biroz qattiqroq siqdi.

โ€” Bu shunchaki quruq gap emas. Uni qanday bo'lishini ko'rsatishimni istaysanmi?

Caeliana Yigitning ko'ksiga ikki qo'lini tiragancha o'zidan uzoqlashtirdi va qaddini qayta tikladi.

โ€” Meni ojiza deb o'ylaysanmi?
Seningcha men shunchaki har qanday ish qilishingga qo'yib beramanmi?

Qiz boshini ortga tashlagancha kulib yubordi. Yigit esa yuzidagi jilmayishni yo'qotmagan holda gapirdi.

โ€” Aslo, buni hayol ham qilmadim....
Yigit gapida to'xtab qizga qadamlar bilan yaqinlashgach davom ettirdi.
โ€” Ammo seni yonimda ojiza qila olaman, tizzalaringda menga o'tinch nigohi bilan qaragan holda va buni sen xohlamagan bo'larding.

โ€” Har bir odam orzu qilishga haqli, shunday emasmi?

Qiz ko'z qorachiqlarini aylantirgancha poyga maydonining chiqish yo'li tarafga yura boshlar ekan yigitning go'ngillagan ovozini eshitdi.

โ€” Alfasiga qarshi chiqayotgan o'smir bo'ridek harakatlanayapsan.

โ€” Sen men uchun alfa emassan.
Qiz shu so'zlar bilan undan uzoqqa ketdi. Caeliana trassadan chiqar ekan ba'zilar uni olqishlab yuzlaria tabassum bilan tabriklashardi. Uni bar yonida kuzatib turgan Yein Jungkookdan uzulin Caeliana tarafga bora boshladi. Jungkook uning bu harakatini diqqat bilan kuzatib turardi. Yeinni o'zi tomonga kelayotganini sezgan qiz bor e'tiborini unga qaratdi.

โ€” Sen u yerda juda ajoyib eding.

Yein o'zidagi mamnunlik va hayratni yashirmay soflik bilan ichidagi gapni aytdi. Caeliana unga yaqinlashdi.

โ€” Ismim Caeliana.
Qiz Yeinga qo'l cho'zgancha gapirdi.
โ€” Yein Lee.
Yein uni qo'lini tutgancha siqib qo'ydi.
โ€” G'alabamni nishonlaymizmi?
โ€” Nega yo'q.
Yeinning javobidan so'ng Caeliana uni qo'lidan ushlab bar tomonga olib borgancha undan so'radi.

โ€” Sharbat yoki ichimlik?

โ€” Men ichib ko'rmaganman, sharbat.
Caeliana bosh irg'ab qo'ygancha barmenga burilib o'zi uchun Vino Yeinga esa sharbat aytdi. Ularni ichimliklari tayyor bo'lgach Caeliana Yeinning bilagidan tutib bir to'la yoshlar raqs tushayotgan sahnaga olib ketdi. Yein qolganlar adrenaline olib Caeliana bilan birgalikda davrani markazida raqs tushishni boshladi. Buni bir chetdan kuzatib turgan Jungkookning ko'zlari egalik va rashk hisi bilan tundlashdi ammo muammo hosil qilishni istamay shunchaki qo'lidagi spirtli ichimlikni ho'plashda davom etdi.

Caeliana Yein bilan raqs tushib, odamlardan olayotgan e'tiboridan xursand bo'lgancha biroz yengilayotgan edi. Qo'lidagini ichish uchun biroz to'xtarkan barning bir burchagida unga tundlashgan nigoh bilan yeb qo'ygudek boqayotgan yigitni ko'rib tilini shaxvoniy chiqargancha yonida uni e'tiborini tortishga urinayotgan yigit bilan raqsga tushishni boshlagandi. Yigit Caeliananing beliga qo'lini qo'ygancha tanasiga teginar ekan Taehyung qo'lidagi vino stakanini mahkam qisgancha sindirib yuborgandi.

โ€” Qachonlardir bo'ysunuvchan qizlarni o'z tipim deb o'ylar edim

Ichida go'ng'illagancha raqs sahnasi tomon yurishni boshladi. Atrofda bir biri bilan shaxvoniy tarzda suykalayotgan va shu yerni o'zida har narsa qilishga tayyor juftliklarni ko'rib yuzini burdi.

โ€”

โ€”

โ€”
#Alora
@Glamour_fanfic