๐ฆ๐๐๐๐ก๐ง ๐ฆ๐ง๐ข๐ฅ๐ | ๐๐๐ก๐๐
> ๐๐ง ๐ก๐ข๐ฌ ๐๐ฒ๐๐ฌ, ๐ฌ๐ก๐ ๐๐จ๐ฎ๐ง๐ ๐ญ๐ก๐ ๐ฌ๐ค๐ฒ ๐ฌ๐ก๐ ๐ฉ๐ซ๐๐ฒ๐๐ ๐ญ๐จ โ ๐๐ซ๐จ๐ค๐๐ง, ๐๐ฎ๐ญ ๐ฌ๐ญ๐ข๐ฅ๐ฅ ๐๐๐๐ฎ๐ญ๐ข๐๐ฎ๐ฅ.
Jungkook qizni iyagini qo'yib yuborib uning o'rniga qizning bilagidan qayta ushlab zarda bilan uni omborxona ichidan olib chiqib ketdi, qiz unga qarshilik qila olmay u qayerga yetaklasa o'sha yerga ketardi. Jungkook qo'rg'ondan chiqgancha qizni mashina ichiga qo'pollik bilan joylashtirdi. Yein Jungkookning bu harakatlaridan qo'rqib qolishga urungan edi u erkin nafas olishga haviqar edi xuddi ovoz chiqarsa yigit unga baqiradi yoki undan ham yomon nimadir qiladi. Qiz Jungkookni mashinaga o'tirishini kuzatib turar ekan yigitning ichida olov qaynayotgandek bezovta va g'azabda ekanligini namoyon bo'lib turar edi. Mashina harakatga kelib katta yo'lga chiqishi bilan Qiz nafasini ichiga yutdi. U ahmoqlik qilib qo'ydi ammo bunda Jungkookning aybi ham juda katta ro'l o'ynar edi. Qiz shu paytgacha nima qilgan bo'lsa ham bir tarafdan haq edi. Ular bir necha daqiqalik yo'lda ketishganidan so'ng qiz ortqi chidab tura olmadi va qo'rquv aralash titroq oralagan to'nda Jungkookga gapirdi.
Yein: Qayerga olib ketyapsan? Rian u yerda o'lib qoladi.
Jungkook: Rian?!! Hozirgi vaqtda seni uning o'lik yoki tirikligi qiziqtiryaptimi?!
Jungkook burilib qizga hech qanday hissiyotni aks ettirmagan qop qora ammo biroz vahimali qorachiqlari bilan qaradi. Yein og'zidagi namlikni yutar ekan tomog'i titraganini o'zi ham sezmadi.
Jungkook: Odam? Seningcha u insonmi?
Qiz Jungkookning ma'no va kesatiq to'lgan so'zlarini tinglar ekan toqati toq bo'lgandi va Jungkookga bu safar qat'iy gapirdi.
Yein: Nima demoqchisan? Har holda u sendek odam o'ldirib buni yashirmagan!
Jungkook: Seningcha shunday. Qayerga ketyapmiz deganmiding? Sening o'ylashingcha Oyingni men o'ldirganman shunday emasmi? Uni qayerga dafn qilganimni ko'rishni istaysan deb o'yladim.
Jungkook gaplarini tugatgach Yein qanday reaksiya bildirishini ko'rish uchun unga qayta burildi. Qizning ko'zlariga qalqib chiqayotgan yoshlarni ko'rgach ko'ksida turgan qandaydir og'riq va aybdorlik hissini chetga surgancha so'zlarida davom etdi.
Qiz yigitning mazohona chiqgan ikki og'iz gapidan so'ng ko'z yoshlarini tiyib tura olmadi. Ko'z yoshlari kipriklarinu namlab pastga tusha boshlar ekan Jungkookning qorachiqlariga nafrat va aniqlab bo'lmas alam bilan tikilib turardi. Yigit ortiq bu nigohlarga qaray olmay, yuzini yo'l tatafga qaratdi.
Bit necha daqiqalik o'lik sukunatni Yein juda sekinlik va charchoq bilan chiqgan tovushi buzdi.
Yein: Chindan bu senmiding?..... Yuragim tubida bir ovoz bu sen emasligingni ta'kidlayveradi, biroz bo'lsa ham ishongandim seni qo'lingdan bu ish kelmasligiga, menga ozor beradiga ishlar qilmasligingga.... chunki meni chindan sevasan deb o'ylar edim. Senga ishonar edim... bu narsani eshitganimdan keyin ham bu Jungkook bo'lishi mumkin emas u bunday qila olmaydi degan o'y hayollar ich etimni kemirardi.... ammo sen...
Qizning ko'z yoshlari yuzini ho'l qilib yanoqlaridan pastga tushar ekan u hiqqilagancha Jungkookga gapirishda davom etdi. Yuragida turgan sanchiqni bartaraf etish uchun ko'ksiga qo'lini qo'ygancha, g'ijimlardi.
Yein: Jungkook, sen buni qilding shu holatda ham seni bunday qila olmasligingga ishonishni xohlayotgan o'zimdan nafratlanib ketyapman.
Yein: Nimani bas qilay! O'zimni ahmoq ekanligimni anglab yetdim endi nafratlanishimga qo'yib ber!
Yigit bir qo'li bilan qizning jag' qismidan ushlagancha o'ziga yaqinlashtirib tishlari orasida vishilladi. Bir qo'li bilan mashina boshqarishda davom etdi.
Yein: Meni shunchaki buyumdek ishlatganingni tushunib yetdim endi o'z holimga qo'y! Meni uloqtirib yubor axir mendan foydalanib bo'lding!! Oyimni men tufayli o'ldirib bo'lding, seni qing'ir ishlaringni to'xtatadigan bir insonni boshiga yeding! Endi men bilan nima qilmoqchisan? O'z qo'li bilan oyisini o'lim changaliga tashlagan ongi past qiz bilan nima qilmoqchisan?!
Jungkook Yeinning gaplarini tinglar ekan, shunchaki uni bag'riga bosib aslida hammasi bunday emasligini tushuntirib, qizning yanoqlaridan va to'la va qirmizi lablaridan to'ygancha
bo'sa olib ularning orasida qurilib mustahkam o'rina ega bo'lishga ulgurgan bu muzli devorlarni olib tashlashni istaydi. Oldingidek hech qanday tashvish va g'azablarsiz qizni bag'riga olib birgalikda avvalgidek bir - birining g'amlariga va muammolariga birgalikda yechim topishni xohlaydi. Yigit qizga tikilib qarar ekan qovoqlariga kelib tiqilgan ko'z yoshlarini his qildi va yuzini burgancha kipriklarinu pirpiratib tushishga tayyor namlikni ortga qaytarib yubordi.
Jungkook : Yein, men sendan manfaat uchun foydalanmadim, seni ko'rganda tinimsiz tez uradigan yuragimni tinchlantirish uchun doim seni yoningda edim. G'aflatga botgan dunyodan faqatgina seni ko'zlaringga boqganimda, bag'rimga bosganimda uzula olar edim. Seni deb men kurashishni boshladim, tik oyoqga tura oldim. Seni ko'rmasdan tura olmasdim, senga egalik qilishni istadim chunki boshqa bir erkak zoti senga tikilsa yoki egalik qilsa men bunga chiday olmasdim. Bu olamdagi kim menga qarshi chiqsa ham seni o'zimniki qila olar edim. Ilk marta meni yonimga yordam so'rab kelganingda men bir narsani angladim : Sen meniki eding faqat va faqat men uchun yaralgansan. Hozir ham shunday.
Qiz yigitdan nigohini uzgancha ko'z yoshlarini artdi va oynadan tashqariga qaragancha biroz muddat shu holatda qoldi.
Yein: Shunchaki meni tinch qo'y. O'z hayotimda o'zim yashashimga qo'yib ber. Seni ko'rishni xohlamayman.
Jungkook biroz oldin yig'layotgan qizdan hech qanday emotsiyasiz yangrayotgan bu so'zlardan ko'ksida og'riq turdi, ammo buni cherga surishga qaror qildi.
Jungkook : Yaxshi... seni tinch qo'yaman... ammo hozir men bilan birga borasan va ko'rganlaringdan so'ng ham bu fikringda qat'iy qolsang seni hayotingdan chiqib ketaman. Qaytib Jungkook ismini eshitmaysan!
Yigit gaplarini tugatgach shunchaki chuqur nafas olgancha ichiga yutdi va mashinani bir maromida haydashda davom etdi. Yein anglab bo'lmas hislarni his qilar ekan ko'zlariga qayta namlik qalqirdi.
Pov Yein : Jungkook ismini qayta eshitmaslik? Bu qanday bo'lgan bo'lar edi? . Men undan kechib keta olamanmi ? Uni tashlab ketish qo'limdan kelishi mumkinmi? Men bunday holatga sen bilan tushushimizni hech ham xohlamas edim, eng boshida hammasi go'zal edi. Sen ham men ham, sevgimiz ham ammo bu go'zallikni botqoqga tortib ketayotgan sensan. Men sendan ketishni xohlmasam ham seni qilgan bu qilmishlaringdan so'ng sen bilan qola olmayman... ammo seni tark etish ham qo'limdan kelmaydi. Yagona tilagim sen menga ko'rsatmoqchi bo'lgan narsalar sen tomonga ishlasin, bo'lmasa bundan keyun sodir bo'ladigan ishlarni o'ylashni ham istamayman....
Bir necha o'n daqiqalar ichida Jungkook mashinani sekinlashtirib to'xtatdi. Yo'l bo'yi Yein ovovsiz yig'lagancha kelar ekan birdan to'xtagan mashinani sezgach yengi bilan ko'z yoshlarini artib tashladi va chuqur nafas olib chiqargancha yuzini Jungkook tomonga burdi. Yigit mashina ruliga qaragancha hech qanday harakat qilmasdan o'yga tolganini ko'rgach atrofga ko'zini alanglatdi. Shaxar chekkasi atrof huvillab qolgan, kech tushib qolgani tufayli oy nuri mashina yonidagi ko'lmakka tushib tunni yanada qo'rqinchliroq qilib ko'rsatar edi. Bu yerda birgina yorug'lik oy bo'libgina qolmay ulardan ancha naridan qandaydir shul'a ham bor edi. Yein qoshlarini ko'targancha o'sha lip - lip shul'aga qarar ekan u elektr lampochkasi va u shu yerdagi bir kulbaga o'xshash ammo turishidan zamonaviy uylardek bo'lgan xonadon eshigi tagiga ilinganini angladi. Qiz chalkashlik ichida qolgancha Jungkookga burilib qarar ekan yigitning nigohi o'sha uydan kelayotgan nurga tikilgan edi. Yein birdan yomon hayollar ichida qolar ekan, mashina eshigini ochib qochishga urundi ammo Jungkook uni bir deganda bilagidan ushlab qayta o'rindiqga joylashtirdi.
Yein: Jungkook, telba bo'lma nima qilmoqchisan? Meni bu yerga umrbod qamab qo'ya olmaysan axir! Qo'yib yubor meni! Ketaman! Qo'lingni ol.
Jungkook : Yein! Tinchlan endi!! Menga nega maxluqdek munosabatda bo'lyapsan!! Meni shunaqa erkak deb o'ylaysanmi? Biroz bo'lsa ham ishonching qoldimi menga nisbatan? Yein? Javob ber! Biroz bo'lsa ham
Jungkook jahl va og'riq bilan tez tez nafas olgancha qizga qarar ekan ortiq chidab tura olmay rulga qo'lini ura boshladi.
Jungkook : Jin ursin!! Jin ursin seni Yein menga qo'rquv bilan qarashni bas qil!! Bas qill bu meni ich ichimdan tamom qilyapti!!
Jungkook zarba yegan qo'lidan qon sizib chiqar ekan yigit bunga endi e'tibor bergancha jahl bilan mashina eshigini ochib undan tushgancha qayta zarda bilan yopdi va qonayotgan qo'lini sochlari orasiga suqib asabiylik bilan siqimladi.
Jungkook : Bizni bu ahvolga solgan har bir insonni sog' qoldirmayman...
Jungkook nafasi ostida vishillar ekan Yein sekin mashina eshiginj ochib uning yoniga yaqinlashdi.
Yigit qizning ovozini eshitgach unga o'girildi bir muddat uning nigohlarini o'ziniki bilan ushlab turgach unga yaqinlashgancha qo'lidan mahkam tutdi. Va o'sha uycha tomon uni olib keta boshladi. Yein borishni istamasa ham yigit boshlab ketayotgan yo'l tomon harakatlanishda davom etdi. Jungkook uy eshigi yoniga kelgach uni ochishdan oldin qizga qaradi. Bu qarash xuddi so'ngi martadek chuqur va ma'noli edi. Jungkook eshikni ochgancha oldin o'zi keyin esa Yeinni ichkariga kiritdi va eshik qulfini qayta ilgancha uy ichiga chuqurroq kirdi. Ular bir eshik yoniga kelishganida undan bir ayol chiqib keldi va Jungkookga boshini biroz eggancha tazim berdi. Jungkook esa ayolning qo'lidan tutgancha qaddini tiklashiga yordam berdi.
Jungkook : Bunday qilishingiz shart emas.
Bu vaziyatni chetda kuzatib turgan Qiz qoshlarini savol tariqasida ko'tardi. Ayol va nihoyat e'tiborini Jungkookdan Yeinga ko'chirgach yuziga tabassum yugurdi.
Ayol : Bu uning qizimi? Sen aytgan qaysar qiz ammo yoqimtoy?
Ayol jilmaygancha Jungkookga savol berar ekan uning javobini kutmasdan Yeinning yoniga keldi va uning yuziga qo'lini yugurtirgancha bag'riga oldi.
Ayol : Jungkookni aqlidan ayrgan go'zallik sen ekansanda.
Ayolning tasodifan qilgan bu harakatidan qiz joyida qotdi va Jungkookga chalkashlik bilan qaradi.
Yein: Uning qizi deganda nimani nazarda tutdingiz?...
Yein ayolning quchog'idan chiqaancha savol berdi. Ammo ayol javobni Jungkookga qarab gapira boshladi.
Ayol: Unga hali ham aytmadingmi?
Jungkook: Aytsam u ishonmas edi.
Jungkook shunday degancha Yeinning qo'lidan tutib biroz oldin ayol chiqgan xonaga olib kirib ketdi va ortidan eshikni qulfladi. Qiz xona ichiga kirgach uning markazidagi yotoqga qarar ekan unda qo'liga ilingan osma ukol ta'sirida uxlayotgan insonni ko'rib nafas olishi bir daqiqaga to'xtadi.
Qiz yugurib yotoq yoniga borgancha tiz cho'kdi va oysining yuzlaridan silab o'pishni boshladi.
Qiz oyisining uyqudagi tanasini quchgancha ko'z yoshlariga erkinlik berar ekan ayol Yeinning piqillagan ovozidan ko'zlarini ochdi. Va qo'lini farzandining boshiga qo'ygancha silashni boshladi.
Ayolning nimjonlik bilan chiqan ovozidan Yein boshini ko'tarib unga qaradi.
Yein: Siz shu yerdasiz. Meni yonimda... Bu haqiqat...
Yein yig'idan shishib qizarishga ulgurgan ko'zlarini ko'rgan ayol jilmaydi.
Lee xonim: Nega yig'lading, axmoq qiz? Jungkookdan arazladim dema. Kuyovimni hafa qilgan bo'lsang sen qizni taziringni beraman.
Lee xonimning gaplaridan so'ng Jungkook kulib yubordi. Yein oyisining gapini eshitgach o'rnidan turib ularni kuzatib turgan yigitga buruldi.
Yigit qizga qarar ekan jilmaygancha bag'rini unga ochdi. Qiz o'ylab o'tirmasdan o'zini Jungkookning bag'riga ko'mdi.
Yigit qizning bo'yniga yuzini ko'mgancha iforidan nafas olar ekan ancha vaqt his qilmagan hotirjamlik tanasi bo'ylab tarqaldi. Jungkook qizning iliqligini qayta his qilar ekan yuragidagi notinch bo'ron mana endi tingandek edi.
#Alora
@Glamour_fanfic