September 20, 2025

π—¦π—œπ—Ÿπ—˜π—‘π—§ 𝗦𝗧𝗒π—₯𝗠 | 21β€“π—˜π—£

He was silent, yet I could see a strom in his eyes

Jungkook o'zini hammaning ko'z o'ngida sevgilisiga jahl qilishdan tiyib tishini - tishiga qo'ygancha Yeinning quloqlariga egilib past ovozda so'zladi buni qizdan boshqa hech kim eshita olmasdi.

Jungkook: Men yutaman va bu qilgan xunaring uchun yaxshigina jazo olasan, moychechak ko'zligim!

Jungkook jahl to'lgan to'n bilan vishilladi va qaddini tiklab qizning qo'lini o'ziniki bilan birlashtirib moto poyga bo'ladigan yerga yetaklab ketdi. Ularning orqasidan Dias mamnunlik va ayyorlik bilan jilmaygancha yonidagi sherigiga shivirladi.

Dias: Ikki oshiq kabutarimiz orasida qandaydir jiddiy muammo borga o'xshaydi. Bundan yaxshilab foydalanib qolgan ma'qul shunday emasmi?

Dias sekin kulib yuborgancha katta ochiq maydonga ildamlab ketdi. Ular yetib kelishgach Jungkook Yeinni odamlardan yiroqroq bo'lgan ammo poygani ko'rish uchun ajoyib yerga olib keldi va quloqlariga egilib so'zladi.

Jungkook: Hech qanday muammo boshlamasdan faqatgina shu yerda tur!

Gaplarini tugatgach Jungkook maydon tomonga qarab ketdi. O'zining mototsikli allaqachon start yonida turganini ko'rgach Yeinga bir nazar tashlab start yoniga keldi va shlemini kiydi. Hamma qichqiriq bilan ularni olqishlab qo'llab quvvatlar ekan Jungkookning nigohlari qizdan uzulmas edi. Trassaning o'rtasiga ochiq kiyinib olgan qiz qo'lida to'pponcha bilan chiqdi. Hamma uning otishini kutganda qiz Jungkook tomonga yaqinlashib pistolet uchini Jungkookga niqtadi. Bu holatni boshidan kuzatayotgam Yein qalbids turgan qo'rquv bilan oldinga qadam tashladi ammo boshlovchi qiz yigitning quloqlariga egilib pichirlagancha qayta joyiga bordi. Yein qoshlarini ko'targancha nima bo'lganini anglab ulgurmasidan uning yonidagi odamlar teskari sanoqni boshlab yuborishgan edi ammo uning fikr-u hayoli Jungkook bilan hozirgina bo'lgan voqeada edi Yein ichida g'azabni his qilib nigohlarini yigitdan oldi va qo'llarini ko'ksi ustida bog'ladi. Odamlar teskari sanoqni tugatgach boshlovchi qiz qurolidan o'q uzdi va poygani boshlanishini e'lon qildi. Ikki mototsikl ham tezlik bilan startdan chiqib ketar ekan ularning ismini aytib chaqirayotganlar kam emas edi. Yein to'satdan Diasning ismini aytib qichqirishni boshladi. Jungkook mototsikl tovushi orqali uning nima deb baqirayotganini eshitmasa ham lablarining harakatidan qanday so'z sizib chiqayotganini aniq bildi va ko'zlari g'azabdan qisildi. Mototsikl ro'lini mahkam ushlagancha tezligini oshirib Diasni orqada qoldirib ketdi. Uning hayolini g'azab to'sib bo'lgan edi. U o'ylay oladigan yagona narsa bu yerdan chiqish va sevgilisini bosqani ismi chiqayotgan shu lablaridan qon qochmaguncha bo'sa olish. Ammo birdan mototsiklning tezligi pastlab ketishi butkul unung hayollarini o'chirib yubordim yigit boshqaruvni yo'qotishiga bir bahya qolganida o'zini to'g'irlab oldi bu vaqtda esa Dias uning yonidan allaqachon ancha oldinlab ketgan edi. Jungkook mototsiklning ostiga qarar ekab uzilib qolgan simni ko'rib yuzi tundlashdi va Diasga o'lin nigohini tashladi ammo Dias orqasiga o'girilib qaragancha yanada tezlikni oshirib butkul Jungkookni orqada qoldirib ketdi.

Jungkook: La'nati, shu o'yindan sog' chiqsam seni nimtalab tashlayman.

Jungkook shunday degancha tagidagi matoxni buzulganligiga qaramay tezlikni qayta oshirdi. Bu uning o'z joni uchun xatarli, mototsikl bu nosozlik uchin istalgan vaqtda portlab ketishi mumkin ammo Jungkook shunchaki sevgilisini birovning qo'llariga o'z imkoniyati bilan topshirib qo'ya olmaydi. Yigit gazni bosib Diasga yetib olishiga ozgina qolganda mototsikl o'ziga berilayotgan kuch tufayli silkinib qoldi. Yein buni bir chetda kuzatib turar ekan yuzini havotir bosgandi. Qiz qo'lini qo'li orqali o'ynagancha ichidagi qo'rquv va umid bilan Jungkookga tikilib turardi ammo behosdan uning ortidan kimdir shivirladi.

X: Jungkook haqida bunday qayg'urar ekansan nega bu o'yinga o'zingni tikding? Mukofoti sen bo'lganing uchun Dias poygada g'irromlik qildi.

Yein ortida yuzida jilmayish va qandaydir zavq aks etgan qizga burilar ekan uni boshlovchi qiz ekanligini ko'rdi.

Yein: U hiyla ishlatgani uchun hech qanday jazo olmaydimi?

Yein qoshini

savol tariqasida uchurib gapirdi.

Boshlovchi: U shunchaki mototsikldan ayrilishi mumkin ammo o'yinda yutgan hisoblanadi. Va mototsikldan ayrilish Dias uchun deyarli hech narsa, uning niyati faqat sensan. Ammo Jungkook seni osonlikcha uning qo'liga topshirib qo'ymasligi aniq.

Yein sochlari orasidan qo'lini o'tqazgancha to'zg'itdi va qilgan ishidan biroz afsus chekib chuqur ho'rsinib qo'ydi. Boshlovchi qiz jilmaygancha qizning yelkasidan qo'lini otqazib gapida davom etdi.

Boshlovchi: Ho'rsinish nega? Jungkook sen uchun qo'lidan kelganini qiladi. Buni chuqur o'ylashing shart ham emas. Yigitning Jungkookdek bo'lsa seni omading shu emasmi? To'g'risi senga bu yerdagi qizlarning deyarli hammasi hasad bilan qaraydi.

Yein: Bu nime degani?

Boshlovchi: Sen paydo bo'lishingdan oldin bu jamoadagi har bir qiz seni yigitingni orzu qilishganini bilasanmi? Xatto men ham. Jungkookdek yigitni kim ham xohlamaydi deysan.

Yein ko'z qorachiqlarini aylantirib ensasini qotirdi.

Yein: Qolganlarni qo'lidan faqat istash keladi men esa unga egalik qila olaman. Shunday ekan istaganini qilishsin.

Yein shunday degnacha qizning qo'lini yelkasidan tushurib diqqatini poyga maydoniga qaratdi. Maydon markazidagi bino ichidan bur yigit bu aylana so'ngisi ekanligini ta'kidlagach qiz Diasni oldinda ekanligini ko'rib hafsalasi pir bo'ldi.

Yein: Jungkook... seni yutishingga ishonaman.

Yein pichirlagan so'zlarini tugatar ekan ikki poygachi ham so'ngi aylana bilan finish chizig'ini bosib o'tishdi. Atrofdagi qichqiriqlar va to'polon bir muddat tinchlikka yoyildi, odamlar xatto o'z nafasini ham saqlab turishar edi. Maydon markazidagi katta ekranga finish bosilgani rasmi katta qilib chiqar ekan. Qiz yengillik bilan o'zi anglamagan holda ushlab turgan o'pkasidagi havoni chiqarib yubordi. Jungkook so'zi ustidan chiqdi, u g'alaba qozondi. Dias zarda bilan shlemini yechib yerga uloqtirgach ilk qilgan ishi Yeinni nigohlarini tutish edi. Qiz "yutqazding" ma'nosida bosh irg'ab qo'yar ekan qorachiqlarini atrofini allaqachon olomon o'rab olgan va ular orasida deyarli porlayotgan Jungkookga qaratdi. Yigitning ko'zlariga tik qarar ekan yuzini jiddiylik qopladi. Jungkookni yutganidan qanchalar xursand bo'lsa ham buni namoyon eta olmas edi. Bir muddat Yeinning hayoliga o'sha video yozuvlar kelgach Jungkook uchun biroz iligan qalbi qayta muzliklar bilan qoplagandek sovudi. Jungkook olomon orasidan chiqib Yeinning yoniga shoshdi ammo qizning sovuq ifodasini ko'rib ho'rsingancha qizning yoniga yetib keldi. Qizning qarshisida turib ko'zlariga tikilib qarar ekan. Ularning tubida hali ham saqlanib qolgan illiqlikni payqab jilmayib qo'ydi va bu uning umidini kuchaytirdi.

Jungkook: Diasni qo'llab quvvatlab meni chegaralarimdan chiqargan holda yutqazishimni reja qilganmiding?

Yigit gaplarini mazaxlash ohangida tugatgach qizga yaqin qadam tashladi. Va qo'lini qizning belidan o'tqazdi.

Yein nigohini yerga qaratib xuddi Jungkookdek harakatlanib ortga bir qadam tashladi.

Jungkook: Yein, menga qara.

Yein:....

Jungkook qizning javobini kutar ekan ho'rsinib qo'ydi.

Jungkook: Yuzimga ham qaramaslikni reja qildingmi?

Yein: Mototsikl ishdan chiqqanligini bilgach to'xtashing kerak edi. Seni o'liming sababchisi bo'lib qolishni istamayman! Shunday ekan o'lim haqida reja qilsang menga aloqasi yoq yerlarda qil buni.

Yein gaplarini tugatgach burilib mashina tomon tez qadamlar bilan ketib qoldi. Jungkook qizning bu jumlalaridan jilmayishi kengayib ichidan nimadir o'tganini his qildi ammo yoniga Dias yetib kelgach yuzi tundlashdi. Diasdan qandaydir janjal va muzokara kutgan Jungkook hech qanday muammolar yaratmasdan yonidan o'tiib ketgan yigitga qoshlarini uchurib qaradi. Undan bir necha metr uzoqda turgan odamini ko'rib uni yoniga chaqirdi. Erkak Jungkookni belgisini ko'rgach olomon orasidan tezlikda yigitning yoniga keldi va boshini biroz eggancha Jungkookning buyrug'ini kutardi.

Jungkook: Yeinni uyga olib ket. Hech qanday ziyon yetkazmagan holds uni o'rmon ichidagi qo'rg'onga olib borib qo'y va o'zing qaytib kel.

Erkak boshini "ha" belgisida silkigancha burulib Yein ketgan mashina yoniga bordi.

Yein mashina ichida tashqarida bo'layotgan voqealarni kuzatib turar ekan u tomonga qarab kelayotgan erkakni ko'rib Jungkook tomonga nazar tashladi ammo uning Dias bilan suhbatlashayotganini ko'rib shunchaki jim bo'ldi. Erkak mashina yoniga yetib kelgach biroz boshi egik holda oynani chertdi. Yein oynani tushurishi bilanoq erkak gap boshladi ammo u hech ham Yeinga bosh ko'tarib qaramadi.

Erkak: Janob Jeon, sizni men tashlab qo'yishimni tayinladi, xonim.

Yein bosh irg'agancha oynank qayta ko'tardi. Erkak mashinaga mingach uni o't oldirib tezlikda bu yerdan g'oyib bo'ldi Yeinning o'zi bu yerdan ketayotgan bo'lsa ham hayoli Jungkook bilan qolgan edi. Erkak mashinani o'rmonga kirish joyiga yetib kelganda yoqilg'i olish uchun to'xtadi. Qiz yoqilg'i shahobchasiga qarar ekan eski shirin xotiralari hayolidan kaseta singari o'tar edi. U Jungkook bilan ilk marta shahobchada ko'rishishgan. Qiz Jungkookni ilk marta ko'rganida yuragidan his qilgan jizillashni hozir ham his qildi. Yein shaxobcha do'koni ichiga qarar ekan Jungkook unga olib chiqgan oyoq kiyimning xilidan ko'rib yuziga tabassum yugurdi, osha krasofkaga tikilgancha o'yga toldi. O'sha vaqtda Jungkook bir tomondan juda ham muloyim bir tomondan bezori yigitga o'xshab ko'ringan qizning ko'ziga. O'sha vaqtdagi Yein sevgan yigit bilan hozirgi yigitni orasida juda katta farq bor... Yein o'tmishni eslab kelib chiqgan ko'z yoshni sezmadi hayollariga juda ham sho'ng'ib ketgan edi. Qiz mototsiklga ilk marta minganiga his qilgan qo'rquvini Jungkookni quchganidan keyin yo'qolib ketganini qayta his qilishni istaydi... Jungkookni hech qanday qo'rquvlarsiz qayta quchog'iga olishni istaydi ammo endi buning iloji yo'qdek.

Yein: Qani edi o'sha vaqtda ketib qaytib kelmasang edi... balki sen meni men seni tanimas edik va bu ishlarni boshimizdan kechirmas edik. Ilk marta sen bilan tanishganimdan afsuslanyapman va buning sababchisi sensan, Jungkook. Oramizdagi masofa sababchisi ham sensan. Men endi seni seva olmayman... senga oldingidek bo'la olmayman...chunki sen ham men sevgan Jungkook emassan. Men qotilni sevmadim, va sevmayman ham.

Yein yanog'iga sizib chiqgan ko'z yoshlarini artib yoqilg'i uchun pul to'lashga kirib ketayotgan erkakga qaradi va miyasiga kelgan fikrdan ho'rsindi va mashina eshigini ochib sekin mashinadan tushgach. Atrofga bir nazar tashlab olgach o'rmon ichi tomon yugurishni boshladi. Qiz oqayotgan yoshlarini qo'llari bilan artgancha quyuq o'rmon ichiga qarab ketardi. Ortiga qaramasdan yugurardi ammo u bilardi uning ortidan qo'riqchi kelishini va yo'lida ilk ko'rgan g'orga o'xshash tuynuk ichiga yashirindi va shu yerda biroz muddat qolishni o'yladi toki qo'riqchi uni yo'qotganiga ishonch hosil qilmagunicha.

Erkak pulni to'lab bo'lgach yo'l uzoqligi tufayli Yein uchun olgan yeguliklar solingan yelim paketni olib sotuvchi bilan iliq hayrlashgancha do'kondan chiqdi. Yaxshi kayfiyatda mashinaga yaqinlashishi bilan qiz o'tirgn tomondagi eshik lang ochiq ekanligini ko'rib joyida qotib qoldi va qo'lidagilarini tushurib yuborgancha bor tezlikda mashina yoniga yetib keldi va bu yerda qizni ko'rmagach yer tepinib jahlini chiqarmoqchidek bo'ldi. Atrofga qarar ekan qizning soch to'qnag'ichi o'rmon tomon ketayotgan chakalakzorga yo'nalgan yerda tushib qolganini ko'rib o'zini o'rmon ichiga suqdi. Erkak o'rmon butalari va shunga o'xshash shoxlarini e'tiborsiz qoldirgancha to'g'riga qarab yugurib atrofga alanglagancga qizdan qolgan biror bir iz topishga intilardi. Qo'riqchi ko'p yugurish orqali biroz to'xtab turgancha atrofni ko'zdan kechirardi. Yigit bir tepalikni ko'rib uni ustiga chiqdi, bu unga atrofni yaxshiroq ko'rishga imkon beradi deb o'yladi ammo unday emas edi.

Erkak: Janob bilsa meni sog' chiqishim dargumon. Ammo ularga aytmasam ham bo'lmaydi. Bu qiz hech qayerda yo'q!

Erkak jahl bilan so'zlarini tugatgach qo'l telefonini olib Jungkookning raqamini terdi. Bir necha urunishdan so'ng Jungkook qo'ng'iroqga javob berdi.

Erkak: Janob, meni kechiring ammo xonim...

Jungkook: Nima bo'ldi?! U yaxshimi?

Jungkook erkakni gapirishiga qo'yib bermay savol berdi.

Erkak: Janob, men shunchaki yoqilg'i olishga to'xtagandim va mashinani 5 daqiqaga tark etgandim qaytganimda esa xonim mashinada emas edi. U qochib ket...

Jungkook erkakni gapini oxirigacha eshitmasdan go'shakni qo'ydi va atrofidagi sheriklariga hech so'z demasdan stoldan turib yugurgancha Diasdan yutib olgan mototsikli tomonga ketdi. Sheriklari uning ortidan borib endi savol beraman deyishganida Jungkook allaqachon bu maydonni tark etgan edi. Yigit tezlikni tobora oshirib borar ekan telefoni orqali qo'riqchining manzilini aniqladi.

^*^*^
Yein erkakning Jungkook bilan bo'lgan suhbatini yashirincha eshitgach bildirmasdan yashiringan joyida chiqib yugurishda davom etdi. Endi u biladi Jungkook ham kelmoqda va u o'zidagi imkonni qo'ldan chiqara olmaydi. Yein oldida chiqgan soyga qarab turar ekan undan biroz uzoqlikdagi ko'prikni ko'rib undan narigi tarafga o'tib ketdi va yugurishda davom etdi. Yein bir necha daqiqa yugurar ekan o'sha unga tanish bo'lib qolgan daraxt va soy oldidan chiqaverardi.

Yein: Jin ursin adashib qoldim.!

Qiz yer tepingancha soydan narigi tomonga qarar ekan, kimningdir sharpasini ilg'adi. Narigi tomondagi inson ham Yeinni payqadi. Bu Jungkook edi. Qiz unga biroz tikilib turgach burilib yugurishda davom etdi. Jungkook ko'prik orqali soydan o'tib qizning ortidan qolmas edi. Yein oyoqlarida mador qolmagan bo'lsa ham to'xtashni istamas edi. U bir buta ichidab o'tar ekan butaning shoxi qizning oyoqlarini tilib yubordi. Qizning og'riqdan chiqgan qichqirig'i Jungkookning quloqlariga yetib borar ekn yigit qalbida allaqanday og'riqni his qildi.

Jungkook: Yein... yugurishni bas qil! Mendan qocha olmaysan buni tan ol va kurashishni to'xtat!.

Jungkookning ovozi o'rmon bo'ylab tarqalar ekan qiz buni eshitsa ham hech taslim bo'lishni istamasdi. Ammo oyog'idagi og'riq tufayli harakati sekinlashgandi va Jungkook unga juda yaqin qolgandi ammo Qiz o'rmon oralab o'ziga yo'l izlab qo'lidan kelgancha qochishga urunar ekan orqasidan qolmayotgan yigitni ko'rib yuragi oyoq uchida urayotgandek edi. Naxotki u sevgan inson shu bo'lsa? U qanday inson o'zi? Qiz chalkashlik ichida qolgancha tilingani tufayli qon sizib chiqayotgan oyog'ida turgan og'riqni e'tiborga olmagancha yugurardi.

Jungkook : Mendagi maxluqni o'zing uyg'otyapsan, Yein keyin meni sevmaslikda ayblama!

Yein yigitning gaplarini e'tiborsiz qoldirdi. Bunda Jungkookning jahli maksimal darajada chiqib biroz oldingi yumshoq fe'lli yigitdan asar ham qolmagan edi.

Jungkook: Qaysarman de! Yaxshi, Bor kuchingni sarflab yugur, moychechak ko'zligim! Chunki men senga yetib olgudek bo'lsam ikkinchi imkonni bermayman!

Oxirida kulgu bilan chiqqan yigitning tahtiddan qizning yuzi oqarib ketdi, yo'lidan chiqgan loyga toyib yerga birlashar ekan uni izma– iz quvib kelayotgan yigitdan qutulish uchun orqaga sudralyotgandi. Nimjon tanasida boshqa mador qolmaganligi tufayli u shunchaki ortga sudralib daraxtga tiralgandi. Yigit o'zidan 5 metrcha naridagi qizga boqib g'olibona kuldi.

Jungkook: Xo'sh qayergacha kelding? Yugurding ammo yana mening qo'llarimdasan!

Yigit qizning yoniga tiz cho'kkancha qizning yuzini siladi. Issiq nafasi esa shusiz ham tez bo'lgan qizning nafas olish ritmini oshirib yubordi.

Jungkook: Eng achinarlisi nima bilasanmi?... Endi mening qo'limdan qochib ham o'lib ham qutula olmaysan! Aytganimdan sen mana shu rahmsiz Jungkookni xohlading endi men uni senga beraman! Meni sevmaysani? Menga farqi yoq , sen har. Doim. Menikisan!

β€”

β€”

Har bir ffni o'qigan odam o'z fikrini bildrisa va har bir ff qismiga reaksiya bossa xursand bo'lardim ff oxirlab qolganida hafagarchilik bo'lmasin guys...

#Alora/#Suna
@Glamour_fanfic