September 17

๐—ฆ๐—ฒ๐˜ƒ๐—ฒ๐—ป

โ€” Hayotimda uchratgan eng go'zal tasodifim bo'lding . . . !

๐—–๐—ต๐—ฎ๐—ฝ๐˜๐—ฒ๐—ฟ ๐Ÿญ

Xashamat bilan to'lgan to'y marosim zali bugun juda shovqinli edi. Kelgan mehmonlar ikki baxtli yoshni tezroq omma oldida yuz ko'rsatishini kutishardi. Ammo ikkinchi qavatdagi zulmatga cho'mgan xona umidsizlik hissini atrofga tarqatardi. Inson nuri so'nadi qachonki o'z hohishiga qarshi hayotini kimdir bilan bog'lasa. Bir burchakda tizzasini quchoqlagancha hayolga berilgan qiz hayotining hozirgi damlarini tush bo'lishini istardi holos. Osmon ham bu baxtsiz kechani yomg'ir ila o'tishini istagandek yomg'ir quya boshlardi. Shunchaki hamma yer qorong'ulik bilan qoplangan zulmatga g'arq bo'lgandek edi holos. Marosim boshlanishi kerak bo'lgan vaqtdan allaqachon yarim soat o'tib ketgan edi. Ammo na kuyov, na kelindan darak bor edi. Mehmonlar allaqachon gapirishni boshlashgandi. Biroz zulmatdan so'ng baland ovoz va osmonni sariq tutun egallab olgandi. Baqir โ€ chaqir, ayollar bolalar qichqirig'ini egallagan yonayotgan inshoot shunchaki ko'zni chaqnashtiruvchi bir nur bilan to'lgandi holos. Qo'llarida olov yoquvchi uskunani uslagancha uzoqdan alam ila qarab turgan qiz shunchaki bu nurni kuzatib turdiyu ortiga o'girilgancha qaysidir zulmat ichiga g'arq bo'ldi.

Bugun yana bir yuraklarni larhzaga keltiruvchi tong otdi. Bu tong kim uchundir yoqimli, kim uchundir zulmatli edi. Quyosh o'z nurlarini yana butun olamga socha boshladi. O'tgan kuni yog'gan yomg'ir tufayli yer hali hamon qurib bitmagan edi. Bunga qaramay insonlar yana o'z ishlari tomon keta boshlagan edi. Hali yomg'ir ifori ketib ulgirmagan yer va mayin shabboda insonga ajoyib kayfiyat ulashardi . . .

Qimmatbaho ko'rinadigan mashina bir katta hashamatli uy yonida to'xtadi. Mashina ichidan nafosat ila bir viqorli qiz ko'rindi. Baland poshnalar ovoz orqali katta hovli ichiga kirib ketayotgan qiz hech bir qo'riqchiyu, xizmatchilarga e'tibor bermasdi. Uy ichiga kirganda esa qizni xizmatchi kutib olgandi.

โ€” Hush kelibsiz Yoona xonim. โ€“ xizmatchi ta'zim qilgancha Yoonaga hurmat bajo aylagan bo'ldi. Yuziga tabassum yugirgan Yoona ham hizmatchiga nisbatan iliq javob qaytardi.

โ€” Raxmat Soyeon honim, haligi Jungkook shu yerdami? Tashqarida mashinasi hali joyida turibdi. โ€“ Yoona biroz intiluvchanlik aralash ohangda niyyatini ayolga ma'lum qildi.

โ€” Janob hali uyg'onmadilar menimcha โ€“ Yoona ayolning javobidan bosh irg'agancha tepa qavat sari intila boshladi. Har bir zina yuzasiga tekkan oyoq kiyim tovushi yuraklarni zir titiratadigandek tuyilardi. Nihoyat mo'ljalangan manzil. Yoona eshik qarshisida bir nafas olib chiqardiyu, eshikni ohista ochib xona ichkarisida doimgidek uhlab yotadigan Jungkookni ko'rishni umid qildi. Ammo yotoq tepasiga kekgan qiz Jungkook yotoqda yog'ligini ko'rib havsala bilan ortiga o'girildi. Yalang tanasidan suv tomchilari bilan dushdan chiqqan yigit faqat bir sochiqqa o'rangan edi. Ikki ko'z bir โ€“ biriga tushar vaqt. Ko'zlar bir โ€ birining o'z ummonlariga g'arq bo'lardi go'yo. Ammo bu vaziyatni Yoona yakunlashni hohlab darhol ortiga qaradi.

โ€” Seningcha men uhlayotgan bo'lishim kerak edi shundaymi? โ€“ Jungkook katta ko'zgu oldiga borgancha yuzlari qizargan Yoonga dedi. โ€” Shuni bilginki biz hali turmush qurmadik Yoona! Sen istalgan vaqtda bu honaga bostirib kira olmaysan, hoh uxlayotgan bo'lsam, hoh boshqa vaziyatda. โ€“ Jungkook qat'iy ohangda o'z so'zlarini qizning ongiga muhrladi. Yoona huddi tilini yutib yuborgan insondek hech narsa demay honadan tezda g'oyib bo'ldi.

Nonushta stoli atrofida ikki yosh bir โ€ niriga hech bir so'z ayta olmay jim o'tirishardi. Televizorda esa ha doimgidek ertalabgi yangiliklar o'z jarangini sochardi.

Boshlovchi | Kuni kecha Pusan shahridagi bir unashtiruv zali yonib ketgan. Kelib tushgan habarlarga ko'ra bu " Kim " oilasing katta og'li bo'lmish " Kim Manyeon "ning nikoh marosimi bo'lgan. Yong'in sodir bo'lgan binoda 12 kishi vafot etgan, 17 kishi esa og'ir jarohatlangan. Yong'in nimadan kelib chiqqani hali noma'lum ammo biz buni tez orada aniqlaymiz. Kim oilasi esa bu ishdan juda afsusda ekanini va yetkazilgan zararlarni qoplashni o'z zimmasiga oldi. O'zingizni ehtiyot qiling sizlar bilan Yoon Xein bo'ldi.

โ€” Taqdir yana bizni uchrashtiradi ammo har doimgidek " Seni sevmayman " deya bir โ€“ birimizni tark etamiz. โ€“ Jungkook o'ziga eshtilar darajada gapirdiyu, homush tortdi. Yuragiga qandaydir narsa azob berardi go'yo. Uning homush ko'zlarini ko'zlarini ko'rgan Yoona Jungkookga yuzlandi.

โ€” Ahvoling yaxshimi Jungkook? Biroz g'alati ko'rinasan. โ€“ Yoona havotirli ohangda ma'lum qilgan bo'ldi ammo uning so'zlari o'z sevgani uchun zarracha ahamiyat anglatmas edi. Sukunat! Javobsiz savollar va javobsiz muhabbat . . . ! Yurak og'riqdan okean to'lqinlari kabi mavj ursa ham, yig'lash uchun sabab bo'lsa ham, ko'zlarida yoshlar tursa ham, chiday olgan ayol eng kuchlisi bo'larkan. Yoona ortiq nimadir deyishni o'rin bilmadi. Davom etdi. O'z javobsiz sevgisini oilaga aylantirish uchun davom etdi. O'sha kulgular jam bo'lgan Nonushta emasdi bu. Sukunat, shunchaki tillardan chiqa olmas va yurakka og'ir bir azob beruvchi sukunat edi.
Nihoyat ko'p vaqt o'tmay ular Koreadagi eng mashhur Kelin liboslar do'koniga yetib kelishdi. Yoona va Jungkook huddi yoshlar kabi qo'llarini ushlab ichkariga kirishdi. Ularni xizmatchilar birin - ketin tizilgan holda kutib olishdi.

โ€“ Hush kelibsiz janob Jungkook va Yoona honim, bizning do'konimizga tashrif buyurganingizdan mamnunmiz โ€“ Xizmatchi tazm qilgancha ularga ehtirom bildirdi.

โ€“ Sohyeon xonim ichkaridalar, hohlasangiz chaqirishimiz mumkin โ€“ Xizmatchi Jungkookdan javob kuta boshladi. Uncha vaqt o'tmay Jungkook " Mayli " degancha bosh chayqadi. Xizmatchi ichkariga xo'jayinini chaqirish uchun kirib ketdi. Ko'p vaqt o'tmay ichkaridan sariq sochli yoshlari o'rtacha 30 โ€“ 35 ni tashkil qiladigan ko'rinishda bir ayol chiqib keldi.

โ€” Sohyeon yaxshimisiz? โ€“ Jungkook uzoq yillik tanishini uchratganidan shod edi.
โ€” Ho'sh seni nima shamollar uchirdi bu yerga? โ€“ Sohyeon Jungkook ortidagi qizga e'tibor qilgancha gapirdi.

โ€” Bo'lajak turmush o'rtog'im bilan shu yerdan kelin libos tanlamoqchimiz. โ€“ Jungkook ma'mnun holda Sohyeonga gapirdi va Yoonani unga tanishtirdi.

โ€” Minso tanishing bu Yoona meni bo'lajak turmush o'rtog'im va hamkorim โ€“ Yigit biroz beparvo holda Sohyeonga Yoanani tanishtirgan bo'ldi.

โ€” Tanishganimdan hursandman men Sohyeonman shu kelin liboslar do'koni egasi. โ€“ Sohyeon qizga qo'lini uzatdi. Yoona ham uni qo'lidan tutgancha bir โ€“ birlari bilan qadrdon bo'lishdi go'yo.

โ€” Mening do'konimdan yaxshisini topolmaysiz, xizmatchilar borib Yoona xonim uchun liboslarni ko'rsating biz uchun esa 2 ta qahva โ€“ ayol shunday degancha Jungkook bilan divanga o'tirdi. Yoona va xizmatchilar ichkariga libos tanlash uchun kirib ketishdi.

โ€” Unga nima qilibdi, Jungkook Sohyeonga qarab biroz hayrat ila qaradi.

โ€” Ahr u qizda ko'ngling yo'q qanday u bilan butun umr yashamoqchisan? โ€“ Sohyeon noligancha Jungkookga dedi. Jungkook boshini egib biroz sukut saqladi.

โ€” Sohyeon bo'ldi men Yoona bilan hayotimni davom ettirmoqchiman โ€“ U yana e'tiborsizlik bilan javob berdi.

โ€” Unda bizga shu libosni o'rab shu manzilga jo'natasiz โ€“ degancha Yooma xizmatchiga manzil yozib berdi. Ammo uning qalbidan nima o'tganini faqat o'zi bilardi holos.

Jungkook to'lovni qilib Yoona bilan Sohyeonga rahmat aytdi va u yerdan ketishdi. Sohyeon esa shunchaki ularga baxt tilab xo'rsinib qo'ydi...!

Biroz vaqtdan so'ng Yoona va Jungkook rejalashtirilgan marosimga yetib kelishdi. Bu yerda odamlar juda ko'p edi. Jungkook va Sena marosimda nutq so'zlashi kerak edi.

โ€” Bizning kompaniyamiz bugun juda katta Yaponiyalik kompaniya bilan birlashdi. Endi biz Sakura xonim kompaniyasi bilan katta osmon opar binolar bunyod etmoqchimiz โ€“ Kelajakning mavhum tilaklari ila so'zlarini tugatgan Yoona endilikda Sakura honim bilan hujjat imzolashdi. Ular endi hamkorlar bo'lishgan edi. Ammo Jungkook o'sha Okean kabi to'lqinlari mavj uradigan ko'zlarni yana ko'rish uchun umid qilardi.

โ€” To'yimizni yoz faslida qilmoqchimiz bilasiz hozir bahor ishimiz eng qaynagan vaqt yoz kelganida to'yimiz albatta bo'ladi. โ€“ Yoona hech qanday xatosiz qisqa va londa izoh qildi so'zlarni.

โ€“ Meni ham chaqirish esingizdan chiqmasin Yoona โ€“ Sakura honim Yoonaga biroz hazil ila so'zladi.

โ€” Sizni unitib bo'larkanmi Sakura honim bu yerdagi barcha mehmonlarni o'z to'yimga taklif qilaman โ€“ Yoona mamnun holda nutq qildi.

Biroz vaqt o'tib marosim tugadi barcha mehmonlar tarqalishdi. Yoona va Jungkook o'z kompaniyalari tomon ketisha boshlashdi. Jungkook va Yoona o'z kompaniyalariga qaytishlari bilan hamma o'z ish o'rinlarini egallashdi. Kotiba esa Jungkookni yoniga kelib gap boshladi.

โ€” Janob Jungkook bugun ishlar juda ko'p aytganingizdek yangi kotibalik uchun nomzodlar xonangizda โ€“ Kotiba Hana Jungkookni bugungi barcha qilishi kerak bo'lgan ishlarini asta sekin sanab chiqardi. Jungkook esa hali ham o'z osmonida hayollari bilan bulutlar tepasida uchardi go'yo. Kotibaning so'ngi so'zlaridan o'ziga kelgan yigit biroz jiddiy tortib unga javob qaytardi.

โ€” Hammasi joyida azizlarim, shartnoma muvaffaqiyatli ravshda imzolandi. Sakura xonimga bizning kompaniya manzur keldi menimcha. โ€“ Yoona mamnun holda gapirdi. Ishchilar esa qarsak chalishni boshlashdi. Biroz vaqt o'tmay Jungkook ham yangi kotibalik uchun nomzodlarni ko'zdan kechira boshladi. Hammasi o'qigan oliy ma'lumotli insonlar edi. Ular bir - birlaridan chiroyli, aqlli, betakror qizlar edi. Ammo negadir hech biri Jungkookga manzur kelmasdi. Shuncha insonlar ichidan hech birini tanlay olishmadi. Jungkook boshini ushlagancha o'tirardi uni sukunatini Hana buzdi.

โ€“ Janob Jungkook kotibalik uchun yana bir nomzod keldi. โ€“ Hana hursand bo'lgancha shunday dedi. Jungkook " kirsin " deganday bosh chayqadi. Ichkariga baland poshnada bir ayol kirib keldi. U juda latofatli edi nafosat ila yurishi hammani o'ziga tortar edi. Uni uzun sochlari esa beliga tushardi. Qiz sekin kelib o'z joyiga o'tirdi. Jungkook hali hamon nimadirlarni yozish bilan band edi.

So'ngi lahza ko'zlar yana bir - biriga tushar payt, olti hayotning yoshlar bilan to'lgan ko'zlar yana o'z oqi atrofida aylanardi go'yo. Hayollar yana bulutdan uzoqroq holos joyda yayradi kulib. Jim bo'lgan xona, sukunat hukmi barcha qalblarni muz qilib qoplab olgandi go'yo.

โ€” Hush kelibsiz โ€“ Yurak larhzaga kelsada tillardan zo'rg'a chiqqan bu so'zlar yana eski taqdirlarni ko'rsatgandek bo'lardi. Unda faqat bir yo'l bor edi, shuki uni tanimagan insondek harakat qilish edi bu.

โ€” Rahmat janob โ€“ degancha qiz kulimsirab ta'zim qildi.

โ€” Tanishib olsak degandim ma'lumot nomangizda siz qaqingizda ko'p narsa yozilmagan. โ€“ Ko'zlar yoshga to'lardi shu dam, u bilardi u qanday gullarni sevishiniyu, uning ko'zlari qanday rang ekanligini. Lekin bu taqdir edi. Qarshi chiqib bo'lmasa o'sha taqdir.

โ€” Mening ism Kim Harin, Yaponiyadagi arxitektura universitutda taxsil olganman. โ€“ biroz gap va suhbat huddi tugagandek tuyilardi.

โ€” Nega bizning kompaniyamizda ishlamoqchisiz? โ€“ Qog'ozdagi savollar asta aytilardi lekin yurak tubidagilar tashqariga chiqishdan holi edi. Jungkook ezilardi o'zi bilsada yana uni tanimagan insondek bu narsani yana takror so'rashdan.

โ€” Shunchaki sizning kompaniyangiz koreadagi eng yaxshilaridan biri. โ€“ Harin yana jim bo'ldi ikkovi ham sukunatni lozim topishdi go'yo. Ammo ko'p vaqt o'tmasdan javob hozir bo'ldi qayta.

Ancha kech bo'lgan edi, Jungkook ketish uchun kostyumini oldi va chiqib ketayotgan payt Harin xonasida uyqusiragancha chiroqni yoqib ishlayotganini ko'rdi. Odatda kompaniyada yarim kechagacha Jungkook qolardi holos ammo bugun Harin ham shu yerda edi. Taqdir doim Harinni chiroyli, muvaffaqiyatli qilib yaratar edi. Muvaffaqiyat uchun harakat qiluvchi bu qiz doim insonlar tomonidan maqtovlarga sazovor bo'lardi go'yo.

โ€” Siz hali ham o'zgarmabsiz Harin โ€“ Eshik yonida qo'llarini ikkiga qayirgan Jungkook qizga nisbatan nimadirni ishora qilgandek bo'ldi.

โ€” Nima? โ€“ Biroz hayrat ila so'ragan bo'ldi Harin.

โ€” Siz hali ham muvaffaqiyat uchun boringizdan kechasiz โ€“ Jungkook ho'rsingancha faqat o'sha to'lqinlarni larhzaga keltiruvchi ko'zlardan javob kutardi.

โ€” Siz huddi meni avvaldan biladigan insondek gapirmoqdasiz. โ€“ Biroz jilmaydi Harin. โ€” Men nega bunday ekanligimni bilmayman ammo siz aytganingizdek yoshlik paytlarimdan juda tirishqoq edim. Siz meni qayerda bilasiz?

โ€” Siz haqingizda bilish biz uchun baxt bag'ishlardi bir paytlar. Siz Kim oilasining vasiyligidagi qizsiz shunday emasmi Harin? โ€“ Siniq kulgular ila aytilgan gaplar barcha yurajlarga alamli bir xotirani kiritgandek bo'lardi go'yo.

โ€” Ha shundaymi, meni odatda insonlar familiyam orqali tanishadi. โ€“ Stol ustidagi qog'ozlarni tartiblagancha gapirardi qiz.

โ€” Ba'zan hayotimizda Familiya orqali emas Taqdir orqali tanish insonlar uchraydi. โ€“ Takror va takror o'shal ko'z yoshlarga limmo lim ko'zlar va siniq kulgular edi bu.

โ€” Gaplaringiz juda sirli Janob. Men biroz tushina olmayapman. โ€“ Hayrat aralash o'sha mungli ko'zlarga tikildi qiz.

โ€” Tez orada siz buni yana tushinasiz va takror โ€“ takror menga lan'atlar aytasiz. โ€“ So'ngi so'zlarni so'zlagan Jungkook sukunatni hukm surgancha o'z yo'li tomon g'arb bo'ldi . . . !

Chapter 1 tugadi. E'tiboringiz uchun raxmat.
Written by Sieun Agreste.