๐ฆ๐ฒ๐๐ฒ๐ป
ใ
คใ
คใ
คใ
คใ
ค
๐๐ต๐ฎ๐ฝ๐๐ฒ๐ฟ ๐ญ
ใ
คใ
คใ
คใ
คใ
ค
Xashamat bilan to'lgan to'y marosim zali bugun juda shovqinli edi. Kelgan mehmonlar ikki baxtli yoshni tezroq omma oldida yuz ko'rsatishini kutishardi. Ammo ikkinchi qavatdagi zulmatga cho'mgan xona umidsizlik hissini atrofga tarqatardi. Inson nuri so'nadi qachonki o'z hohishiga qarshi hayotini kimdir bilan bog'lasa. Bir burchakda tizzasini quchoqlagancha hayolga berilgan qiz hayotining hozirgi damlarini tush bo'lishini istardi holos. Osmon ham bu baxtsiz kechani yomg'ir ila o'tishini istagandek yomg'ir quya boshlardi. Shunchaki hamma yer qorong'ulik bilan qoplangan zulmatga g'arq bo'lgandek edi holos. Marosim boshlanishi kerak bo'lgan vaqtdan allaqachon yarim soat o'tib ketgan edi. Ammo na kuyov, na kelindan darak bor edi. Mehmonlar allaqachon gapirishni boshlashgandi. Biroz zulmatdan so'ng baland ovoz va osmonni sariq tutun egallab olgandi. Baqir โ chaqir, ayollar bolalar qichqirig'ini egallagan yonayotgan inshoot shunchaki ko'zni chaqnashtiruvchi bir nur bilan to'lgandi holos. Qo'llarida olov yoquvchi uskunani uslagancha uzoqdan alam ila qarab turgan qiz shunchaki bu nurni kuzatib turdiyu ortiga o'girilgancha qaysidir zulmat ichiga g'arq bo'ldi.
ใ
คใ
คใ
คใ
คใ
ค
ใ
คใ
คใ
คใ
คใ
ค
Bugun yana bir yuraklarni larhzaga keltiruvchi tong otdi. Bu tong kim uchundir yoqimli, kim uchundir zulmatli edi. Quyosh o'z nurlarini yana butun olamga socha boshladi. O'tgan kuni yog'gan yomg'ir tufayli yer hali hamon qurib bitmagan edi. Bunga qaramay insonlar yana o'z ishlari tomon keta boshlagan edi. Hali yomg'ir ifori ketib ulgirmagan yer va mayin shabboda insonga ajoyib kayfiyat ulashardi . . .
ใ
คใ
คใ
คใ
คใ
ค
Qimmatbaho ko'rinadigan mashina bir katta hashamatli uy yonida to'xtadi. Mashina ichidan nafosat ila bir viqorli qiz ko'rindi. Baland poshnalar ovoz orqali katta hovli ichiga kirib ketayotgan qiz hech bir qo'riqchiyu, xizmatchilarga e'tibor bermasdi. Uy ichiga kirganda esa qizni xizmatchi kutib olgandi.
ใ
คใ
คใ
คใ
คใ
ค
โ Hush kelibsiz Yoona xonim. โ xizmatchi ta'zim qilgancha Yoonaga hurmat bajo aylagan bo'ldi. Yuziga tabassum yugirgan Yoona ham hizmatchiga nisbatan iliq javob qaytardi.
ใ
คใ
คใ
คใ
คใ
ค
โ Raxmat Soyeon honim, haligi Jungkook shu yerdami? Tashqarida mashinasi hali joyida turibdi. โ Yoona biroz intiluvchanlik aralash ohangda niyyatini ayolga ma'lum qildi.
ใ
คใ
คใ
คใ
คใ
ค
โ Janob hali uyg'onmadilar menimcha โ Yoona ayolning javobidan bosh irg'agancha tepa qavat sari intila boshladi. Har bir zina yuzasiga tekkan oyoq kiyim tovushi yuraklarni zir titiratadigandek tuyilardi. Nihoyat mo'ljalangan manzil. Yoona eshik qarshisida bir nafas olib chiqardiyu, eshikni ohista ochib xona ichkarisida doimgidek uhlab yotadigan Jungkookni ko'rishni umid qildi. Ammo yotoq tepasiga kekgan qiz Jungkook yotoqda yog'ligini ko'rib havsala bilan ortiga o'girildi. Yalang tanasidan suv tomchilari bilan dushdan chiqqan yigit faqat bir sochiqqa o'rangan edi. Ikki ko'z bir โ biriga tushar vaqt. Ko'zlar bir โ birining o'z ummonlariga g'arq bo'lardi go'yo. Ammo bu vaziyatni Yoona yakunlashni hohlab darhol ortiga qaradi.
ใ
คใ
คใ
คใ
คใ
ค
โ Seningcha men uhlayotgan bo'lishim kerak edi shundaymi? โ Jungkook katta ko'zgu oldiga borgancha yuzlari qizargan Yoonga dedi. โ Shuni bilginki biz hali turmush qurmadik Yoona! Sen istalgan vaqtda bu honaga bostirib kira olmaysan, hoh uxlayotgan bo'lsam, hoh boshqa vaziyatda. โ Jungkook qat'iy ohangda o'z so'zlarini qizning ongiga muhrladi. Yoona huddi tilini yutib yuborgan insondek hech narsa demay honadan tezda g'oyib bo'ldi.
ใ
คใ
คใ
คใ
คใ
ค
ใ
คใ
คใ
คใ
คใ
ค
Nonushta stoli atrofida ikki yosh bir โ niriga hech bir so'z ayta olmay jim o'tirishardi. Televizorda esa ha doimgidek ertalabgi yangiliklar o'z jarangini sochardi.
Boshlovchi | Kuni kecha Pusan shahridagi bir unashtiruv zali yonib ketgan. Kelib tushgan habarlarga ko'ra bu " Kim " oilasing katta og'li bo'lmish " Kim Manyeon "ning nikoh marosimi bo'lgan. Yong'in sodir bo'lgan binoda 12 kishi vafot etgan, 17 kishi esa og'ir jarohatlangan. Yong'in nimadan kelib chiqqani hali noma'lum ammo biz buni tez orada aniqlaymiz. Kim oilasi esa bu ishdan juda afsusda ekanini va yetkazilgan zararlarni qoplashni o'z zimmasiga oldi. O'zingizni ehtiyot qiling sizlar bilan Yoon Xein bo'ldi.
ใ
คใ
คใ
คใ
คใ
ค