Eclipse
๐ฏ - ๐๐ผ๐ฏ โ ๐ ๐ฎ๐ท๐ฏ๐๐ฟ๐ถ๐๐ฎ๐
Qadim zamonlarda bahor gullari gullab bitgan tomonda, 18 bahor qarshi olgan bir farishta bo'lgan ekan. Uning oltin kabi malla sochlari shamolda uchgan vaqt insonlarni o'ziga shaydo qila olgan ekan. Qishloqdagi barcha yigitlar Min oilasining yagona qizi bo'lmish Min Sorani yoqtirarkan. O'shal paytlar Sora haqiqatdan ham huddi farishta kabi beozor qiz bo'lgan ekan. Ammo kunlar kelib Soraning ham yelkalariga hayot majburiyati yuklanibdi. Endi u farishta kabi bulutlar tepasiga ucha olmasdi go'yo. Soraning ota - onasi o'z qizlari kelajagi uchun uning taqdirini Qirol oilasiga mansub bo'lmish Kim Junseong bilan bog'lashibdi. Kim Junseong tug'ilgan vaqtlaridan ko'zlari ojiz shaxzoda bo'lgan va uning taxtga ega bo'lishi amru mahol edi. Lekin uning turmush o'rtog'i bo'lmish Sora taxt uchun kurashibdi. Vaqtlar o'tib oddiy qishloq farishtasi bo'lmish Min Sora, butun bir saltanatni boshqaruvchi qirolicha bo'libdi. Sora taxtga ega bo'lgach shu qadar takabbur va hudbin insonga aylanibdiki, hatto o'z turmush o'rtog'ini ham o'limga hukm qilibdi. Taxt yo'lida esa minglab begunoh insonlar qonini to'kibdi. Shundan so'ng Min oilasining farishta deya atalgan qizi Sora tarixdan eng shavqatsiz va takabbur qirolicha nomini olibdi. Sora o'limidan oldin " Hamma xiyonatkorlar o'z jazosini oldi, endi esa mening navbatim " deya vafot etgan ekan . . .
* Bir kun kelib barcha insonlar hayot majburiyatini o'z yelkasiga ortadi. Turmush esa bizning majburiyatimizdir, kimdirlar hayotini butunlay barbod qiladi yana kimdirlarnikini avvalgidanda yaxshi qiladi. Bu majburiyat bizni ortiq bulutlar uzra kezishimizdan yiroq qiladi. Ko'z yoshlarimizga sabab bo'ladi hatto kun kelib o'limga ham mahkum qiladi. Shu kungacha o'z hayotidan baxtli bo'lgan biror inson uchratmadim. Doimo siniq kulgular, ma'yus ko'zlar guvohi bo'ldim. Buning barchasi shu majburiyat tufayli edimi? Men buni aniq bilmasdim ammo men bu majburiyat yo'llarida baxtli bo'lishni istardim . . . *
โ Sieun tayyormisiz? โ O'z hayollari bilan allaqayerda sayr qilayotgan Sieunning sukunatini opasi Seolram buzgan bo'ldi. Hayollari sekinlik ila joyiga qaytgan Sieun opasiga yuzlanib ma'yus kuldi.
โ Ha Seolram deyarli tayyorman. โ Qiz qayta ko'zguga qaragancha o'z ko'zlariga tikilardi. Yana o'shal qayg'u, sukunat edi. Seolram sekinlik ila singlisi oldiga cho'kkalagancha gap boshladi.
โ Mana sizning ham baxtli kunlaringiz keldi Sieun. Bu kunni ko'rganimdan juda shodman โ Barcha insonlar kabi o'zini husand ko'rsatishga urunayotgan Seolram hech ham buni eplay olmasdi. Sieun bilardi opasining bu ma'yus ko'zlarida qancha dard bor ekanligini.
โ Nega mening azobli kunlarim uchun ilk qadamlarim barchaga baxt beradi? โ Oraga quyuq tuman tushgandek bo'ldi go'yo. Seolram gap topa olmasdi. U hatto buni rad ham eta olmasdi. Yana o'sha qishning sovuq aurasi ikki qalb orasida kezardi.
โ Nega bu qadar azob cheksangiz ham sukut saqlaysiz Seolram? Bizning baxtli bo'lishga haqqimiz yo'q edimi sizningcha? โ Ko'zlardan yoshlar chiqishga tayyor vaqt edi. Agarda fursat bo'lsa o'shal dardlar tashqariga chiqardi balki . . .
โ Bir kun javob berishadi. Siz - u bizning ko'z yoshlarimizga sabab bo'lgan insonlar barchasi javob beradi Sieun. Xotirjam bo'ling. โ Titroq va nafrat ila aytilgan bu so'zlar Seolramning ko'z yoshlariga sabab bo'ldi. Seolram o'shal qahvarang ko'zlaridan oqayotgan kumush zarrachalarini artdiyu yana gap boshladi. โ Sieun endi siz ham saroyda bir o'rin egallovchi inson bo'lasiz. Saroy bu huddi urush maydoniga o'xshaydigan joydir, barcha faqat bir narsa uchun kurashadi ya'ni ga'laba uchun, u yerda hech kim sizni asrab o'tirmaydi. Faqat o'zingiz uchun harakat qilasiz. Hatto kun kelib yaqinim deb bilgan insoningiz sizga xiyonat qilishi mumkin. Sizdan shuni iltimos qilamanki, endi kuchli inson bo'ling . . . โ Quloqlarga kirgan bu so'zlar insonni huddi katta urushga asta tayyorlagandek tuyilardi. Sieunda biroz qo'rquv paydi bo'lgandek edi shu on. Sieun asta Seolram tomon qaradi va uning mayin qo'llarini kaftlari orasiga oldi.
โ Va'da beramanki bir kun kelib agarda ikkimiz urush maydonida dushman bo'lsak g'alabani o'z qo'llarim ila sizga topshiraman Seolram. โ Sieunning so'zlari yurakdan nimanidir ayrigandek bo'lardi go'yo. Bu so'zlardan Sieun hali ham Seolram uchun borini berishga tayyordek tuyilardi . . .
Marosim ham o'tib ancha kech bo'lgandi. Qadim zamonlardan beri bor bo'lgan bu urf - odat insonni biroz holdan toydirgandek qilardi go'yo. Saroy yo'laklarida asta - sekinlik ila hayotining ilk qadamlarini tashlab borayotgan Sieun o'z taqdiri haqida qayg'urardi, u bilmasdi bundan keyin hayot uni qanchalar sinov bilan sinashini. Nihoyat o'shal kelinlik libosini kiygan qiz uchun tayyorlangan xona qarshisiga yetib kelganda barcha to'xtadi. Qo'llarda allaqandek qaltiroq bor edi, Sieun hayajonlanardi. U bugun majburiyatni yelkasiga yuklardi va ortiq bulutlar uzra ucholmasdi. Eshik ochilish sadosi va oyoq tovushlari ichkarishga asta kirishi eshitilardi holos. Yuraklar qinidan chiqishga tayyor edi go'yo. Yotoq ustiga asta o'tirgan qiz va sukunat. Xonadan hamma allaqachon yo'q bo'lgandi. Shamol tovushlari es qaysidir qayg'uli taqdirlarning hikoyasini vujudga keltirardi.
Allaqachon oydin kechalarning qayg'usi atrofga tarqalgan edi. Yarim kechagacha turmush o'rtog'ini kutib charchagan Sieun deraza tokchasida osmonga tikilgancha o'tirardi. Yurak bu darddan ming bora azob chekardi holos.
โ To'lin oy chiqdi ammo bugun yolg'izman . . . - shamol tovushlariga mos ravshda chiqqan bu ovoz shunchaki sukunatga singib ketgandi. โ Balki bu dunyoda vujudga kelishimning o'zi xato bo'lgandir, balki men haqiqatdan ham tavqi lan'atdirman. Balki mening taqdirim faqat qayg'u ila yozilgandir . . . - allaqachon ko'zlarga yosh kela boshlagandi. Yashash uchun umid qolmayotgan vaqtlar oyga doim dardini aytgan qiz, bugun negadir sukunat bilan baham ko'rardi uni. โ Men o'lishni istamayman, ammo bunday yashashni ham. Men shunchaki nimadir his qilishni istardim. - dunyo shunday edimi yoki sevgi? Balki bu majburiyatimizning ilk bo'lagidir . . .
Quyoshning zarrin nurlari allaqachon butun bir xonani egallab olgandi. Deraza oldida ochiq qolgan pardalar uzra o'tib kelayotgan nur to'g'ri uyqu bag'rida bo'lgan qizning yuzlariga qandaydir bir yorug'lik bag'sh etardi. Lekin baribir qo'llar, tana barchasi sovuq edi.
Nihoyat asta - sekin ko'zlarinni ochgan qiz sekinlik bilan yoniga qaradi. To'shak bo'm - bo'sh. Hayot uning qanotlarini qayrgandi. Bulutlar uzra baxt sari uchish uchun yo'llarini yopgandi. Ko'zlar allaqachon marjon yoshlarga to'lgandi go'yo, yig'lash payida bo'lgan qiz ko'z yoshlarni to'xtatish uchun qo'llari ila ko'zlarini qattiq siqdi.
โ Haqqing yo'q! Yig'lash uchun haqqing yo'q Sieun. โ Ko'zlarini siqqancha o'tirgan qiz, tez orada o'ziga keldi. Tezlik bilan to'kashdan tushdiyu, saroydagi birinchi kuni uchun tayyorlandi.
Allaqachon kunning yarmi edi. Bahor oylari bo'lgani uchun shamol uvillagancha har yoqda kezardi. Hovlida gullar tomosha qilgancha yuragan ikki opa - singillar yuziga allaqachon kulgu yugirgandi.
โ Birinchi kechangiz qanday o'tdi? โ biroz ikkilanish ohangi ila so'radi Seolram.
โ Men haligi . . . โ Sieun ayta olmasdi nimalar bo'lganini chunki unda aytish uchun hech narsa yo'q edi.
โ U kelmadimi? โ huddi nima bo'lganini bilgandek homush bo'ldi Seolram. Sieun biroz sukut saqladi.