April 15, 2020

Future Perfect

1️⃣.Kelasi tugallangan zamon kelasi zamonda biror vaqtdan oldin tugagan ish harakat uchun ishlatamiz.

🔸I shall have read the article by five o’clock. 🔹Men soat beshgacha maqolani o’qib bo’lgan bo’laman 🔸She will have delivered all the newpaper by 8 o’clock 🔹U soat 8 gacha hamma gazetalarni tarqatib bo’ladi.

 Izoh : Keling endi sal maydalab o’rgansak. Sizlarni Past Perfect eslarizda bo’lsa, unda ham o’tgan zamonda biror ish-harakatdan oldin sodir bo’lgan ish-harakatni aytish uchun Past Perfect ishlatar edik. Bu zamon ham shunaqa faqat farqi Future Perfect kelasi zamon uchun . Kelasi zamonda biror ish-harakatdan oldin sodir bo’lgan ish-harakat uchun biz Future Perfect ishlatamiz. Bizda kelajakda ikkita ish sodir bo’ladi misol uchun bittasi soat 7 da ikkichisi 8 da bo’ladi. Endi biz soat 7 da sodir bo’lgan ish-harakni uchun Future Perfect ishlatamiz.

The train will leave the station at 9am. You will arrive at the station at 9.15am. When you arrive, the train will have left.

Poyezd bekatdan soat 9da jo’naydi. Siz soat 9:15 da bekatga yetib borasiz. Siz yetib borganingizda, Poyezd jo’nab ketadi(borganizda ketib bo'lgan bo'ladi)

Buyerda yana o’sha o’sha qoida 9:15 yetib boryabsiz bu bitta harakat. Poyezd 9da jo’nab ketadi bu boshqa harakat. Oldinroq sodir bo’lgan harakat uchun Future Perfectni ishlatyabsiz. Qisqaca o’rganmoqci bo’lganlarimiz bugunga shu.

✳️Bilib qo’ygan yaxshi✳️
1️⃣Kelasi zamonda biror vaqtdan oldin sodir bo’gan ish-harakat uchun Future Perfect ishlatamiz. Kelasi zamondagi bu vaqt quydagicha ifodalanishi mumkun

by 5 o’clock (soat beshgacha), by Friday( Jumagacha,) by the 20th of December (20-dekabrgacha), by the end of the year (yilning oxirigacha), by that time (o‘sha vaqtgacha) va boshqa vaqt ko‘rsatkichlari bilan.

2️⃣Future Perfectni By, before, by then , by the time until/till so’zlariva shu so'zlar bilan kelgan gaplar bilan ishlatamiz

❗️Until/till faqat inkor(negative) gaplar bilan keladi
🔸She will have finished the report by tomorrow.(not until/till tomorrow)
🔹She won’t have completed the report until/till 5 o’clock

3️⃣.Biz hozirgi va o’tgan zamon uchun bashorat, faraz qilishda Future Perfectni ishlatamiz. Bunda gapruvchi nimadur sodir bo’lganiga yoki bo’layotganiga ishonadi. Ma’nosi must fe’lining ma’nosiga yaqinlashadi.