July 2, 2020

Test ishlash sirlari

Blok fanlariga ingliz tili shu yildan boshlab qo’shiladigan abituriyentlarning 99 foizi ingliz tili testlarini tavakkalga asoslanib bajarishadi. Hatto bunday abituriyentlarning yarmidan ko’prog’i ingliz tili haqida umuman tushunchaga emas, desak ham adashmagan bo’lamiz. Ingliz tili fani bo’yicha tayyorlanishga hech qancha vaqt qolmaganligi, tayyorgarlik ko’rishni endi boshlovchilar mukammal darajada test bajarishni o’rganishga baribir ulgura olmasliklari va ohir oqibatda, yuqorida aytib o’tilganidek, bu yilgi kirish imtihonlariga ingliz tili yangi blok fan sifatida kiritilgan abituriyentlarning ko’pchiligi ingliz tili testlarini faqat tavakkalga asoslanib bajarishni rejalashtirib turishganliklarini hisobga olgan holda ingliz tili testlarini tavakkalga asoslanib bajarish yo’riqnomasini e’tiboringizga havola etmoqchiman.

Bu maqola orqali men hech kimni kirish imtihonlarida tavakkalga asoslanib test bajarishga undamoqchi emasman. Aksincha, kutilmagan o’zgarishlar oqibatida ingliz tili testlarini tavakkalga asoslanib bajarishga qaror qilgan abituriyentlarga shu tavakkal bajariladigan testlaridan ham ma’lum darajada samara hosil qilishlarida ko’maklashmoqchiman. Yodingizda bo’lsinki, quyida berilgan tushunchalar har doim ham to’g’ri bo’lavermaydi. Bu yo’riqnoma ingliz tilini umuman bilmaydigan, testda to’liq tavakkal qilishga qaror qilgan abituriyentlar uchun. Testlarni tavakkalga asoslanib belgilashda bu tushunchalarni ishlatish orqali yaxshi natijalarga erishishingiz, yaxshiroq natija olish imkoniyatingizni oshirishingiz mumkin. Ammo testlarni to’g’ri bajarishning eng ishonchli va to’g’ri yo’li fanni chuqur o’rganib, mustahkam ilmga asoslanib bajarish ekanligini ham unutib qo’ymang.

“O’zi tavakkal bo’lsa-yu, yo’riqnoma nima uchun kerak?”, deyishingiz mumkin. 30 ta test savolidan barchasiga to’liq tavakkal belgilash asosida javob berishni rejalashtirgan kishi bu yo’riqnoma asosida test bajarsa hech narsa yo’qotmaydi. Aksincha, ingliz tili testlarida aksariyat vaqtda to’g’ri javob bo’lib chiqadigan, yo’riqnomada ko’rsatilgan tushunchalar asosida test bajarilsa, tavakkal asosida belgilangan test javoblarining to’g’ri chiqish ehtimoli ko’proq bo’ladi.

Ingliz tili testlarini tavakkal bajarishda quyidagilarga e’tibor bering:

1. PREDLOGLARDAN KEYIN HAR DOIM OXIRI “-ING” QO’SHIMCHASI BILAN TUGAGAN FE’LLARNI TANLANG. Ingliz tili grammatikasidagi asosiy qoidalarga ko’ra deyarli har doim ON, IN, OFF, UP, DOWN, UNDER, OF, ABOUT va boshqa predloglardan keyin oxiri “-ING” qo’shimchasi bilan tugagan fe’llar ishlatiladi. Agar savol “He is afraid of … ” ko’rinishida bo’lsa, ya’ni “…”dan oldin predlog bo’lsa, demak berilgan javob variantlaridagi fe’llarning “ING” bilan tugagani to’g’ri javob hisoblanadi. Bu usul 80% holatlarda to’g’ri.

2. O’ZIDAN KEYIN “TO” VA “ING” OLADIGAN MAHSUS FE’LLARNI YODLAB OLING. Ularni yodlab oling va “…” dan oldin Siz yodlagan shu fe’llardan birini ko’rsangiz, darhol TO yuklamasi bilan boshlangan fe’lni to’g’ri javob sifatida belgilang. O’zindan keyin “-ING” qo’shimchasini olgan fe’l (gerund) keladigan fe’llar ham bor.

3. MATNLI SAVOLLARDAGI JAVOBLARNING ENG UZUN, KO’P YOZUVLISINI TANLANG. Bu 90% testlarda to’g’ri natija beradi. Ingliz tili testlaridagi matnli savollarning to’g’ri javoblari eng ko’p hollarda eng yozuvi ko’pi, uzun yozilgani bo’ladi. Testlarni tavakkal bajarayotgan ekansiz, bu tanlov Siz uchun eng yaxshisi hisoblanadi!

4. ANIQ ARTIKLNING QO’LLANILISHINI YUZAKI O’RGANIB CHIQING. Ingliz tilida THE aniq artikli ma’lum otlar yoki boshqa so’z turkumidagi so’zlar oldidan doimiy ishlatiladi. Ularni yodlab qolish juda oson. Masalan, dunyoda yagona bo’lgan otlar; quyosh, oy, yer va hokazolar oldidan har doim THE ishlatiladi. Sifatning orttirma darajasi oldidan ham aniq artikl ishlatiladi. Demak, “… smallest” (ohiriga -est qo’shimchasi qo’shilgan), yoki “… most important” (ko’p bo’g’inli sifatdan oldin most so’zi qo’yilgan) sifatlardan oldin har doim aniq artikl qo’yiladi. Bunaqa qoidalar ko’p, lekin qisqa vaqtda o’rganishga ulgurmasligingiz darajasida juda ko’p emas. Tahminan 3-4 soat yaxshi shug’ullanish orqali THE ishlatiladigan so’zlarning hammasini o’rganib olishingiz mumkin.

5. TO BE FE’LINING NUQTALARDAN OLDIN TURGAN OTGA MOS SHAKLINING TESKARISINI TANLANG. Hozirda TO BE fe’lining shaklini tanlashni talab qiladigan testlar ko’pincha bir hil usul asosida tayyorlanayapti. Ya’ni, savolda “…”dan oldin ko’plik shaklidagi ot bo’lsa, TO BE fe’lining birlik shakli to’g’ri javob, aksincha, “…”dan oldin turgan ot birlik shaklida bo’lsa, TO BE fe’lining birlik shakli to’g’ri javob sifatida tanlanayapti. Bilmadim, bu balki test bajaruvchilarni chalg’itish uchundir, ammo shaxsan men bunaqa testlarning juda ko’piga duch kelayapman. Demak, “…” dan avval ko’plik shaklidagi ot bo’lsa TO BE fe’lining IS yoki WAS shaklini tanlang. Agar “…”dan oldin birlik shaklidagi ot bo’lsa, TO BE fe’lining ARE yoki WERE shaklini tanlang. Tanlovingiz ko’p hollarda to’g’ri bo’ladi.

Masalan:
Twenty-five people looking for Tom … here.
A. is B. are.
Tabiiyki, TO BE fe’li bilan tanish bo’lgan kishi nuqtalar o’rniga “Tom”ga nisbatan TO BE fe’lining “IS” shakli qo’llaniladi, deb A javobni belgilashadi. Yuqoridagi 5-tavsiya bilan demoqchimanki, hozirda ko’pchilik testlar aynan shunday chalg’ituvchi usul bilan tuzilayapti. Yaxshilab qarasak, yuqoridagi testda TO BE fe’lining shakli “25 people”ga nisbatan qo’yilishi kerak. Shuning uchun ham tavsiyamda nuqtalar o’rniga TO BE fe’lini qo’yish kerak bo’lganda nuqtalardan avval turgan ot birlikda bo’lsa (yuqoridagi vaziyatda TOM), TO BE fe’lining ko’plikdagi shaklini tanlashni maslahat berdim. Bu testning to’g’ri javobi ham (tavsiyaga asosan) ARE!

6. IBORAVIY FE’LLARNI YODLANG. Imkon qadar ko’proq iboraviy fe’llarni yodlashga harakat qiling. Qanchasini yodlay olsangiz, shunchasini o’rganib olishga harakat qiling. Agar testda iboraviy fe’lning birinchi, fe’l qismi berilgan bo’lsa-yu, Sizdan ikkinchi, predlog qismini topish talab etilgan bo’lsa, yodlaganlaringiz Sizga qo’l kelib qolishi mumkin.

7. MATNLI SAVOLLAR JAVOBLARINI HARFLAR KETMA-KETLIGI ASOSIDA BELGILANG. Nima demoqchi ekanligimni tushuntiraman: masalan, matn berilgan, undan so’ng esa 3 ta matnga oid savol berilgan. Agar shu uchta testning birinchisini B, ikkinchisini C deb belgilangan bo’lsangiz, uchinchisini A deb belgilamang! Kuzatishlarim bo’yicha test tuzuvchilar matnlardan keyin keladigan uchta savol javoblarining to’g’rilarini ko’pincha harflar ketma-ketligi asosida yashirishadi. Ya’ni, agar birinchi savolning to’g’ri javobi B bo’lsa, demak keyingi ikkita savolning to’g’ri javobi A bo’lmasligi aniq. Ikkinchi va uchinchi savolning to’g’ri javoblari C yoki D, juda kamdan-kam holatlarda B (yuqoridagi javob bilan bir hil) bo’lish ehtimoli kuchli.

8. BIR TANLOVNI KETMA-KET 3 MARTADAN KO’P BEGILAMANG. Bu nafaqat ingliz tili, balki boshqa har qanday fanga oid testlarga ham ta’luqli. Agar 7 ta savolni ketma-ket A yoki B yoki C yoki D qilib bir hil belgilasangiz, ularning ko’pi bilan 3 tasi to’g’ri chiqadi. Tavakkal qilishni juda xohlayotgan bo’lsangiz, imkon qadar javob harflarini turli hil qilib belgilashga harakat qiling. Bir hil harfni ketma-ket ko’p marta belgilamang.

Kanalimizga qo'shling

https://t.me/joinchat/AAAAAETQ9GcWNesqfHteOw