Today

LIGHT IN THE DAKNESS 1 qism

Majiro endigina 5 yoshga to‘lgan edi. Qishloqning chetidagi eski kulbada onasi bilan birga yashardi. Bu kulba hamma joyidan sovuq o‘tadigan darajada eski edi, lekin Majiro uchun bu dunyoning eng issiq joyi edi, chunki onasi har doim uning yonida edi.

Tong. Kulbaning ichida Majiro o‘zining qop-qorong‘i ko‘zlarini ochdi. Shiftdan osilib turgan eski chiroqdan xira yorug‘lik tushardi. U onasining yumshoq qo‘lini his etib, yuziga tabassum yugurdi.

Stolda eski sopol idish ichida ozgina bug‘doy yormasi va bir bo‘lak quruq non bor edi. Onasi bu ozgina ovqatni Majironing oldiga qo‘ydi va yumshoq tabassum bilan:

— Bizga bu rizqni bergan Allohga shukur qil, o‘g‘lim, — dedi.

Majiro boshini qimirlatib, qo‘llarini bir-biriga qo‘shdi va onasidan ko‘rganlarini takrorladi. U hali kichkina edi, lekin onasining mehribon so‘zlari unga katta kuch berardi.

Ammo ichkaridan og‘ir oyoq tovushlari eshitildi. Bu tovush Majironing yuragiga qo‘rquv olib keldi. Bu otasining ovozi edi. U doim ichkilik ichib, jahldor kayfiyatda yurardi.

— Ey, bu bola yana uyda! Xatto ishlamaydi- faqat yeyishni biladi ! — deb baqirdi otasi ichkariga kirib.

Majiro otasining so‘zlaridan o‘zini kichkina va ojiz his qildi. Onasi uni qo‘rqib, ortiga yashirarkan:

— Bola hali 5 yoshda, iltimos, unga baqirmang! — dedi ko‘z yoshlari bilan

Otasi esa yana baqira boshladi:

— Unda men qachon farovon hayot kechiraman?! Agar u ham bizga yordam bermasa biz qachon yaxshi hayotta yashaymiz?!

Majiro ko‘z yoshlari bilan onasiga qaradi. Onasi uni bag‘riga bosib, shivirladi:

— Qo‘rqma, Majiro. Hammasi yaxshi bo‘ladi.

Majiro hech narsa demadi. Yuragida faqat birgina savol bor edi: Nega otam meni yaxshi ko‘rmaydi?

Uning bolalik xayollari o‘sha kunning sovuq tongida birinchi marta yorila boshladi. Lekin onasining iliq qo‘llari hali ham umid berib turardi.

Majiro oshxonadagi eski sandiqning orqasiga yashirinib olgan edi. Otasining baqir-chaqir ovozi uni yanada ichkariga tortdi. Ko‘zlaridan yosh oqar, kichkina qo‘llarini tizzasiga bosib, qaltirardi. Onasi esa otasining g‘azabini tinchlantirish uchun barcha harakatni qilardi.

— Nega sen doim norozisan? Axir biz qo‘limizdan kelgancha yashayapmiz! Bola hali kichkina, unga vaqt ber, — dedi onasi yig‘lab.

— Vaqt? Menda vaqt yo‘q! Faqat ochlik va tashvish bor, — deb otasi g‘azab bilan yerga musht soldi.

Ona ko‘z yoshlarini artib, Majironing yashirinib turgan joyiga yaqinlashdi. U Majironi bag‘riga bosdi va qattiq quchoqlab, qulog‘iga shivirladi:

(Deyarli shu ko'rinishda)

— Hammasi o‘tib ketadi bolam. Men sen bilanman.

Ammo Majiro ona mehriga qaramay, ichida ko‘tarilib kelayotgan achchiq hislardan qutula olmasdi. U ichkarida bir narsa o‘zini bo‘g‘ayotgandek tuyuldi.

Kechasi. Majiro sovuq joyda, eski ko‘rpacha ostida yotardi. Onasi qachondir unga uyquga ketayotgan payt ertak aytib berardi, lekin bugun bu yo‘q edi. Onasi kechasi otasi bilan kelishmovchilikdan keyin Majiro bilan uzoq gaplashmadi. Faqat uni quchoqlab uxlatib qo‘ydi.

O‘sha kechasi Majiro uyg‘onib ketdi. Uy ichi qorong‘u edi. U ichkaridan onasining xira ovozini eshitdi.

— Iltimos, bizni tashlab ketma. O‘g‘limni yolg‘iz qoldirmagin, — degan ovoz edi bu.

Ammo otasi unga sovuq ohangda javob qaytardi:

— Sen bilan bu bolani boqish uchun men hayotimni qurbon qilmayman! Yaxshisi, buni endi o'zing davom qil. Ertaga yo bu uydan ketaman, yoki sizlar ketasizlar

Majiro bu so‘zlarni eshitib, ko‘zlarida yosh bilan chalqancha yotdi. U onasi uchun biror narsa qila olmasdi. Qanchalik urinmasin, faqatgina qo‘rquv va ojizlik hissi uni bosib ketardi. Kichkina yuragi qattiq og‘rirdi.

Tong otganda, Majiro otasining ovozini eshitmadi. U hovliga chiqdi va onasini bir chetda yig‘layotganini ko‘rdi. Uning ko‘z yoshlari hovlidagi tuproqqa tomib, jimjitlikni buzardi.

— Otam -yo‘qmi? — dedi Majiro, onasiga yaqinlashib.

Onasi boshini qimirlatdi, lekin hech narsa demadi. Majiro bu javobni tushundi. Otasi ularni tashlab ketgan edi. Endi ular yolg‘iz qolishgan edi.

Uning yosh yuragi ichidan qattiq yig‘lashni boshladi. Kichkina qo‘llari bilan onasining qo‘lini mahkam ushladi va ichki ovozi bilan o‘ziga so‘z berdi: Men sizni kelajakda baxtli yashashingizga vada beraman ona. Nima bo'lishidan qat'iy nazar

Ammo hozircha bu faqat va’daning boshlanishi edi. Majiro hali oldidagi og‘ir yo‘ldan bexabar edi.

1- qism tamom....