August 26, 2018

Sayxunobod tumani Bolalar-o'smirlar sport maktabida “O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi”ga bag'ishlab, “Aziz va yagonamsan, jonajon O'zbekistonim“ shiori asosida sportning DZYUDO turidan viloyat birinchiligi musobaqasi o'tkazildi.

👉 t.me/Sirdaryo

2018 yil 25 avgust kuni Sayxunobod tumani Bolalar-o'smirlar sport maktabida 2007-2008 va 2009-2010 yillarda tug'ilgan o'smir va qizlar o'rtasida sportning dzyudo turidan “O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi”ga bag'ishlab, “Aziz va yagonamsan, jonojon O'zbekistonim“ shiori asosida Sirdaryo viloyati birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi.

Yoshlar ongiga yurtimiz mustaqil va erkin vatan ekanligi, bunda biz yoshlar uchun ulkan imkoniyatlar yaratilganligi hamda iqtidor egalarini aniqlash va rag'batlantirish, ularning mahoratini yanada oshirish hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida tashkil etilgan musobaqada 8 ta jamoadan 168 nafar sportchi-o'quvchilar; shundan 64 nafar qizlar ishtirok etdilar. O'zbekiston Respublikasi madhiyasi sportchi-o'quvchilar tomonidan ijro etildi.

Musobaqani Sayxunobod tumani Jismoniy tarbiya va sport bo'limi boshlig'i Mirjalol Xo'jamov ochib berdi. So'zi davomida sportchilarni mustaqilligimizning 27 yilligi hamda bugungi musobaqa bilan tabriklab, hozirgi kunda sportga bo'layotgan e'tibor va o'zgarishlar haqida tushunchalar berdi.

Musobaqa qoidalari va o'tkazilish tartibi bo'yicha Sirdaryo viloyati Dzyudo federatsiya rahbari Qahramon Fayziev o'z fikr-mulohazalarini aytib o'tdi va musobaqaga “Start” berildi.

Murosasiz o'tgan bellashuvda: 1-o'rin Sayxunobod tumani (murabbiy Djamaxmedov Nodir), 2-o'rin Guliston tumani (murabbiysi Shamiratov Temur) hamda 3-o'rin Guliston shahar (murabbiy O'razaliev Sherali) egalladilar. Musobaqada g'olib bo'lgan jamoalar Sayxunobod tumani Bolalar-o'smirlar sport maktabi tomonidan diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.

Dehqonboy Gulov, musobaqaning bosh hakami.