August 14, 2018

12-avgust - “Xalqaro yoshlar kuni”

👉 t.me/Sirdaryo

Sirdaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Sayxunobod tumani Bolalar-o‘smirlar sport maktabida 2018 yil 7-13 avgust kunlari sportning 8 turidan 12-avgust - “Xalqaro yoshlar kuni” ga bag‘ishlab sport musobaqalari tashkil etildi.

Jumladan; Badiiy gimnastika, Taekvondo ITF, Shashka, Taekvondo VTF, Futbol, Basketbol, Shaxmat hamda Gandbol sport turlari bo‘yicha musobaqalar reja asosida o‘tkazildi.

Musobaqalarda jami 447 nafar o‘quvchi-sportchilar ishtirok etdilar; shundan 132 nafari qizlar. Musobaqada g‘olib bo‘lgan sportchilar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Sirdaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi